Ma’ruza№1 Informatika va at fanining maqsad va vazifalari. Zamonaviy axborot texnologiyalar haqida umumiy tushuncha. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning rivojlanishi



Download 288.88 Kb.
bet2/4
Sana22.01.2017
Hajmi288.88 Kb.
1   2   3   4

Kompyuter viruslarinig mohiyati.

Kompyuter texnikasi kundalik qayotimizga tobora ildam kirib kelayotgan hozirgi vaqtda kompyuterdan foydalanuvchilar kompyuter viruslaridan xavotirdalar. Xo`sh, kompyuter viruslari qachon paydo bo`lgan, ularning moqiyati nimada?

Kompyuter viruslari xaqidagi ilk ma'lumot shaxsiy kompyuterlar paydo bo`lishidan ancha oldin, ya'ni 1959 yilda amerikalik olim L.S.Penrouzning o`z-o`zini ko`paytiradigan mexaniq strukturalarga bag'ishlangan maqolasida uchraydi. Maqolada ikki o`lchamli struktura xaqida fikr yuritilib, u faollashish, ko`payish, mutasiyalanish, egallab olishga qodir bo`lgan. Tez orada AQSH da bu strukturani F. G. Stal IBM 650 kompyuterining mashina kodlarida amalga oshirdi.

Keng ommalashgan dastlabki shaxsiy kompyuter Apple II 1977 yil 20 aprelda konveyerdan chiharildi. Narxining arzonligi, qulay ishlashi uning keng tarqalishiga olib keldi. Sobiq Sovet ittifoqida chiharilgan nusxalarni hisobga olmaganda, 3 milliondan ortiq shu versiyadagi kompyuterlar sotildi. Ayni vaqtda kompyuterda turli millat va turli kasb egalari ishlash imkoniga ega bo`lishdi. Xuddi shu paytda ilk zamonaviy kompyuter viruslari chiqa boshladi. Buning asosiy sababi ular rivojlanishining ikki muqim sharti bajarilganligida - yashash miqyosining kengayganligi va ko`payish vositalari paydo bo`lganligida edi.

Texnologiyaning rivojlanishi, kompyuter texnikasining keng ommalashishi, axborot almashinish imkoniyatlarining kengayishi (magnit disklar, kattik disklar, lokal va global tarmoqlar, telefon liniyalari va q.k.) kompyuter viruslari ko`payishi uchun juda qulay sharoit yaratdi. Bunday ommalashuv kompyuter viruslari rivojlanishi va tarqalishining uchinchi sharti bajarilishiga - ya'ni kompyuter viruslarini dasturlovchi shaxslar paydo bo`lishiga olib keldi.

Darvoqe, kompyuter viruslari ham oddiy dasturlar singari muayyan dasturlovchilar tomonidan dasturlanadi. Viruslarning kompyuterda ko`payishi, aytaylik, faylni bir katalogdan ikkinchisiga ko`chirishdan farq qilmaydi. Faqat birinchi holda viruslarning ko`payishi foydalanuvchining ixtiyorisiz ro`y beradi.

Kompyuter viruslarini kim dasturlaydi va nima uchun? - degan savol ko`pchilikni qiziqtirsa kerak. Aksariyat taniqli antiviruschi firma va kuzatuvchilarning fikriga ko`ra, virus dasturlarini, asosan, 16-25 yoshlardagi, o`zining nimaga qodirligini ko`z-ko`z qilish, yomon yo`l bilan bo`lsa ham, tanilish ishtiyoqidagi yoshlar tuzadi deyishadi.

Kompyuter viruslarining turlari.

Kompyuter viruslari - foydalanuvchining ixtiyorisiz kompyuterga kirib, u yerda ko`zda tutilmagan har xil o`zgartirishlar qiluvchi va o`z-o`zini ko`paytiruvchi dasturdir.

Kompyuter viruslari zararli kodlar deb nomlanuvchi katta dastur sinflarining bir ko`rinishi bo`lsa-da, lekin ularni bir xil deb bo`lmaydi. "Chuvalchanglar" va "Troya otlari" zararli kodlar turkumiga kiradi. Ular kompyuterda ko`paya olmasligi jiqatidan viruslardan farq qiladi.



"Chuvalchang" dasturi kompyuter tarmoqlari orqali tarqaladi va kompyuterda ko`paymasdan, balki uning o`rniga foydalanuvchi ixtiyorisiz, masalan elektron pochta orqali o`z dasturini yuboradi.

"Troya" dasturlari umuman tarqala olmaydi, kompyuterga yo o`z sohibi yoki undan o`g'rincha foydalanuvchi shaxs tomonidan tushiriladi. Odatda, ular zarur yoki qiziharli ma'lumot yoxud dastur ko`rinishida bo`ladi. Masalan, ular foydalanuvchiga elektron pochta orqali xat, fayl ko`rinishida keladi va uni yuklashni so`raydi, fayl yuklanishi bilan dastur kompyuterga kiradi va foydalanuvchi xoqlamagan har xil xarakatlarni bajaradi. Masalan, kompyuterni zararlab, undagi kerakli ma'lumotlarni o`z muallifiga yuborishi mumkin.

Hozirgacha 60 mingdan ortiq virus ro`yxatga olingan. Ular soni kundan-kun ortib, yangi-yangi turlari aniqlanyapti. Ularni o`ziga xos belgilari asosida: 1) yashash muqiti; 2) operasiyaviy tizimi; 3) algoritmining ishlash xususiyatlari bo`yicha guruqlarga bo`lish mumkin.

Birinchi guruq viruslari uchga: faylli, yuklanuvchi va makroviruslarga bo`linadi.

Eng ko`p tarqalgan dastlabki kompyuter viruslari faylli viruslardir. Ular operasiyaviy tizim fayllari va kataloglarida joylashgan. Masalan, "overwriting" ("Ustidan yozish") shunday viruslardan bo`lib, ular, kompyuterga tushgandan keyin zararlangan fayl kodi o`rniga o`z kodini yozib, mavjud ma'lumotlarni yo`qotadi. Albatta, bunday holda fayl ishlamaydi va uning ichidagilarni qayta tiklab bo`lmaydi. Ular anchagina soddaligidan o`zini tez oshkor etib qo`yadi.



Yuklanuvchi viruslarning ishlash tarzi operasiyaviy tizim algoritmini ishga tushirishga asoslangan. Bu viruslar disketalarning yoki qattiq disklarning yuklanuvchi sektorini (boot-sektor) - diskning maxsus qismida joylashgan kompyuterning boshlang'ich yuklanuvchi dasturini zararlaydi. Agar yuklanuvchi sektor ma'lumotlarini o`zgartirsa, kompyuter yuklanmasligi mumkin.

Makroviruslar - kompyuter viruslarining bir turi bo`lib, ular makrotillar yordamida vujudga keladi. Ko`pgina ofis ilovalarida Word, Excel, Access, Power Point, Project, Corel Draw kabi makrotillar mavjud. Makrotillar ofis dasturlarida ish unumini oshirish uchun maxsus dasturlar tuzishda ishlatiladi. So`nggi kunlarda keng tarqalgan viruslar Win95.Shoerec, Win32. And ras, Win95.Nathan, RP, oilasi, 1-Worm.CoolNow, Worm.Valcard, Macro.Excel .Uedasun, Macro.Word.Giggle, Galeocerdo.600, Trivial, oilasi, NewExe kabilardan iborat.

Chuvalchang virusi. Internet orqali tarqaladi, zararlangan xatlarga fayl ko`rinishida bog'lab qo`yiladi. Windows HHHr ilovasi hisoblanadi (RE YEXE-fayl), uzunligi 97Kb ga yakin (UPX da qisilgan, qisilmagan holda - 132Kb), Visual Basic tilida yozilgan.

Faylli viruslar, DOS Norezident, o`ta xavfli viruslar. Odatda juda kichik uzo`nlikka ega. Niqoyatda sodda. ¡zini joriy katalogdagi barcha SOM fayllar boshiga eski ma'lumotlarni saqlamasdan yozadi. Zararlangan fayllarni tiklab bo`lmaydi. Foydalanilayotgan operasiyaviy tizim qanday faylni yoki tarmoq virusi bir yoki bir necha operasiyaviy tizim (DOS, Windows, OS/2, Linux, MacOS va x.k.) fayllarini zararlashi mumkin. Masalan, "Boza" virusi faqat Windows operasiyaviy tizimda ishlaydi va shuning uchun Windows viruslariga kiradi. "Bliss" virusi esa Linux virusiga kiradi va x.k.

Rezident virus yuklanganda kompyuter xotirasiga kirib olib to o`chirilgunga qadar saqlanadi. Nerezident viruslar esa faqat zararlangan fayl yuklangandagina ko`payishi mumkin.

Qolaversa, ko`rinadigan va ko`rinmaydigan viruslar bo`ladi. Virusning ko`rinmasligi, bu uning xotirada turib operasiyaviy tizimning zararlangan fayllar qaqida o`sish va yozishga so`rovlarini ushlab qolib, ularning zararlanmasdan oldingi qolatini taqdim qilayotganligidadir. Birinchi faylli ko`rinmas viruslardan biri "Frpdo", ilk yuklanuvchi ko`rinmas virus esa "Vgatidir.



Antivirus skanerlari. Skanerlarning ishlash tarzi hamma fayllar, yuklanuvchi sektorlar va xotirani virusning noyob dastur kodi bor-yo`sligini tekshirishga asoslangan.

Antivirus monitorlari. U skanerlarning bir ko`rinishi bo`lib, monitorlar har doim kompyuter xotirasida aniq vaqt ko`lamida fayllar, yuklanuvchi sektor va xotirani fonli tekshiradi.

O`zgarish taftishchilari. Bu turdagi antivirus dasturlarining vazifasi fayl va tizimli sektorlardan original tamra olishdan iborat. Bu tamralar ma'lumot omborida saqlanadi. Keyingi yuklanganda tekshiruvchi tamrani original bilan solishtiradi va foydalanuvchiga qodir bo`lgan o`zgarishlar qaqida xabar beradi.

Immunizatorlar. Antivirusli immunizator dasturlari ikki turga bo`linadi: zararlanganlik qaqida xabar beruvchi immunizatorlar va zararlanishni virusning biron turi bilan blokirovkalovchi immunizatorlar.

Birinchi turi, odatda, faylning oxiriga yozilib, faylning har bir yuklanishida uning o`zgargan-o`zgarmaganligini tekshiradi. Bunday immunizatorlar zararlangan faylda berkinib yotgan ko`rinmas viruslarni aniqlay olmaydi.

Ikkinchi turi esa tizimni virusning aniq bir turi bilan zararlanishdan himoya qiladi. Buning uchun fayllarga shunday bir shakl beriladiki, virus ularni zararlangan deb hisoblashi kerak bo`ladi. Rezident virusdan qimoyalanish uchun esa kompyuter xotirasiga virus nusxasiga o`xshatma dastur kiritiladi. Virus yuklanib, unga to`qnashganda tizim zararlanganligini payqaydi.

Albatta, fayllarni barcha viruslardan saqlash mumkin emas: ulardan xar birining zararlanganligini aniqlash usuli mavjud. Shuning uchun xam immunizatorlar keng tarqalmadi, hozirgi vaqtda ular deyarli qo`llanmaydi.



Axloq blokiratorlari. Yuqorida aytib o`tilgan antiviruslarning qech biri asosiy muammo - noma'lum viruslardan qimoyalanishni qal etmaydi. Binobarin, kompyuter tizimlari antiviruschilar virusga harshi "vosita" ishlab chisargunga qadar qimoyasiz qolyapti.

Bu masalani qal etishda axloq, blokiratorlari istiqbolli yo`nalishlardan hisoblanadi. Bu dastur har doim kompyuter operativ xotirasida bo`lib, tizimdagi turli qodisalarni tutib oladi. Shubqali virus yoki zararli dastur qilishi mumkin bo`lgan harakatni sezganda blokirator bu harakatni man etadi yoki foydalanuvchidan izm so`raydi.

Hozirgi vaqtda respublikamizda keng tarqalgan antiviruslar, asosan AVP, NAV, Dr.Web.

Ma'lumki, Kasperskiy laboratoriyasi dunyodagi barcha antivirus ishlab chiharuvchilari orasida yetakchi o`rinlardan birini egallaydi. Uning ruscha va inglizcha versiyalari mavjud. Antiviral ToolKitPro antivirusida viruslardan qimoyalanishning skaner va monitorli usulidan foydalanilgan, bugungi kunda 55 845 (2002 yil 2 iyul xolatiga) virusdan davolaydi.



Nazorat savollari:.

  1. Arxiv va arxivator dasturlar haqida nima bilasiz ?

  2. WINDOWS uchun yaratilgan arxivatorlar haqida nima bilasiz ?

  3. WINRAR dastur yordamchi tugmalar vazifalarini tariflab bering?

  4. Kompyuter viruslari nima?

  5. Kompyuter viruslarining qanday turlarini bilasiz.

  6. Makrovirus deganda nimani tushunasiz?

  7. Antiviruslarning qanday turlari mavjud?


Ma’ruza№ 4

Amaliy dasturiy maxsulotlar. Kompyuter grafikasi va uning turlari. Paint grafik muharriri.

Reja:


  1. Amaliy dasturiy maxsulotlar. Kompyuter grafikasi va uning turlari.

  2. Paint grafik muharriri.

  3. Corel Draw grafik muharriri va unda ishlash.


Tayanch tushunchalar: Amaliy dasturiy maxsulotlar haqida umumiy ma’lumot. Kompyuter grafikasi, uning turlari va imkoniyatlari. Paint grafik muharriri. Corel Draw grafik prosessori.

Axborotning asosiy qismini inson ko’rish a'zolari orqali oladi. Ko’rgazmali axborotning o’zlashtirilishi oson bo`ladi. Inson tabiatining ana shu xususiyati grafik operatsion tizimlarda ishlatiladi. Ularda axborot grafik ob'ektlar: znachoklar (belgilar), oynalar va rasmlar ko’rinishida tasvirlanadi.

Operatsion tizimning barcha grafik ob'ektlari, shuningdek, boshqa barcha tasvirlar qandaydir yo’l bilan kompyuterda hosil qilinishi yoki o`nga kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi (atrof) qurilmalari ishlatiladi. Ular bilan siz 3-bobda tanishib chiqqansiz. Eng ko’p tarkalgan qurilma — bu skanerdir. So`nggi paytda raqamli fotokameralarning ham o’ullanish qulami kengayib bormoqda. Ularning oddiy fotoapparatlardan farqi shundaki, tasvir kimyoviy yo’l bilan fotoplyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamera xotirasining mikrosxemalariga yozib qo’yiladi. U erdan axborotni kabel orqali kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli fotoapparatlar ma'lumotlarni fayl sifatida egiluvchan diskka yozib o’uyish imkoniyatiga ham ega. Diskdagi axborotni esa kompyuterga o’tkazish unchalik qiyin emasligini siz yaxshi bilasiz.

Tasvirni kompyuterga videokameradan ham kiritish mumkin. Videoning ketma-ketlikdagi biror kadrni tanlashi va uni kompyuterga kiritishi tasvirni ushlab olish deyiladi. Kompyuterga tasvirni kiritish uchun uni albatta skanerlash, rasmga olish yoki uni ushlab olish shart emas. Tasvirni kompyuterning o’zida ham hosil qilish mumkin. Buning uchun grafik muharrirlar deb ataluvchi maxsus dasturlar sinfi ishlab chiqilgan.

Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek, grafik ob'ektlar va fayllarda bo`lgan nografik ob'ektlar o`rtasida bog’lanish o`rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan. Kompyuter grafikasi uch turga bo’linadi: rastrli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular o`rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o`tish usulidan iborat. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubka (ENT)larga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan traektoriya bo’ylab bir marta chopib o’tadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruq berilgo`ngacha saqlanib qoladi. Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi — chiziqdir. Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni yaratishga muljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda qo’llaniladi.

Rastrli qurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr — bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat.

Dasturli grafika vositalari bilan tayyorlangan tasvirlar kompyuter dasturlar yordamida kamdan-kam holdagina yaratiladi. Ko’pincha ushbu maqsadda rassom tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar skanerlanadi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga muljallangan ko’pgina grafik muharrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga muljallangan. Internet tizimida ko`proq rastrli tasvirlar qo’llanilmoqda.

Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish — bu tasvirni chizish yoki jixozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya'ni bunda tasvirlar formulalar yordamida ko’riladi. Fraktal grafika odatda o’yin dasturlarida qo’llaniladi.

Paint grafik muharriri dastrli tasvirlar bilan ishlashga mo`ljallangan. U qo`yidagi buyruqlar ketma-ketligini bajarish bilan ishga tushiriladi.

Пуск->Программы->Стандартные->Paint

Ayrim hollarda Paint yorlig`i WINDOWS ish stoliga ko’chirilgan bo`ladi. Bunday holda Paint yorliqi ustida holat tugmachasini bosish orqali dasturni tezda ishga tushirish mumkin. Shundan so`ng ekranda Paint dasturining ishchi oynasi (darchasi) ochiladi. U bir necha sohalardan iborat.

Oynaning asosiy qismini ish sohasi egallaydi. Uning chap yonida uskunalar paneli joylashgan. Unda tasvir yaratishda ishlatiladigan uskunalar tugmachalari (ramziy belgilari) joylashtirilgan. Ayrim uskunalar tanlanganda panelning pastida ushbu uskunaning xossalarini kushimcha sozlash uchun darcha paydo bo`ladi.

Ish sohasining pastida ranglar palitrasi joylashgan. U rasm chizishda ishlatiladigan ranglar to`plamini o`z ichiga olgan

Ranglar palitrasi ranglari o’zgarib turuvchi kvadratchalardan iborat. Rangni o’zgartirish uchun holat belgisini tanlangan rang ustiga olib kelib, tugmachasini bosish kerak. Agar chap tugmacha bosilsa asosiy rang (yuqori kvadratcha rangi), o`ng tugmacha bosilsa fon rangi (quyi kvadratcha rangi) o’zgaradi

Corel Draw dasturining asosiy texnologik prinsipi - bu obyektlar bilan ishlash. Obyekt deb-ustida har xil ishlarni bajarish imkonini beruvchi tushunchaga aytiladi. Foydalanuvchi obyektlar ishlash jarayonida ular ustida har ishlarni bajarishga to`g’ri keladi.

Obyektlar bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin:

A) Belgilash

B) O`chirish

V) Nusxa olish va nusxani qo`yish.

G) Bir nechta obyektlarni belgilash.

D) Kattalashtirish va kichraytirish.

E) Obyektni siljitish.

J) Belgilashni olib tashlash.

Yuqorida ko`rsatib o`tilgan ishlarni bajarishning bir nechta usullari mavjud. Biz faqat bittasida to`xtalib o`tamiz.

Obyektlarni yaratish uchun ekranning chap burchagida joylashgan «Uskunalar paneli»dan foydalaniladi.

Hujjatga qo`yilgan obyektni belgilash uchun shu obyekt ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bir marta bosiladi. Natijada obyekt belgilanadi. Ya’ni 1-rasmda ko`rsatilganidek 8ta markerga olinadi. Bu usul yordamida ixtiyoriy obyektlarni belgilash mumkin.

Shu joyda bir narsani eslatib o`tish joizki, kerak bo`lsa boshqa dasturlardan ham obyektlarni qo`yish mumkin.

Belgilangan obyektni o`chirish uchun esa klaviaturada «Delete» tugmasi bosiladi. Natijada shu rasm o`chadi.

Belgilangan obyektdan nusxa olish uchun esa Edit-Copy amallari bajariladi. Natijada shu obyektdan nusxa olinadi.

Nusxasini qo`yish uchun esa Edit-Paste amallari bajariladi.

Yoki belgilangan obyektdan boshqa usul yordamida ham nusxa olish mumkin, ya’ni Edit-Dublikate amallari bajarilsa kifoya.

Bir nechta obyektlarni birlashtirish ya’ni gruppalash uchun, avvalam bor, bu obyektlar belgilanadi. Hamma obyektlarni belgilash uchun klaviaturada Shift tugmasi bosiq turilgan holda obyektlar birma-bir belgilanib chiqiladi. (Yuqoridagi ko`rsatib o`tilgan usul yordamida).

Obyekt (obyektlarni) kattaligini o`zgartirish uchun bu obyekt (obyektlar) belgilanadi. Natijada ular ustida markerlar hosil bo`ladi.

Marker ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bosiq turilgan holda obyektga kerakli kattalik beriladi. Obyektning kerakli kattaligi hosil qilib bo`lingandan so`ng sichqoncha chap tugmasi qo`yib yuboriladi.

Bir narsani aytib o`tish joizki, belgilangan obyektlarni aylantirish ham mumkin. Buning uchun belgilangan obyektlar ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugma bir marta bosiladi. Natijada rasmda ko`rsatilgan holat vujudga keladi.

Markerlar boshqa ko`rinishni oladi. Ular ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bosiq turgan holda obyektlarni hohlagan burchakka burish imkoniyati bo`ladi.

Belgilashni olib tashlash uchun klaviaturada Ctrl tugmasi bosilsa kifoya.

Shuni alohida ta’kidlab o`tish joizki, obyekt (obyektlar) belgilanganda qo`shimcha uskunalar qatori paydo bo`ladi. Bu uskunalar yordamida obyektlarni kattaligini o`zgartirish, boshqa obyektlarga nisbatan joylashish holatlarini, burchak ko`rinishlarini ham o`rnatish mumkin.

Obyektlar yaratilgandan so`ng, chegaralarga va ichki qismiga rang berish mumkin. Bu ishlarni har xil usullar yodamida bajarish mumkin.

Obyektning chegaraga va ichki qismiga rang berish uchun Corel Draw oynasining o`ng qismida joylashgan ranglar palitrasidan foydalanish mumkin.

O`quvchilar obyektni belgilab kerakli rang ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borib chap tugma bir marta bossa, natijada obyektnigg ichki qismi kerakli rangni oladi, tashqi chegaraga rang berish uchun esa yuqoridagi ishlar bajariladi, faqatgina chap tugma o`rniga o`ng tugmani bosiladi.

Rangdan tashqari obyektlarga har xil fonlar berish mumkin. Bu to`g’risida xozir to`xtalib o`tamiz.

Buning uchun Corel Draw oynasida qo`shimcha oynani hosil qilish kerak-Objekt Properties oynasini. (bu oynani quyidagicha hosil qilish mumkin: obyekt ustiga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib, o`ng tugmasi bosiladi, chiqqan buyruqlar ichidan-Properties buyrug’i tanlanadi.

- Objekt Properties oynasida mavjud bo`lgan tugma, bu tugma yordamida obyektlar ichki qismiga fon berish mumkin. Bu tugma bosilgandan so`ng, qo`shimcha tugmalar hosil bo`ladi:



(Uniform fill)-obyektlarga bir xil rang berish imkonini beradi.

(Fountain fill)-obyektlarga ikki turdagi ranglar, va ranglar shtrixovkalarini beradi.

(Pattern fill)-har xil ko`rinishdagi tayyor fonlarni tanlash imkonini beradi.

(Texture fill)- har xil ko`rinishdagi tayyor fonlarni tanlish imkonini beradi.

(Postckript fill)-tayyor fonlarni tanlash imkonini beradi.

(No fill)-ichki rangni yo`q qiladi.

O`quvchilar Corel Draw dasturida kontur parametrlarini berish va ularni boshqarishning har xil usullarini bilishlari muhim ahamiyatga ega.



Nazorat savollari:

  1. Kompyuter grafikasi nima?

  2. Grafik dasturlar haqida nimalarni bilasiz?

  3. Paint dasturining imkoniyatlarini yoriting.

  4. CorelDraw dasturining amaliy ahamiyatlari to`g’risida ma’lumot bering

Ma’ruza№ 5

Microsoft Office amaliy dasturlar paketi MS Word

Reja:


  1. MS Officce – amaliy dasturlar to'plami. MS Word matn muharriri. Word menyusi MS Word uskunalar paneli va uni sozlash.

  2. MS Word ning jadval va grafik imkoniyatlari

  3. Elektron jadvallar haqida umumiy ma'lumotlar.

  4. MS Excelda funksiya va grafiklar.



Tayanch tushunchalar: Microsoft Office amaliy dasturlar paketi haqida umumiy ma’lumot.MS Word matn protsessori va matnli hujjatlar bilan ishlash texnologiyasi
MS Word matn muharriri oddiy rejimda ishlash bilan birga, ikkinchi tomondan chegaralanmaganlik imkoniyatlariga ega. U boy shriftlarni, shu jumladan, milliy shriftlarni osongina ishlatish imkoniyatini beradi. Hozircha ingliz, rus hamda xorijiy tillarda yozilgan jumlalarni orfografik va semantik xatolarini avtomatik ravishda tuzata olishi, matnlarni istalgan ko’rinishda va o’lchamda chiqarishi, matnlar bilan ishlashni tez amalga oshirishi, texnikaviy matnlardagi formulalar bilan va ishlashning osonligi va yana juda ko’p boshqa jixatlari bilan boshqa matnli tahrirlovchilardan farq qiladi.

MS Word oynasi orqali ko’pgina tez-tez ishlatiladigan buyruqlarni osongina bajarish mumkin (masalan, hujjatni ochish yoki to’g’ri yozilganligini tekshirish va hokazo). Buyruqni chaqirish uchun klaviaturadan ham holatdan ham foydalanish mumkin. MS Word ning buyrug’i va opsiyalari mantiqan tartiblangan bo’lib, menyu bo’limlariga vazifasiga mos ravishda birlashtirilgan. Masalan, format-hujjatni formatlash, Tablitsa-jadvallar tayyorlash va hokazolarni o’z ichiga birlashtirgan.

 Windowsdagi masalalar panelida barcha faol ochilgan ilovalarning piktogrammalari doimo ko’rinib turadi, shuning uchun ulardan ixtiyoriysiga holat yordamida o’tish mumkin.

Menyu satri

 Menyu satri sarlavha satri ostida joylashgan bo’lib, hujjat oynalari uchun umumiydir.



Piktogrammalardan iborat bosh menyu (Standart vositalar paneli)

 Formatlash paneli  matnni formatlashga xizmat qiladi. Bu menyuda piktogramma klavishalaridan tashqari ro’yxatlar maydoni ham bor.



Ro’yxatlar maydoni pastga qaragan ko’rsatkichli klavishasi bo’lib, u orqali ro’ixat ochiladi va kerakli element tanlanadi.

Koordinatalar chizg’ichi  Gorizontal koordinatalar chizg’ichi hujjat oynasi ustida joylashgan bo’ladi. Uning yordamida abzats chegaralari, jadval ustunlari kengliklari va tabulyatsiya kattaliklarini o’rnatish mumkin.

Gorizontal koordinatalar chizg’ichining funksiya va piktogrammalari  Varaqning yozuv boshlanadigan chap chegarasidan boshlab tabulyatorlar odatda har 0,5 dyuymga joylashtirilgan bo’ladi. [Tab] klavishasi bosilsa, jujjat matniga chop etilmaydigan tabulyatsiya belgisi qo’yiladi va ko’rsatkich navbatdagi tabulyatsiya xonasiga ko’chib o’tadi.

Ish sohasi MS Word oynasining katta qismini egallaydi. Bu sohada matnlarni kiritish va formatlash, bezaklarni (illyustratsiya) joylashtirish va jadvallar tashkil qilish mumkin.
Standart uskunalar majmuasi:


- yangi fayl yaratish;

- mavjud fayllarni ochish;

- faylni xotirada saqlash;

- faylni chop etish;

- hujjatni ko`rib chiqish;

- hujjatni orfografik tekshirish;

- ma’lumotni qirqib buferda olish;

- ma’lumotdan nusxa olish;

- buferdan ma’lumotni qo`yish;
- oxirgi buyruqni bekor qilish;

- buyruqni takrorlash

- jadval bilan ishlash;

- matematik formulalar yozish;

- masshtabni sozlash;

- darajaga yozish;

- indeksga yozish;

- ustunlarga bo`lish;

- tasvirlar bilan ishlash tugmasi;



Formatlash uskunalar majmuasi:


- odatdagi format;

-shrift turi;

- shrift o`lchami;

- qalin yozuv;

-egri yozuv;

- tagiga chizilgan holda yozuv

- matnni chap tomonlama rostlash;

- matnni o`rtaga rostlash;

- matnni chap tomonlama rostlash;
- matnni ikki tomonga teng rostlash;

- satrlararo intervalni o`rnatish;

-tartibli raqamlashni o`rnatish;

- belgilarni o`rnatish;

- chap tomonlama chekinish;

- o`ng tomonlama chekinish;

- jadval chegaralarini formatlash;

-matn fonini o`rnatish;

- matn rangini o`rnatish



2.Ixtiyoriy jadval n ta ustun va m ta satrdan iborat. Ular o’z navbatida kataklardan tashkil topadi. Jadvalning asosiy elementi – katak. Katakni o’ziga hos mikro hujjat deyish mumkin. Katakka matn yozish, uni formatlash, hatto rasmlar joylashtirish mumkin bo’ladi. Unga faqatgina yangi jadval joylashtirib bo’lmaydi.

Jadval katagiga kiritilgan axborotlar ham jadval elementi hisoblanadi. Jadvallar quyidagi amallarni bajarishi mumkin.

- jadvalga yangi ustunlar qo’shish; jadvalga yangi satrlar qo’shish;jadval kataklarini birlashtirish; jadval kataklarini bo’laklarga ajratish; jadval elementlarini saralash.

MS.Excel Microsoft Office paketiga kiruvchi hamda Windows operatsion qobiq dastur boshqaruvida ishlovchi ma’lumotli jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo’ljallangan dasturdir. Excelda tayyorlangan har bir hujjat ixtiyoriy ism va .XLS kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Har bir faylda bittadan 255 tagacha elektron yacheykalar joylashishi mumkin.Ularning har biri ish varag’i deb yuritiladi. Microsoft Excelning asosiy ish maydoni bu “ish kitobi” bo’lib, u bir yoki bir nechta ish varaqlardan iborat bo’ladi. Ish varag’ida buxgalter kitobi kabi sonlar, matnlar, arifmetrik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo’ladi. Excelning buxgalter ish kitobidan asosiy farqi barcha ishlarini uno`ng o’zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasiga qoladi. MS Excel dasturida qo`yidagi ishlar ko’lami bajariladi:





  • Excelni yuklash

  • Jadval mavzusini kiritish

  • Ustun va satrlar kengligini aniqlash

  • Ustun nomini berish

  • Jadvalga ma’lumot yozish

  • Ma’lumotli jadvallarni fayl ko’rinishda diskka yozish

  • Diskdan faylni ekranga chiqarish

  • Jadvaldagi ma’lumotlarni tahlil qilish

  • Shriftlar bilan ishlash

  • Formula funksiyalar bilan ishlash

  • Jadval yacheykalarida hisob-kitob ishlarini bajarish

  • Ma’lumotni saralash

  • Jadvalni chop etish

  • Ustun va satrlardagi ma’lumotlarni o’chirish

  • Diagrammalar hosil qilish

  • Natijaviy hisobotlarni chop etish

  • Excel menyusi bilan ishlash

  • Exceldan chiqish.




Qayd etilgan ishlar ko’lami Excelning asosiy imkoniyatlarini belgilaydi. Excel electron jadvali 16384 ta qator va 256 ustundan iborat. Qatorlar 1 dan 16384 gacha raqamlangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari (A,B,….,AA,AB,…..IV) bilan belgilangan. Qator va ustunlar kesishmasida elektron jadvalning tarkibiy asosiy elementi-yacheyka joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator balandligini o’zgartirish ham mumkin. Elektron jadvalning tanlangan yacheykasiga o’tish uchun aniq manzil ko’rsatilishi shart.

Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan bo’lsada, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo’yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga ham katta yordam beradi. Shuning uchun Excel dasturini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi va har bir foydalanuvchidan EXCEL bilan ishlay olish ko’nikmasiga ega bo’lishni talab etadi.

Excelning asosiy hujjati bu electron jadval hisoblanadi.Yuqoridagi tasvirda esa electron jadvalning umumiy ko’rinishi keltirilgan. Undagi belgilashlarni ko’rib chiqamiz:


  1. Menyular qatori.

  2. Ikki qator asboblar qatori deyiladi.

  3. Formulalar kiritish maydonchasi

  4. Faol katakcha manzilini ko’rsatib turuvchi katakcha

  5. Ustunlar manzili

  6. Qatorlar manzili

Excel muharriri menyusi oynani yuqori qismida joylashgan bo’lib, u 8 bo’limdan iborat: Файл, Правка, Вид, Вставка, Формат, Сервис, Таблица ва Окно.Bu bo’limlar yordamida biz matn fayllari,matn, rasm va istalgan ob’yektlar ustidan har xil amallarni bajarishimiz mumkin. Jadvallarda funksiya va formulalarni ishlatish mumkin.Ularni yozishdan avval =belgisini qo’yishingiz kerak. Funksiyalarda + (qo’shish), - (ayirish), * (ko’paytirish), / (bo’lish), ^ (darajaga ko’tarish) belgilarini ishlatishingiz mumkin.Formulalarda xonalar nomi faqat lotin harflari bilan berilishi shart. Masalan agar А1 va B12 xonalardagi sonlarni qoshish kerak bo’lsa, formula qo`yidagicha bo’ladi. : =А1+В12

     Аsosiy funksiyalar:



МИН (xonalar) xonalardagi sonlarni minimalini topish

МАКС (xonalar) xonalardagi sonlarni maksimalini topish

СРЗНАЧ (xonalar)xonalardagi sonlarni o’rtachasinini topish

СУММ (xonalar )Xonalardagi sonlar yig’indisini topish
ЕСЛИ (Shart, to’g’ri,noto’g’ri) shart bo’yicha amallarni bajarish

СЧЁТЗ(xonalar) Bo’sh bo’lmagan xonalarni aniqlash

СЧЁТЕСЛИ(xonalar,shart) shartga javob beruvchi xonalar sonini aniqlash

СЕГОДНЯ ( )bugo`ngi kunni qo’yish

Nazorat savollari Nazorat savollari

  1. MS Office dasturlari. Microsoft Word qanday ishga tushuriladi?

  2. Microsoft Word ning asosiy menyusi va vositalar paneli vazifasi nima?

  3. Microsoft Word da matnni kiritish, tahrirlash va chop etish. Formatlash tushunchasi haqida ma’lumot bering?

  4. Microsoft Word da jadvallar bilan qanday ishlaydi?

  5. Microsoft Excel muharriri va uning qulayliklari haqida ma’lumot bering ?

  6. Microsoft Excel dasturini boshqa dasturlardan qulayligini tushuntirib o’ting ?

  7. Microsoft Excel dasturida qo’llanish sohalari ?

Ma’ruza№ 6

Excelda matematik funksiya va diagramma bilan ishlash. Funksiya grafiklari. MS Power Point dasturi

Reja:


  1. MS Rower Point dasturi va uning imkoniyatlari.

  2. MS Access MOBTda ishlash texnologiyasi asoslari.

  3. Kompyuterda tarjimon dasturlar (Socrat, Promt 98

Tayanch tushunchalar:. Multimediya. MS Power Point dasturining imkoniyatlari. Animatsion effektlar

       Power Point - bu grafik dasturlar paketi bo`lib, elektron slaydlarni tayyorlash, ular bilan tanishishni uyushtirish va slayd-filmlarni namoyish etishga tayyorlaydi.

2.Prezentasiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to`plami bo`lib, ularni ekranda ko`rsatish, tarqatiladigan material, dokladni plani va konspekti shaklida bitta faylda saqlanadi.


  1. Slayd - bu prezentasiyaning alohida kadri bo`lib, o`z ichiga matnni, sarlavqalarni, grafik va diagrammalarni olishi mumkin.

  1. Tarqatiladigan material - qulay shaklda bosib chiharilgan va tanishish uchun mo`ljallangan materiallar.

  2. Dizayn qolipi - professional tomonidan oldindan tayyorlab qo`yilgan grafiklar, bo`yoqlar, jilolar, tovushlar namunasi bo`lib, ular slaydlarda ishlatish uchun mo`ljallangan.

  3. Ranglar sxemasi - bu 8 xil ranglardan tashqil topgan to`plam bo`lib, prezentasiyalar uchun asosiy ranglar sifatida ishlatiladi.

  4. Animasiya - bu slaydlarni namoyish qilish va ko`rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yig'іindisidan iborat. 

Bugungi kunda reklamalarga juda keng e'tibor berilmoqda. Reklamalarning xar xil ko'rinishlari: varaqalar, e'lonlar, tele va radio reklamalar sizga ma'lum. Bugungi kunda kompyuter- reklamalarni yaratish va tarqatish bo'yicha eng kuchli vositaga aylandi.

 MICROSOFT POWER POINT dasturi 1987 yildan boshlab paydo bo'lgan bo'lsa xam, ammo prezentasion grafik ishlarida yetakchi o'rin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi ko'shimcha fikrlar va prezentasiyalarni ko'llashning yangi usullari ishlab chiqildi.



«Пустая презентация» (Blank Presentation) bu na matnga, na dizaynga ega bo`lmagan prezentasiyani boshlaydi. Lekin, uning yerdamida siz boshlangich slaydni tanlashingiz mumkin. Microsoft Access MBBT relyatsion ma’lumotar bazasini boshqaruvchi tizim sanalib, local ma’lumotlar bazasini yaratish uchun barcha instrumental vositalar hamda foydalanuvchi dastur tuzish imkoniyatlari mavjud.

Microsoft Access MBBT o‘z ichiga turli ob’yektlarni yaratish uchun avtonom vositalarga ega:



  • Grafik konstrucciyalar vositasi ma’lumotlar bazasi ob’ektlarini grafik elementlar yordamida qurish imkoniyatiga ega;

  • Dialog vosita ma’lumotlar bazasini qayta qurish va tashkillashtirish uchun turli vazifalarni bajaruvchi masterlar yordam beradi;

  • MBBT ning dasturlash vasitasi uz ichiga SQL, makrokomandalar tili va VBA uchun OMD ni olgan.

Malumotlar bazasi – ma’lum sohaga oid o’zaro boglangan ma’lumotlar yig’indisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasi.

Relyatsion malumotlar bazasi – ikki o’lchamli jadvallarning mohiyat-munosabat mehanizmi orqali bog’lanishidir. Relyacion ma’lumotlar bazasining logic aloqasi o’zaro logic bog’langan jadvallar majmuini tashkil etadi.

Ma’lumotlarning relyacion modeli normallashtirish orqali yaratiladi. Normallashtirish jarayoni qayta takrorlanuvchi ma’lumotlarni yangi jadvalga kuchirishdan iborat hodisadir. Relyacion jadval structurasi maydon bilan belgilanadi. Maydonga ma’lumot turi v ahajmi kabi hossalar kiritiladi. Maydon tarkibi jadval ustunlarida keltiriladi.

Har bir qator ma’lumotning bitta ekzemplyari bo’lib, yozuv deb nomlanadi. Har bir yozuvni identifikatciyasi uchun unikal birlamchi kalit qullaniladi. Kalit bir yoki bir nechta maydondan iborat bo’lishi mumkin. Ikki jadvalni bog’lash uchun tashqi kalitdan foydalaniladi. Bunda birga-bir (1:1), birga-kup(1:N) va kupga-kup(M:N) munosabatlar urnatilishi mumkin.

Ma’lumot sxemasi ma’lumotlar bazasinig mantiqiy structurasini yaqqol namoiysh etadi hamda ndagi mavjud vositalar orqali ma’lumotlarni qayta ishlashni amalgam oshiradi.

Shunday imkoniyatlardan biri bog’liqlik birligi bo’lib, uning yordamida bog’liq jadvalda ham asosiy jadvaldagi uzgarishlarni uchirish, qushish, uzgartirish amalgam oshirish mumkin.

Ma’lumot sxemasida har qanday bir hil tipli maydonlari mavjud jadvallarni birlashtirish mumkin.

Ma’lumotlar bazasi mdb-faylida quiydagi ob’yektlarni o‘z ichiga oladi:


  • jadvallar, so`rovlar, ma’lumotlar sxemasi;

  • formalar, hisobotlar, makroslar, modullar;

Formalar, hisobotlar va betlar ma’lumotlarni yangilash, kurish, kriteriya bo’yicha qidirish va hisobot olish uchun ishlatiladi.

Ob’ectlarga murojaatni avtomatlashtirish uchun dastur kodi modul va makroslarga kiritiladi va VBA da kompilyaciyaga beriladi. Har bir ob’ekt va boshqaruv elementi hossalar tuplamiga ega.



Jadvallar ma’lum bir narsa haqida ma’lumotlarni sqlash uchun foydalanuvchi tomonidan yaratiladi – yagona information obektda ma’lumotlar modeli predmetli sohasi. Jadval qator va ustunlardan iborat. Har bir ustun bir harakteristik information obekt predmet sohasi. Bu erda bir informatson obekt ekzemplyari haqidagi ma’lumotlar saqlanadi. Access ma’lumotlar bazasi o’ziga 32768 tagacha obekt qabul qilishi mumkin (formalar, otchetlar va hokazo ). Bir vaqtni o’zida 2048tagacha jadval ocha oladi. Jadvallarni quyidagi ma’lumotlar bazasidan import qilsa bo’ladi dBase, FoxPro, Paradox va boshqa programma va electron jadvallardan.

Tanlash so’rovi og’langan jadvallarda kerakli ma’lumotlarni tanlash uchun kerak. So’rovning javobi tanlangan jadvaldagi soralgan narsani ko’rsatadi. So’rovda jadvalni qaysi satrini tanlashni ko’rsatish mumkin . So’rovmi QBE so’rovlar yordamida shakllash mumkin.

Ma’lumotlar sxemasi qaisi satr bilan jadval bog’langanligini ko’rsatadi, qaysi yo’l bilan ular bog;lanishi, bog’langandan keyin tekshirish kerak kerakmasligini va jadvallarda kalitlarni o’zqarishini ko’rsatadi. Ma’lumotlar shemasi faqt server ma’lumotlar bazasi bilan ishlayatganda Access obektlar panelida ko’rinadi.

Formalar muloqot interfaysi ilovasining asosiy vositasi.Forma ekranda o’zaro boglangan jadvallarni ko’rish uch istalgan qulay bo’ladi.Tugmali formalar boshqarish panelini yaratiish uchun ishlatish mumkinFormalarga rasmlar,diagrammalar,tovush fragmentlari,video qo’yish mumkin.Formalarda xodisalarni qayta ishlash mumkin.

Xisobot Foydalanuvchi masalasining natijalari va kiritish va chop etishlarni o’z ichiga olgan hujjatlarni farmatlaydi.

Ma’lumotlarga kirish betlari muloqot Web-saxifasi hisoblanadi.Ular ma’lumotlar bazaasi bilan dinamik aloqani taminlashadi , ko’rib chiqish,pedaksiyalash va ma’lumotlarni bazaga kiritish inkoniyatini beradi.

Makroslar Foydalanuvchi ilovasida bir necha holatlarni avtomatizasiya qilish imkoniyatini beradi.Makros bu dastur bo’lib,makrokomandalardan tashkil topgandir.Makrosni yaratish uchun muloqot oynasidan kerakli makrokomandani tanlash bilan bajariladi.

Modullar Visual Basic for Application tilida prosiduralarga ega.

Ma’lumotlar bazasini hamma jadvallari va Accessni boshqa ob’ektlari – formalar, zaproslar, otchetlar, makroslar, modullar, shu baza uchun qurilgan va kiritilgan obektlar MDB formatli faylda saqlanishi mumkin. Bu yo’l ma’lumotlar bazasida kiritish tehnologiyasini engillashtiradi va bazadagi ob’ektlarni yuqori kompactligi va qayta ishlashni effectivlashtiradi. Access ma’lumotlariga dustup alohida fayllarda saqlanadi, ma’lumotlar bazasi faylida esa faqat ularga yo’llar ko’rsatiladi.

Access boshqa Microsoft Windows prorammalariga o’hshab qulay grafik interfeysga ega, foydalanuvchi uchun qulaylikka mo’ljallangan. Ma’lumotlar bazasi jadvallari bilan ishlash va boshqa obektlar bilan ishlash uchun juda ko’p kommanda va menyular bor.

Accessni quyidagicha ishga tushiramiz: Pusk ni bosamiz keyingi menyuda Programmi va undan keyin Microsoft Access tanlanadi.



Nazorat savollari

  1. Microsoft Excelning standart funksiyalarini ishlatilishi qoidalari haqida ma’lumot bering?

  2. Microsoft Excelda matematik amallarning yozilishi?

  3. Microsoft Excelda katakchadagi sonlarning bir biriga qo’shish uchun nima qilish kerak?

  4. Microsoft PowerPointda ob’yektlarni joylashtirish uchun nima qilish kerak ?

  5. Microsoft PowerPointda tasvirlarni joylashtirish uchun nima qilish kerak ?


Ma’ruza№ 7

Internet Exploler va Outlook Express bilan ishlash. Electron pochta imkoniyatlari va qidiruv tizimlarida ishlash.

Reja:



  1. Kompyuter tarmoqlari. Tarmoq turlari.

  2. Elektron pochta imkoniyatlari.

  3. Outlook Express dasturi.

  4. Outlook Expressda axborot almashish

Tayanch tushunchalar: Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha. Mahalliy, mintaqaviy va global kompyurter tarmoqlari. internet global tarmog’i, tuzilishi va adreslash tizimi. Ma’lumotlarni uzatishni tashkil qilish usullari. Outlook Express bilan ishlash. Elektron pochta

Kompyuter tarmog'ini tashkil qilish uchun maxsus apparat qurilmalar va dasturiy vositalar bo`lishi lozim. Ikkita kompyuterni bir-biridan ma'lumotlarni olish uchun o`zaro bog'lash to`g'ridan-to`g'ri bog'lanish deyiladi.

Windows’98 operasion tizimida to`g'ridan-to`g'ri bog'lanish uchun apparat va tarmoqqa kerakli dasturiy vositalar talab qilinmaydi. Dasturiy vosita sifatida standart vositalar ishlatiladi. Masalan, «пуск» - «программы» - «связь» - «прямое кабельное соединение» Windows operasion tizimidagi ushbu zanjir orqali to`g'ridan-to`g'ri bog'lanish ta'minlanadi.



Lokal va global tarmoqlar.

Kompyuter tarmog'ida foydalanilayotgan protokollarga harab ular mos ravishda «Lokal» va «Global» tarmoqlarga bo`linadi. Lokal tarmoqli kompyuterlarda hamma ishtirokchilar yagona protokoldan foydalanishadi. Lokal tarmoqlar odatda bitta binoni yoki bitta qavatni yoki kompakt joylashgan binolarni bog'lash uchun mo`ljallangan. Global tarmoqlar bo`lsa geografik o`lcham katta bo`lgan masofalarga mo`ljallangandir. Turli ko`rinishdagi kompyuter tarmoqlarining vazifasi ularning quyidagi ikki funksiyasi bilan belgilanadi:



  • apparatli va dasturiy tarmoq resurslarining birgalikda ishlay olishini ta'minlash;

  • ma'lumotlar resursiga birgalikdagi egalik qilishni ta'minlash.

Masalan, lokal tarmoqning hamma foydalanuvchilarini umumiy bo`lgan chop qilish qurilmasidan birgalikda foydalana olishliklari yoki bitta kompyuterning vinchesteridagi umumiy faylga murojaat qilishliklarini ta'minlashdan iboratdir.

Kompyuter tarmog'ida agar hamma foydalanuvchilar tomonidan birgalikda ishlatish uchun maxsus kompyuter ajratilgan bo`lsa, u fayllar serveri deb yuritiladi. Kompyuter tarmog'ida maxsus ajratilgan kompyuter bo`lmasa va hamma kompyuterlar o`zaro ma'lumotlarni bir-biriga «teng huquqli» uzatishga moslashtirilgan bo`lsa, ular bir rangli tarmoq deb ataladi. Lokal tarmoq tizimini boshharib turadigan mas'ul kishini tizimning boshsaruvchisi deb yuritishadi.

Har xil protokollar bilan ishlaydigan bir nechta lokal tarmoqlarni o`zaro bog'lash uchun «shlyuza» deb yuritiladigan maxsus vosita qo`llaniladi. Masalan, bu maxsus kompyuter bo`lishi (shlyuzovi'y server) yoki dasturiy vosita bo`lishi mumkin.

Tashqilotlardagi lokal tarmoqlarni global tarmoqqa qo`shish paytida tarmoq xavfsizligi (setovoy bezopasnost) muqim hisoblanadi. Jumladan, tashharidan lokal tarmoqqa ulanish chegaralangan bo`lishi va ijozat berilmagan tashqilot xodimlarining lokal tarmoqdan tashhariga chiqishlari chegaralangan bo`lishi kerak. Lokal va global tarmoqlarning xavfsizligini ta'minlash uchun «Brandmauri'» deb ataladigan maxsus kompyuter yoki dasturiy vosita ishlatiladi. Bu vosita yordamida tarmoqda ma'lumotlarni uzatish chegaralanadi.



Tarmoq xizmati. Internetning zamonaviy xizmati virtual bog'lanishga asoslangan. Masalan, serverdan kliyentgacha xabar o`ndan ortiq har xil kompyuterdan o`tishi mumkin. Bu degan so`z har bir kompyuterda hamma pog'onalardagi vazifalarni bajarish kerak degani emas. Bunda faqat tarmoq pog'onasiga xabar qabul qilingan paytda «ko`tarilishi» va xabar yuborilayotgan paytda fizik pog'onaga «tushishi» kifoyadir. Bu qolatda xabarni uzatish xizmati unga mos «protokol» larga va virtual bog'lanishga asoslangan bo`ladi (1.2 rasm).

Xozirda kompyuterlarni kullashda ko`pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta'riflovchi tarmoqlarni tashqil etish muhim axamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmogi xisoblanmish Internet misolida yakkol kurish mumkin.

Uzatish kanallari orqali o`zaro bog’langan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog’i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur xamda axborot tarmogi resurslaridan jamoa bo`lib foydalanishni taminlaydi.

Tarmoqlar tasnifi

Kompyuter tarmoqlarini ko`pgina belgilar, xususan xududiy ta'minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko`ra global, mintaqaviy va lokal (maxalliy) tarmoqlar farqlanadi.

Global tarmoqlar butun dunyo buyicha tarmoqdan foydalanuvchilarni kamrab oladi va ko`pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoklikdagi EHM va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yuldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi.

Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo`lmagan mamlakat shaxarlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko`pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi.

EHMning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir kancha yakin binolaridagi abonentlarni bog’laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarkalgan, chunki 80-90% axborot o`sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tizilmaga ega bo`lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yukori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan boglangan bo`ladi. Barcha kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo`lishi - lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yoruglik o`tkazgich inson soch tolasi qalinligida yasalgan. Bu uta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel.

Lokal tarmoqda EHMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km gacha, radio kanal aloqasidan foydalanilsa - 20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki xisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi.

Tarmoqning dasturiy ta'minoti

Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga kursatadigan xizmati bilan ulchanadi. Tarmoqning xar bir xizmat turi xamda unga kirish uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko`plab foydalanuvchilar uchun muljallangan bo`lishi kerak. Xozirda shunday dasturiy ta'minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.

Internetning asosiy xizmat turlaridan biri bu Elektron pochtadir. Hozirgi paytda internetdan foydalanuvchilarning aksariyati elektron pochtadan foydalanishadilar. Lekin Elektron pochtadan to’g’ri va unimli foydalanish talab etiladi. Sizlarga taqdim etadigan ko`rsatmalarimiz elektron pochtadan foydalanish bo`yicha tavsiyalar o`rin olgan.

Elektron pochta nima? Elektron pochta maxsus programma bo’lib, uning yordamida siz dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron adresga xat, hujjat, va umuman ixtiyoriy faylni jo’natishingiz va qabul qilib olishingiz mumkin. Eng asosiysi xay bir zumda manzilga yetib boradi. Lekin undan foydalanish uchun siz maxsus pochta tarmog’i yoki Internet tarmog’iga bog’langan bo’lishingiz va elektron adresga ega bo’lishingiz kerak. Elektron adresni provayder beradi. Yoki Internetda bepul elektron pochta xizmatlari mavjud. Ular yordamida o’zingizga elektron adres ochishingiz mumkin. Quyidagi rasm orqali http://www.mail.ru sistemasi orqali pochta ochilishini ko`rishingiz mumkin. Uning uchun biz avval registrasiyadan o`tishimiz lozim. http://www.mail.ru sistemasi orqali "Регистрация в почте" bosamiz. natijada quyidagi anketalarni to`ldirish lozim bo`ladi:

Shundan so`ng "Зарегистрировать почтовый ящык" tugmasi bosiladi. Agar biz tanlagan login oldindan registratsiyadan o`tmagan bo`lsa, to`gridan to`gri pochta ochiladi. Aks holda boshqa login tanlash haqida ogohlantiradi:

Biz tanlagan loginimiz oldindan kiritilganligini eslatib boshqa login tanlashimizga ruxsat beradi. Shundan so`ng biz boshqa login tanlab "Зарегистрировать почтовый ящык" tugmasini bosamiz va natijada yangi elektron pochtaga ega bo`lamiz.

Mana o`zimizning shaxsiy elektron pochtamizga ega bo`ldik. Elektron adres odatda e-mail deb ko’rsatiladi. Elektron pochta yuborganda siz xuddi xatni yuborayotgandek, uning kimga, qayerga va kimdanligini yozishingiz shart. Siz xatni bir necha adreslarga yuborishingiz mumkin. Elektron xatni yuborganingizdan so’ng u elektron pochta qutisiga tushadi, so’ng xat ko’rsatilgan manzil pochta qutisiga yetkaziladi va undan xat egasi xatni oladi. Yani har bir foydalanuvchi o’zining pochta qutisiga ega. Umimiy pochta qutisidan xat shaxsiy qutichalarga muntazam ravishda jo`natiladi.

Xat yozish tartibi

Pochtangizga kirib, "Написать письмо" tugmasini bosamiz va quyidagilarni bajaramiz.

Кому maydonida tanishingizni elektron adresini yozasiz. masalan, akodirov@doda.uz

Kопия maydonida xat nusxalari yuborilgan mualliflar adreslarini yozish lozim. Ya'ni xatni bir necha kishiga yuborish zarur bo`lganda.

Тема maydonida xat mavzusini yozamiz. Masalan, "Tabrik"

Pastki katta darchada esa xat matni yoziladi. Masalan, "Assalomu alaykum hurmatli Ahmadjon Qodirov

Sizni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklayman.

Hurmat bilan Munisaxon"

Xatni to`g'ri yozganingizni quyidagi rasm orqali solishtirib, tekshirib ko`rishingiz mumkin.

So`gra "Отправить" tugmasini bosamiz. Natijada xat jo`natilganlik haqida ma'lumotni ko`rishingiz mumkin.

Demak, Siz internetda elektron pochtadan foydalanmoqchi bo`lsangiz mail.ru sistemasidan boshqa elektron pochta xizmat turlari mavjud. Bulardan- www.hotmail.com, www.yahoo.com, www.yandex.ru, www.rambler.ru vahokozolar. Hozirgi kunda O`zbekistonda ham ko`plab serverlar xizmat ko`rsatmoqda (www.doda.uz, www.iguzar.com), ushbu sahifalariga kirib elektron pochtasidan foydalanishingiz mumkin.

- Elektron pochta – bu internetning noyob imkoniyatlaridan biri bo`lib, u quyidagi xususiyatlarga ega :

- ma’lumotni yetkazish va almashish vositasi;

- muloqatning samarali vositasi;

- tez va samarali ravishda axborot almashishga imkon beruvchi texnik vositadir.

Elektron xatlarni yetkazish juda tez suratda amalga oshiriladi. e-mail imkoniyatlari:

- har qanday turdagi ma’lumot (matn, audio, video, grafika) almashish; (ilova qilingan fayllar shaklida)

- O`qitish imkoniyati; (masofali o`qitish jarayonida elektron pochtadan foydalanish)

- Har xil turdagi ma’lumot bilan tanishish; (yuboriladigan turli yangiliklarga obuna bo`lish)

- Reklama. (reklama bloklarini yuborish)

Pochta xizmatlari ikki xil bo`ladi:

· pullik

· bepul

Pullik elektron pochta xizmatlari bepul elektron pochta xizmatlaridan har xil turdagi xizmat xususiyatlari bilan farq qiladi (pochta uchun alohida ajratilgan joy, ishonchliligi va boshqalar). Lekin aslida bepul pochta xizmati ko`p foydalanuvchiga mos keladi.

Bepul pochta xizmatlarini taklif qiluvchi mashhur serverlar:

· www.rambler.ru

· www.mail.ru

· www.yahoo.com

· www.hotmail.com

· www.yandex.ru

3. Outlook Express dasturi elektron pochta xizmatini amalga oshiradi. Bu dasturning oddiyligi va qulayligi uchun undan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu dasturni ishga tushirish uchun WINDOWS qobig’ining ishchi stoliga piktogramma ko’rinishda qo’yilgan bo’lsa, u holda sichqonchani piktogrammaga olib borib chap tomoni bosilsa, ekranda darcha hosil bo’ladi. Darchaning birinchi satrida menyu buyruqlari, ikkinchi satrida asboblar panelining tugmachalari joylashgan.

 Ulardan Outlook Express dasturi bilan ishlaganda foydalaniladi. Qo`yida elektron pochta dasturining asosiy tugmachalari tavsifini keltiramiz.

Xatni jo’natish tartibi.

  Endi xatni manzilga yuboring. Buning uchun qo`yidagilarni bajaring.

«Oтправить» tugmachasini sichqoncha yordamida cherting.

Xatning «Исходящие» jildiga tushganligini tekshiring.

«Доставить почту» tugmachasini bosing.

Xatning «Исходящие» jildidan «Oтправленные» jildiga tushganligini tekshiring.



Xatlarni o’qish.

Sizning pochtangizga kelgan xatlarni ko’rish va o’qish uchun qo`yidagilar bajarilsin:

Elektron pochta programmasini ishga tushiring.

«Доставить почту» tugmachasini bosing. Ekranda qo`yidagi darcha hosil bo’ladi. Bunda kelgan xatlar serverdan sizning kompyuteringizga ko’chiriladi.

Ekranning qo`yi qismida nechta xat kelganligi haqidagi ma’lumot hosil bo’ladi.

«Входящие» jildini oching.

 O’qilmagan xatlar ro’yxatda tim qora rangda ko’rsatiladi.

Xatni tanlab, sichqoncha tugmachasini chertsangiz, xat mazmuni ekranda hosil bo’ladi.

Agarda muallifga javob yubormoqchi bo’lsangiz «Ответить» tugmachasini bosish lozim.

Ekranda muallif manzili ko’rsatilgan darcha hosil bo’ladi. Unda javobni yozish va so’ngra jo’natish lozim.

Кeraksiz xatni belgilab, «Удалить» tugmachasini bosib, savatga jo’natishigiz mumkin.

nazorat savollari:


  1. Kompyuter tarmog'ini tashqil qilish uchun qanday vositalar bo`lishi kerak?

  2. Kompyuter tarmog'ining asosiy vazifalari nimadan iborat?

  3. Kompyuter tarmog'ini yaratishda asosiy masalalar nimadan iborat?

  4. Lokal tarmoqlardan umumiy foydalanish mumkinmi?

  5. Xabarlarni uzatish va olish sanday amalga oshiriladi?

  6. Outlook Express dasturi nima uchun kerak?

  7. Elektron pochta xabari qanday yaratiladi?

  8. Xabarlarga javob tayyorlash qanday amalga oshiriladi?

  9. Adreslar kitobi bilan ishlash qanday amalga oshiriladi?


Ma’ruza№ 8

Web sahifalar yaratish va ulardan foydalanish. HTML dasturlash tili. FrontPage Express muharriri.

Reja:


  1. Web sahifalar yaratish va ulardan foydalanish.

  2. HTML dasturlash tili.

  3. FrontPage Express muharriri


Tayanch tushunchalar: Web sahifalar, HTML dasturlash tili FrontPage Express muharriri.
1. Intеrnеtning paydo bo’lishi tarixi 60-yillarning oxirida Amеrika hukumati tomonidan asos solingan ARPANet (Advanced Research Projects Agency tashkiloti) hisoblash tarmog’iga borib taqaladi. Tarmoq harbiy tashkilotlarga xizmat qilgan.

1980 yillar boshlarida ma'lumotlarni uzatishni boshqarish protokoli TCP/IP (Transmission Control Protocol / Internet Protocol) ga asos solindi. Taxminan shu vaqtda ma'lum bo’ldiki, TCP/IP dan turli milliy va xalqaro darajadagi kompyutеr tarmoqlarini bog’lashda foydalanish mumkin.

1989 yilning oxirida ARPANet mukammal holga еtib kеldi, lеkin bu vaqtga kеlib ko’pgina univеtsitеtlar va ilmiy muassasalar Intеrnеtga ulangan edilar. 1990 yillar boshlarida korporatsiyalar ham Intеrnеtdan elеktron pochta orqali ma'lumotlar almashishda aktiv ishtirok etardilar. U vaqtlarda Milliy Ilmiy fond tijorat maqsadida Intеrnеtdan foydalanishni ta'qiqlagan edi. 1991 yilda bu chеklash bеkor qilinadi va Intеrnеtdan tashkilot, muassasa, nohukumat tashkilotlarining foydalanish darajasi ortdi, shuningdеk, tijorat maqsadida Intеrnеtdan kеng foydalanila boshlandi (Intеrnеt magazinlar, Intеrnеt rеklamalar va h.k.).

1993 yilda birinchi wеb-brauzеr Mosaic paydo bo’ldi.

WWW (World Wibe Web) – bu qanaqadir Intеrnеtdan ajratilgan ma'lum bir joy emas, koppyutеr aloqa o’rnatadigan biror nima ham emas. Butunjahon o’rgimchak to’rini Intеrnеt doirasidagi xizmat dеyish to’g’riroq. Wеb-sеrvеrlar dеb ataluvchi ma'lum protokollardan, kompyutеrlardan foydalanish orqali (chunki ular tarmokka ulangan va sеrvеr dasturiy ta'minotiga ega) Intеrnеt xizmati yo’lga qo’yiladi.

Kompyutеr wеb-sеrvеr bo’lishi uchun Intеrnеtga ulangan va sеrvеr dasturiy ta'minoti (DT) ga ega bo’lishi еtarli. Bu DT bilan Windows, Mac OS, Unix kabi opеratsion sistеmalar ta'minlay oladi. Wеb-sеrvеr har doim Intеrnеtda “o’tiradi” va talab qilingan tomonga kеrakli informatsiyani jo’natadi.

Gipеtmatn jo’natish protokoli (HTTP) wеb-brauzеr va wеb-sеrvеr muloqotining asosini tashkil etadi. Wеb-brauzеr HTTP maxsus komandasi orqali sеrvеr bilan bog’lanish uchun so’rov jo’natadi. Agar so’rov qoniqtirilsa, brauzеr sеrvеr bilan bog’lanadi. Qabul qiluvchi tomon nima qilishni o’zi xal qiladi yoki ekranda faylni ko’rsatadi, yoki uni diskda saqlab qo’yadi va h.k. HTTP Intеrnеtda foydalaniladigan yagona protokol emas. Fayllar uzatish protokoli (Post Office Protocole – POP, Simple Mail Transport Protocole - SMTP), shifrlangan HTTP protokoli (SHTTP) kabi protokollar mavjud.

Gipеrmatnlar tili (HTML) wеb-brauzеrlar ekraniga ma'lumotlarni standart kodlar orqali chop etish imkoniyatini bеradi. HTML dan foydalanib o’zida taxrirlangan matn, tasvir, multimеdiya elеmеntlarini aks ettirgan vеb-saxifalarni yaratish mumkin.

HTML ni dasturlash tillaridan farqlash lozim. HTML ni vеb-brauzеrlarga matn yoki tasvirlarni qay holatda chop etish ko’rsatmalar nabori dеyish ham mumkin. Masalan HTML xujjat o’zida quyidagi matnni aks ettirgan bo’lsin:


Katalog: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish

Download 288.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik