Matn: “Ommaviy madaniyat”



Download 15,3 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi15,3 Kb.
#52992
Bog'liq
Ommaviy madaniyat (2)


Matn:

Ommaviy madaniyat”

 Hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan texnika va texnologiyalar, globallashuv jarayonlarida bunday boylikning mohiyatini yanada chuqurroq anglash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bugun keskin tus olayotgan “ommaviy madaniyat” ham ma’naviy tahdidlardan biridir.

Zamonaviylik, tezkor taraqqiyot bilan hamqadam bo‘lish yoshlarimizning hayot tarziga aylanib bormoqda. Albatta, bu quvonarli hol. Chunki bir necha tilda bemalol so‘zlasha olish, internet olamiga kirib dunyo yangiliklaridan boxabar bo‘lish imkoniyatining mavjudligi ularning bilimi, dunyoqarashi kengayayotganidan darak beradi. Biroq globallashuv jarayonlarida turli g‘oyalar kurashi, axborot xurujlari, mafkuraviy tazyiqlar tobora avj olayotgani sir emas. Bugun arzimasdek tuyulgan kichik xabar ham odamlarning, ayniqsa yoshlarning hayotini o‘zgartirishga qodir kuch bo‘lishi mumkin.

Shu o‘rinda bobokalonimiz Alisher Navoiyning quyidagi satrlari yodga tushadi:

Oldig‘a qo‘yganni yemak – hayvon ishi,
Og‘ziga kelganni demak – nodon ishi.

Bu so‘zlarni chuqur tahlil qilsak, har bir narsaga erkinlik beradigan “ommaviy madaniyat” niqobining tagidagi asl maqsad yaqqol ko‘rinadi. Aslida “ommaviy madaniyat” soyasida kirib kelayotgan axloqsizlik, behayolik, zo‘ravonlik va buzuqlik kabi illatlar dunyodagi hech bir xalqning milliy madaniyatiga ham, umumbashariy qadriyatlarga ham to‘g‘ri kelmaydi. Xususan, bizning zaminimizda tug‘ilib o‘sgan, jahon madaniyati va sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek va boshqa ko‘plab buyuk ajdodlarimiz qoldirgan meros bugun ham dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Xalqimizning go‘zal ma’naviy qadriyatlarga yo‘g‘rilgan or-nomus, uyat va andisha, sharmu hayo kabi tushunchalari hayotimizga singib ketgan. Ayniqsa, ota-onaga hurmat, ayolga ehtirom, mardlik va jasurlik singari tuyg‘ularimiz butun dunyo xalqlarini rom etib keladi. Mamlakatimiz aholisining katta qismini yoshlar tashkil etadi. Shu bois “ommaviy madaniyat” tahdidiga qarshi tura olish tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotir. Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida bu masalaga to‘xtalib, axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda, deya alohida ta’kidlaydi. Bugun turli yo‘llar bilan, har xil “ezgu” niqoblar ostida “ommaviy madaniyat” mamlakatimizga ham tahdid solayotgani sir emas.

Buning ustiga estrada san’atiga kirib kelayotgan ayrim yo‘nalishlar va qo‘shiqlar, kliplar, yaratilayotgan kinofilmlar, reklama roliklarida targ‘ib etilayotgan turlicha kiyinish va so‘zlashuv “madaniyati”, umuman hayot tarzimizga to‘g‘ri kelmaydigan holatlarga yo‘l qo‘yilayotgani achinarlidir.

“Ommaviy madaniyat”ning eng xavfli tomoni – u to‘satdan kirib kelmaydi. Avvalo, juda kichik detallar, arzimas veqealar orqali odamlarni o‘ziga o‘rgatadi, ko‘niktiradi. Ana shunda 3-4 yoshdagi farzandimiz repper bo‘lib kuylasa ham, o‘g‘limiz qulog‘iga zirak taqib, qizimiz yirtiq shimni kiyganida ham “zamona zayli” deya beparvo bo‘lamiz. Qolaversa, farzandimizning zamonaviyligidan quvonamiz.

Mintaqamizdagi davlatlardan birida qandaydir nodavlat tashkilotining granti, “beg‘araz” ko‘magi asosida maktab o‘quvchilari uchun ko‘p ming nusxada darslik chop etildi. Bir qarashda bu xayrli tadbir ezgulikni, yoshlarning bilim olishini ko‘zlab amalga oshirilgandek. Lekin darslikning ichiga kiritilgan ayrim sahifalar, turli xulosayu tavsiyalar, erkinlik va demokratiya to‘g‘risidagi yondashuvlar murg‘ak yoshlar ongiga buzg‘unchi g‘oyalarni pinhona kiritishga qaratilgani kitob tarqalib bo‘lgandan keyingina aniqlandi.

“Ommaviy madaniyat”ni targ‘ib qilayotgan g‘arazli kuchlarga aslida hech qanday madaniyat va inson ma’naviyati, axloqiy qoidayu qadriyatlarning aslo keragi yo‘q. Ularning strategik reja va siyosiy maqsadlariga erishish, ayrim mamlakatlarning yer osti, yer usti boyliklariga ega bo‘lish, o‘z izmiga solish uchun bu bir vosita, xolos. Bir so‘z bilan aytganda hamma narsaga erkinlik nuqtai nazaridan qaraydigan “ommaviy madaniyat”ning asosiy maqsadi – odamning irodasini susaytirish, o‘zining hayotiga, atrofidagi odamlarga qarshi qo‘yish va oxir-oqibatda erkinligidan judo qilishdir.



Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o‘zlashtirgan holda barpo etilayotgan huquqiy va demokratik jamiyat qurish yo‘li bugun o‘zini to‘la oqlamoqda. Inson huquq va erkinliklari, fikrlar rang-barangligi, har bir halqning an’ana va qadriyatlariga ehtirom ko‘rsatish jamiyatimizning eng muhim tamoyillari etib belgilangan. Bunga munosib bo‘lish har birimizning fuqarolik burchimizdir. Buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy va ma’naviy merosni, mardlik va jasoratni allaqanday “ommaviy madaniyat”ga almashtirishga esa hech kimning haqqi yo‘q.

Taqriz:

Ushbu matn hozirgi zamonning asosiy muammolaridan biri bo’lgan, ayniqsa, yoshlar orasida avj olgan “ommaviy ma’daniyat”ning kelib chiqishi nima sababdan yoshlar o’rtasida avj olgani, uning jamiyat hayotiga naqadar xavfliligi haqida ma`lumot beradi va bir necha misollar orqali bu ko’rsatib berilgan. Matn “ommaviy ma’daniyat” ni yoritib berishda bir necha qismlarni o’z ichiga olgan. Dastavval, uning qay darajada vujudga kelishi keyingi qismlarda uning milliy merosimizni toptashi mumkinligi va jamiyat hayoti uchun xavfliligi, ota-onalar farzandlarini “ommaviy ma’daniyat”dan qutqarib qolishi mumkinligi yorqin misollar bilan berilgan.Matnning kamchiliklariga keladigan bo’lsak, unga horij adabiyotlaridagi ma’lumotlardan qo’shimchalar kiritish lozim. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov adolatli ta`kidlaganidek: “Ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, idividualizm, egotsentrizm g’oyalarini tarqatish, kerak bo’lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo’ymaydi” degan fikri orqali matnga yanada bezak berish mumkin. Matnni yanada takomillashtirish uchun internet ma’lumotlaridan foydalangan holda ommaviy ma’daniyatning salbiy oqibatlari bo’yicha fikrlarni bayon etish orqali matnning mazmuni yanada takomillashadi. Matnga ommaviy madaniyat xavfi haqida quyidagi fikrlarni qo’shish mumkin. Ommaviy madaniyatning o’z kamchiliklari va tug’dirayotgan xavf-xatarlari bor. Lekin unga barcha illatlarni keltirib taqashning hech hojati yo’q – bunday yondashuv ilmiy emas. Ommaviy madaniyatda uch qatlam ajralib turadi: birinchisi – kich madaniyat, ikkinchisi – mid madaniyat, uchinchisi – art madaniyati. “Kich” nemischa kitch – arzon, qimmati past, oddiy, primitiv so’zidan, mid – inglizcha midl – o’rtaliq, o’rtacha, art – lotincha san’at so’zidan kelib chiqqan. Kich madaniyat ba’zan dag’allikka, hirslarni va insonning biofiziolgik mayllarini ochiq ko’rsatishga moyillik bildiradi, ammo aksilmadaniyat emas. Art esa ijrochilik mahorati, professionallik darajasi bilan yuksak madaniyatga borib tutashadi. Shu sababdan ommaviy madaniyat mahsulotlari va hodisalariga aniq yondashish lozim. Ularning hammasin bir qolipga, savatga solib bir xil baholab bo’lmaydi.

Umumiy xulosa qilib shuni keltirishimiz munkinki, matn bir emas turli xil yo’nalishlarni yoritib bergan holda mavzuni yaxshi ochib bergan. Unda faqat muallifning fikrlari emas balki boshqa adabiyotlardagi mazmunli gaplari ham mujassamlashgan.

BI-619 guruh kursanti Inomjonova Sevara.
Download 15,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish