Mavzu: 3 – sinf o’qish darslarida ertaklarni o’rganish usullari



Download 37,21 Kb.
Sana27.06.2021
Hajmi37,21 Kb.
#102715
Bog'liq
Abdurasulova Nargizaxon 1833


Mavzu: 3 – sinf o’qish darslarida ertaklarni o’rganish usullari
REJA:
I.BOB . Sinfdan tashqari o’qish jarayonida bolalar adabiyotidan foydalanish.

II.BOB. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etishning metodik asoslari.

III.BOB.Sinfdan tashqari o‘qish darslarida ertaklar ustida ishlashning ahamiyati va usullari

XULOSA


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va
xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir.
“Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan
hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi.”1
O‘zbekistonda mustaqil va kuchli davlat qurishdan asosiy maqsad inson,
uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir.
Bu, avvalambor, ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yo‘naltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bog‘liq ekanini biz yaxshi anglaymiz. 1997 yilda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa davlat dasturlarining hayotga tatbiq
etilishi samarasida mazkur soha tubdan isloh qilindi, zamonaviy uzluksiz ta’limtarbiya tizimi yaratildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yoshlar haqida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga davlat siyosatining eng asosiy va ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarab kelinmoqda. Chunki yoshlar – bizning kelajagimiz. Bu sohadagi davlat siyosatini yanada chuqurlashtirish uchun yaqinda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni
yangi tahrirda qabul qilindi. Bularning barchasi bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. Yoshlarimiz biznes, ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot va sport sohalarida olamshumul muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu mamlakatimiz istiqboliga, buyuk ajdodlarimiz boshlagan ezgu ishlarni kelajak avlodlar munosib davom ettirishiga katta ishonch
bag‘ishlaydi. Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni o’rganish, o’zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ushbu vazifani bajarish uchun yoshlarimiz ajdodlarimiz merosini ular qoldirgan manbalar orqali o‘rganishlari, ko‘proq kitob
o‘qishga, bilimlarni asl manbalardan oliishga harakat qilishlari zarur. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yilning 12 yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi2 bu mavzuning dolzarb ekanligini tasdiqlaydi.
Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir
qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir
mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni oittiradi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilarni kitobga, badiiy asarlarga qiziqishini uyg‘otish maqsadida, ularni ongli kitobxonlar bo‘lib yetishishlari uchun turli janrdagi asarlar bilan tanishtirib boriladi. O‘zbek xalqining boy madaniy me’rosi bo‘lmish xalq og‘zaki ijodi namunalari kichik maktab yoshidagi kitobxonlar uchun ulkan ma’naviy-ma’rifiy manba hisoblanadi. Xalq ertaklari bu o‘rinda alohida ahamiyatga ega. Mana shu asarlar yordamida o‘quvchilarda tarbiyaviy jihatlarni takomillashtirib borish zarur.
Sinfdan tashqari o‘qish darslariga to‘laqonli dars sifatida qaralib, o‘tilgan asar yuzasidan suhbat, viktorinalar o‘tkazish, asarni tahlil qilish, g‘oyasini ochib berish, qahramonlarning hatti-harakatlarini muhokama qilish; bular asosida vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, insonparvarlaik g‘oyalarini o‘quvchilar ongiga singdirib
borish zarurligi bizning mavzuimizning dolzarbligini belgilab beradi.

Kurs ishning maqsad va vazifalari. Xalq ertaklari

mazmunida ijtimoiy, iqtisodiy maishiy hayotning hamma masalalari o’z ifodasini topadi, desak xato bo’lmaydi. Boshlang‘ich sinflarda bu janrda yaratilgan asarlarni o‘rganish, g‘oyasi, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini o‘quvchi ongiga chuqurroq singdirish uchun o‘qish darslari bilan chegaralanib qolmay, balki sinfdan tashqari o‘qish darslarida ham ishlash zarur. Sinfdan tashqari o‘qqish darslarida ertaklarni ustida ishlashni ko‘rsatib bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi hisobanadi.
Qo‘yilgan maqsadga erishishda quyidagi vazifalar belgilandi:
- boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarining maqsadi, vazifalari va ahamiyatini o‘rganish;
- sinfdan tashqari o‘qish darslarining hajmi va ularga qo‘yilgan talablar bilan tanishish;
- sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etish usullari va shakllarini
o‘rganish;
- sinfdan tashqari o‘qish darslarida ertaklar ustida ishlash tizimi va usullarini
ko‘rsatib berish;
- ertak janri va ertaklarning turlarini o‘rgani;
- boshllang‘ich sinflarda ertak ustida ishlash tizimini ko‘rsatish;
- sinfdan tashqari o‘qish darslarida ertaklar yordamida o‘quvchilarda
vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, insonparvarlaik tuyhularini
shakllantirish.

Kurs ishining predmeti: boshlang‘ich sinflarda sinfdan

tashqari o‘qish darslarini samarali tashkil etish.

Kurs ishining obyekti: sinfdan tashqari o‘qish darslarida


ertaklar ustida ishlash.
Kurs ishining metodologik asosi: O`zbekiston

Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, davlat hujjatlari, shuningdek, boshlang`ich ta`lim bo`yicha Davlat ta`lim standartlari, “Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasi”, ona tilidan o`quv dasturlari, maktab darsliklari, boshlang`ich sinflarda maktab darsliklarini yaratish mezonlari,


pedagogika, psixologiya va ona tili o`qitishning nazariy asoslarini tashkil etadi.
Kurs ishining metodlari: boshlang‘ich sinf sinfdan tashqari
o`qish darslarida ertaklarni tahlil qilishga doir nazariy va metodik adabiyotlarni o`rganish va ular asosida darslarni tashkil etish..

Mavzuning ilmiy-amaliy ahamiyati shundan iboratki, mavzuni yoritish

jarayonida sinfdan tashqari o‘qish darslarining maqsadi va vazifalarini, tizimini, davlat ta’lim standartlari tomonidan sinfdan tashqari o‘qish darslariga qo‘yilgan talablarni o‘rganib chiqdik va o‘z ishimizda bayon etdik. Shuningdek, sinfdan tashqari o‘qish darslarida darsliklarda va turli to‘plamlarda berilgan ertaklar yordamida o‘quvchilar ijlbiy fazilatlarni tarbiyalashni bayon etdik. Ishda bayyon etilgan fikrlar qo‘llanma sifatida sinfdan tashqari o‘qish darslarida ishlatilishi mumkin.

Kurs ishining tarkibi. Ishning tarkibi kirish,2 bob va xulosa qismlaridan iborat.

I.BOB . Sinfdan tashqari o’qish jarayonida bolalar adabiyotidan foydalanish.

Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonoda ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi-kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og’zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklab tarkib toptirishdir.

Sinfdan tashqari o’qish dasturining mazmuniga ko’ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo’lim ajratiladi:

1-bosqichda o’qish doirasi, ya’ni o’qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi.



2-bosqichda shu o’quv materiallari asosida bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi.Umumiy o’rta ta’limning Davlat standartlari va o’quv dasturiga ko’ra 1-sinfda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida savod o’rgatish darslarida hosil qilingan ko’nikma va malakalar asosida bolalarning ona-vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlar-tushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi.Sinfdan tashqari o’qish va qiroatxonlik saboqlari 1-sinfda haftada 1 marta saboq o’rgatish darslarining 20 daqiqasida bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtiriladi. Maqsad kichik yoshdagi bolalarda kitobga mehr uyg’otish, mustaqil uquvlarini paydo qilishdir. Asosan bu sinf o’quvchilariga kitob bilan muomala qilish, kitob o’qish qoidalari, kitobni asrash, asar qahramonlarining hatti harakatini kuzatish, ijobiy tomonlarini o’rganish, obrazli qilib qayta hikoya qilib berish bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. Bu sinf o’quvchilari uchun asosan rasmlarga boy kitoblar olinadi. O’qituvchi bolalarning his-tuyg’ularini o’stiradigan kitoblarni o’qib berish orqali mustaqil mamlakatimiz, uning go’zal shaharlari, qishloqlari, milliy urf-odatlari, qadriyatlari, o’tmishi, insonlarning orzu-istaklari bilan tanishtiriladi. Ularda bilimga havas uyg’otadi. 2-sinfda o’quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o’qituvchining yordami va topshirig’i asosida mustaqil o’qishga o’tadilar. Bu sinfda 2 haftada bir marta sinfdan tashqari o’qish darsi o’tkaziladi. Ona – Vatan va ota-bobolar jasorati, o’simliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarni o’qituvchi topib, tanlab o’quvchilarga o’qishga tavsiya etadi.3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida o’quvchilarning mustaqil o’qishlari uchun kishilarning hayoti, yorqin tasvirlangan, ularning ma’naviy-ahloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar tavsiya etiladi. 3-4 sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslari ikki haftada bir marta o’tkaziladi. Bu sinflarda o’qituvchi sinf kutubxonasida kerakli bo’lgan o’quvchilar yoshiga mos kitoblarni to’plashni davom ettiradi. Sinfdan tashqari o’qish burchagi turlicha bezalishi mumkin. Bunda o’qituvchi va o’quvchi hamkorlikda ish olib boradi. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o’qib borilsagina o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi.Sinfdan tashqari o’qish bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg’otish, bog’lanishni, nutqni o’stirish, adabiy – estetik tafakkurni yuksaltirishga xizmat qiladi.Bolalar adabiyoti avvalo o’zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go’zalligi, tilning ifodaliligi, she’riy so’zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ham ko’rsatadi.bolalar adabiyoti o’quvchiga jonajon o’lka tabiatini, kishilarning mehnati, hayoti, ularning qilayotgan ishlari va ko’rsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqealarni, bolalarning o’yinlari, ertaliklari, orzu istaklarini hikoya qilib beradi. Bu borada ertaklar katta ahamiyatga ega. Xalqimizning tarixi, uning urf odatlari, moddiy va ma’naviy boyliklari barcha orzu istaklari ming yillar davomida yaratilgan ertaklarda saqlanib kelmoqda. Kishilar o’z orzu havaslariniyosh avlodda o’g’il-qizlarida ko’rishni istaydilar. Shu sababdab ham o’quvchilarga ertaklarni o’qishga tavsiya qilinadi. Ertak o’qigan bola qiyinchilikni yengishga, botir, jasur bo’lishga intiladi. O’quvchi yer yuzidagi barcha insonlarning men bir bo’lagiman, men o’z xalqimga qilayotgan ishlarim bilan ularga munosib bo’lib ulg’ayishim kerak,desagina o’z xalqini munosib farzandi bo’la oladi. Ertaklar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiyalaydigan baynalminal badiiy quroldir. “Uch og’ayni botirlar”, “Zumrad va Qimmat”, “Egri va to’g’ri” kabi bir qator ertaklar o’quvchilarning sevimli ertaklaridir. O’quvchilar bu ertaklardan kishi o’z mehnatiga ishonib yashashi kerakligini, birovning boyligiga hasad bilan qaramaslik kerak degan hayotiy xulosalarni o’qituvchi yordamida tushunib yetadilar.“Ur to’qmoq” ertagining bola harakterining shakllanishida alohida o’rni bor: ertak yaxshiga-yaxshi, yomonga yomon bo’lish kerak degan muhim qoidani o’rtaga tashlaydi. Haqiqatan ham xalqning “Qayna xumcha”, “Ochil dasturxon”larini zo’ravonlik bilan tortib oladigan shaxslarga nisbatan “Ur to’qmoq”larni ishlatish zarurligini uqtiradi.Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslari bilan bog’lab olib boriladi. O’quvchilar o’ituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir nechta kitob bilan tanishsalar, so’ngrabolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab o’qishga o’tadilar. Bunda asosan o’qituvchi o’quvchilarni maktab kutubxonasiga, 3-4 sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib, bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boradi. Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o’quvchilarga ertak, hikoyalar o’qishga yordam beradi.
Sinfdan tashqari o’qish, o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usuli. Demak maktab kutubxonasi, bolalar gazeta va jurnallari bilan hamkorlik qilishdir.Sinfda va sinfdan tashqari o’qish boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha predmet dasturlarining bolimlari bilan bevosita bog’liq. O’z navbatida grammatika va to’g’ri yozuv, tabiatshunoslik, tasviriy san’at, musiqani o’rganishda olingan bilim va hosil qilingan ko’nikmalar o’qish darslaridan o’qish darslarida foydalaniladi. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi. Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asrlar o’quvhilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nitqni rivojlantirishga, lug’at boyligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o’quvchining diqqati oshib xotirada saqlash qobiliyati o’sadi. Hatto sahnalashtirisho’quvchini har tomonlama yo’naltiradi, ya’ni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suxandonlik, rejissorlik kabi kasblarga ilk tasavvurlarni o’rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o’qituvchi rahbarlik qiladi. O’quvchilar ifodali, obrazli, shuningdek qahramonlar harakatini to’g’ri bajarishlari, o’qishlari o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o’qib o’rganishga intilish uyg’otadi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qituvchi o’quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlari bilan tanishtirib borishi lozim. Q.Muhammadiy, P.Mo’min, Z.Diyor, A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Shuning uchun har bir maktab, ta’lim muassasasi o’quvchilar o’rtasida turli mavzularda ijod ahli bo’lgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishi shart. Bunday uchrashuvlar o’quvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi. Kitobni, asarni qanday paydo bo’lishini, uni hurmat qilish asrab-avaylashni o’rgatadi. Shunday qilib badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar yaratishi bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtiradi. Ularda hayot go’zalligini idrok etishga o’rgatadi. So’z san’ati badiiy asarda o’z ifodasini topadi. Xalq badiiy so’zning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan. Badiiy so’z xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan. Buning uchun esa o’quvchi albatta xalq og’zaki ijodini yaqindan o’qishi lozim. Ertaklar- yaxshilikka yetaklar deganlariday o’quvchi ettaklar bilan tanishar ekan mard, jasur vatanparvar, mehribon bo’lishga, topishmoqlar o’qir ekan, topog’on, bilimdon, zukko bo’lishga intiladi.Kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimazni bilgan holda aqlan yetuk, jismonan sog’lom qilib tarbiyalash biz murabbiylar, ustozlar zimmasidadir. Shunday ekan mashaqqatli ammo sharafli kasbimizni sidqidildan bajarishda izlanuvchan ijodkor bo’lishimiz zarurdir. Chunki yurtboshimiz aytganlaridek “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart”.

Mavzu: Inson odobi bilan.

Darsning maqsadi: Odob inson ko’rki ekanligi, odobli bola elga manzur bo’lishini bir so’z bilan aytganda, odob xulq atvorlar yugindisi ekanligini o’quvchilar onggiga cingdirish va shu orqali ularni odobsizlikdan, noo’rin xatti-harakatlardan o’zlarini saqlashdan iborat.

Darsni jihozlanishi:


Alisher Navoiyning rangli rasmi.


Plakat va ko’rgazmalar. Kitob jurnallardagi odobli bolalarning suratlari.
Xalq maqollaridan namunalar.
Darsning borishi:

O’qituvchi:

Odob insonning oily fazilatidir. Xazrat A.Navoiy ham o’z asarlarida shu jumladan “Hayratul abror” dostonida odobni to’la tushuntirib beradi. Yoshi ulug’larga samimiy hurmat-izzat keltirish har kimning holatiga qarab bo’lishi kerak. Agar yosh bolaga tik turib salom berilsa, uni odob demaydilar. Gadoning oldida sajda qilish kerak emas, unga bir tiyin berilsa shu karam bo’ladi. Bolalar Navoiy bobomiz nihoyatda kamtar bo’lganlar. Hozir sinfdoshlaringiz Alisherning odobi bilan bog’liq bir voqeani namoyish qilishadi. (Oldindan tayyorlangan 7nafar, biri Sh.A.Yazdiy rolida, biri Alisher, qolganlari uning o’rtoqlari qiyofasida chiqishadi) O’qituvchi (izoh beradi): A.Navoiy 1447 yili Taft shahrida mashhur tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashib qolibdi.Sahnada bir mo’ysafid xayolga cho’mib o’tiribdi. Shu payt bir to’da (5-6) nafar bolalar quvalashib o’ynay boshlaydilar. Ularni kuzatib o’tirgan mo’ysafid bolalarni yoniga chorlaydi. -Qani bolalarim buyoqqa kelinglarchi, bolalarning mo’ysafidning ovozini eshitib tarqab ketishadi. Faqat 5-6 yoshlar chamasidagi bola qoladi. Uning boshida oq sallacha, egnida yupqa matodan tikilgan ixcham kamzul, oyog’ida etikcha. U yugurib kelib, qo’llarini ko’ksiga qo’ygancha salom beradi.

- O’g’lim oting nedur?-deb so’radi mo’ysafid.

-Alisher, dedi bola.

-Maktabga qatnaysanmi?

-Qatnayman. Qur’onning taborak surasigacha o’qiganman.

-Men chaqirganimda o’rtoqlarining qochib ketdi. Sen esa huzurimga kelding. So’roqlarimga yaxshi javob qilding. Shuning uchun senga rahmat. Umring uzoq, boshing omon bo’lsin. Olim, fozil bo’lib, yaxshi obro’ga erishgaysan,-mo’ysafid uni duo qiladi.

Bu sahna ko’rinishidan keyin bo’lib o’tgan voqealar bolalar bilan tahlil qilinadi. Alisherning yoshi ulug’ kishilarga salom berishi, o’zini tutish, odobli ekanligi uqtiriladi.

Shuningdek, insonga xos odatlardan biri kulgu haqida ham A.Navoiyning fikrlaridan foydalanish mumkin.

O’qituvchi: Kulgu-insonga xos odatlardan biri, boshqacha aytganda, kulgi orqali odamning qanday ekanligini bilish mumkin. Hozir tengdoshlaringiz bu haqda Navoiy ijodidan namunalar keltiradi.

1-o’quvchi:

Bo’lmas odobsiz kishilar arjumand,

Past etar ul xaylini charxi baland.

O’qituvchi: (izoh beradi) Har bir kishining izzat hurmati odobi orqali keladi.

2-o’quvchi:

Tarki odobdin biri kulgu durur,

Kulgu odob tarkiga belgu durur.

O’qituvchi: Adabsizlikning bir ko’rinishi noo’rin va beo’xshov

Kulgudir. Demak, bo`lar-bo`lmasga irjayish yoki bo`lmasa ho`mrayib yurish insonning zebi-ziynati emas.

3-o’quvchi: Izzati haddan kam esa xo`p emas ,

Haddan ortuq dog`I marg`ub emas.

O`qituvchi : O`zga kishilar to`g`risida ,kichikka shavqatda bo`lishi kerak.. O`rta kishilarga esa o`rtacha kishilarga esa o`rtacha muomala qilish lozim deydi. Darvoqe, bolalar, Payg`ambarimiz Rasulolloh Alayhis Salom ‘Hadis’ da ‘Ko`p kulmang, ko`p kulish dilni o`ldiradi’ deb nasihat qilgan ekanlar.

Endi bolajonlar mana bu rasmga A. Navoiy portretiga ishora qilib. / qaranglar undan qanday ma`noo`qiyapsiz?

4- o’quvchi: Bobomizning yuzlari tiniq ekan.

5- o’quvchi: Yuz- ko`zlaridan odobli ekanliklari bilinib turbidi.

O`qituvchi: Barakallo, juda ham to`g`ri angladinglar. Demak, biz odobni ko`proq kimdan o`rgansak bo`lar ekan?

O`quvchilar: Navoiy bobomizdan. SHundan so`ng mashg`ulot yakunlanadi. Navbatdagi mavzu e’lon qilinib, o`quvchilarga odob-ahloqqa oid 4-5 maqollarni o`rganib kelish topshiriladi.



II.BOB. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etishning metodik asoslari.
Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi o'qish malakalarini
takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni to'g'ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.
Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus sinfdan tashqari o‘qish
darslari tashkil etilgan. Sinqdan tashqari o‘qish darslari 1-2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2 haftada 1 marta o'tkaziladi. Savod o'rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17—20 daqiqasi ajratiladi3. Sinfdan tashqari o'qish o'quv dasturi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, unda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish talab etiladi. O'quvchilarda kitobga havas uyg'otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qizi-qishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir. Bunda o'qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchii o'qib borilsagina, o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish va kengay-tirishga
xizmat qiladi. Sinfdan tashqari o'qish tanish bo'lmagan mualliflarning kitoblari muqovasi, titul varag'i, kirish so'zi. mundarijasi va suratlariga qarab asarning tahminiy mazmunini aniqlashga o'rgatish vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchida badiiy
kitoblarni o'qishga havas uyg'otish, o'qigan kitoblari yuzasidan kundalik
yurita olishga o'rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish hisoblanadi.
Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg'otish, ularning
bog'lanishli nutqini o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksalti-rish sinfdan tashqari o'qish darslarining ham tub mohiyatini tashkil etadi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarining muhim vazifalaridan biri mustaqil
o'qish malakalarini tarbiyalash hisoblanadi. Buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish, qiziqarli mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to'plangan ma'lumotlarni o'qitish, “Tez aytish”, “Topishmoqlar topish”, “Ifodali o'qish”, “Maqollar aytish musobaqasi”, „Ertak to'qish”, „Bilimdonlar anju-mani” kabi ko'rik tanlovlar tashkil qilish, muayyan mavzular bo'yicha savol-javoblar uyushtirish, o'yin tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur. O'qilgan asarlar yuzasidan suhbatlar
o'tkazish, „Kitob hafialigi” tashkil etish, asarlar asosida kichik insholar
yozishni mashq qilish yaxshi samara beradi. Sinfdan tashqari o‘qish sinfda o'qish bilan uzviy bog'liq ravishda uyushtiriladi. Sinfda o'qish STO' uchun zarur bo'lgan o'qish malakalarini
shakl-lantiradi, o'quvchilarning o'qigan asarini tushunishga o'rgatadi, lug'atini boyitadi. Sinfdan tashqari o‘qish qiziqarli va o'ziga jalb etadigan faoliyat bo'lib, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Sinfda o'qish - hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o'qish esa hayotning o'zidir. Hozirgi paytda boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun sinfdan tashqari o'qishga mo'ljallangan „Kitobim - oftobim" (l-3-sinflar uchun) nomli qo'llanmalar ham chop etilgan.
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi
o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonida ularni axloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adaboyoti va xalq o’gzaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashdan iboratdir. Sinfdan tashqari o‘qishga rahbarlikning asosiy shakli maxsus sinfdan ashqari o‘qish darslaridir. Sinfdan tashqari o’qish darslari erkin dars hisoblanadi; bunday
maxsus darslarda bolalarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassuroti, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodi rivojlanadi; faol kitobxonlar ushun zarur ko’nikma va malakalar shakllanadi.
Sinfdan tashqari o’qish darslari o’quvchilarning faolligini oshirishga
qaratiladi, shuning ushun ularning qurilishi juda xilma – xil bo’ladi. Har bir dars o’qituvchi bilan o’quvchining ijodi hisoblanadi; darsda qanchalik xilma – xillikka, hayotiylikka erishilsa, o’qituvchi o’z sinfida shunchalik katta muvaffaqiyatga erishadi. Shularga qaramay, sinfdan tashqari o’qish darslari o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish ushun ma’lum talablarga bo’ysunadi.Sinflan tashqari o‘qishning asosiy vazifalari:
1. O‘quvchilarning o‘qish va nutq o‘stirishdan olgan bilim va hosil qilgan
malakalarini mustahkamlash, takomillashtirish va ularni yuksak axloqiy ruhda tarbiyalash.
2. O‘quvchilarning sinfda olgan bilimlarini kengaytirish.
3. O‘quvchilarni kutubxonadan kerakli kitobni, kitobdan esa kerakli
ma’lumotni topishga o‘rgatish.
4. O‘quvchilarning kitobga va bilim olishga havasini tarbiyalash.
5. O‘quvchilarning kitob bilan mustaqil ishlash malakasini
takomillashtirish.4 Sinfdan tashqari o‘qish darslari ma’lum talablarga bo‘ysunadi:
1.Har bir darsda bolalar o’qigan kitoblar hisobga olinadi. Ular o’qigan yoki o’qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko’rsatadilar, ikki-uch o’quvchi o’qigan kitoblari haqida qisqacha gapirib beradi. O’qituvchi darsda o’zaro fikr almashish holati yaratadi, darsdan tashqari vaqtda ham fikr almashish davom etishi mumkin.
2.Har bir darsda yangi kitoblar tavsiya qilinadi. Tavsiya shakllari turlicha
bo’lib, ular fikr almashuv, kitobni ko’rsatib, to’g’ridan – to’g’ri tavsiya qilish, sinfda kishik tematik yoki muallifga tegishli ko’rgazma tashkil etish, o’quvshilarni qiziqtirish ushun tavsiya qilinadigan kitobdan biror parchani o’qib berish, rasm ko’rsatish, diapozitiv yoki parchasini namoyish qilishdan iborat.
3.Har bir darsda o’quvchilar hikoya, ertak, she’r o’qiydilar; hajmi kichik
asarni yaxlit, hajmi katta bo‘lsa, ikki – ush dars davomida o’qiydilar, sinfdagi barcha o’quvchilar o’qigan kitobidan biror parchani o’qib beradilar. Ko’proq ovoz chiqarib o’qiydilar, bundan tashqari, darsda ichda o’qishdan ham, she’r yodlashdan ham, rollarga bo’lib o’qishdan ham foydalaniladi.
4.Har bir darsda o’qilgan asarni suhbat, ya’ni o’qituvshi savoliga javob
berish, erkin hikoyalab tahlil qilish elementi bo’ladi. Erkin hikoya qilish uchun savol umumiy tarzda beriladi: «Senga nimalar juda ham yoqdi?», «Bu kitob haqida sen nimalarni ayta olasan?» kabi tahlil jarayonida bolalarni axloq-odob ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat beriladi.
5.Har bir darsda ma’lum bir yangi kitobxonlik ko’nikmasi hosil qiladi:
mallif haqida ma’lumot topish, kitob nomiga qarab nima haqida ekanini bilish, ko’rgazma tuzish, kitob haqida taqriz yozish yoki kitobxon kundaligi yuritish kabi.
6.Har bir dars kirish suhbati bilan boshlanadi va sinfda o‘qish darslarida
qo‘llanadigan barcha usullardan foydalaniladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida an’anaviy usullar (qayta hikoyalash,
lug’at ishi, suhbat kabi)dan zarur o’rinlardagina foydalanish tavsiya etiladi, lug’at ishi bunday darslarda yordamshi rol o’ynaydi: ayrim qiyin so’zlar tushuntiriladi, o’quvshilar diqqati esda saqlab qolish lozim bo’lgan aniq, qulay nutq oborotlariga qaratiladi. Barsha qiyin so’zlarni tushuntirish imkoni bo’lgani ushun bolalar tegishli bet tagida berilgan ayrim so’zlar izohini o’qishga o’rgatiladi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida qayta hikoyalashning ijodiy shakllari
bo’lgan o’qilganlarga so’z bilan yoki grafik rasm chizish, aplikatsiya, adabiy – muzikali kompozitsiya, rasmlar, portretlar, diafilmlardan foydalanishga sharoit yaratadi. O’qilganlar asosida insho, gazetaga maqola yozish kabi ijodiy ishlardan ham foydalanish mumkin.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida suhbat o’qilgan kitobni muhokama
qilishda ham, yangi kitob tavsiya qilishda ham qo’llaniladi; suhbat elementlari o’qilgan asardan asosiy mazmunni ajratish ushun, vokealar izshilligini, bo’lgan vaqti va o’rnini, bog’lanishini belgilashga yordam beradi. Suhbat ushun savol tuzishda o’quvchilarning mustaqilligi, hayotdan, o’qilgan boshqa kitoblardan qo’shimcha javob berishi hisobga olinadi. Boshqa darslardagi kabi, bunday darslarda ham kirish suhbati,
umumlashtiruvchi, yakunlovchi suhbatlar bo’ladi. Ko’pgina sinfdan tashqari o’qish darslari umumlashtiruvshi darslar kabi quriladi. Masalan, «Vatan haqidagi kitoblar» mavzusidagi sinfdan tashqari o’qish darsi umumlashtiruvchi dars kabi uyushtiriladi. Odatda, bunday darslarning qurilishida umumlashtirish elementlari bo’ladi. Metodik
vositalarni tanlash, dars qurilishi (asosiy mazmunni ajratish, taqqoslash, xulosalash, qo’shimsha materialni qo’shishni talab qiladigan savollar kabi) umumlashtirishning vazifasini belgilaydi. Umumlashtirishga ko’rgazma ham, albom tuzish ham, rasmlarni tatbiq etish ham yordam beradi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida qiziqarli mashqlarga alohida o’rin beriladi. Bunday darslarda adabiy musobaqa (bir mavzu ustida savol-javob o’yini), eng yaxshi insholar, rasmlar, topishmoq topish, bellashuvlar o’tkazish, topishmoqlar albomini tuzish, tayyorgarliksiz jamoa bilan yoki yakka ravishda ertak to’qib aytish, o’quvshilar hayoti haqida, yozuvshilarning chuqur ma’noli gap (hikmatli so’z)lari va maqollar, latifalar aytish mumkin. Ba’zan o’qituvchilar
bunday darslarda «Hazil minuti», «5 sekund o’ylash ushun», «Topishmoqlarni top», «Bilimdonlar klubi» kabi qiziqarli mashg’ulotlarni doimo o’tkazib turadilar. Sinfdan tashqari o’qish darslarini o’tqazish rejasini o’quv yilining yarmi
yoki butun o’quv yili ushun tuzib, darslar sistemasini belgilab olish tavsiya etiladi. Bunday planlashtirish darslarni xillashtirishga, ularning izshil va o’zaro bog’liq bo’lishiga, shuningdek darslarda ish turlarini taqsimlashga, bolalarga ta’lim tarbiya berish, bayramlar ulug’ kunlar, fasllarga mos ravishda mavzularni
taqsimlashga imkon beradi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarining tizimi dasturda belgilab berilgan
bilim, ko’nikma va malaka bilan o’quvchilarni qurollantirishga qarab belgilanadi.
Bunday darslar sistemasini ishlab shiqishda kishik yoshdagi o’quvshilarda
mustaqil o’qish malakalarini shakllantirish bosqishlarini ajratish muhim
ahamiyatga ega. Bu bosqishlar va o’quvchilarning har bir bosqichidagi
vazifalarini, sinfdan tashqari o’qish metodikasini metodist olima N.N.Svetlovskaya
ishlab bergan.
1.Tayyorlov bosqichi. Bu l-sinfning savod o'rgatish davriga to'g'ri
keladi. Unga darsning bir qismi - 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun „STO'
mashg'uloti" deb yuritiladi. Uning o'ziga xos xususiyatlari shundaki,
o'qituvchi asarni o'zi tanlaydi. asarning kichik hajmda bo'lishiga va boshqa
kitob tanlash tamoyillariga e'tibor beradi. Asarni o'qituvchining o'zi o'qib
beradi. O'quvchilar asarni eshitis-hga, eshit-ganlarini idrok etishga, ularga
soddagina baho berishga, asar mazmuni bilan sarlavhasining mosligini
aniqlashga, asar mazmunini hikoya qilib berishga o'rgatiladi. Bu bosqichda
o'quvchilar o'qish gigiyenasi va kitobga qanday munosabatda bo'lish bilan
tanishadilar.

2. Boshlang'ich bosqich. Bu l-sinfning 2-yarim yilligiga to'g'ri keladi.



Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi. Asarni
o'qishdan oldin o'quvchilar asar nomi va uning muallifi bilan tanishadilar,
rasmlarini tomosha qiladilar, daftarlariga u haqda soddagina qilib asar
muallifini va nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi.
Tanlangan asar (kitob) yaxshi o'qiydigan o'quvchiga maxsus tayyorgarlikdan
so'ng o'qitiladi. Asarning oson o'qiladigan o'rinlarini bo'sh o'qiydigan
o'quvchilarga o'qitish ham mumkin. Bu ularda o'qishga qiziqish uyg'otadi. Bu bosqichda o'quvchilar har xil tezlikda bo'g'inlab o'qiydilar. Shuning uchun o'qituvchi bu jarayonda har bir o'quvchiga individual yondashishi, kichik kitobxonni kitobni mustaqil o'qishga o'rgata borishi lozim.
Boshlang’ich bosqichda sinf ushun umumiy bo’lgan kitob sinfdan
tashqari o’qish darsida o’qib beriladi; uyga vazifa har bir o’quvchiga individual yondashgan holda topshiriladi. Darsda o’qish uchun beriladigan vazifalar ham individuallashtiriladi: «bo’sh» o’quvchilar gap qurilishi sodda, notanish so’zlari bo’lmagan kichik bir qismni o’qiydilar. Boshlang’ich bosqichning oxirida o’quvchilarning o’qish malakalari ancha stabillashadi. Bolalar so’zlarni sintetik
o’qishga, ayrim o’quvchilar tekis va ifodali o’qishga o’tadilar. O’quvchilar o’rtasidagi individual farq ancha kamayadi. Bolalarning o’quv ishidagi tajribasi ortadi. Bularning hammasi bolalarni keyingi bosqichga o’tishga imkoniyat yaratadi.
3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to'g'ri keladi. Bu davrda
o'quvchilarning o'qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o'quvchilarning sinfdan tashqari o'qiganlari baholanadi. Baholashda dastur talablariga
asoslaniladi: o'qigan kitoblarining sifat o'zlashtirishiga, miqdoriga, o'qigan kitobiga munosabat bildira olishiga e'tibor beriladi. Bunda o'quvchilar muayyan mavzuga doir bir necha asarlarni o'qib keladilar, ularning ayrim o'rinlarini ifodali o'qib beradilar, o'qigan asarlarini o'zaro taqqoslaydilar. Sinfdan tashqari o‘qishning bosqichiari, dastur talablari, tarbiyaviy vazifalari o'quvchilarning qiziqishiari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida kichik hajmdagi asarni o'qituvchi o'qib bersa, o'qilganlar yuzasidan suhbat, qayta hikoyalash o'tkazilsa, boshlang'ich bosqichda butun sinf o'quvchilari bir xil kitob bilan ta'minlanadi, barcha o'quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko'rgazmasi tashkil qilinadi. Asar ichda o'qishga topshirilishi, albomlar tayyorlanishi, kinofilm va diafilmlardan parcha-lar ko'rsatilishi, musiqiy daqiqalar o'tkazilishi hamda asar mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdirilishi ham mumkin. Bu jarayonda kitobni saqlash maqsadida uni yamash, o'rash o'rgatiladi, „Ertaklar bayrami", „Ifodali o'qish tanlovi" o'tkaziladi.
Asosiy bosqichda sinfdan tashqari o’qishga baho qo’yiladi (salbiy baho
qo’yish tavsiya etilmaydi). Baho qo’yishda, birinchidan o’quvchining sinfdan tashqari o’qish dasturi talablarini qanchalik egallagani, ikkinchidan, umumiy sinf ishlariga faol qatnashishi, ushinchidan mustaqil o’qigan kitoblarining soni va sifati,
o’qiganlarini tushunib yetish ko’nikmasi, kitobxonlik bilim doirasi va o’qigan kitoblari yuzasidan muhokama yurita olishi nazarda tutiladi.
Asosiy bosqich oxirida kichik yoshdagi o’quvchilar faol kitobxon uchun
zarur bo’lgan yaxshi o’qish ko’nikma va malakalarini egallashlari, eng muhimi, kitobni va mustaqil o’qishni sevishlari zarur.
Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning yordamchi shakllari ham bo’lib,
bular barcha ishlarni izchil uyushtirishni ta’minlaydi, sinfdan tashqari o’qish darslari uchun sharoit yaratadi. Bular:
1. Kitobni tashviqot qilish. Sinfdan tashqari o’qish uchun tavsiya etilgan
adabiyotlar ro’yxati maktabga va sinfga osib qo’yilib vaqt-vaqti bilan yangilanib, to’ldirilib turiladi. Kutubxona yoki o’qituchi tomonidan yangi nashr etilgan kitoblar
yoki bayram kunlari, shuningdek ayrim yozuvchilar yubileyiga bag’ishlangan ko’rgazmalar tashkil qilinadi va hokazo. Maktab yoki sinf devoriy gazetasida o’quvshilarning o’zi o’qigan kitobi haqidagi taqrizi bosiladi, yozuvshi ijodi haqida va biror mavzudagi kitoblar haqida montaj tayyorlanadi. Kitob o’qishga kutubxonachining sinfdagi suhbati, o’qituvchining o’quvchilar bilan shaxsiy suhbati orqali ham tashviq qilinadi.
2. Individual yordam va kundalik nazorat. O’quvchi bilan u o’qiyotgan
yoki o’qigan kitobi haqida suhbat, fikr almashish, rasmlarini muhokama qilish,
o’qigan kitoblari haqida yozganlarini ko’rib chiqish darajasi, o’qigan kitobi haqidagi
insho-taqrizini tahlil qilish, uy kutubxonasi bilan tanishish, o’qishi haqida ota-onasi bilan suhbat kabilar.
3. Sinfdan tashqari o‘qish yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaliklar,
viktorinalar, yozuvchilar, jurnalistlar, adabiyot o’qituvchilari bilan ushrashuv, adabiy ekskursiyalar. Bu ommaviy ishlarni tayyorlashda o’quvchilarning o’zlari qatnashadilar (so’zga tayyorlanadilar, montaj chiqaradilar, ko’rgazma tashkil qiladilar, mehmonlarni kutib oladilar, turli o’yinlar uyushtiradilar). Ommaviy ishlarni tayyorlashga yuqori sinf o’quvchilari ham jalb etiladi, ota-onalar taklif qilinadi.
4. Kutubxonaga yozilish. 1-sinf o’quvshilari o’qish malakalarini
egallashlariga qarab o’qituvchining ruxsati bilan kutubxonaga yoziladilar. O’quv yilining ikkinshi yarmidan boshlab barcha o’quvchilar kutubxonaga a’zo bo’lishlari
mumkin. O’qituvchi har oyda bir-ikki marta o’quvchilar kartotekasini tekshirib, kutubxonachi bilan suhbatlashadi.
5. O’quvchilarning o’qiganlarini hisobga olish. Bunda uiarning
kitobxonlik kundaligidan foydalaniladi. l-sinf o'quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nomini, 2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini qo'shib yozadilar. 3-4-sinf!arda o'qigan kitobining qisqacha mazmunini yozib, unga taqriz va o'z mulohazalarini ham qo'shishlari mumkin. O'quvchilarning o'qigan kitoblari og'zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular o'qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o'qish va sinfda o'qish darslarida,
yakka tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilarSinfdan tashqari o’qish darslarining xususiyatlari, birinshidan, sinfdan tashqari o’qish sistemasining bosqichlari bilan, ikkinchidan, o’quv vazifalari, ya’ni dastur bilan, uchinchidan, o’qituvchining oldiga qo’yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to’rtinshidan, o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. 1-sinfda o’quv yilining birinshi yarmida – tayyorlov bosqichida yangi matnni o’qituvchi o’qib beradi; ikkinchi – boshlang’ich bosqichdagi sinfdan tashqari o’qish darslarida yangi kichik hajmli kitobni o’quvchilar o’qiydilar, ammo bu vaqtda o’quvshilarda mustaqil o’qish malakasi hali o’smagan bo’ladi. Tayyorlov bosqichida o’tkaziladigan 20 minutlik sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotida 1-sinf o’quvchilari saviyasiga mos va qiziqarli bo’lgan, 5-6 minutda o’qishga mo’ljallangan hikoya, ertak, she’rlar tanlanadi; o’qilganlar yuzasidan
suhbat, mazmunini qayta hikoya qilish, kitob muqovasini, rasmlarni ko’rishga ham vaqt ajratiladi.
1-sinfda o’quv yilining ikkinshi yarmida o’tkaziladigan mustaqil o’qishga rahbarlikning asosiy turi sinfdan tashqari o’qish darslaridir. Bunday darslarda o’qituvshi kishik hikoyacha yoki she’rni o’qib beradi, so’ng o’qilganlar va o’quvchilar oldin o’qiganlari yuzasidan suhbat o’tkaziladi, qisqa umumlashtiriladi, kitob muallifi bilan tanishtiriladi. Keyin o’quvchilar yangi kitob bilan tanishadilar va uni o’zlari mustaqil ichida o’qiydilar; suhbat o’tkaziladi. Boshlang’ish bosqish
davomida sinfdan tashqari o’qish darslarida bir necha marta mavzuga qaratilgan yoki bir muallif yozgan kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Albom yoki montaj tayyorlanadi, konkurs o’tkaziladi, sinf kutubxonasi tashkil qilinadi, ertalik tayyorlanadi. Yordamshi vosita sifatida 2-3 darsda diafilm yoki kinofilmdan parsha ko’rsatiladi; 3 – 4 dars muzika eshittirish bilan, 4 – 5 dars o’qilganlarga rasmlar chizdirish bilan o’tadi. Bir dars kitobni qanday saqlash, uni yamashni o’rgatish maqsadida kutubxonada o’tkaziladi. Har bir sinfdan tashqari uqish darsida kitobning
muqovasi, nomi rasmlariga qarab, unda taxminan nima haqida yozilganini aytish mashq qilinadi.
“Ur to’qmoq”7 ertagining bola harakterining shakllanishida alohida o’rni
bor: ertak yaxshiga-yaxshi, yomonga-yomon bo’lish kerak degan muhim qoidani o’rtaga tashlaydi. Haqiqatdan ham xalqimizning “Qaynar xumcha”,”Ochil dasturxon”larini zo’rovonlik bilan tortib oladigan shaxslarga nisbatan “Ur to’qmoq”larni ishlatish zarurligini uqtiradi.
Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslari bilan bog’lab olib
boriladi. o’qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsalar,so’ngra bolalarning qiziqishlariga yaqin har xil mualliflarning bir
mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o’tadilar. Bunga asosan o’qituvchi o’quvchilar bilan maktab kutubxonasiga, 3-4- sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib, bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boraradi. Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o’quvchilarga ertak,hikoyalar o’qishga yordam beradi.
Sinfdan tashqari o’qish darslari, o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiiy kitiblar axtarish,asar qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish,ijodiy rasm ishlash,fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi. Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asarlarni o’quvchilarga mos
ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nutqni rivojlantirishga, lug’at boyligini oshirishga yordam beradi. Shungdek sahnalashtirilgan asarni
tomosha qilgan o’quvchilarning diqqatilari oshib xotiralarida saqlash qobiliyati o’sadi. Hatto sahnalashtirish o’quvchini har tomonlama kasbga yo’naltiradi, ya’ni aktiyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suhandonlik, rejissorlik kabi kasblarga nisbatan ilk tasavvurlarni o’rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o’qituvchi rahbarlik qiladi. O’quvchilarni ifodali kitob o’qishlari, o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o’qib o’rganishga intilish
uyg’toadi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qituvchi o’quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlar bilan tanishtirib borishi lozim. Q.Muhammadiy, P.Mo’min, Z.Diyor, A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Shuning uchun har bir maktab, ta’lim muassasasi o’quvchilar o’rtasida turli mavzularda ijod ahli bo’lgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar
tashkil etib turishlari kerak. Bunday uchrashuvlar o’quvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi. Kitobni, asarni qanday paydo bo’lishini, uni hurmat qilish, asrab-avaylashni o’rgatadi. Shunday qilib badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirish, yorqin obrazlar yaratish bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtradi. Ularda hayot go’zalligini idrok etishga o’rgatadi. So’z san’ati badiiy asarda o’z ifodasini topadi. Xalq badiiy so’zning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq
e’tibor berib kelishgan. Badiiy so’z xalqning barcha madaniy boyliklarini
abadiylashtirgan.Buning uchun esa o’quvchilar albatta xalq og’zaki ijodni yaqindan o’rganishlari lozim. Ertaklar-yaxshilikka yetaklar deganlariday o’quvchilar ertaklar bilan tanishar ekan mard, jasur, vatanparvar, mehribon bo’lishga, topishmoqlar o’qir ekanlar, topog’on, bilimdon, zukko bo’lishga intiladilar. Shu bilan bir qatorda
sinfdan tashqari o’qish darslarini samaradorligini o’stirishda “Sinfdan tashqari o’qish” burchagini yuritish juda katta ahamiyatga ega. Chunki “Sinfdan tashqari o’qish burchagi turlicha bezatilishi mumkin. Bu ishlar o’qituvchilarning ilg’or pedagogik mahoratiga va ijodkorligiga bog’liqdir. “Sinfdan tashqari o’qish burchagi” qanday bezatilmasin, u yerda topshiriq, rasm va shu kabilarni ishlab ilib
qo’yish uchun taxta yoki kitob javoni bo’lishi shart. 150x100 kattalikdagi stend devorga qistirilib, uning tepa qismiga “Sinfdan tashqari o’qish burchagi” deb yozub
qo’yiladi. O’quvchilar navbatdagi sinfdan tashqari o’qish darsigacha o’qishlari uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati unga joylashtirilishi mimkin. Masalan:
“Do’stlik” mavzusida sinfdan tashqari o’qish burchagi tashkil qilsak ishni
quyidagicha bajaramiz: O’quvchilar ikki xafta davomida kitoblar bilan tanishadilar. O’zlariga
yoqqan asar qaxramonlarining rasmlarini chizadilar, aplikatsiyalar bilan bezatilgan rasmlar ham tayyorlashlari mumkin. Xafta yakunida o’qigan kitoblari asosida sahna ko’rininshlari tayyorlaydilar, monolog va diologlar o’qiydilar. Savol-javob, test
uslublaridan foydalanadilar. Kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimizni bilgan holda aqlan yetuk, jismonan sog’lom qilib tarbiyalash biz murabbiylar, ustozlar zimmasidadir. Shunday ekan mashaqqatli, ammo sharafli kasbimizni bajarishda izlanuvchan ijodkor bo’lishimiz zarurdir.

SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARIDA ERTAKLAR


USTIDA ISHLASHNING AHAMIYATI VA USULLARI.
2.1. Ertaklarning janr xususiyatlari va ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati

Hammamiz bolaligimizdan turli-tuman ertaklar tinglab katta bo‘lganmiz.


Ba’zilarimiz balog‘at yoshiga yetganda ham ertak kitoblar o‘qish, film-ertaklar, multfilmlar ko‘rish ishtiyoqini saqlab qolganmiz. Bu – ertaklarning sehrli olami g‘oyat maftunkor ekanidan, albatta. Ertak – hikoya tarzidagi xalq og‘zaki ijodi asari bo‘lib, eng qadimiy, ommaviy va keng tarqalgan janr. Yurtimizning turli
hududlarida ertak xalq orasida matal, ushuk, varsaqi, cho‘pchak, o‘tirik, tutal kabi nomlar bilan ham ataladi.
Ertaklar turmushdagi biror qiziq voqeni yoki xayoliy va hayotiy uydirma
asosiga qurilgan ibratli g‘oya asosida ajoyibu g‘aroyib tarzda, jozibali, ixcham va mukammal holda aks ettirishi bilan kishida zavq uyg‘otadi.
O‘zbek xalq ertaklarini shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar sifatida farqlash mumkin. «Bo‘ri bilan tulki», «Hiylagar bedana», «Chivinboy» kabi ertaklarning bosh qahramonlari hayvonlar, qushlar,
hasharotlardir. «Yalmog‘iz», «Semurg‘», «Zumrad va Qimmat» ertaklari sirli va sehrli voqealar asosiga qurilgan. «Uch og‘a-ini botirlar», «Malikai Husnobod», «Ayoz» kabi ertaklarda barkamol shaxslarning ibratli hayoti va sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. Shoir va yozuvchilar ham o‘z xalqining eng chiroyli, ta’sirchan ertaklari asosida adabiy ertaklar, dostonlar, qissa va xayoliy hikoyalar yaratadilar. Ertaklar asosida badiiy va multiplikatsion filmlar olinadi, sahna asarlari qo‘yiladi. “Ertaklar – yaxshilikka yetaklar”, deydi xalqimiz. Oilada ota-onalar tomonidan farzandlarga hayot haqida bilim berish, o‘git-nasihat qilish, nutq o‘stirish, mehru e’tiborini amalda ifodalash uchun ertaklar aytiladi. Bola ulg‘aya
borgan sari ertaklarning hajmi kengayib, mazmuni va mundarijsi murakkablashib boradi. Ertaklar ta’sirida farzandlarda hayotga muhabbat, oilaga, ota-onaga mehr,
do‘stu yorga sadoqat, kelajakka umid, yaxshilik va adolat tantanasiga ishonch hislari kamolga yetadi. Ota-onasi, buvi va bobolaridan, donishmand keksalardan
eshitgan, kitoblaridan o‘qigan ertaklarini eslab qolib, ularni qiziqarli va ta’sirchan qilib hikoya qilib beradigan odamni ertakchi deyish mumkin.
Ertakchilar har bir ertakni tinglovchining diaqqtini tortib, uni mahliyo
qiladigan holda taqdim etish uchun maxsus kirish, boshlama va tugallamadan foydalanadilar. Kirish qism ertakchi mahoratini namoyish qiladi, boshlama va tugallama esa ertakning yaxlitligini ta’minlash bilan birga unga sirlilik va an’anaviylik baxsh etadi.
Ertakchi: “Ertagimning eri bor, yetti qavat yeri bor, yetti qavat yerida dumi kalta bo‘ri bor.”, “Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da to‘q ekan. Qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan. G‘oz karnaychi ekan, o‘rdak surnaychi ekan. Toshbaqa torozigar ekan, qurbaqa undan bir tanga qarzdor ekan. Uzoq o‘tgan zamonlarda bir podsho bo‘lgan ekan...”. Tugallanmada esa ko‘pincha: “Shunday qilib, hammalari murod-maqsadlariga yetishibdi” deyiladi. Xalq og’zaki ijodiyoti, xususan, ertaklar bilan shug’ullanuvchi olimlar
o’zbek xalq ertaklarini mavzu jihatidan bir-birlaridan farqli tarzda tasnif qilganlar.
Ammo ko’pchilikka ma’qul bo’lgan tasnif quyidagichadir:
Hayvonlar haqidagi ertaklar.
Sehrli-fantastik ertaklar.
Hayotiy-maishiy ertaklar.
Bundan tashqari, satirik ertaklar ham mavjud. Ammo hajviyot elementlari
boshqa turdagi ertaklarda ham ko’p yoki ozroq darajada uchrab turadilar. Qisqaroq
hajmli, kulgili ertaklar toifasi borki, ularni yumoristik ertaklar deyish mumkin.
Hayvonlar haqidagi ertaklar o’z ichida olib tahlil qilinsa, sof hayvonlar
haqidagi ertaklar va hayvonlar va odam ishtirokidagi ertaklarga bo’linishi mumkin.
Sof hayvonlar haqidagi ertaklar ayrim jihatlari bilan, ya’ni ixchamligi va ibrtaliligi
bilan masallarga ham o’xshab ketadilar. Aynan mana shunday xarakterdagi kichik
hikoyalar Sharq xalqlari orasida ko’p uchrashligini bir qator olimlar ta’kidlab o’tganlar.
Uzoq asrlar davomida xalqimiz o’zining badiiyatga bo’lgan ehtiyojinining
katta bir qismini ertaklar aytish va tinglash orqali qondirib kelgan. Uzun qish
kechalarida ertaklar aytilmagan oilani topib bo’lmagan. Bu bilan aytmoqchimizki,
ertaklar folklor janrlari orasida eng ommaboplaridan biri bo’lgan.
Ertak aytuvchilar vaziyatga, auditoriyaga qarab, ya’ni tinglovchilarning
kimlar ekanligiga qarab, ertakning voqeasini bir oz o’zgartirib, tarbiyaviy
maqsadlarda o’zgarishlar kiritib hikoya qilganlar.
Fantastikasiz ertak yo’q. Ertakchi doimo haqiqatni bo’rttirib, voqealarni
o’ta fantastik liboslarda bayon etadi. Bizning nazarimizda, tasvir ob’ekti
me’yoridan oshirilib, buzib berilayotgandek tuyulishi mumkin. Aslida bunday emas. Ertaklarda hayot voqeligi fantastik libosda beriladi. Bunday libos xalqimiz uchun istalgan maqsad va g’oyalarni ilgari surish uchun qulayliklar tug’diradi.
Ertaklarni o’qir ekanmiz, biz ajoyib va g’aroyib o’lkalarga safar qilamiz, devlar va ajdaholar, sehrgar va jodugarlarni uchratamiz. Ammo ertak nihoyasiga yaqinlashib borar ekan, biz hayotiy voqealarga qaytamiz. Ertak qahramonlari barcha yovuz kuchlar ustidan g’alaba qilganligi bizni quvontiradi, yengil nafas olamiz. Ertaklarning qiziqarli va ta’sirli bo’lishini ta’minlashda boshqa janrlarning o’rni va ahamiyati katta bo’ladi. Chunki ertaklar bag’ridan qo’shiqlar,
topishmoqlar, tez aytishlar, maqol va matallar o’rin olar ekan, ertaklar tag’in ham mazmunli va tarbiyaviy ahamiyat kasb etuvchi asarlar bo’ladilar. Masalan, ayrim ertaklarda maqollar ko’p qo’llaniladi, hatto maqollar ertakning nomiga aylanishi
ham mumkin. «Botir echki» ertagida «o’zingni bil, o’zgani qo’y», “Qambarjon» ertagida «Itining fe’li egasiga ma’lum», «Hasan va Zuhra» ertagida; «Qush tilini qush biladi» maqollari ertakning badiiyligini oshirib qolmasdan, balki uning g’oyasini ham oydinlashtirgan.8
Ertaklarning qiziqarli va o’qimishli bo’lishida topishmoq janrining ham
hissasi bor. Ertaklarning qahramonlari sehrli vositalarni qo’lga kiritish uchun yoki
malikaga uylanish uchun topishmoqning javobini topishlariga to’g’ri keladi. Masalan, «Baliqchi va Malika» ertagining qahramoni sehrli kavushni qo’lga kiritish uchun sehrgarning uchta topishmog’ini topishi kerak edi.Bular
quyidagilar: «Qanday narsa suvdan chiqadi-yu, qaytib suvga tushmaydi?» (Baliq); «Qanday narsa suvga tushadi-yu, qaytib chiqmaydi?» (Yomg’ir); «Qanday narsa suvga tushadi-yu, yana qaytib chiqadi, ammo hech yeriga suv tegmaydi?» (Oy) Ko’rinib turibdiki, topishmoqlarning ertak tarkibida uchrashi, bu ertaklarning o’quvchilarini tag’in ham qiziqtiradi, o’ylantiradi, fikr qilishga majbur
qiladi. Ular javoblarni bilib olganlaridan keyin qoyil qoladilar, ularning zehni ortadi, saviyasi yuqorilashib boradi.
Ertaklarda maqol, matal, topishmoq, qo’shiqlarning uchrashi ertaklarning
badiiyligini oshiradi, o’quvchining dunyoqarashini kengaytiradi, qisqasi, ertakning o’quvchi ongiga oson singishiga yordam beradi.
Madaniy-ma’naviy, badiiy ozuqa olishning imkoniyatlari ko’p bo’lgan
bizning davrimizda ham ertaklar o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Hozir ham bolalar bor oilalarda kunda bir-ikki ertak aytiladi. Radio va televidenie orqali ertaklar hikoya qilinadi yoki ular asosidagi filmlar namoyish qilinadi. Bolalarning eng sevimli asarlari ham ertaklarga to’g’ri keladi.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo‘lmasada,
amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o‘qib o‘rganiladi. O‘qish
darsliklarga, asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va
topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o‘qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning o‘quvchilarga ta’siri ham har xil bo‘ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoq predmet, voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikni taqqoslash orqali o‘zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko‘ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o‘qishda o‘qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi. Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko‘pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo‘shilib ketadi. Ertakning o‘tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g‘oyaviy yo‘nalishi, unda ezgulik kuchining - yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni o‘ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so‘z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi,
ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilar ko‘pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo‘lgan yovuz, baxil, ochko‘z obrazlarga bo‘linadi.
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o‘quvchilar unda to‘g‘rilik, halollik g‘alaba qilganidan, kambag‘al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro‘yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka
uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo‘lishini istaydilar.
Masalan, «Halollik» ertagida (3-sinf) asosiy fikr kambag‘allarga yordam
ko‘rsatish, o‘z mehnati bilan hayot kechirish bo‘lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g‘oyasi ilgari surilgan bo‘lsa, «Hiylagarning jazosi» ertagida (4-sinf) soddadilning to‘g‘riligi hiylagarning makri ustidan g‘olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g‘oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to‘g‘riso‘zlilikning g‘alabasi
bilan yakunlanadi. Bunday g‘alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan. Ertak bolalarda qahramonlarning xatti-harakatini muhokama qilib, baholash ko‘nikmasini o‘stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g‘alaba qozonishiga ishonch uyg‘otadi. O‘quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida «Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?) Nima uchun?», «... nima uchun jazolandi? (yoki rag‘batlantirildi?)», «Nima uchun ertakdagi ba’zi
qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki ba’zilaridan yuz o‘giradi?)» kabi savollarga javob topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib, xulosaga keladilar.
Boshlang‘ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko‘proq o‘qitiladi.
«Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak» (Anvar Obidjon), «Ko‘zacha bilan tulki», «Olapar, Mosh, Musicha» kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o‘qitiladi va
tahlil qilinadi. Ertak matni ustida ishlashda tanlab o‘qish, savollarga javob berish, o‘quvchilarning o‘zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik
tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi. Maktab tajribasidan ma’lumki, kichik yoshdagi o‘quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini
yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o‘qib tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini yaxshi idrok etishga,
XULOSA
Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir
qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir
mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni oittiradi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilarni kitobga, badiiy asarlarga qiziqishini uyg‘otish maqsadida, ularni ongli kitobxonlar bo‘lib yetishishlari uchun
turli janrdagi asarlar bilan tanishtirib boriladi. Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi o'qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni to'g'ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslari bilan bog’lab olib
boriladi. o’qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilanm tanishsalar, so’ngra bolalarning qiziqishlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o’tadilar. Bunga asosan o’qituvchi
o’quvchilar bilan maktab kutubxonasiga, 3-4- sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib, bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boraradi. Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o’quvchilarga ertak, hikoyalar
o’qishga yordam beradi. Xalqimizning tarixi, uning urf-odatlari, moddiy va ma’naviy boyliklari, barcha orzu istaklari yillar davomida yaratilgan ertaklarida saqlanib kelmoqda. Kishilar o’z orzu havaslarini yosh avlodlarda, izlarida ko’rishni istaydilar. Shu sababdan ham o’quvchilarga ertaklarni o’qishga tavsiya qilinadi. Ertak o’qigan
bolalar qiyinchilikni yengishga, botir, jasur bo’lishga intiladilar. O’quvchilar yer yuzidagi barcha insonlarning men bir bo’lagiman, men o’z xalqimga qilayotgan ishlarim bilan ularga munosib bo’lib ulg’ayishim kerak desalargina o’z xalqini munosib farzandlari bo’la oladilar. Ertaklar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiylaydigan baynalminal badiiy quroldir.
Ertak matni ustida ishlashda tanlab o‘qish, savollarga javob berish,
o‘quvchilarning o‘zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafi tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Ertak bolalarda personajlarning xatti - harakatini muhokama qilib, baholash ko’nikmasini o’stiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijobiy fazilatlarni tarbiyalashda ham ertaklardan foydalanish eng yaxshi usuldir. Chunki bolalar ertaklarni sevadilar, katta qiziqish bilan tinglaydilar, ertak qahramonlariga o‘xshagilari keladi. O‘zlari yoqtirgan qahramonlarga o‘xshashni xohlagan bolajonlar albatta bu qahramonlarning yaxshi xulq-atvorlariga, mard va jasurligiga, aqlli va
farosatliligiga, mehnatkash va uddanburonligiga ham ahamiyat beradilar, bu fazilartlarni o‘zlarida tarbiyalashga harakat qiladilar.
Sinfdan tashqari o’qish darslari, o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni
yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi. Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asarlarni o’quvchilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nutqni rivojlantirishga, lug’at boyligini oshirishga yordam beradi. Shungdek sahnalashtirilgan asarni
tomosha qilgan o’quvchilarning diqqatilari oshib xotiralarida saqlash qobiliyati o’sadi. Hatto sahnalashtirish o’quvchini har tomonlama kasbga yo’naltiradi, ya’ni aktiyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suhandonlik, rejissorlik kabi kasblarga nisbatan ilk tasavvurlarni o’rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o’qituvchi rahbarlik qiladi. O’quvchilarni ifodali kitob o’qishlari, o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o’qib o’rganishga intilish
uyg’toadi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qituvchi o’quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlar bilan tanishtirib borishi lozim.
Download 37,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish