Mavzu : Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari



Download 58.5 Kb.
Sana09.09.2017
Hajmi58.5 Kb.
Mavzu : Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari ( takrorlash )

Darsining talimiy maqsadi :

O`quvchilarga oksidlanish qaytarilish reaksiyalar, oksidlovchi,qaytaruvchi to`g`risida bilim berish.

Oksidlovchi,qaytaruvchilarni aniqlash, oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzish ko`nikmalarini hosil qilish .

Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarini ahamiyatini anglatish .



Darsning tarbiyaviy maqsadi :

O`quvchilarda bir-biriga do`stona munosabatda bo`lish malakasini,bir-biriga yordam berish tuyg`usini,guruh bo`lib ishlash malakasini hosil qilish .

Sinfda do`stona muhitni vujudga keltirish .

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi :

O`quvchilarning mustaqil mutoala qilish , mustaqil bilim olish , o`qigan ,o`rgangan

materiallar asosida xulosa qilish malakalarini rivojlantirish .

Darsning jihozlari :plakatlar , tarqatmalar.

Darsning turi : noanaviy ,sinov, berlashuv .

Darsning borishi :

I . Tashkiliy qism :

1. Sinf xonasini darsga tayyorligini ,o`quvchilar davomatini , o`quv qurollari , formasini ko`zdan kechirish.

2. Sinf o`quvchilarini uch guruhga ajratish va ularni ,, oksidlovchilar” ,

,,qaytaruvchilar” va ,,ham oksidlovchi ,ham qaytaruvchi “ guruhlari bilan nomlash.

Sinfda jami 27 o`quvchi bo`lib har guruhda 9 tadan o`quvchi bo`ladi .



II. Mavzu o`tilgan darslarda o`rganilgan va o`quvchilarga takrollab kelish topshirilgan. Dars bellashuv tarzda o`tadi .Doskaga faqat oksidlovchi , faqat qaytaruvchi va ham oksidlavchilar ,ham qaytaruvchi xossalarni namoyon qiluvchi moddalarning formulasi yozilgan doira shaklidagi qog`ozlar ilib qo`yilgan. Guruhlarning har bir o`quvchisi navbatma –navbat moddalardan o`z guruhi bilan nomlanuvchi moddalarni tanlaydi va ko`krak nishon qilib ta`qib oladi .

Guruhlarning ishlari tekshirilib, xato va kamchiliklar kuzatib boriladi va baholab jadvalga qayt etiladi .

Dars quyidagi shartlar bo`yicha davom etadi :Har bir guruhdan bir o`quvchi doskaga taklif etilib ularga oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari haqida ma`lumotlar yozilgan qog`ozlar beriladi . Ular ma`lumotlarni quyidagi tartibda joylashtirishlari zarur .

Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari




Malekulalar aro ichki malekulyar disproporsiyalanish

MnO2 + HCl =Cl2 + MnCl2 KNO3 =KNO2 + O2 Cl2 + H2O = HCl + HClO


3-shart : Har bir guruxdan bir o`quvchi doskada o`z guruhi nomini izohlaydi .

4-shart : Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarining turini aniqlash uchun ularda ishtirok etayotgan atomlarning oksidlanish darajalarini aniqlash lozim . Har bir guruhdan bitta o`quvchilar doskaga taklif etiladi va moddalarning formulasi asosida ulardagi atomlarning oksidlanish darajasini aniqlaydilar . O`quvchilarning

ishlari tekshirilib baholab boriladi .

5-shart : Har bir guruh a`zosi oksidlanish – qaytarilish reaksiya tenglamalarini

elektron balans usulida tuzadi .
6-shartda : Barcha o`quvchilarning mavzu yuzasidan bilimlari sinaladi . Buning uchun teskari o`girilib qo`yilgan turli shakldagi qog`ozlarga savollar yozilgan .

Har bir guruhdan o`quvchilar navbatma-navbat o`qiydi va javob beradilar .

Doskaga ilib qo`yiygan kimyoviy jihozlarning rasmi chizilgan plakatlarga yopishtiriladi. Har bir guruh uchun quyidagicha jihozlar chizilgan :



Qaysi guruh jihozini to`liq yasasa g`olib hisoblanadi .


Har bir guruh a`zolari navbatma-navbat quyidagi savollarga javob berishadi.

  1. guruh savollari :


  1. Oksidlovchi nima ?

  2. murkkab moddalarda atomlarning oksidlanish darajalari yig`indisi nechaga teng?

  3. Vodorodning oksidlanish darajasi necha ?

  4. Ichki malekulyar oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari .

  5. Ftor erkin sharoitda oksidlovchimi , qaytaruvchimi ?

  6. Atom qaytarilganda uning oksidlanish darajasi qanday o`zgaradi ?

  7. Turmushda suvni tozalashda nihoyatda zaharli gaz xlor ishlatiladi , nima uchun ?

  8. Quyidagi reaksiya turini aniqlang :

KNO3 = KNO2 + O2



  1. HJ oksidlovchimi yoki qaytaruvchimi ?



  1. guruh savollari :




  1. Qaytaruvchi nima ?

  2. Oddiy moddalarning oksidlarinish darajasi

  3. Malekulalar aro oksidlanisg – qaytarilish turlari

  4. Sinproporsiyalanish reaksiyalari qanday reaksiyalar

  5. O2 oksidlovchimi yoki qaytaruvchimi ?

  6. Oksidlanish jarayonida atomlarning oksidlanish darajalari qanday o`zgaradi ?

  7. Sanoatda kislorod havodan olinadi yoki suvni parchalab olinadi .Bulardan qaysi biri

oksidlanish – qaytarilish reaksiyalariga misol bo`la oladi ?

  1. Quyidagi oksidlanish – qaytarilish reaksiyasini turini aniqlang :

Cl2 + KOH = KCl +KClO3 +H2O

  1. K2 Cr2O7 oksidlovchimi yoki qaytaruvchimi ?



III – guruh savollari :


  1. Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari tarifi .

  2. Kislorodningning oksidlanish darajasi .

  3. Oksidlanish – qaytarilisg reaksiyalari turlari .

  4. Disproporsiyalanish reaksiyalari .

  5. Metallar erkin holda oksidlanish –qaytarilishga ko`ra oksidlovchimi yoki qaytaruvchimi ?

  6. Agar kimyoviy reaksiyalar paytida atomlarning oksidlanish darajasi o`zgarmasa bu qanday jarayon ?

  7. Kaliy permanganat tibbiyotda dizenfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi , bu qanday tushuntiriladi ?

  8. Quyidagi reaksiya turini aniqlang :

KMnO4 + HCl = Cl2 + MnCl2 +H2O + KCl

  1. Kislorod oksidlovchimi yoki qaytaruvchimi ?



7- shart : Atamalar va uylarni izohlash .

O Q D


K A I

S Y S


I T S

D A O


L R T

A I S


N L I

I I Y


Sh Sh A
8- shart : Sardorlar bellashuvida mavzuga oid masalaning yechilishi doskaga yoziladi , sardorlar masalarini shartini tuzadilar . So`ngra sardorlarning tuzgan masalalari eshitiladi va tahlil qilinadi .

Barcha shartlar bo`yicha o`quvchilarning javoblari tahlil qilinadi xato va kamchiliklari to`g`rilanadi.



O`quvchilarning to`plagan ballari asosida g`olib guruh aniqlanadi va shu guruh o`quvchilarininh barchasi ,, 5 “ ball bilan , ikkinchi o`rinni olgan huruh o`quvchlari ,,4” ball bilan , uchunchi o`rinni olgan guruh o`quvchilari esa ,,3” ball bilan baholanadi .
Uyga vazifa :

    1. Mavzuni takrorlash

    2. Mavzu yuzasidan qo`shimcha materiallar yig`ish

    3. Oksidlanish – qaytarilish reksiyalari mavzusiga oid testlar tuzish.


Download 58.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat