Ma’ruza mavzusi: Sintaksis haqida umumiy ma’lumot



Download 25,31 Kb.
bet1/5
Sana07.04.2022
Hajmi25,31 Kb.
#533818
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma'ruza 1
Ona tili va adabiyot 10, 6-lekciya, 2 sinf chumolilarni tabiatdagi orni , Xaytbaeva Nasiba Texnologiya, Saltanat, Barg, Kurs ishi MOM 01, ttttt, 1-sinf-alifbe-va-yozuv-fanidan-yillik, Ma'ruza 3 (1), Презентация (2), ona til 1-amaliy, qaror, 429488

Ma’ruza mavzusi: Sintaksis haqida umumiy ma’lumot
Reja:

  1. Sintaksis haqida umumiy ma’lumot.

  2. So’z birikmasi, gap bo’lagi va gap sintaksisning tekshirish obyekti sifatida.

  3. Gapda so’zlarning o’zaro bo g‘lanishi; teng va ergash bo g‘lanish haqida umumiy ma’lumot.

  4. Ergash bo g‘lanish so’z birikmasini hosil qiluvchi sintaktik munosabat ekanligi.

Sintaksis – lotincha so`z bo`lib, tuzilish, qurilish ma’nolarini anglatadi. U fan sifatida so`zlarning bir qatorga tuzilishi natijasida hosil bo`lgan qurilmalarni o`rganuvchi ta’limotga nisbatan ishlatiladi. Sintaksis grammatikaning teng huquqli bir qismidir. U tilning sintaksisida eng yuqori bosqich hisoblanadi. Til bilimlari fonetika bilan boshlanib, sintaksis ta’limoti bilan yakunlanadi. Sintaksis tilshunoslikning barcha sohalari bilan o`zaro aloqador bo`ladi. Fonetikada nutq tovushlari, leksikologiyada so`z ma’nolari, marfologiyada so`z shakllari va turkmlari o`rganilar ekan, ularning asosiy vazifasi va ma’nosi sintaksis konstruksiyada to`la yuzaga chiqadi. Sintaksis konstruksiyalar esa sintaksisning asaosiy tekshiruvi boshqa sohalar bilan aloqasi vujudga keladi.


Sintaksis grammatakaning bir qismi bo`lib, gap qurilishi haqidagi ta’limotdir. Gap va uning logik-grammatik tiplari sintaksisning o`rganish obyektidir. So`z birikmalari va gap bo`laklari gap qurilishining tarkibiy qismini tashkil qiladi. Gapda so`zlarning o`zaro sintaktik aloqaga kirish usullari sintaksisning «so`z birikmasi» bahsining obyekti hissoblanadi.
Sitaksis grammatikaning ikkinchi qismi–morfologiya bilan uzviy bog`liqdir. Morfologiya va sintaksis bir-birini to`ldiradi. Sintaktik kategoriyalar ko`pincha morfologiya bilan bog`liq holda o`rganiladi.
Sintaksis tayyor, avvaldan mavjud bo‘lgan narsalarni emas, nutq jarayonida tuziladigan, hosil qilinadigan birliklarni o‘rganadi. Sintaksisning o‘rganish obyektlari mohiyat e’tibori bilan kamida ikki mustaqil so‘zdan hosil qilingan tuzilma, bog‘lanma xususiyatiga ega bo‘lishi va bu bog‘lanmalar ham bizning xotiramizda saqlanmagan bo‘lishi, ayni nutq jarayonida hosil qilinishi lozim. Bu talabga javob bermagan til hodisalari, garchi ular tashqi jihatdan ikki yoki undan ortiq so‘zdan tashkil topgan bo‘lsa-da, sintaksisning obyekti bo‘la olmaydi. Shu sababli, so‘z birikmasi va gapga har qancha o‘xshash bo‘lmasin, iboralar, birikmali terminlar, qo‘shma so‘zlarning barcha turlari, turli xil analitik shakllar sintaksisning o‘rganish obyekti hisoblanmaydi. Sintaksis jonli nutq jarayonida hosil bo‘lgan birikmalar, bog‘lanmalar, tuzilmalarnigina tekshiradi. Bunday tuzilmalarning hozirgacha aniqlangan turlari to‘rtta: so‘z birikmasi, gap(sodda gap), qo‘shma gap, mikro matn. Xuddi shu tuzilmalarga qarab sintaksis so‘z birikmasi sintaksisi, sodda gap sintaksisi, qo‘shma gap sintaksisi, mikro matn sintaksisiga bo‘linadi.
Sintaksisning o‘rganish obyektlari bevosita nutq jarayonida hosil qilinishi tufayli sintaksis ana shu jarayonni o‘rganishga ham alohida diqqat qiladi. Boshqacha aytganda, sintaksis nutq jarayonida hosil bo‘lgan tuzilmalarnigina emas, bu tuzilmalarning hosil bo‘lish jarayonini ham o‘rganadi. Shu sababli sintaksis nutq jarayonida so‘zlar, gaplar qanday bog‘lanadi, bu bog‘lanish jarayonlari qanday kechadi, bu jarayonda qanday hodisalar, o‘zgarishlar ro‘y beradi? degan savollarga ham javob beradi. Keyingi paytda bu jarayonlar haqidagi ma’lumotlar sintaktik aloqa va munosabatlar rubrikasida alohida o‘rganilmoqda va sintaktik birliklarni o‘rganishdan oldin berilmoqda. Bu bejiz bo‘lmay, sintaktik aloqa va munosabatlarning barcha sintaktik birliklarga taalluqli ekanligi bilan belgilanadi. Zero, har qanday sintaktik tuzilma u yoki bu sintaktik aloqa-munosabat natijasida yuzaga keladi. Demak, sintaksisda so‘z birikmasi, sodda gap, qo‘shma gap, mikro matn kabi sintaktik birliklar bilan birga, bu birliklarning yuzaga kelish jarayonlari, sintaktik aloqa va munosabatlar ham o‘rganiladi. Sintaksisning vazifalari ham shulardan kelib chiqadi. Bu vazifalarning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1. So‘zlarning o‘zaro bog‘lanish usullari va vositalarini o‘rganish.
2. Sintaktik aloqa va uning tur va tiplarini o‘rganish.
3. Sintaktik munosabat va uning turlarini o‘rganish.
4. So‘z birikmasi, uning tur va tiplarini o‘ranish.
5. Gap va uning grammatik kategoriyalarini o‘rganish.
6. Gaplarni tasnif qilish.
7. Sodda gaplarni, ularning tur va tiplarini o‘rganish.
8. Qo‘shma gaplarni, ularning tur va tiplarini o‘rganish.
9. Sodda va qo‘shma gap oralig‘idagi sintaktik tuzilmalarni o‘rganish.
10. Matn va matnning hosil bo‘lishi, matn turlari, matn grammatikasini o‘rganish.
11. Sintaktik birliklarda tinish belgilarining roli va ularning ishlatilish o‘rinlarini o‘rganish kabilar.

Download 25,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
covid vaccination
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti