Mavzu: Ajoyib bahs



Download 1.1 Mb.
bet4/29
Sana08.09.2021
Hajmi1.1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Taqdimot Har bir guruhdan bittadan o'quvchi chiqib, javoblarni aytadi va asoslab beradi.

IV.Mustahkamlash.



  • Bugungi dars sizga yoqdimi?

  • Alisher Navoiy haqida yana nimalarni bilib oldingiz?

  • O'quvchilarga Navoiyning Mamat akani yupatishiga doir qismni topib o'qish topshirig'i beriladi.

  • Darslikdan mavzuga doir maqol yoki hikmatli gaplardan toppish topshirig'i beriladi.

V.Baholash. O'qituvchi o'quvchilarning darsga ishtiroki, faolligi, bildirgan fikrlari aniqligi va ijodkorligiga ko'ra reyting ballarini hi-sobga olib boradi va dars oxirida umumiy ballar e'lon qilinadi.

VI.Uyga vazifa .Ifodali o`qib kelish.

MRO`TIBO`_______________
Sana.

Mavzu: Tandir (Rivoyat).II qism.

Maqsad:


  • O'quvchilarning to'g'ri, ifodali va ravon o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish, nasriy asarlar mazmunini tushunish va tahlil qila bilish. Lug'at boyligini oshirish.

  • Insonlararo munosabat, mehr-oqibat, vatanparvarlik va mehnatsevarlik tuyg'ularini shakllantirish.

.Vatanparvarlik tuyg'ulari rivojlantiriladi. Jamoa bo'lib ishlashga, o'zaro yordam, mehr-oqibat, bir-birini qo'llash kabi sifatlar egallanadi.

O`tish uslubi:Amaliy,ko`satmali,suhbat,savol-javob.

Jihoz: A4 formatli qog'oz, skotch.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifasini so`rash va baholash.

«Tandir» rivoyatining 1-qismi yuzasidan suhbat o'tkaziladi, uning mazmuni so'raladi va og'zaki qayta hikoya qildiriladi.

III.Yangi mavzu bayoni.O'qituvchi o'quvchilarning hikoyaning 1-qismi yu­zasidan bildirgan fikrlarini umumlashtiradi va o'quvchilarni hikoya­ning davomini o'rganishga chaqiradi. Hikoya ifodali o'qib eshittiriladi. Mazmuni tushunliriladi. Hikoya mazmunini bayon qilishda o'qituvchi suratlardan, hikmatli gaplardan va maqollardan foydalanadi.

O'quvchilar hikoyani o'qiydilar. Avval ichda o'qish, keyin jo'r bo'lib o'qish mashq qilinadi. Mazmunini qisqacha bayon qiladilar.

Lug'at ishi o'tkaziladi. «Davom ettir» didaktik o'yini o'tka­ziladi. O'qituvchi hikoyani boshlaydi, bir o'quvchi davom ettiradi, ke­yin boshqa o'quvchi, shunday qilib muhokamada bir nechta o'quvchi qatnashadi.


  • IV.Mustahkamlash.

  • Bugungi dars sizga yoqdimi?

  • Siz Xudoyberdining o'rnida bo`lisangiz nima qilar edingiz?

  • Hazrat Navoiy Xudoyberdini tarbiyalash uchun qanday yo'l tutdi? Nima uchun u shunday qildi?

  • Darslikda mavzuga doir berilgan maqol o' qilib, ma'nosi tushuntiriladi. Maqolga mazmunan yaqin bo'lgan bosh­qa maqol yoki hikmatli gaplardan topish topshirig'i beriladi.

V.Baholash. O'qituvchi o'quvchilarning darsga ishtiroki, faolligi, bildirgan fikrlari aniqligi va ijodkorligiga ko'ra reyting ballarini hi­sobga olib boradi va dars oxirida umumiy ballar e'lon qilinadi.

VI.Uyga vazifa .Rasm chizib kelish.

MRO`TIBO`_______________

Sana.


Mavzu: Ozod Vatan - obod Vatan. (Normurod Narzullayev)

Maqsad:


  • O'quvchilarning ravon, to'g'ri va qiroat bilan o'qish ko'nikmalarini rivojlantirish, shoir Normurod Narzullayev ijodi bilan tanishtirish.

  • O'quvchilarda Vatanga muhabbat hissini rivojlantirish.

  • O'quvchilarda hamkorlikda ishlash, bir-biriga yordam berish hissini shakllantirish, lug'at boyligini oshirish.

O`tish uslubi:Amaliy,ko`satmali,suhbat,savol-javob.

Jihozlar: Buloq rasmi, turli gullar, daraxt rasmlari, A4 qog'ozi.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifasini so`rash.

O'quvchilardan o'tgan mavzu so'rab baholanadi. Buning uchun matn qismlarga bo'lib o'qitiladi, mazmuni hikoya qilina­di va matn mazmuni asosida savol-javob o'tkaziladi.

III.Yangi mavzu bayoni.O'qituvchi she'rni ifodali o'qiydi va mazmunini so'zlab beradi.

Lug'at ishi o'tkaziladi. She'rni qismlarga ajratib, topshiriq asosi­da o'qitish. She'rni avval qismlarga ajratib, keyin undagi tabiat tasviri ifodalangan joyni topib o'qish topshirig'i beriladi.

O'qituvchi o'quvchilar bilan darslikdagi mavzuga doir qo' shimcha materiallar bilan ishlaydi.

O'quvchilar kichik guruhlarga bo'linadilar. Ularga rasmlar tarqatiladi. A4 formatli qog'ozga rasmlardan foydalanib chaman bog' rasmini tayyorlash topshirig'i beriladi. Bunda o'quvchilar­ning ijodkorlik darajasi hisobga olinadi. O'quvchilarning guruhdagi ishlariga qarab reytinglari hisobga olinib boriladi.

Taqdimot. Har bir guruhdan bitta o'quvchi chiqib o'z guruhi ishini taqdimot qiladi.
IV.Mustahkamlash.


  • Dars sizga yoqdimi?

  • Shoir o'z she'rida O'zbekistonni qanday tasvirlagan?

  • Siz she'rdagi tasvirlarga yana qanday qo'shimcha qila olasiz?

Darslikdagi maqol va topishmoq ustida ish olib boriladi.

V.Baholash. O'quvchilar reyting mezonlari asosida baholanadi.


VI.Uyga vazifa . Uyga vazifa qilib oila a'zolariga bugungi mavzuni gapirib be­rish va shoir tasvirlaganlariga qo'shimcha qilib kichik matn tuzish va matnga doir maqollar ham o'rganib kelish topshiriladi.
MRO`TIBO`_______________

Sana :


Mavzu . Sinfdan tashqari o'qish mashg'uloti.

Maqsad:


Ta’limiy: O'quvchilarning to'g'ri va ravon o'qish malakalarini takomillashtirish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarda ilmga to'g'ri munosabatni tarkib toptirish .

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning to'g'ri, ifodali o'qish malakalarini rivojlantirish.

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

II. Uy vazifani tekshirish: Savol –javob asosida O'tgan mavzuni so'rab baholash.

III. Yangi mavzu bayoni.

Billur tufliga, aravaga, mushukka yoki kulrang bo'riga ham haykal qo'yilishi mumkinmi, deyapsizmi? Yo'q, ishonavering dunyoning Germaniya, Ispaniya, Monako, Krasnogorsk, Ijevsk, Yalta kabi shahar va mamlakatlarida bunday haykallar bor. Bular oddiy emas, mashhur ertakchi bobongiz Sharl Perro Zolushkasining tuflisi yoki u ziyofatga minib borgan aravasi, etik kiygan mushugi hamda kulrang bo'risiga o'rnatilgan haykallardir. Bo'ri Qizil shapkachani yeb qo'ygan boisa, unga haykal o'rnatish shartmidi, deb o'ylayapsizmi? Chunki o'sha bo'ri bo'lmaganda Qizil shapkacha ham bo'lmasdi-da... Shuningdek, bu jonivorga emas, balki bebaho bir asar uchun barpo etilgan haykal edi.

"Etik kiygan mushuk", "Qizil shapkacha", "Zolushka", "Uyqudagi malika", "No'xot polvon" - bular har birimizning sevimli ertaklarimizga aylanib ulgurgan. Ular dunyoda shunday shuhrat qozonganki, asrlar o'tishiga qaramay, har bir avlod ana shu ertaklarni tinglab kattabo'lyapti. Hatto o'ziyashayotganpaytda kuniga bir kitob do'konida 20-30, ba'zan esa 50 tagacha kitob sotilgan ekan. Aniqlanishicha, hozirgi kunga qadar hech bir mamlakatda birorta kitob bunchalik ko'p xarid qilinmagan. Hatto dunyoni rom etgan Garri Potter sarguzashtlari ham.



Kunlarning birida Parijdagi Lyuksemburg bog'ida ikki nafar kollej o'quvchisi birgalikda dars tayyorlaydi. Bularning biri Sharl, ikkinchisi Boren ismli bolalar edi. Ular har kuni ertalabki sakkizdan beshgacha dars qilishardi. Bulardan Boren ismli bolaning hayoti qanday davom etgani bizga noma'lum. Sharl esa 400 yil bo'libdiki, o'zining ertaklari bilan har bir bolaning bolaligida davom etyapti.

Sharl Perro 1628-yil 12-yanvarda Fransiyada tug'ilgan. Uning egizagi Fransua uzoq yashamagan. Biroq Sharlning peshonasiga o'chib ketmaydigan qismat bitilgan edi. Otasi o'z davrining boy zodagonlaridan bo'lib, bolalarining o'qishiga katta e'tibor qaratgan. Oilada to'rt nafar farzand bo'lib, ikkisining nomi tarixga kirdi: biri - mashhur me'mor Klod. ikkinchisi - Sharl Perro. U bolaligidan yaxshi bilim oladi, advokat, Fransiya akademiyasining akademigi bo'lib yetishadi. Bir qancha ilmiy kitoblar yozadi. Biroq uning nomi ertaklari bilan tarixga muhrlanadi. Sharl Perro ertakchi bo'lib har bir davrda, har bir asrda yashab qoladi.

IV. Darsni mustahkamlash;

V.O`quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: Ertak o`qib unga mos rasm chizish.


MRO’TIBO’ _________________________
Sana :

Mavzu : 1-Nazorat ishi.

Maqsad:

Ta’limiy: O'quvchilaming ravon va qiroat bilan o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarni to'g'ri va ifodali o'qishga o'rgatish.

Rivojlantiruvchi: Vatanga muhabbat tuyg'ularini shakllantirish.

O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.

2. Davomatni aniqlash.

3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.


II. Uy vazifani tekshirish: Savol –javob asosida . Savol –javob asosida O'tgan mavzuni so'rab baholashda o'quvchilardan « Ona yurtim oltin beshigim » matnining mazmuni so'raladi. Savol-javob o'tkaziladi.
III. Nazorat ishi bayoni. O`quvchilarga Muhammad Yusufning quyidagi she`ri yozdiriladi.Dars tugaguncha yod olish topshiriladi


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat