Massaning saqlanish qonuni



Download 19 Kb.
Sana02.07.2021
Hajmi19 Kb.
#106853
Bog'liq
Massaning saqlanish qonuni


Massaning saqlanish qonuni.

Moddalar massasining saqlanish qonuni kimyoning birinchi qonunidir. Bu qonunni dastlab 1748-yilda M.V.Lomonosov, keyin 1789-yilda fransuz kimyogari Lavuaze mustaqil ravishda ta‘riflab bergan.

Qonunning hozirgi ta‘rifi quyidagicha:Kimyoviy reaksiyaga kirishadigan moddalarning massasi reaksiya natijasida hosil boʻladigan moddalarning massasiga ten.

Moddalar massasining saqlanish qonuni materiyaning saqlanish qonunining bir koʻrinishidir. Tabiatdagi har qanday o‘zgarishlar izsiz yo‘qolmaydi. Juda ko‘plab kimyoviy reaksiyalarning amalga oshish shart-sharoitlari o‘rganilganda reaksiyaga kirishayotgan moddalar massasi reaksiya mahsulotlari massasiga miqdoran teng bo‘lishi aniqlangan. Bu kabi hodisalarni ulug‘ ajdodlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa mutafakkirlar tajribaxonalarida og‘zi payvandlangan idishlarda olib borgan qizdirish ishlarida kuzatishgan.

1748-1760-yillarda rus olimi M.V. Lomonosov ham og‘zi payvandlangan kolba — retortada tajriba olib borib, bu hodisani izohlashga harakat qilgan. 1772-1789-yillarda fransuz olimi A.Lavuazye ham yopiq idishda olib borilgan tajribalarda umumiy massa o‘zgarmasligini kuzatgan va bu o‘ziga xos yangilik — yangi qonun ekanligini tushunib yetgan. Shunday qilib, tabi- atning asosiy qonunlaridan biri — massaning saqlanish qonuni ochilgan. Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy massasi reaksiya mahsulotlarining umumiy massasiga teng. A. Lavuazye bu qonun asosida muhim xulosa chiqarib, reaksiyada qatnashayotgan har bir element atomi massasi reaksiya davomida o‘zgarmasligini taʼkidlagan. Bu esa kimyoviy reaksiyada bir element atomining boshqa element atomiga aylanib ketmasligini bildiradi. Kimyoviy reaksiyalarda atomlar yo‘qolib ketmaydi, yo‘qdan bor bo‘lmaydi, atomlarning umumiy soni o‘zgarmaydi. Har bir atom massasi kimyoviy reaksiyalarda o‘zgarishsiz qoladi. Shuning uchun moddalarning umumiy massasi ham o‘zgarmasdan qoladi. Bu qonun tabiatning eng muhim qonunlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu qonun biz tabiatda isteʼmolchi emas, o‘zgartiruvchi ekanligimizni ko‘rsatadi.

Yer qaʼridan temir rudalari qazib olinib, zaruriy buyumlar tayyorlanganda sayyoramizdagi temir atomlari soni kamaymaydi, balki bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tadi. Masalan, temirdan yasalgan buyumlar zanglaydi, natijada sarflangan temirning 50 % ini ham qaytarib olish imkoni bo‘lmaydi. Albatta, zarur energiya sarf qilib, har qanday kimyoviy o‘zgarishni amalga oshirish mumkin.

Fe + S = FeS

reaksiya uchun olindi — 88 g (56Fe+32S). 56+ 32= 88 reaksiya natijasida hosil bo‘ldi — 88gFeS . Massaning saqlanish qonunidan tabiatning quyidagi qonuni kelib chiqadi:Moddalar yo‘qdan bor bo‘lmaydi, bordan yo‘q bo‘lmaydi, faqat bir turdan ikkinchisiga o‘zgaradi.



Massaning saqlanish qonuni kimyo fani va amaliyoti uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Moddalarning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi butun taʼlimot ana shu qonunga asoslanadi. Fizikada — har qanday fizik jarayonda yoki muayyan jarayonlar guruxida baʼzi fizik kattaliklarning miqdoriy qiymatlari vaqt mobaynida oʻzgarmaydigan fizika qonuniyatlari. Ajratib qoʻyilgan har qanday fizik sistema uchun energiya, impuls, harakat miqdori momenti, elektr zaryadining saqlanish qonunlari muhim hisoblanadi. Energiyaning saqlanish qonuni, impulsning saqlanish qonuni va momentning saqlanish qonuni hamma jarayonlar uchun umumiydir. Masalan, ajiblikning saqlanish qonuni, juftlikning saqlanish qonuni shunday qonunlar jumlasiga kiradi.
Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish