Matematikada fanlararo bog`lanish (fizika, kimyo)



Download 24,53 Kb.
Sana28.12.2020
Hajmi24,53 Kb.
#54008

Matematikada fanlararo bog`lanish (fizika, kimyo)
Darsning maqsadi: matematika fanining tabiiy fanlar bilan aloqasini keng yoritish va o`rgatish.

Kutiladigan natija:

Tinglovchilar matematika fanining fizika, geografiya va chimachilik fanlariga tadbiqlarini to`liq o`zlashtirib olishlari va amalda, dars jarayonida qo`llash malakalarini egallay olishlariga erishish.

Reja:


1. Fanlarning differensiallashuvi va integrallashuvi jarayonini vujudga keltiruvchi omillar.

2. Matematika fanining tabiiy fanlar bilan aloqasi.

3. Fanlararo aloqadorlikning o`quvchi faoliyuatidagi ahamiyati.

4. Test topshiriqlari.

Buyuk bobokalonlarimiz Al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniylar davtida allomalar hozirgidek fanlarning alohida turlari bilan shug`ullanmasdan, ularni yaxlit va bir – birlari bilan aloqador holda o`rganganlar. Jumladan qadimgi dunyo mutafakirlarining ilmiy faoliyat doirasi ancha keng bo`lib, ular riyoziyot, fizika, astronomiya, kimyo kabi tabiiyot fanlaridan tabiblik, faylasuflik, musiqachi, qonunshunoslik, yozuvchi yoki shoirlik va hokazo kasblaridan ham xabardor bo`lganlar. Shuning uchun bunday odamlarni allomalar deb atashgan. Tariximizning taxminan uyg`onish davrlaridan boshlab, fan va hunarmandchilik keng rivojlana boshlagan. 18-19 asrlarga kelib, fanlarning alohida-alohida ajralishi natijasida ya’ni differensiallashuvi natijasida matematika, fizika, ximiya, biologiya, astronomiya va boshqa fanlar vujudga kelgan. Yangi paydo bo`lgan mustaqil fanlar mukammallashib biror mantiqiy tugallik kasb etgandan keyin, ular hayotda o`z tadbiqini topa boshladilar. Demak, bu bilan tabiiyot – matematika siklidagi har bir fan haqiqiy dunyoning xossalarini o`ziga tegishli doirada tobora chuqurroq o`rgana boshladilar. Galiley, N’yuton, Dekart, Leybnist, Bernulli, Gauss, Eyrey, Koopernik va boshqa olamga tanilgan olimlarning ishlari natijasida, matematika, astronomiya, fizika va boshqa alohida-alohida fanlar rivojlana boshladi. Tabiyot – matematika fanlari differensiallashuvi tobora jadal tus ola borib, ular tashqi olamning o`zaro aloqador bo`lgan xossa va xususiyatlarini alohida-alohida bir-biridan ajralgan holda o`rgana boshladilar. Fanlarni differensiallashuvi jarayoni bilan bir qatorda, tashqi olamni chuqur o`rganish uchun uning xossalarini o`zaro aloqadorligini buzmasdan o`rganishga zarurat paydo bo`la boshladi.

Oqibatda fanlarning biror obyektning xossalarini chuqur o`rganish uchun birgalikda tadbiq qilishga, yani fanlarning o`zaro aloqadorligini amalga oshirishga extiyoj tug`ildi. Shunga ko`ra turli sohalarda faoliyat korsatayotgan olimlarning o`zaro hamkorligi natijasida, ularning chegarasida yangi fanlar vujudga kela boshladi. Fanlarning de’fferensiallashuvi, o`z navbatida ularni birlashuviga, ya’ni integrallashuvi jarayoniga olib keldi. Fanlarning integrallashuv jarayoni natijasida, matematika-fizika, kristallografiya, kristallo fizika, kristalloximiya, nazariy mexanika, bioximiya, biofizika, biokibernetika, geoximiya, geofizika, astrofizika, radiotexnika, kibernetika kabi yuzlab fanlar paydo bo`ldiki, bularsiz zamonaviy ilmfan va texnika rivojlanishini tasavvur qilish mumkin emas.

Tabiiyot mazmunidagi fanlarning rivojlanishi o`z navbatida matematika fani taraqqiyotiga ijobiy ta’sir o`tkazdi. Ko`pgina fizikaviy tushuncha va g`oyalar matematikaning mazmunida ishlatila boshlandi. Jumladan “hosilaning mexanik ma’nosi”, “garmonik tebranishlar”, “Kristal panjaralar” kabi ko`pgina tushunchalar matematika fanining ayrim sohalarida o`z aksini topgan. “Integratsiya”-atamasining turli talqinlari mavjud bo`lib – bu, ayrim bo`lak, qismlarning birlashib, bir butun bo`lishidir. Ta’lim jarayonida o`quv fanlarini integratsiyalashda asosiy masala vazifalarning o`zaro birligini ta’minlashda, avvalo maqsad, metod, shakl vositalar va kuzatilgan natijalarni belgilab olishdir.

Bilimlarni matematikalashtirish fanlar integratsiyasini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

5-6 sinf matematika kursi arifmetika, algebra, geometriya elementlarini o`zida mujassamlashtiradi. Shuning uchun bu darsliklar integrative darsliklarning namunasi sifatida amalda xizmat qilib kelmoqda. Koordinatalar metodini qo`llash algebra va geometriya kursini bir-biriga uyg`unlashib ketishiga olib keladi. Vektorlarning kiritilishi – geometrik materialni algebra vositasida o`rganishga imkon beradi, shu bilan bu ikki kursning yaqinlashuviga olib keladi. Matematikaga oid bilim, ko`nikma va malakalar fizika va kimyo fanlarini o`rgarishda qay darajada ishlatishi va aksincha matematika fanini o`rgarishda mazkur bilimlardan foydalanish darajasini aniqlash maqsadida matematika, fizika, kimyo darsliklaridagi mavzularning taqqosiy tahlilini qilish mumkin.




Fizika

Matematika

1

Molekulalarning massasi va o`lchamlari. Avogodro soni.

Sonning standart shakli. Diametr.

2

Havoning namligi

Prosent.

3

Gaz molekulalarining harakat tezligi.

Silindr, geometrik jismlar.

4

Qattiq jismlarning mexanik xossalari.

Funksiyaning grafigi.

5

Yorug`likning qaytish va sinish qonunlari.

Burchak, qaytish burchagi.

6

Qavariq va botiq linzalar.

Sferik sirt, qavariq, boriq, parallel nurlar.




Anorganik kimyo

Matematika

1

Kimyoviy masalalrni yechish

Proporsiya, prosent

2

Izotoplar, izobarlar

Bo`lish malakasi.

3

Kristall panjaralar.

Ko`pyoqlilar.

Funksional bog`lanish-fizikada keng ishlatiladigan munosabat. Funksiya, uning grafigi, ikki voqelik, to`plam orasidagi munosabat, moslik va uning xossalarini yaxshi o`zlashtirgan o`quvchi fizikadagi funksional bog`lanishlarni tez o`zlashtirib oladi.

Fizikadagi “Tekis to`g`ri harakat”, matematikada chiziqli funksiyadir y=kx+b. “To`g`ri chiziqli tezlanishli harakat V=V0 + at esa y=kx+b kabidir.

Fizika kursida: yoki

Kimyo kursida:

Ta’limni integratsiyalash o`quvchilarda joshqinlik, fanlarni o`rganishga qiziqish hissini kuchaytiradi. O`quv fanlari bo`yicha bilim darajasini oshiradi, ularning aqliy faoliyatlari rivojlanadi. Tabiatdagi uzviylikni fanlar orasidagi uzviylik orqali bilib oladilar. Integratsiyalashgan darsda talim tarbiya uzluksizligi va olgan bilimlarini amalda qo`llash o`quvchilarga qulaylik tug`diradi. Matematika va fizika fanlarini aloqadorligiga doir misollarni qarab chiqamiz.

1) Jism o`q atrofida qonun bo`yicha aylanadi. Vaqtning ixtiyoriy t paytidagi va t = 4 bo`lgandagi burchak tezligini toping.

2) Massasi 2kg bo`lgan jism x (t) – t2 + t + 1 qonun bo`yicha to`g`ri chiziqli harakat qiladi.

1) Ta’sir qiluvchi kuchni toping.

2) Jism harakat boshlagandan 2 sekund keyingi kinetic energiyasi E ni toping.

Matematika fanining kimyo faniga bog`liqligiga doir masala.

1. Ikki bo`lak jezning massasi 30 kg. Birinchi bo`lakda 5 kg, ikkinchi bo`lakda 4 kg sof mis bor. Agar ikkinchi bo`lak jezda misning miqdori birinchi bo`lakdagidan 15% ortiq bo`lsa, birinchi bo`lakda necha foiz mis bor?

2. Ichida 40 gramm tuz bo`lgan eritmaga 200 gramm suv qo`shildi, shundan keyin uning konsentratsiyasi 10% kamaydi. Eritmada qancha suv bo`lgan va uning konsentratsiyasi qanday bo`lgan?

3. Shunga o`xshagan hayotda, amalda ishlatiladigan masalalarni yechishga o`rganish o`quvchilarni matematika faniga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshiradi.

1. Tomorqa uchun ajratilgan to`g`ri to`rtburchak shaklidagi uchastkaning bir tomoni ikkinchisidan 10m ortiq bo`lib, uni ihota devor bilan o`rash kerak. Uchastkaning yuzi 1200m2 bo`lsa, ihota devorining uzunligini toping.

2. Koordinata tekisligining nuqtalari orasidagi masofani toping:

a) A(2; 5) va B(-1; 1)

b) A(-1; 0) va B(1; 0)



g) C(7; 9) va D(-5; 4)

d) C(0,4; 2,54) va D(-0,56; 1,54).
Download 24,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish