O’lkashunoslik fanining maqsadi bo’lajak o’qituvchilarga o’z o’lkasini tabiatini, aholisini, xo’jaligini, tarixini, tarixiy va madaniy o’zgarishlarini, xalq og’zaki ijodini o’rganishni ilmiy metodik asoslari bilan tanishtirishdir.
Mazkur fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Fanning predmeti va vazifalari haqida bilimlar berish; tabiiy o’lkashunoslik, uning predmeti va ob’ektlari hamda manbalari haqida bilimlar berish; iqtisodiy o’lkashunoslik va o’lka xo’jaligini o’rganish metodikasi bo’yicha bilimlar berish; tarixiy, san’at va etnogafiya o’lkashunoslik va ular bo’yicha o’lkada tadqiqodlar olib borish metodikasi haqida ko’nikmalar shakllantirish.