Mashg’ulot turi: amaliy 7-mavzu



Download 209,84 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.01.2022
Hajmi209,84 Kb.
#400357
Bog'liq
7-мавзу



Mashg’ulot turi: amaliy 

 

7-mavzu:

 Shaxs yo‘nalganligini aniqlash metodikasi. 



 

Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 

Faollik - tiriklik xossasi bo`lib, u ongli tanlangan harakatlarda namoyon bo`ladi. 

Individ - ongsiz, yangi tug`ilgan mavjudot, ruxiy kasal, odam. 

Individuallik - shaxs fazilatlarining qaytarilmas birikmasi (temperament, xarakter, 

qobiliyat). 

Motiv - ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq, faoliyatga undovchi ichki kuch. 

Motivatsiya - faollikka undovchi motivlar majmuasi. 

Shaxs  -  ongli  sub`ekt,  faoliyatda  bo`ladigan,  muloqot  madaniyatiga  ega  bo`lgan, 

jamiyatda yashaydigan komil inson. 

Ehtiyoj  -  hayvon  va  odam  faolligining  asosiy  manbai  bo`lib,  u  aniq  sharoitlarda 

namoyon bo`ladi. 

O`z - o`zini nazorat - shaxsning o`zini holatini boshqara olishi. 

O`z - o`zini baholash - shaxsning o`z xislatlarini baholay olishi. 

Mazkur ma`ruzalar matni kasb ta'lim yo‟ nalishi talabalariga «Kasbiy psixologiya» 

fanini  o‟qitish  uchun  tuzilgan  bo‟lib,  talabalarning  olam,  jamiyat  va  insonning 

o‟rganishi  psixologik  bilimlarga  zaruratning  mavjudligi;  ularning  dunyoqarashini 

boyitish  va  rivojlantirishda  psixologik  qonuniyatlarni  o‟rganish  ehtiyojining 

mavjudligi;  inson  psixologiyasining  kasbiy  psixologik  qonuniyatlarini,  shaxs  va 

voqelik, shaxs va jamiyat, shaxs va prеdmеtlar olami orasidagi munosabat, voqеlikni 

anglashi,  olamni  psixologik  tahlili,  psixologik  hodisalarning  kеchishi, 

psixologiyaning tarixiy va nazariy rolini jamiyatda olib borilayotgan ishlar orqali 

amalga  oshirishga  qaratilganligini  xaraktеrlaydi.  O„zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti Islom Karimov: «Psixologiya fani biz uchun eng zarur sohalardan biri. 

Psixologiyani o„rganish - hayotni, insonni o„rganish degani. Kerak bo„lsa, rahbarlik 

qilmoqchi ekansiz, yetakchi bo„lib, odamlarga ko„rsatma bermoqchi ekansiz, oldin 

ularning psixologiyasini har tomonlama o„rganish kerak)), - degan edi. Ushbu fikr 

kasbiy  psixologiya  fanining  metodologik  asoslaridan  birini  tashkil  qiladi. 

O’smirlarda kasbiy qiziqish mezoni va uning ilmiy adabiyotlarda yoritilishi bilan 

bog‘liq mulohazalarning tadqiq etilishi tadqiqotning maqsad va vazifalarini yanada 



chuqurroq talqin etish imkonini beradi. Chunki, o’smirlarda kasbiy qiziqish tizimini 

o‘rganmay  turib,  u  yoki  bu  shaxs  faolligini  kasbiy  layoqatini  to‘liqroq  tasavvur 

qilish juda mushkul. Shu boisdan o’smirlarda kasbiy qiziqish tushunchasini ilmiy 

asoslashga  yo‘naltirilgan  bir  qator  tadqiqotlar  tahliliga  e’tibor  qaratishni  lozim 

topdik.  Tabiiyki,  o’smirlarda  kasbiy  qiziqish  tushunchasi  keng  qamrovli  va  keng 

ko‘lamli tushuncha bo‘lib, uning talqini ham shu qadar keng va xilma-xildir. Shu 

nuqtai  nazardan  o’smirlarda  kasbiy  qiziqishning  turli  sohalaridagi  ijtimoiy 

psixologik  mezonlari  bo‘yicha  tadqiqot  olib  borgan  faylasuflar,  psixologlar, 

sotsiologlar,  psixofiziologlar,  pedagoglar  va  qator  ijtimoiy  fanlarning  vakillari 

(B.G.Ananev,  G.M.Andreeva,  A.N.Bodalev,  Sh.R.Barotov,  A.S.Begmatov, 

LS.Vugotskiy, A.G.Kavalyov, I.S.Kon, I.G.Pavlov K.K.Platonov, S.L.Rubinshteyn, 

V.V.Stolin,  E.G‘ozievlar)  o’smirlarda  kasbiy  qiziqish  kategoriyasining  u  yoki  bu 

yo‘nalishini ilmiy jihatdan asoslab beradilar. Jumladan, o’smirlarda kasbiy qiziqish 

mezoni faylasuflar talqinida shaxs va borliq o‘rtasidagi ko‘prik sifatida, psixologlar 

talqinida shaxsning «ichki va tashqi» faoliyati o‘rtasidagi hissiy kognitiv va xulq-

atvor  komponentlari  asosida  namoyon  bo‘luvchi  intilishlarning  mahsuli  sifatida, 

sotsiologlar  talqinida  shaxsning  ijtimoiy  muhitga  nisbatan  xayrixoxlik  yoki 

norozilikning  ifodalanishi  sifatida,  psixofiziologlar  talqinida,  shaxs  oliy  nerv 

faoliyatini aks ettirish vositasi sifatida, pedagoglar talqinida esa, o‘quvchining o‘quv 

topshiriqlarini  «bajonidil»  (ixtiyoriy  qiziqish  orqali)  yoki  majburan  (yuzaki) 

bajarishga bo‘lgan intilishlarning mahsuli sifatida e’tirof etiladi. O‘quv faoliyati esa 

xuddi shu tadqiqiy yo‘nalishlarga tayanadi va shaxs faoliyati tarkib topishi uchun 

muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunonchi,  hozirgi  kunda  shaxsga  sub’ektiv 

o’smirlarda kasbiy qiziqish muammosini ijtimoiy jihatdan turmushda qaror toptirish 

uchun  «odam-inson-shaxs-induviduallik-sub’ekt-komillik»  ierarxiyasiga  rioya 

qilish,  shaxsga  sub’ektiv  o’smirlarda  kasbiy  qiziqish,  ya’ni  unda  robot  sifatida 

barcha xususiyatlarni bir tekis shakllantirish mumkin, degan xato nazariyadan voz 

kechish, «sub’ekt-sub’ekt» aloqasini vujudga keltirish, har kanday sub’ekt – shaxs, 

lekin har qaysi shaxs sub’ekt emasligi muammosini yechish, shaxs sub’ekt bo‘lishi 

uchun mustaqillik, shaxsiy pozitsiya, qat’iyatlilik, dunyoqarash va ularni hayotga 

tatbiq qilish imkoniyati mavjudligini tan olish kabi mulohazalar shaxs o’smirlarda 

kasbiy  qiziqishlari  motivatsiyasi  talqinida  muhim  o‘rin  tutadi.  Shu  boisdan, 

o’smirlarda kasbiy qiziqishlar motivatsiyasi nafaqat nazariy, balki, lug‘aviy nuqtai 

nazardan  ham  olimlarning  xilma-xil  mulohazalari  bilan  xarakterlanadi. 

K.Obuxovskiy motivni «ma’lum faoliyatni yo‘naltiruvchi maqsad dasturi» sifatida 

talqin  qilsa,  X.Xekxauzen  esa  «motiv  bu  –  individ-muhit  o’smirlarda  kasbiy 

qiziqishi  doirasidagi  yo‘naltirilgan  harakatlarni  izohlovchi  jarayon»  ekanligini 

asoslab beradi. Qator psixologik tadqiqotlarda motivatsiya talqini shaxsning ijtimoiy 

shakllanishi  jarayoni  sifatida  qaraladi.  Jumladan,  shaxs  motivatsiyasi  shaxs 

ijtimoiylashuvida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Biologik  motivatsiyasidan  farqli 

o‘laroq,  shaxs  motivatsiyasi  jamiyat  taraqqiyoti  ehtiyojlarini  qondirishga 

yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu esa uning tarixiy o‘zgaruvchanligini tasdiqlaydi Umuman, 

o’smirlarda  kasbiy  qiziqish  motivatsiyasi  haqida  juda  ko‘plab  xilma-xil  ilmiy 

mulohazalar  yuritish  mumkin.  Zero,  bu  jarayon  o’smirlarda  kasbiy  qiziqish 

motivatsiyasini  har  tomonlama  chuqur  va  to‘liq  tahlil  qilishning  birmuncha 



murakkab ilmiy jarayoni hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, biz o‘z tadqiqotimizning 

maqsad-mohiyatidan kelib chiqib o’smirlarda kasbiy qiziqish motivatsiyasi  tadqiq 

etilgan ilmiy adabiyotlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lib talqin qilishni 

va  shu  talqin  asosida  tadqiqot  vazifalarini  belgilab  olishni  o‘z  oldimizga  maqsad 

qilib 

qo‘ydik. 



1. O’smirlarda kasbiy qiziqish motivatsiyasi asosida shaxsning qiziqishlari yotadi. 

Bu  qiziqishlarning  beqaror  yoki  barqarorligini  ta’minlovchi  ichki  turtkilar  tizimi 

ma’lum  darajada  o’smirlarda  kasbiy  qiziqish  tizimini  ham  belgilaydi. 

 

2. O’smirlarda kasbiy qiziqish motivatsiyasiga shaxs yo‘nalganligining u yoki bu 



darajada  ta’siri  namoyon  etiladi.  Ushbu  ta’sir  jarayonida  shaxs  yo‘nalganligi  va 

o’smirlarda kasbiy qiziqish motivatsiyasi uyg‘unligining ayrim ko‘rinishlari yuzaga 

keladi. 

3.  O’smirlarda  kasbiy  qiziqish  motivatsiyasi  ma’lum  ustanovkalar  zamirida  ham 

shakllanadi.  Jumladan,  o‘quv  faolligi  bilan  bilan  bog‘liq  ustanovkalar  o‘quvchi 

shaxsi  ijtimoiy  taraqqiyotiga  daxldor  omillarini  belgilashga  xizmat  qiladi. 

4. O’smirlarda kasbiy qiziqish motivatsiyasi zamirida qadriyatlar ko‘lamining u yoki 

bu  darajadagi  ta’siriga  ham  baho  berish  mumkin.  Chunki,  har  qanday  ijtimoiy 

o’smirlarda kasbiy qiziqishda ma’lum darajada qadriyat omillari yotadi. Bu omillar 

shaxs 


ijtimoiy 

taraqqiyotida 

muhim 

o‘rin 


egallashi 

tayin. 


A.V.Petrovskiy (1983)ning fikricha, qiziqishlar shaxsni bilim  va tushunchalardan 

qoniqishga bo‘lgan faollikka undaydi. B.I.Dodonov (1975) esa qiziqishlarga shaxsni 

faoliyatga  undovchi  hissiy  faollik  sifatida  qaraydi.  G.K.Cherkasov  (1972) 

tomonidan  qiziqish  o‘z  maqsadlarini  amalga  oshirish  imkoniyatini  tanlashga 

qaratilgan  sub’ektning  faol  o’smirlarda  kasbiy  qiziqishi  sifatida  talqin  qilinadi. 

L.S.Vugotskiy  (1984)  qiziqishlar  hissiyot  va  iroda  imkoniyatlarining  mahsuli 

ekanligini asoslab beradi. Binobarin, qiziqishlar turli olimlarning tadqiqotlarida o‘z 

ifodasini topganligini alohida qayd etish mumkin. Qiziqishlar bilish jarayoniga oid 

ehtiyojlar mavjudligining namoyon etilishi sifatida, (A.V.Petrovskiy, A.N.Leontev, 

A.G.Kovalev),  protsessual  va  irodaviy-protsessual  sifatlar  majmui  tarzida  kasbga 

yo‘naltirishning  manbai  sifatida  ob’ekt-sub’ekt  o’smirlarda  kasbiy  qiziqishlari 

o‘rtasidagi  ehtiyoj  uyg‘unligi  (S.L.Rubinshteyn)  sifatida  tadqiq  qilinadi. 

Umuman,  shaxs  yo‘nalganligi  psixologik  adabiyotlarda  turlicha  talqin  qilinsa-da, 

ularning negizi shaxs yo‘nalganligining asosiy manbai shaxs motivatsiyasi asosida 

shakllantiruvchi  o‘z-o‘ziga,  o‘zgalarga  va  faoliyatga  o’smirlarda  kasbiy  qiziqish 

tizimining  shakllanishi  bilan  bog‘liq  ekanligini  tasdiqlaydi.  Bu  esa  o’smirlarda 

kasbiy  qiziqish  va  shaxs  yo‘nalishi  o‘rtasida  ma’lum  ijtimoiy  psixologik 

mutanosiblikning  mavjudligidan  dalolat  beradi.  Zero,  G‘arb,  ayniqsa,  AQSh 

olimlari tomonidan ijtimoiy ustanovka tushunchasi «attityud» so‘zi bilan ifodalanib, 

ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya faniga shaxsning guruh a’zosi sifatidagi xulq-

atvoriga,  uning  mexanizmlarini  o‘rganuvchi  ob’ekt  sifatida  kiritiladi.  Jumladan, 

G.M.Andreeva tomonidan quyidagi 4 ta ilmiy yo‘nalishning belgilanishi o‘quvchi 

shaxsiga  faol-ijobiy  o’smirlarda  kasbiy  qiziqishlarni  keltirib  chiqaruvchi  ma’lum 

psixologik mezonlarni tadqiq qilish imkonini beradi:



 

Download 209,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish