Mavzu : O`zbekiston respublikasi oliy majlis deputatlari va senatorlari saylovi



Download 1.33 Mb.
Sana12.01.2017
Hajmi1.33 Mb.
Sana :____________ 9-Sinf 30-35 nafar o`quvchi

MAVZU : O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLIS DEPUTATLARI VA SENATORLARI SAYLOVI
( AMALIY DARS)


Ta’limiy maqsad: O`quvchilarga saylov kompaniyasini o`kazish tartibi va

deputatlar saylovini o`tkazish mexanizimi hususiyatlarini ko`rsatib

berish ;

Tarbiyaviy maqsad : O`quvchilarini davlatimiz hayotida faol bo`lish ruhida

tarbiyalash;



Rivojlantiruvchi tarbiya: O`quvchilarni saylov tizimi tog`risidagi tasavvurlarini

shuningdek hayotiy ko`nikmlarini rivojlantirish;



Dars turi : egallagan bilimlarni mustahkamlovchi

Dars metodi : interfaol,savol –javob, faollashtiruvchi savollar, guruhlarda ishlash

Dars jihozi :

Didaktik jihoz – O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Saylovchilar huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi, qonunning qabul qilinishi, “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘grisida”, “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi qonunlar va qo`llanmalar.

Vatman, skotch, rangli markerlar, (darsning metodidan kelib chiqqan holda boshqa devonxona buyumlari : ko`chma saylov qutisi , saylov xonasi, saylov varaqalari ) ,mavzuga oid rasmlar.



Texnik jihozi- Kompyuter, video proektor, mavzu asosida tayyorlangan

slaydlar


Tayanch atamalar: -Saylov komissiyasi; deputatalikka nomzod; saylov oldi kompaniyasi; saylov dasturlari; saylov uchastkalari; saylov kompaniyasi;

Dars bosqichlar :

Darsni tashkil qilish

Davomatni aniqlash, o`quvchilarni darsga tayyorgarlash

3 daqiqa

Uy vazifasini tekshirish

O`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimini aniqlash

7 daqiqa

O`quvchilarni faollashtirish

Darsning didaktik jihozlari orqali, o`quvchilarga savollar berish, ularning diqqatini jamlash va h.z.

3 daqiqa

Mavzuni yoritib berish

Ma`ruza. O`quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlarni to`g`ri yo`naltirish. Mavzuni ochib berish

5 daqiqa

Guruhlarda ishlash

O`quvchilar o`z guruhlarida topshiriqni bajaradilar va taqdimotni o`tkazadilar.

20 daqiqa

Darsni yakuni

O`qituvchi o`quvchilar bajargan ishlarini hulosa qilinadi ,o`quvchilar rag`batlantirilib ballari e`lon qilinadi, baholash, va uyga vazifa

7minut

Darsning borishi :

I.Tashkiliy qism : 3 daqiqa

A) Salomlashish ;B) O`quvchilar davomatini aniqlash ; V) O`tilgan mavzuni va uy vazifasini aniqlash S) Hafta kuni haqida ma`lumot berish;

Masalan : 14.04.2016 yil haftaning payshanba kuni ya`ni “” Ota-onalar “ kuni

“Voyaga yetganlar , mehnatga layoqatli farzandlar o`z ota-onalari haqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar .” O`zbekiston Respublikasining Kontitutsiyasi XIV –bob 66-modda O`tilgan mavzu : O’zbekiston Respublikasining saylov tizimi. 7 daqiqa

O`quvchilar bilimini aniqlash : Yozma savol-javob asosida

Izoh : O`quvchilar soat ko`rsatgichi yo`nalishida sanoq son asosida 1,2,3 gacha sanashadi va shunday tartibda savollarni variant asosida bajarishadi. I—son I variantni , 2-son II- variantni ,3-son III – variantni bajaradilar (Savollar ekranda ko`rsatilib turiladi.)

I-variant

1.”O`zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar.” O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining hechanchi moddasida belgilab qo`yilgan ?

2.Saylov tizimi deganda nimani tushunamiz ?

3. O`zbekistonda qanday saylov tizimi belgilangan ?

4.Quyi palataga nechta deputat xalq tomonidan saylanadi ?

5.O`zbekiston Respublikasida saylov jarayonida kimlar ovoz berish huquqiga ega?

II-Variant

1.Saylov prinsiplarini ko`rsatib bering ?

2.Hokimiyatga da`vogarlik qilayotgan turli shaxs va siyosiy partiyalarga munosabat bildirish shakli nima deb ataladi ?

3.Necha yoshdan Oliy Majlis deputatligiga saylanish huquqi belgilangan?

4. “ O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning saylov to`g`risida “ gi qonuning 44-moddasida nima haqida so`z boradi?

5.O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nechta palatadan iborat ?

III-variant

1. “Oliy Majlis deputatlari saylovida ovoz berish erkin va yashirindir “ O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning saylov to’g’risida “ gi qonuning nechanchi moddasida belgilangan?

2.Kimlar saylov huquqidan mahrum etilgan ?

3. Saylov huquqi buzganligi uchun javobgarlikning qaysi turi belgilangan?

4.Oliy Majlis saylovda kim deputat etib saylangan hisoblanadi ?

5.Qanday saylov tizimlarini bilasiz?

Izoh: O`quvchilar topshiriqni bajarish jarayonida o`qituvchi tomonidn nazorat qilishi kerak. O`quvchilar bajargan ishlarini “ Charxpalak ” usulidan foydalanib tekshiriladi.

Javob:


I-Variant

1.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117- moddasi.

2. Saylov tizimi – davlat hokimiyati vakillik organlariga va mamlakat Prezidentini saylash

3.O`zbekistonda Majoritar saylov tizimi belgilangan .

4. 135 nafar


    1. oshdan boshlab O`zbekiston fuqarolari

II-Variant

1.Umumiy, teng, to`g`rida-to`g`ri saylov huquqi, yashirin ovoz berish

2. Ovoz berish

3. 25 yoshdan O`zbekiston fuqarolariga

4. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning yarimidan ko`pini olgan nomzod Oliy Majlis deputatligiga saylangan hisoblanadi.

5.2 ta quyi va yuqori palata ya`ni qonunchilik va senat palatalari

III- Variant


  1. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning saylov to`g`risida “ gi qonuning

5- moddasida belgilangan

2.Huquqiy layoqatsizlar, qamoq joylarida saqlanayotganlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi yo`q shaxslar

3. Jinoiy javobgarlik

4. Saylovchilarning qonun bilan belgilangan ko`pchilik ovozini olgan nomzod shu saylov okrugi bo`yicha saylangan hisoblanadi.

5. Majaritar va proporsional
Faollashtiruvchi savollar : 3 daqiqa

1.2014 yil 21 dekabr kuni yurtimizda qanday siyosiy –tarixiy jarayon bo`lib o`tdi?

2. 2015 yil 29 mart kuni yurtimizda qanday siyosiy –tarixiy jarayon bo`lib o`tdi?

3. Saylov o`tkazish tartiblari qaysi huquqiy me`yoriy hujjatlarga asoslanadi ?

4.Saylovda ovoz berish huquqi necha yoshdan boshlanadi?

5.Oliy Majlis nechta palatada iborat ?

6..Oliy Majlisning palatalarining tarkibi qanday ?

7.Ular qanday tartibda saylanadilar?

8.Saylov kompaniyasi faoliyatini kim yuritadi ?

9.Bugun yurtimizda nechta siyosiy partiyalar faoliyat ko`rsatmoqda.?

Izoh : O`quvchilar javob berganligiga qarab guruhlarga bo`linadi

Guruh nomlari : “Saylov kommisiyasi ”, O`zbekiston Xalq demokratik patriyasi XDR, “ Adolat “ sotsial-demokratik Partiyasi, O`zbekiston liberal-demokratik partiyasi (O`zLiDep), O`zbekiston “ Milliy tiklanish ” demokratik partiyasi



II.Asosiy qism Qisqach ma`ruza : 5 daqiqa

( Mavzuga oid shuningdek amaliyot darsini o`tkazish bo`yicha qisqacha ma`lumot beriladi )

  • 2010 yil 12 noabr kuni O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISning qonunchilik palatasi va senatning qo`shma majlisida Prezidentimiz I.A.Karimovning “Mamalakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuquqrlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” ma`ruzasi qildi..Ushbu konsepsiya 6 ustivor yo`nalsihdan iborat.Yurtimizdagi saylov tizimi haqida alohida IV –bo`limida to`xtalib o`tgan. Bunda:

  • Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish

  • Sud tizimini isloh qilish

  • Аxborot sohasini isloh qilish , aхborot va so`z erkinligini ta`minlash

  • O`zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta`minlash va saylov qonunchiliggini rivojlantirish

  • Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish



  • Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish

Prezdentimiz :- “ Saylovlar - bu mamalakatimizda amalda bo`lgan huquqiy hormalarning nechog`liq demokratik ruhda ekanligini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatni uzviy belgisidir.Xalqning o`z hohish –irodasini erkin ifoda etishning fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo`lib , o`ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladi ….“

Natijada deputatlikka nomzodlar ko`rsatish tartibi o`zgartirildi. Oldingi saylovlarda Siyosiy partiyalar , davlat hokimiyati organlari ,fuqarolarning tashbbuskor guruhlari,hozirda siyosiy partiyalar Oliy Mmajlis nomzod ko`rsatish huquqi siyosiy partiyalarga berildi .

Shuningdek davlatimizda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Saylov to`g`risiagi qonunlar qabul qilingan .” Jumladan :

1.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabr 23-bob, 117- modda

2.O`zbekiston Respublikasining “ Markaziy saylov to`g`risida “ gi Qonun. 28.12.1993yil

3. “Saylovchilar huquqlarining kafolatlari to`g`risida” gi Qonun 1994 yil 5 may

4.“O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`isida” gi Qonun 2003 yil

5.“Viloyat ,tuman va shahar kengashiga saylov to`g`risida” gi Qonun 1994 yil 5 may

6 “O`zbekiston Republikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi Qonun 2012 yil 9 aprel

Guruhlarda ishlash : 20 daqiqa

Guruhlarga amalga oshiriladigan ishlar va ularni bajarish tartibi tushuntiriladi. Bunda guruhlarga vazifasi : har bir guruh o`z dasturini ishlab chiqadilar va taqdimotini o`tkazadilar. Siyosiy partiyalarning guruhlari o`z dasturlarini ishlab chiqish barobarida o`z nomzodlarini ko`rsatib Saylov komissiyasining ro`yxatidan o`tishi kerak.



Qisqacha ma’ruza : Maktabni ham kichik davlatga qiyoslasak bo`ladi. Saylov tartibini o`rganish , maktab kengashini saylashga harakat qilamiz.Maktab kengashidagi nomzodlar aniq rejalarini ishlab chiqishlari lozim. Ta`lim oluvchining insoniy qadr-qimmatini hurmat qiluvchi maktab intizomini saqlash borasidagi takliflaringizni kiriting.

I Saylov oldi kompaniyasiga tayyorgarlik

Saylov komissiyasi “ guruhi



Vazifasi : Guruh komissaiya raisini va kotibini saylaydi , saylov o`tkazilish joyini belgilaydi,saylovchilar ro`yxatga olinadi, ovoz berish xonasi ,saylov qutisi , jihozlar tayyorlanadi.

Qonunlarga mufoviq saylov jarayonlari bosqichlari :

1.Saylov sanasini belgilash

2.Markaziy saylov komissiyasini tashkil etish

3.Saylov okruglari, uchastkalarni tuzish

4.Saylov komissiyasini tuzish

5.Saylov kampaniyasi boshlanganligini e`lon qilish ya’ni “Brifing ” o`tkazish .



Partiyalar va ularning nomzodlari : O`zbekiston Xalq demokratik patriyasi XDR, “ Adolat “ sotsial-demokratik Partiyasi, O`zbekiston liberal-demokratik partiyasi (O’zLiDep),O`zbekiston “Milliy tiklanish ” demokratik partiya guruh o`quvchilari Nomzodini ko`rsatadi.Nomzodning ishonchli vakili nomzod haqida ma`lumot beradi.

I-BOSQICH

Har bir guruh o`z dasturlarini tayyorlaydi .Saylov oldi taktikasini (bajaradigan ishlarini) ishlab chiqadi,ularning saylovchilar oldidagu nutqi tayorlanadi,nomzodlarni yoqlab varaqalar chiqaradi,saylovchilar oldidagi nutqi tayyorlanadi.



II-BOSQICH.

Saylovoldi kampaniyasi “ Saylov komissiyasi “ guruhi saylovchilar ro`yxatini tuzadilar. Partiyalar va ularning nomzodlari saylovoldi dasturlari bilan tashishtiradilar.plakatlarni osib chiqadilar, tarqatmalar tarqatiladi,Ishonchli vakillari esa o`z dasturiy bayonotlari bilan nutq so`zlaydi va o`z nomzodlarini tanishtiradi.



III-BOSQICH .

Saylov.Saylov uchastkasiga birinchi bo`lib saylov komissiyasi a`zolari ,partiyalardan kuzatuvchilar ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinadi.Saylov komissiyasi uchastkada ishlarni tashkillashtiradi.. saylovchilar ovoz berishda ishitrok etadilar. Shundan so`ng “Saylov komissiyasi ” guruhining saylov yakunlari bo`yicha brifing o`tkazadi.



  • Dars yakunlarini chiqarish : 4 daqiqa

Prezdentimiz :- “ Saylovlar - bu mamalakatimizda amalda bolgan huquqiy hormalarning nechog`liq demokratik ruhda ekanligini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatni uzviy belgisidir.Xalqning o`z hohish –irodasini erkin ifoda etishning fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo`lib , o`ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladi ….“

Saylov saylov qonunchiligida jiddiy o`zgarishlar va qo`shimchalar kiritildi.

Qonunchilik palatasidagi o`rinlarning soni 120 tadan 150 nafarga ko`paytirildi.Shundan 135 nafari deputat siyosiy partiyalardan saylanadi.15 nafar deputatlik o’rni O`zbekiston Ekologik xarakatidan saylash huquqi berildi .

Deputatlikka nomzodlarning ishnchli vakillar soni 5 nafardan 10 nafargacha ko`ppaytirildi.

  • Partiyalardan ko`rsatilgan deputatlikka nomzodlarningkamida 30 % ayollar tashkil etishi shart Saylov kampaniyasi ushbu munim bosqichda deputatlikka nomzodlar ,siyosiy partiyalarga teng sharoitlar yaratish mexanizimlarini samaradorligini oshirishga xizmat qiladi .

  • Saylovchilarga o`z qarashlarini , siyosiy hayrihohligini aniqlab olish uchun, qanday siyosiy dasturga ovoz berish masalasiga ongli ravishda bir qarorga kelishi uchun vaqt beriladi.

Rag`batlantirish : 2 daqiqa

O`quvchilar ballari e`lon qilinadi

Izoh : Guruhlarga topshiriqni bajarishda faol ishtitok etgan o`quvchini aniqlashda o`quvchilar tavsiya berishini taklif qilish mumkin .Nomzodlar va guruhlar turli yo`nalishlarda rag`batlantiriladi .

Uyga vazifa : 1 daqiqa

O`tilgan mavzularni takroran o`rganib kelish , keying mavzu bilan tanishib chiqish .



TOSHKENT VILOYATI OLMALIQ SHAHAR

20 -UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABI
MAVZU : O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLIS

DEPUTATLARI VA SENATORLARI SAYLOVI
( AMALIY DARS)
Davlat va huquq asoslari fani o`qituvchisi :

Abdulqosimova Naima Isoxo`jayevna

9-sinf uchun “ Konstitutsiyaviy huquq asoslari” fanidan

1-soatlik dars ishlanmasi



2016 yil



Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik