Mashg’ulot maqsadi: talabalarga matematik diktantlar haqida ma`lumotlar berish hamda tajribada sinash. Mashg’ulot jihozi



Download 135 Kb.
Sana25.06.2022
Hajmi135 Kb.
#703152
Bog'liq
Mashg’ulot maqsadi talabalarga matematik diktantlar haqida ma`l


3-AMALIY MASHG`ULOT
MAVZU: RAQAMLASHGA O‘RGATISHDA MATEMATIK DIKTANTNING O‘RNI. BOSHLANG’ICH SINFLARDA NOMANFIY BUTUN SONLARNI NOMERLASHGA O’RGATISH METODIKASI.


Mashg’ulot maqsadi: talabalarga matematik diktantlar haqida ma`lumotlar berish hamda tajribada sinash.
Mashg’ulot jihozi: darslik, daftar, tarqatma materiallar, doska, bo’r tarqatmalar va boshqalar.
Amaliy ishlash uchun topshiriqlar.
1.Mavzu haqida qisqacha ma`lumot.
2.Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
3.Dars ishlanmasi yozish.
Matematika — insoniy bilimlar sohasi bo‘lib, uning asosini matematik tuzilmalar haqidagi (elementlari o‘rtasida ba’zi munosabatlar aniqlangan to‘plamlar) fan tashkil etadi; xususan, uning o‘rganish obyektiga makon shakllari ham kiradi. Matematikaning umuminsoniy madaniyat va ta’limdagi o‘rnining o‘zgarishi uning barcha fan sohalariga shiddatli kirib borishi bilan bog‘liqdir. Bu „matematik savodxonlik“ tushunchasi mazmunining o‘zgarishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi, vaholanki, an’anaga ko‘ra, bu tushuncha sanash ko‘nikmalarining ma’lum darajasi hisoblashlarni bajarish va arifmetik masalalarni yechish bilan chegaralanar edi. Hozir bu tushuncha matematik til asoslarini o'zlashtirishni ham, mantiqiy tafakkur unsurlarini egallashni ham o‘z ichiga olishi lozim.
Bularning barchasi kichik yoshdagi o‘quvchilarga matematikani o'rgatishdan quyidagilarni hosil qilish uchun foydalanish mumkinligi va zarurligini tasdiqlaydi:
— aniq va lo‘nda, og‘zaki va yozma matematik til (yozuv shaklini tanlash, atama va timsollardan savodli foydalanish, qobiliyati darajasida matematik nutqni egallash);
— o‘quv vazifasini tahlil qila olish (qismlarga ajratish, bu qismlarning o ‘zaro aloqasini o‘rnatish);
— masalani matematik tilga o‘tkazish va olingan natijalarni aniq shartlar, modellar, sxemalar bilan taqqoslab ko‘ra bilish;
— umumlashtirish va konkretlashtirishni bajara olish;
— fahmlab (taxminni ta’riflash, topa bilish), oraliq va yakuniy natijalarni baholay olish;
Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning mantiqiy tafakkuni rivojlantirishda matematik diktantlarning o’rni muhimdir. Nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o’rgatishda ham og’zaki, ham yozma ravishda matematik diktant olib boriladi. Matematik diktant o’qituvchi tomonidan diktovka qilib turiladi, o’quvchilar esa eshitib topshiriqni bajaradilar. Bunda har bir o’quvchi berilgan topshiriqqa mustaqil ravishda yondashadi va o’z fikr-mulohazalarini, javoblarini aytadilar. Matematik diktant natijasida o’quvchilar mantiqiy fikrlashga, mustaqil qaror qabul qilishga, muammolarni har xil usullar orqali hal qilishga, hozirjavoblikka o’rganadilar. O’quvchilarning bilimini baholash uchun olib boriladigan nazorat ishlarida, dars jarayonida ham matematik diktantlardan o’rinli foydalanish lozim.
Mavzuga doir didaktik topshiriqlar
1. Darslikdan foydalangan holda, o’nlik konsentrida sonlarni raqamlashga doir rebus, matematik diktantlar yozing.
2. Darslikdan foydalangan holda, yuzlik konsentrida sonlarni raqamlashga doir rebus, matematik diktantlar yozing.
3. Darslikdan foydalangan holda, minglik konsentrida sonlarni raqamlashga doir rebus, matematik diktantlar yozing.
4. Darslikdan foydalangan holda, ko’p xonali sonlar konsentrida sonlarni raqamlashga doir rebus, matematik diktantlar yozing.
Nmuna:



Amaliy ishlash uchun topshiriqlar:
1. Sakkizta birlikdan iborat sonni yozing.
2. 4 ta olmaga 2 ta nokni qo’shsak nechta bo’ladi?
3. 9 ta qushdan 3 tasi uchib ketdi nechta qush qoldi ?
4. 30 sonidan keyin qaysi son keladi?
5.Qirq olti, qirq sakkiz sonlarida nechtadan birlik borligini asmdan qarab ayting.
6.Sonlarning yig‘indisini hisoblang:
50 va 4, 50 va 2, 50 va 5, 50 va 8.
7.Olim sirkda ellik sakkizinchi joyga o‘tirdi. Undan o‘ngdagi va chapdagi joylarning
raqamlarini ayting.
8.Sonlarning ayirmasini toping:
26 va 6, 35 va 5, 68 va 8, 42 va 2,
49 va 9, 27 va 7, 83 va 3, 94 va 4.
9.9 ta o‘nlikdan iborat sonni yozing.
4ta o‘nlikdan iborat sonni yozing.
10.Uchta sonning yig‘indisi 78. Birinchi son 32, ikkinchi son 26. Uchinchi sonni toping.
11.Birinchi kesmaning uzunligi 5 sm, ikkinchi kesma undan 4 sm uzun, uchinchi kesma ikkinchi kesmadan 6 sm qisqa.Uchinchi kesmaning uzunligini toping.
12.To’g’ri to’rtburchak shaklidagi polizning eni 45 metr, bo’yi enidan 35 metr uzun. Polizning atrofini o’rab olgan to’siqning uzunligi qancha?
13.Samarqand shahriga sayohatga kelgan 30 ta turistdan 19 tasi ingliz tilini, 16 tasi fransuz tilini bilishadi. Shu turistlardan nechtasi ikkala tilni ham bilishadi?
14.Otasi 50, o’g’li 28 yoshda. Necha yil oldin otasi o’g’lidan 2 marta katta bo’lgan?
15. Onasi 40, qizi 16 yoshda. Necha yil keyin qizi onasidan 2 marta yosh bo’ladi?
16. Ikki sonning yig’indisi 76 ga teng. Ulardan biri ikkinchisidan 3 marta kichik. Shu sonlarni toping?
17. Buvisi 80, nabirasi 23 yoshda. Necha yil oldin nabirasi buvisidan 4 marta yosh bo’lgan?
18. Poyezdda 896 ta yo’lovchi bor edi. Agar erkaklar bolalardan 9 marta, ayollar esa 4 marta ko’p bo’lsa, poyezddagi erkaklar soni ayollardan nechta ko’p bo’lgan?
Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish