Ma’ruzalar matni arab tili fanidan


O‘tgan zamon fe’lining shaxs-son qo‘shimchari jadvali



Download 0.55 Mb.
bet3/3
Sana29.08.2021
Hajmi0.55 Mb.
1   2   3
O‘tgan zamon fe’lining shaxs-son qo‘shimchari jadvali:

(Eslatma: har bir chiziq bitta o‘zak undoshni ifodalaydi)



الْجَمْع

Ko’plik

الْمُثَنَّى

Ikkilik

الْمُفْرَد

Birlik

حَالَاتُ الضَّمِير

Olmosh holatlari

- - ﹿ ـنَا




- - ﹿ ـتُ

mz,mn

الْمُتَكَلِّم

I shaxs

- - ﹿ ـتُمْ

- - ﹿ ـتُنَّ

- - ﹿ ـتُمَا

- - ﹿ ـتُمَا

- - ﹿ ـتَ

- - ﹿ ـتِ

mz

الْمُخَاطَب

II shaxs

الْمُخَاطَبَة

mn

- - ﹹ ـوا

- - ﹿ ـنَ

- - ﹷ ـﺎ

- - ﹷ ـتَا

- -

- - ﹷ ـتْ

mz

الْغَائِب

III shaxs

الْغَائِبَة

mn

Eslatma: O‘tgan zamon fe’li III shaxs, ko‘plik, muzakkar jinsining oxiriga grammatik ko‘rsatgich vazifasini bajaruvchi o‘qilmaydigan “ا” qo‘shib qo‘yiladi.

Fe’lni o‘tgan zamonda tuslashda shaxs-son qo’shimchalari uning boshlangich shakli ortidan qo‘shilib keladi. Bunday fe’lni egasi yashirinib kelgan sodda yig‘iq gap deb tushunish lozim:



(U) yozdi. كَتَبَ. (Men) yozdim. كَتَبْتُ.

(Ular) yozdilar. كَتَبُوا. (Biz) yozdik. كَتَبْنَا.

O‘tgan zamon fe’lining inkor shakli fe’l oldiga “مَا” yuklamasini qo‘yish bilan hosil qilinadi. Masalan:



مَا كَتَبَتْ – u (mn) yozmadi,

مَا خَرَجُوا – ular (mz) chiqmadilar,

مَا شَرِبْتُمَا – siz ikkingiz ichmadingiz.
I bob fe’lini o‘tgan zamonda tuslashning namunaviy jadvali:

تَصْرِيفُ الْفِعْلِ الْمَاضِي الثُّلَاثِيّ الْمُجَرَّد

UCH O‘ZAKLI I BOB FE’LINI O‘TGAN ZAMONDA TUSLANISHI

الْجَمْع

Ko’plik

الْمُثَنَّى

Ikkilik

الْمُفْرَد

Birlik

حَالَاتُ الضَّمِير

Olmosh holatlari

(نَحْنُ) كَتَبْنَا

(Biz) yozdik




(أَنَا) كَتَبْتُ

(Men) yozdim

mz,mn


الْمُتَكَلِّم

I shaxs

(أَنْتُمْ) كَتَبْتُمْ

(Sizlar) yozdingizlar

(أَنْتُنَّ) كَتَبْتُنَّ

(أَنْتُمَا) كَتَبْتُمَا

(Siz) ikkingiz yozdingiz

(أَنْتُمَا) كَتَبْتُمَا

(أَنْتَ) كَتَبْتَ

(Sen) yozding

(أَنْتِ) كَتَبْتِ

mz

الْمُخَاطَب

II shaxs

الْمُخَاطَبَة

mn

(هُمْ) كَتَبُوا

(Ular) yozdilar

(هُنَّ) كَتَبْنَ

(هُمَا) كَتَبَا

(U) ikkisi yozishdi

(هُمَا) كَتَبَتَا

(هُوَ) كَتَبَ

(U) yozdi

(هِيَ) كَتَبَتْ

mz

الْغَائِب

III shaxs

الْغَائِبَة

mn


I bob fe’li majhul nisbatining o‘tgan zamoni har uch shakldagi fe’llardan “فُعِلَ” vaznida hosil bo‘ladi. Masalan:

ضَرَبَ – urmoq ضُرِبَ – urilmoq,

شَرِبَ ichmoq شُرِبَ – ichilmoq.

Majhul nisbatning shaxs-sonda tuslanishi aniq nisbatdagi fe’lning tuslanishidan farq qilmaydi.

Majhul nisbat fe’lining ishlatilishi arab tilida bir oz murakkabroq. U o‘zbek tilidagi majhul nisbat fe’li ifodalamaydigan tushunchalarni ham ifodalashi mumkin. Masalan: “سَأَلَ” – so‘ramoq fe’lidan “سَأَلَتُ” – men so‘radim, shuning majhul nisbati “سُئِلْتُ” – “men so‘raldim” ma’nosidan tashqari “mendan so‘radilar” ma’nosini ham bildiradi. Shuningdek, “غَضِبَ” – g‘azablanmoq fe’lidan “غَضِبْتُ” – men g‘azablandim, “غُضِبْتُ” – esa “men g‘azab ostida qoldim”, “mendan g‘azablandilar” ma’nosini ifodalaydi.

Otgan zamon fe’lining soroq shakli “أَ” soroq yuklamasi bilan keladi. U yaqin muddatga ishora qiladi. “هَلْ” yuklamasi esa uzoq muddatga ishora qiladi. Agar o‘tgan zamon fe’li oldida (aniq va majhul nisbatlarida) “قَدْ” (allaqachon) yuklamasi kelsa, u ish-harakatning o‘tgan zamonda bajarilib bo‘linganligini bildirib, tugallangan ish-harakatni ifodalaydi. Ma’noni kuchaytirish uchun bu yuklama “لَ” (لَقَدْ) tasdiq yuklamasiga qo‘shilib kelishi ham mumkin. Masalan:



U yozib bo‘ldi. هُوَ قَدْ كَتَبَ. U yozdimi?أَهُوَ كَتَبَ؟

قَدْ سَأَلْتُ – so‘raganman, so‘ragan edim,

لَقَدْ خَرَجَ u (mz) chiqqan, chiqqan edi.

4-§. I BOB FE’LINING HOZIRGI-KELASI ZAMONI

Arab tilida fe’lning hozirgi-kelasi zamoni (الْفِعْلُ الْمُضَارِع) hozirgi zamonda, kelasi zamonda, ba’zan o‘tgan zamonda amalga oshadigan tugallanmagan ish-harakatni bildiradi. Shuningdek, u har doim amalga oshadigan ish-harakatni ham ifodalashi mumkin.

I bob fe’lining hozirgi-kelasi zamon fe’lining ikkinchi o‘zak harfi “fatha” yoki “damma” yoki “kasra”dan biri bilan quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:

يَفْعُلُ ، يَفْعَلُ ، يَفْعِلُ

Muayyan yuklamalar bilan kelganda hozirgi zamon fe’li kelasi zamon mazmunini ifoda etadi. Hozirgi-kelasi zamon shakli fe’lning boshlang‘ich shaklining birinchi o‘zak undoshini “sukun”lash hamda uning oldi va oxiriga hozirgi-kelasi zamon fe’lining shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish bilan yasaladi.

Bu yerda shaxs-son qo‘shimchalari bilan kelgan hozirgi-kelasi zamon fe’lini sodda yig‘iq gap, shaxs-son qo‘shimchalarini esa shu gapning egasi deb tushunish lozim. Masalan:

Biz qaytyapmiz. نَرْجِعُ. U ketyapti.يَذْهَبُ.

Hozirgi-kelasi zamon fe’lining shaxs-son qo‘shimchari jadvali:

(Eslatma: har bir chiziq bitta o‘zak undoshni ifodalaydi)



الْجَمْع

Ko’plik

الْمُثَنَّى

Ikkilik

الْمُفْرَد

Birlik

حَالَاتُ الضَّمِير

Olmosh holatlari

ﻧَ ﹿ -




أَ ﹿ -

mz,mn

الْمُتَكَلِّم

I shaxs

ﺗَ ﹿ - ﹹ ـونَ

ﺗَ ﹿ - ﹿ ـنَ

ﺗَ ﹿ - ﹷ ـﺎنِ

ﺗَ ﹿ - ﹷ ـﺎنِ

ﺗَ ﹿ -

ﺗَ ﹿ - ﹻ ـينَ

mz

الْمُخَاطَب

II shaxs

الْمُخَاطَبَة

mn

ﻳَ ﹿ - ﹹ ـونَ

ﻳَ ﹿ - ﹿ ـنَ

ﻳَ ﹿ - ﹷ ـﺎنِ

ﺗَ ﹿ - ﹷ ـﺎنِ

ﻳَ ﹿ -

ﺗَ ﹿ -

mz

الْغَائِب

III shaxs

الْغَائِبَة

mn

I bob fe’lining hozirgi-kelasi zamonida ham vazndagi “ع” harfi (2-o‘zak undosh) uch xil harakatga ega. Qaysi fe’lda shu uch harakatdan qaysi biri ekanligini quyidagilardan aniqlash mumkin:

  1. Agar o‘tgan zamonda fe’l “فَعُلَ” vaznida bo‘lsa, hozirgi-kelasi zamoni albatta “يَفْعُلُ” vaznida bo‘ladi. Masalan:

yaxshi bo‘lmoqيَحْسُنُ حَسُنَ

toza bo‘lmoqيَنْظُفُ نَظُفَ

yaqinlashmoqيَقْرُبُ قَرُبَ

  1. O‘tgan zamonda fe’l “فَعِلَ” vaznida bo‘lsa, hozirgi-kelasi zamoni ko‘pincha “يَفْعَلُ” vaznida bo‘ladi. Masalan:

tushunmoqيَفْهَمُ فَهِمَ

bilmoqيَعْلَمُ عَلِمَ

ichmoqيَشْرَبُ شَرِبَ

  1. Agar o‘tgan zamonda fe’l “فَعَلَ” vaznida bo‘lsa, hozirgi-kelasi zamoni ko‘pchilik hollarda “يَفْعُلُ” vaznini qabul qiladi. Masalan:

chiqmoqيَخْرُجُ خَرَجَ

kirmoqيَدْخُلُ دَخَلَ

Biroq bu fe’llarning ayrimlari boshqacha vaznda bo‘lishi ham mumkin. Masalan:



ketmoqيَذْهَبُ ذَهَبَ

ochmoqيَفْتَحُ فَتَحَ

o‘tirmoqيَجْلِسُ جَلَسَ

tushmoqيَنْزِلُ نَزَلَ

Ko‘rinib turibdiki, hozirgi-kelasi zamonda “ع”ning harakatini o‘tgan zamon shakliga qiyosan aniqlash mumkin, lekin uni aniq bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun zamonaviy lug‘at kitoblarida fe’lning o‘tgan zamon (infinitiv) shaklidan keyin qavs ichidagi (i), (a), (u) harflari shu fe’lning hozirgi-kelasi zamondagi ikkinchi o‘zak undosh harakatini ko‘rsatib turadi. Arablarda harakat shaklida yozib qo‘yilgan bo‘ladi.



Tarjimasi

Bizda

Arablarda

yozmoq

I كَتَبَ (u) demak يَكْتُبُ

كَتَبَ ( -ُ )

ichmoq

I شَرِبَ (a) demak يَشْرَبُ

شَرِبَ ( -َ )

o‘tirmoq

I جَلَسَ (i) demak يَجْلِسُ

جَلَسَ ( -ِ )

Fe’lni yodlaganda, “ع”ning harakatini qo‘shib yodlash kerak, chunki fe’lning ko‘pchilik mayllari, fe’ldan shakllangan turli xil otlar va boshqa so‘zlarning shakli shu harakatga bog‘liq holda o‘zgaradi.

Hozirgi-kelasi zamonning inkor shakli fe’l oldiga “لَا” yuklamasini qo‘yish bilan hosil qilinadi. Masalan:



U (mz) chiqadi يَخْرُجُ u chiqmaydiلَا يَخْرُجُ

Boraman أَذْهَبُ bormaymanلَا أَذْهَبُ

Sen (mn) tushasanتَنْزِلِينَ sen (mn) tushmaysanلَا تَنْزِلِينَ

I bob fe’lini hozirgi-kelasi zamonda tuslashning namunaviy jadvali:

تَصْرِيفُ الْفِعْلِ الْمُضَارِعِ الثُّلَاثِيّ الْمُجَرَّد

UCH O‘ZAKLI I BOB FE’LINI HOZIRGI-KELASI ZAMONDA TUSLANISHI

الْجَمْع

Ko’plik

الْمُثَنَّى

Ikkilik

الْمُفْرَد

Birlik

حَالَاتُ الضَّمِير

Olmosh holatlari

(نَحْنُ) نَكْتُبُ

(Biz) yozyapmiz




(أَنَا) أَكْتُبُ

(Men) yozyapman

mz,mn


الْمُتَكَلِّم

I shaxs

(أَنْتُمْ) تَكْتُبُونَ

(Sizlar) yozyapsizlar

(أَنْتُنَّ) تَكْتُبْنَ

(أَنْتُمَا) تَكْتُبَانِ

(Siz) ikkingiz yozyapsiz

(أَنْتُمَا) تَكْتُبَانِ

(أَنْتَ) تَكْتُبُ

(Sen) yozyapsan

(أَنْتِ) تَكْتُبِينَ

mz

الْمُخَاطَب

II shaxs

الْمُخَاطَبَة

mn

(هُمْ) يَكْتُبُونَ

(Ular) yozyaptilar

(هُنَّ) يَكْتُبْنَ

(هُمَا) يَكْتُبَانِ

(U) ikkisi yozyapti

(هُمَا) تَكْتُبَانِ

(هُوَ) يَكْتُبُ

(U) yozyapti

(هِيَ) تَكْتُبُ

mz

الْغَائِب

III shaxs

الْغَائِبَة

mn


I bob fe’li majhul nisbatining o‘tgan zamoni har uch shakldagi fe’llardan “فُعِلَ”

Hozirgi-kelasi zamonning majhul nisbati quyidagicha vaznda hosil boladi:



يُفْهَمُ يَفْهَمُ - فَهِمَ – u (mz) tushuniladi,

يُعْرَفُ يَفعْرِفُ - عَرَفَ – u (mz) bilinadi.

Majhul nisbat fe’li aniq nisbat bilan shaxs-sonda bir xil tuslanadi.

Kelasi zamon shakli ikki xil ko‘rinishda ifodalanadi:


  1. Sodda shaklda – hozirgi-kelasi zamon shaklidagi fe’l mos ravish bilan kelib, kelasi zamon ma’nosini ifodalaydi:

Avtobus kechqurun qaytadi. تَرْجِعُ الْحَافِلَةُ مَسَاءً.

Ishimizga peshinda ketamiz. نَذْهَبُ إِلَى عَمَلِنَا ظُهْرًا.

  1. Murakkab shaklda – hozirgi-kelasi zamon fe’li oldiga “سَ” yoki “سَوْفَ” yuklamasini qo‘yish bilan. Bu yerda “سَ” yuklamasi yaqin kelajakka ishora qilib, fe’lga qo‘shilib yoziladi. “سَوْفَ” yuklamasi esa uzoq kelajakka ishora qiladi va alohida yoziladi:

Men arab tilini o‘rganyapman.أَتَعَلَّمُ اللُّغَةَ الْعَرَبِيَّةَ.

Men arab tilini o‘rganaman. سَأَتَعَلَّمُ اللُّغَةَ الْعَرَبِيَّةَ.

Men (bir kuni) arab tilini o‘rganaman.سَوْفَ أَتَعَلَّمُ اللُّغَةَ الْعَرَبِيَّةَ.

Kelasi zamon fe’lining inkor shakli “سَوْفَ” yuklamasining ortiga “لَا” inkor yuklamasini qo‘yib hosil qilinadi (“سَ” yuklamasiga qo‘yilmaydi):



Men bugun oyingohga bormayman. سَوْفَ لَا أَذْهَبُ إِلَى الْمَلْعَبِ الْيَوْمَ.

Agar hozirgi-kelasi zamon fe’li oldiga “قَدْ” yuklamasi qoyilsa, tahmin qilish, gumon, ehtimol, ishonchsizlik ma’nolarini beradi:



Balki u universitetda o‘qib ketar. قَدْ يَدْرُسُ فِي الْجَامِعَةِ.

Ehtimol, otam bilsalar kerak. قَدْ يَعْرِفُ أَبِي.

Agar hozirgi-kelasi zamon fe’li oldida “أ” yuklamasi kelsa, nutq paytidagi so‘roq ma’nosini, “هَلْ” yuklamasi kelsa, kelasi zamondagi so‘roq ma’nosini beradi:



Sen (hozir) bu kitobni o‘qiysanmi? أَنَقْرَأُ هَذَا الْكِتَابَ؟

Sen bu kitobni o‘qiysanmi? هَلْ نَقْرَأُ هَذَا الْكِتَابَ؟
5-§. FE’LIY GAP
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat