Materiyaning notirik, tirik va ijtimoiy kabi tarkibiy darajalari farqlanadi



Download 28 Kb.
Sana17.01.2021
Hajmi28 Kb.
#55874
Bog'liq
4-mavzu topshiriq javobi 236fed09c812eaa98cc31c2c987abd8b
15, Lizing, Kurs ishi, Georg Fredrix G-WPS Office, АГРАР СИЁСАТДАН МУСТАҚИЛ ИШ, MB mustaqil ish Qalandarov Abbos, MB mustaqil ish Qalandarov Abbos, 2-sinf, 9-sinf O'ZBEKISTON TARIXI, the supresed, 1-ma’ruza uzb (1), Мустақил иш мавзулари АП, Axrorov SH MI 2, Antioksidant yo-WPS Office

Javoblar

  1. Materiyaning cheksizligini hozirgi zamon tabiatshunosligi ham tasdiqlaydi. Materiyaning notirik, tirik va ijtimoiy kabi tarkibiy darajalari farqlanadi. Ular borliqning asosiy shakllari bilan mos keladi. Bunda turli darajalar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ayni vaqtda ularning tarkibida muayyan ierarxiya va soddaroq shakllardan (jonsiz materiyadan) murakkabroq shakllar (jonli va ijtimoiy materiya) sari yuksalish kuzatiladiki, bugungi kunda ularning mavjudligi faqat sayyoramizga nisbatan o‘zining ilmiy tasdig‘ini topgan. Jonsiz tabiatning tuzilishi va rang-barangligi haqidagi tasavvurlar esa, mikro-, makro- va megadunyolarni qamrab olib, tinimsiz kengayib va teranlashib bormoqda.

Hozirgi davrda materiyaning uch tarkibiy darajasi farqlanadi:



Mikrodunyo – atomlar va elementar zarralar dunyosi. ( bunda ...dan tashkil topadi» tamoyili amal qilmaydi)

Makrodunyo – barqaror shakllar va insonga mos kattaliklar dunyosi (unga molekulalarning kristallashgan komplekslari, organizmlar, organizmlarning hamjamiyatlari ham kiradi)

Megadunyo – koinot dunyosi (sayyoralar, yulduzlar komplekslari, galaktikalar, megagalaktikalar) .

  • B) Substansiya va materiya muamosi azaliy muammolardan biri bo‘lib kelgan. Hozirgi davrda bu muammoga ilmiylik mezonlari nuqtai nazaridan yondoshuvlar shakllangan va ularning mavjudligi borliq mavjudligining asosi sifatida qabul qilingan.

Inson tajribasi doimo cheklangan, u cheksizlikni empirik yo‘l bilan aniqlay olmaydi. Cheksizlikni qayd etish uchun sezgi organlari ma'lumotlariga tafakkur faoliyatini ham qo‘shish lozim. Cheksizlik intiholi narsalar orqali mavjud bo‘ladi. Inson aqli ayni shu aloqa va ketma-ketlikni, intiholi narsalar umumiyligining cheksizlikka teng bo‘lgan ayni shu shaklini aniqlaydi
Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa