Mavzu: Ajoyib bahs



Download 1,1 Mb.
bet5/29
Sana08.09.2021
Hajmi1,1 Mb.
#168489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
2-sinf O'qish konspekt
Self-study. Pollution and environment, 2 sinf ona tili fanidan dars ishlanm
SHOIR

Rizq sochar dalasiga,

Rizqin terib oladi.

Dehqondan bolasiga,

Bir kaft paykal qoladi.

Olmalar soyasiga,

Bir kun cho’kib toladi.

Bog’bondan bolasiga

Bog’i sayqal qoladi.

To’yishar yallasiga,

Tarixga yo’l oladi.

Shoirdan bolasiga,

Qolsa ... haykal qoladi!

IV. Darsni mustahkamlash;

She`rni yod olmagan o`quvchilar uni ifodali o`qib beradilar.

V.O`quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: O`qib,savollarga javob yozib kelish va mavzuga mos rasm chizish.

MRO’TIBO’ _____________________________

Sana.

Mavzu: Ma'naviyatli xalqni yengib bo'lmaydi. (Rivoyai)



Maqsad:

*O'quvchilarning to'g'ri, ifodali va ravon o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish; asar mazmunini tushunish va tahlil qila bilishga o'rgatish; lug'at boyligini oshirish.

*O'quvchilarni Vatanimiz ma'naviyati va madaniyatini ardoqlashga o'rgatish; ma'naviyatini boyitish, vatanparvarlik tuyg'ularini rivojlantirish;

*O'quvchilarda o'zaro yordam, hurmat, birgalikda ishlash malakalarinj larkib toptirish.

O`tish uslubi:Amaliy,ko`satmali,suhbat,savol-javob.

Jihoz: A4 formatli qog'oz. Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifasini so`rash va baholash. O'tgan dars yuzasidan suhbat o'tkaziladi, uning mazmuni so'raladi va she'r ifodali o'qitiladi. She'r asosida «Zanjir» didaktik o'yini o'tkaziladi. Ya'ni matndagi so'zlardan birini bir o'quvchi aytadi, so'zning tugagan harfi bilan boshlanadigan so'zni boshqa o'quvchi aytadi. O'qituvchi o'tgan darsni xulosalaydi.

III.Yangi mavzu bayoni.O'qituvchi vatanimiz tarixida ko'plab allomalar, shoirlar, yozuvchilar, san'atkorlar o'tganligini, ular bizga ko'plab kitoblar, ertaklar, hikmatlar qoldirganini, bu bizning ma'naviy xazinamiz ekanligini tushuntirib, «ma'naviyat» so'zining ma'nosiga to'xtaladi. «Ma'naviyat» so'zi ma'nolar majmuyi, ya'ni insonning, xalqning yoki millatning ruhiyati, atrofdagi voqea va hodisalarga munosabatini bildiradi.Ya'ni ibratli ishlar qiladiganlarni, aqlli, bilimli, axloq-odobli insonlarni ma'naviyatli deyishadi. Ma'naviyat haqidagi rivoyatlardan biri bugungi darsda o'rganilishini aytib, yangi mavzuni boshlaydi. Rivoyat ifodali o'qib eshittiriladi. Mazmuni tushuntiriladi.

O'quvchilar rivoyatni o'qiydilar. Topshiriq bilan o'qish: 3 nafar o'quvchiga 3 ta xatboshi o'qish, mazmunini tushuntirish va har bir qismga alohida sarlavha qo'yish topshirig'i beriladi. O'qituvchi matndagi notanish so'zlarga izoh beradi. Darslikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar bilan ishlanadi.

Vatan haqida maqollar aytish musobaqasi o'tkaziladi. Maqol aytgan o'quvchilar hisobga olib boriladi. 3 va undan ko'p maqol aytganlar 1-guruhga, 2 ta maqol aytganlar 2-guruhga, 1 ta maqol aytganlar 3-guruhga va qolganlar 4-guruhga kiritiladi.

O'quvchilarga A4 formatli qog'oz tarqatiladi. Ma'naviyatli inson nimalarni qadrlashi kerakligini ayting.




Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
tashkil etish
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
bilan ishlash
O'zbekiston respublikasi
matematika fakulteti
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
saqlash vazirligi
moliya instituti
haqida umumiy
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
samarqand davlat
ishlab chiqarish
fanidan mustaqil
Toshkent axborot
universiteti fizika
fizika matematika
uzbekistan coronavirus
Darsning maqsadi
sinflar uchun
Buxoro davlat
coronavirus covid
Samarqand davlat
koronavirus covid
sog'liqni saqlash