Mavzu : Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari



Download 58,5 Kb.
bet1/3
Sana29.09.2021
Hajmi58,5 Kb.
#188533
  1   2   3
Bog'liq
Oksidlanish-qaytarilish-reaksiyalari-takrorlash-


Mavzu : Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari ( takrorlash )

Darsining talimiy maqsadi :

O`quvchilarga oksidlanish qaytarilish reaksiyalar, oksidlovchi,qaytaruvchi to`g`risida bilim berish.

Oksidlovchi,qaytaruvchilarni aniqlash, oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzish ko`nikmalarini hosil qilish .

Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarini ahamiyatini anglatish .



Darsning tarbiyaviy maqsadi :

O`quvchilarda bir-biriga do`stona munosabatda bo`lish malakasini,bir-biriga yordam berish tuyg`usini,guruh bo`lib ishlash malakasini hosil qilish .

Sinfda do`stona muhitni vujudga keltirish .

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi :

O`quvchilarning mustaqil mutoala qilish , mustaqil bilim olish , o`qigan ,o`rgangan

materiallar asosida xulosa qilish malakalarini rivojlantirish .

Darsning jihozlari :plakatlar , tarqatmalar.

Darsning turi : noanaviy ,sinov, berlashuv .

Darsning borishi :

I . Tashkiliy qism :

1. Sinf xonasini darsga tayyorligini ,o`quvchilar davomatini , o`quv qurollari , formasini ko`zdan kechirish.

2. Sinf o`quvchilarini uch guruhga ajratish va ularni ,, oksidlovchilar” ,

,,qaytaruvchilar” va ,,ham oksidlovchi ,ham qaytaruvchi “ guruhlari bilan nomlash.

Sinfda jami 27 o`quvchi bo`lib har guruhda 9 tadan o`quvchi bo`ladi .



II. Mavzu o`tilgan darslarda o`rganilgan va o`quvchilarga takrollab kelish topshirilgan. Dars bellashuv tarzda o`tadi .Doskaga faqat oksidlovchi , faqat qaytaruvchi va ham oksidlavchilar ,ham qaytaruvchi xossalarni namoyon qiluvchi moddalarning formulasi yozilgan doira shaklidagi qog`ozlar ilib qo`yilgan. Guruhlarning har bir o`quvchisi navbatma –navbat moddalardan o`z guruhi bilan nomlanuvchi moddalarni tanlaydi va ko`krak nishon qilib ta`qib oladi .

Guruhlarning ishlari tekshirilib, xato va kamchiliklar kuzatib boriladi va baholab jadvalga qayt etiladi .

Dars quyidagi shartlar bo`yicha davom etadi :Har bir guruhdan bir o`quvchi doskaga taklif etilib ularga oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari haqida ma`lumotlar yozilgan qog`ozlar beriladi . Ular ma`lumotlarni quyidagi tartibda joylashtirishlari zarur .

Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari




Malekulalar aro ichki malekulyar disproporsiyalanish

MnO2 + HCl =Cl2 + MnCl2 KNO3 =KNO2 + O2 Cl2 + H2O = HCl + HClO


3-shart : Har bir guruxdan bir o`quvchi doskada o`z guruhi nomini izohlaydi .

4-shart : Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarining turini aniqlash uchun ularda ishtirok etayotgan atomlarning oksidlanish darajalarini aniqlash lozim . Har bir guruhdan bitta o`quvchilar doskaga taklif etiladi va moddalarning formulasi asosida ulardagi atomlarning oksidlanish darajasini aniqlaydilar . O`quvchilarning

ishlari tekshirilib baholab boriladi .

5-shart : Har bir guruh a`zosi oksidlanish – qaytarilish reaksiya tenglamalarini

elektron balans usulida tuzadi .
6-shartda : Barcha o`quvchilarning mavzu yuzasidan bilimlari sinaladi . Buning uchun teskari o`girilib qo`yilgan turli shakldagi qog`ozlarga savollar yozilgan .

Har bir guruhdan o`quvchilar navbatma-navbat o`qiydi va javob beradilar .

Doskaga ilib qo`yiygan kimyoviy jihozlarning rasmi chizilgan plakatlarga yopishtiriladi. Har bir guruh uchun quyidagicha jihozlar chizilgan :



Qaysi guruh jihozini to`liq yasasa g`olib hisoblanadi .


Har bir guruh a`zolari navbatma-navbat quyidagi savollarga javob berishadi.


  1. Download 58,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish