Mavzu : Suhbat turlari va uning mazmuni. Reja: Suhbat turlari haqida tushuncha. Suhbat turlarining mazmuni



Download 23,11 Kb.
bet1/2
Sana15.04.2022
Hajmi23,11 Kb.
#554413
  1   2
Bog'liq
Suhbat turlari va uning mazmuni


Mavzu : Suhbat turlari va uning mazmuni .
Reja:
1. Suhbat turlari haqida tushuncha.
2. Suhbat turlarining mazmuni.
Bugungi bolalar qayerda yashashidan qat’iy nazar, doimiy ravishda ijtimoiy, siyosiy , ekologik, ilmiy- texnikaviy va industrial sohalarda yuz berayotgan o'zgarishlar hamda yangilanishlarga duch kelishadi . Mazkur islohotlar natijasida jamiyatdagi munosabatlarning, hayotiy zarur kasblar mazmuini ham ma’lum ma’noda o’zgarishiga olib keladi. Bu kabi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi narsalarni o’zlashtirishini, butun umri davomida o’qib-o’rganib borishini taqazo etadi.
Suhbat- har doim ma’lum maqsad va reja asosida amalga oshiriladi.
Buning uchun puxta tayyorgarlik ko’rish kerak , chunki suhbat quyidagi shartlarga rioya qilishni talab etadi:

  1. o’tkazilayotgan suhbatning mavzusi va mazmuni suhbatda qatnashuvchi odamning taraqqiyot darajasiga hamda yosh xususiyatiga mos bo’lishi;

  2. suhbat paytida berilayotgan savollar suhbatdan oldin yaxshilab o’ylab olingan bo’lishi kerak;

  3. suhbat paytida beriladigan savollarga “Ha” , “Yo’q” kabi juda qisqa tarzda emas, balki batafsil javob olishga erishish;

  4. suhbat paytida suhbatdosh zerikib yoki toliqib qolmasligi uchun suhbat haddan tashqari cho’zilib ketmasligini nazarda tutmoq lozim;

Suhbat turlari va uning mazmuni. Suhbat qismlari. Suhbatga tarbiyachining tayyorlanishi va o’tkazishi. Suhbatda asosiy o’rgatish usuli orqali savllar berish. Suratlar bilan o’tkaziladigan ta’limiy faoliyatlarda bolalarni so’zlashuv nutqiga (dialogik) o’rgatish.
Tayanch ibora: suhbat, mazmun, so’zlashuv nutqi
Suhbat turlari
Suhbat asosan 3 xil bo‘ladi:

  1. Kirish suhbati.

  2. Sayohat va kuzatish davomida o‘tkaziladigan suhbat.

  3. Yakuniy suhbat.

Kirish suhbati. Bu suhbat turidan bolalarni sayohatga olib borishdan oldin yoki bolalarga o‘qilgan badiiy asarlarni qayta hikoya qildirishdan oldin foydalaniladi. Masalan, 6 yoshli bolalar bilan „ Pomidor o‘tqazdik “ mavzusida suhbat o‘tkazishda (pomidor o‘tqaziladigan yerga olib borishdan avval) tarbiyachi bolalarni guruh xonasida to‘plab, qisqacha kirish suhbati o‘tkazadi, kirish suhbati davomida bolalarga quyidagi savollarni beradi:

  • Bolalar, eslanglar-chi, biz sizlar bilan tuvakdagi pomidor ko‘chatlarini yerga (jo‘yaklarga) qachon ekkan edik?

  • Kimning ko‘chati qayerga ekilganligini tez bilib olish uchun qanday belgi qo‘ygan edik?

  • Pomidor yaxshi hosil berishi uchun uni qanday parvarish qilish kerak?

  • Pomidorga suvni nimada quyish yaxshiroq — leykadami yoki chelakdami?

Bolalar javobidan so‘ng tarbiyachi ularni to‘ldirib, shunday deydi: — To‘g‘ri, bolalar, biz uch kun oldin guruhimizning yeriga tuvakdagi pomidor ko‘chatlarini ekkan edik. Har kim o‘z ko‘chatini parvarish qilishi uchun har bir ko‘chat kimniki ekanligini bildiruvchi uzun cho‘pni tuvak yoniga (yerga) suqib, unga ismlarni yozib qo‘ygan edik. Mana bugun biz sizlar bilan yerga ekilgan pomidor ko‘chatlarimizni parvarish qilish uchun boramiz va u yerda kimning ko‘chati qanday ko‘karganini, unga qanday qilib suv berishni, qanday o‘g‘it solishni kuzatamiz. Mana, men pomidor ko‘chatlariga suv quyish uchun leykachalarni tayyorlab qo‘ydim. Leykachalardan quyilgan suv xuddi yomg‘irga o‘xshab tushadi. Bu ko‘chat ildizlarining atrofmi yumshatishga, ildizning yaxshi rivojlanishiga yordam beradi. Hozir hammangiz kiyimlaringizni kiyib olib, ikkitadan bo‘lib, qoida ushlashib, ekin maydonimizga borishga tayyorlanasiz.
Bog‘cha dahlizida shovqin qilmasdan, boshqa guruhlarning ta’limiy faoliyat o‘tishlariga xalaqit bermasdan, sekin-asta yuramiz.
Sayohat yoki biror-bir narsani kuzatish davomida suhbat o‘tkazish. Bolalarni pomidor ko‘chati ekilgan yerga olib borib, pomidor ko'chatining o‘sishini kuzatish va uni qanday parvarish qilish to‘g‘risidagi suhbatni tarbiyachi quyidagi savollar asosida davom ettiradi:

  • Bolalar, biz hozir qayerga keldik?

  • Kimning ko‘chati qayerga ekilganligini qanday bilib olasiz?

  • Pomidor ko‘chati yaxshi o‘sishi uchun nima qilish kerak?

  • Parvarish qilish nimalardan iborat?

  • Nima uchun o‘simlikka namlik (suv) kerak?

  • Suvni nimada quygan yaxshiroq? Nima uchun? (Bir bolaga leykachani beradi , u o’z ko‘chatiga suv quyadi.)

  • Nima uchun ko‘chatga oziq beriladi? (Tarbiyachi ko'chatga oldindan tayyorlab qo‘yilgan o‘g’itni solib ko'rsatadi va ustidan leyka bilan suv quyadi.)

  • Ko‘chatga nima uchun quyosh nuri kerak?

  • Begona o‘tlarning ko‘chat uchun qanday zarari bor?

Shundan so‘ng tarbiyachi bolalarning javobini to‘ldirib, suhbatni pomidor haqidagi she’rni aytib berish bilan tugatadi:
Barglar ostidan Xoh salat qiling,
Boqsam mo'ralab. Xoh soling oshga.
Uzgingiz kelar, Ishtaha ochgum
Tongda saralab. Keksa-yu, yoshga.
Tarbiyachi ta’limiy faoliyatdan so‘ng bolalarga o‘z ko‘chatlariga o‘g‘it va leykadan suv quyishni aytadi , o‘zi esa topshiriqni bolalar qanday bajarayotganlarini kuzatib boradi, zarur bo‘lsa, yordam beradi.
Yakuniy suhbat. Bu suhbat turi bolalarning ko'rgan-eshitgan narsalari haqidagi bilimlarini aniqlash va uni mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi.
Tarbiyachi bolalarni pomidor ko‘chati ekilgan yerga boshlab borib, ko‘chatni parvarish qilish kerakligi va bu ish nimadan iborat ekanligi haqida suhbat o‘tkazib, parvarish bilan bog’liq bo‘lgan ishlar bajarilgach, oradan bir hafta o‘tgach, „ Biz pomidor ko‘chatini qanday ekdik va parvarish qildik“ mavzusida yakuniy suhbat o‘tkazadi.
Ushbu suhbat jarayonida bolalarga quyidagi savollarni berish mumkin:

  • Biz o‘tgan haftada qayerga brogan edik?

  • U yerda biz nimani kuzatgan edik?

  • Biz tuvakdagi pomidor ko‘chatini qayerga ekkan edik?

  • Har kim o‘z ko‘chati yoniga qanday belgi qo‘ygan edi? Buni nima uchun qilgan edi?

  • Nima uchun pomidor ko‘chatiga o‘g‘it solinadi?

  • Ko‘chatga suvni nimada quydingiz? Nima uchun leykada suv quydingiz?

  • Pomidor ko’chatlari uchun quyosh nuri nima uchun kerak?

  • Pomidor yaxshi o‘sishi uchun uni nimalardan tozalash kerak?

  • Pomidor qachon ekiladi? U qachon pishadi?

  • Bizning ekin maydonimizda yana qanday sabzavotlar bor? Ular nima uchun kerak?

Tarbiyachi bolalar javobini toldiradi va suhbatni sabzavotlar to‘g‘risidagi she’rlar yoki topishmoqlar aytish bilan tugatadi.

Download 23,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish