Ma’ruza matni pedagogika instituti Tarix fakulteti talabalari uchun “Tarix o'qitish metodikasi” fanini o’rganishda yordamchi ma’ruza matni bo’lib, unda mazkur fanning dolzarb muammolari yoritilgan


Reja:  1. Tarix bo’yicha DTS tuzilishi va mazmuni



Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/59
Sana10.05.2021
Hajmi1.01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Reja: 
1. Tarix bo’yicha DTS tuzilishi va mazmuni. 
2. O’rta umumta'lim o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimlari uchun yaratilgan o’quv 
dasturlari tuzilishi, mazmuni. 
3. O’rta talim tizimi va o’rta maxsus talim tizimida tarixiy bilimlar strukturasi. 
 
 
 
 
 
Tayanch iboralar 
 
Ta’lim  sohasida  Davlat  ta’lim  standartlari,  tarix  fanlari  bo’yicha  o’rta  umumiy 
ta’lim  va  o’rta  maxsus  ta’lim  tizimi  uchun  yaratilgan  o’quv  dasturlarinng  mazmun  – 
mohiyati, tarixiy bilimlar strukturasi. 
Ta'lim taraqqiyotining barcha jabhalarida ko’zlangan bosh maqsad — Respublika ta'limini o’sib 
kelayottan  yosh  avlod  ta'lim-tarbiyasini  milliy  istiqlol  g’oyalari,  talablari  asosida  tashkil  etish; 
jamiyatimiz  qadam  qo’ygan  XXI  asr  ta'limini  taraqqiyot,  ma'naviy-madaniy  qarashlar  ruhida 
bo’lishini, eng muhimi, jahon andozalariga javob bera oladigan darajada bo’lishini ta'minlashdir. 
Shu maqsadlarni amalga oshirish yo’lida bajarilgan dastlabki tashkiliy tadbirlarning ayrimlarini 
ko’rib chiqamiz. 
Avvalambor,  bu  ikki  Qonunni  ta'lim  muassasalari  amaliyotiga  tadbiq  qilish  maqsadida  alohida 
istiqbol dasturi ishlab chiqilib, Vazirlik hay'ati majlisida tasdiqlandi. Bu hujjatlarning maqsad va 
mohiyati  barcha  vositalar  orqali  ta'lim  muassasalarida,  ota-onalar,  aholi  o’rtasida  keng 
tushuntirildi. Ta'limga oid me'yoriy hujjatlar: kontseptsiyalar, davlat ta'lim standartlari talablari, 
o’quv  rejalari  va  dasturlari,  Nizomlar  va  boshqa  me'yoriy  hujjatlar  yuqoridagi  ikki  Qonun 
moddalariga muvofiqlashtirildi. Respublikada uzluksiz ta'lim tizimi uzil-kesil shakllantirildi. 


―Talim  to’g’risida‖,  ―Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  to’g’risida‖gi  Qonunlarning  qabul 
qilinishi mamlakatimiz salohiyatining beqiyos rivojlanishi, mustaqil Respublikamizning jahonga 
keng  qamrov  bilan  chiqishi  uchun  ulkan  omildir.  Shu  boisdan  ham  O’zbekiston  Respublikasi 
Oliy  Majlisining  XIV  sessiyasida  hayotimizga  samarali  ta'sir  etuvchi  jabhalar  qatorida  ta'lim-
tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish vazifalari ham ustuvor soha sifatida ko’rib chiqilganligi bejiz 
emas. 
Prezident  Islom  Karimov  mazkur  sessiyadagi  nutqida  bu  masalaga  favqulodda  katta  ahamiyat 
berib,  ta'lim-tarbiya  sohasidagi  yutuq    va  kamchiliklarni  tahlil  etar  ekan,  tizimda  yangilikka 
intilish bo’lmasa, taraqqiyot ham bo’lmasligini ta'kidladi. Bugun zamon talabi, ertaga bajarilishi 
kerak  bo’lgan  dolzarb  vazifalar  xalq  ta'limi  tizimini  tubdan  isloh  qilish  zarurligini  taqozo 
etayotganini ko’rsatdi. Ma'lumki, sohaning asosiy bo’g’ini uzluksiz ta'limdan iborat. Davlatimiz 
rahbari uzluksiz ta'limni tashkil etishda uning jahon talablari darajasida bo’lishi hamda u yuksak 
ma'naviyat  zaminida  qurishiga  katta  ahamiyat  berish  kerakligani  ta'kidlar  ekan,  davlat  ta'lim 
standartlarini  joriy  etish  va  uning  mexanizmini  ishlab  chiqish  naqadar  muximligiga  e'tiborni 
qaratdi. Xo’sh, ta'limda davlat standarti nima? Ta'limni standartlashtirish insoniyatning ijtimoiy 
ongida  ro’y  bergan  tub  o’zgarishlar  tufayli  kelib  chiqqan  zaruratdir.  Chunki,  axborotlar 
almashinuvi  maksimal  chegaraga  yetgan  davrimizda  dunyoning  bir  burchagida  yashayotgan 
kishi ikkinchi  qutbda sodir bo’layotgan voqealarni  bilibgina qolmay, ularning ne boisda  aynan 
shu tarzda ro’y berganini anglashi va xis qilishi zarurdir. Bir sayyorada bir vaqgda yashab turib, 
bir-birini  tushunmaslik  ba'zan  insonlar  o’rtasidagi  munosabatlarni  boshi  berk  ko’chaga  kiritib 
qo’yishi  mumkin.  Shuning  uchun  ham  iqtisodiy  ahvoli  va  taraqqiyot  darajasi  turlicha  bo’lgan 
davlatlarda yashovchi barcha kishilarning fikrlash darajasini iloji boricha bir xil holatga keltirish 
ehtiyoji paydo bo’ddi. Bu holat ta'lim standartlari deb atalmish tushunchani yuzaga chiqardi. 
Standart —  ta'limda  yaratilgan me'yoriy reja, dastur, darsliklarni o’zlashtirish ekvivalenti,  ya'ni 
ta'lim  mazmunini  o’zlashtirish  darajasidir.  Standartni  ishlab  chiqishda  o’quvchini  haddan 
tashqari  zo’riqgirib  yubormaslik  talablariga  rioya  qilish,  ya'ni  u  o’quvchi  yoshiga  mos,  uni 
bajarishga  qurbi  yetadigan  darajada  bo’lishi  kerak.  Bunda  albatta,  ta'lim  oluvchining  qiziqishi, 
xoxishi,  ehtiyoji  hisobga  olinishi  lozim.  Ta'lim  standartlarini  o’zlashtirishda  shaxsga  muhim 
ahamiyat berilishi, unga yakka tartibda yondashilishi maqsadga muvofiqdir. Standartlarni o’quv 
jarayoniga  tatbiq  etishdan  oldin  o’ta  puxtalik  bilan  tajriba-sinovdan  o’tkaziladi  va  shu  asosda 
bosqichma-bosqich o’quv jarayoniga kiritib boriladi. 
Davlat  va  jamiyat  ta'lim  muassasalari  oldiga  muayyan  ijtimoiy  buyurtmalar  qo’yayotgan  ekan, 
o’sha muassasalar tomonidan tayyorlanadigan kadr egallashi lozim bo’lgan ijtimoiy sifatlarning 
minimal  chegarasini  ham  ko’rsatib  berishi  tabiiydir.  Tarbiyalanuvchi  yoki  ta'lim  oluvchilar 
egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka yoxud ma'naviy sifatlarning eng quyi miqdori 
ilmiy  asoslarda  belgilab  berilgan  rasmiy  pedagogik  hujjat  —davlat  ta'lim  standarti  hisoblanadi. 
Standartlarda  belgilangan  natijalarga  erishilmasa,  yo  o’sha  ko’rsatkichlarni  egallay  olmagan 
bola,  yoxud  yoshlarda  muayyan  mikdordagi  bilim,  ko’nikma,  malaka  va  ma'naviy  sifatlarni 
shakllantira olmagan pedagogikani mukammal deb bo’lmaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, davlat 
ta'lim  standarti  (DTS)  nazorat  vositasi,  ayni  vaqgda,  ta'lim  muassasalarida  ko’zlangan 
ko’rsatkichlarni qo’lga kiritish uchun zarur  bo’lgan sharoitni belgilash o’lchovi hamdir. Davlat 
ta'lim  standartlarining  ko’rsatkichlari  amaldagi  mavjud  ta'lim  mazmunidan  emas,  balki 
shakllantirilayotgan o’quvchiga singdirishi lozim bo’lgan sifatlarning jahon bo’yicha zarur deb 
hisoblangan mikdoridan kelib chiqadi. 
Davlat ta'lim standartlarining ikki asosiy vazifasini alohida ta'kidlab ko’rsatish mumkin. Bunday 
standartlar  umumiy  o’rta  o’rta  ta'lim  va  o’rta  maxsus  ta'lim  tizimida  o’quvchilarga  beriladigan 
ta'lim  mazmunining  majburiy  minimumini  hamda  bitiruvchilarning  tayyorgarlik  darajasiga 
qo’yiladigan  talablar  majmuasini  belgilab  beradi.  Ta'lim  mazmunining  majburiy  minimumi 
o’quv dasturlari  va darsliklarda to’liq o’z ifodasini  topishi shart.  Bitiruvchilarning tayyorgarlik 
darajasiga  ko’ra  o’quvchi  muayyan  bosqichda  egallashi  shart  bo’lgan  bilim,  ko’nikma  va 
malakalarning minimal miqdori belgilanadi


Umumiy  o’rta  ta'limning  davlat  ta'lim  standartlari  talablari  boshlang’ich  ta'lim  hamda  umumiy 
o’rta ta'lim bitiruvchilariga qo’yiladi. 4-sinfni va 9-sinfni bitiruvchi har bir o’quvchi davlat ta'lim 
standartlarida belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarga erishgan bo’lishi shart. 
Ta'lim  standartlari  joriy  qilinsa,  davlat  buyurtmachi  sifatida  ta'lim  muassalari  oldiga  vazifa 
qo’yadi.  Mazkur  muassasalar  esa  ana  shu  vazifalarni  yaxshiroq  uddalash  uchun  o’quvchilarga 
qaysi  bosqichda  qancha  bilim,  ko’nikma,  malaka  yoki  ma'naviy  sifatlar  singdirish  lozimligini 
aniq belgilab olgan holda ish ko’radi. Shu tariqa ta'lim-tarbiya jarayoni tavakkalchilikdan, ko’r-
ko’rona  faoliyat  ko’rsatishdan  qutuladi,  ilmiy  asoslangan  me'yoriy  talablar  asosida  faoliyat 
ko’rsatadi. 
Ta'lim-tarbiya jarayoniga DTSni joriy  etish  talablari  rivojlangan G’arb mamlakatlari tajribasiga 
asoslanadi.  Ammo,  shuni  ham  aytish  kerakki,  hali  dunyodagi  birorta  jamiyatda  ta'limni 
standartlashtirish  keng  ko’lamda  amalga  oshirilayotgani  yo’q.  Chunonchi,  mazkur  yumushga 
birinchi  bo’lib  qo’l  urgan  Frantsiyada  bu  ish  hanuzgacha  sinov  darajasida,  AQShda  esa  DTS 
yaratishga  endigina  kirishilmoqda.  Yaponiya  va  Germaniya  ta'lim  muassasalarida  mazkur 
muammoni  hal  etish  rejalashtirish  bosqichida  turibdi.  O’zbekistonda  ta'lim  standartlari 
masalasiga  davlat  miqyosida  yondashildi  va  uni  ilmiy  yo’sinda  hal  etishdan  tashqari,  ta'lim-
tarbiya  amaliyotiga  joriy  qilish  maqsadida  uzoq  vaqg  izlanishlar  olib  borildi,  tajriba-sinovlar 
amalga oshirildi. 
Shuni  aytish  kerakki,  davlat  ta'lim  standartlari  atamasi  XX  asrning  70-yillarida  tug’ilgan  va 
endigina  amalga  oshirila  boshlagan  bo’lsada,  aslida  u  bugun  paydo  bo’lgan  yangilik  emas. 
Negaki,  ta'lim-tarbiya  tushunchasi  oddiga  muayyan  talablar  qo’yila  boshlagan  zamonlardan 
buyon  shunday  me'yorlar  mavjud.  Faqat  qadimda  ular  standart  deb  atalmagan.  Lekin  mohiyat 
e'tibori bilan har qanday jamiyat tarbiya muassasalari  davlatga qarashli bo’lmagan zamonlarda 
ham o’z talablari tizimiga ega bo’lgan. Chunki ta'lim-tarbiya muassasasini bitiruvchisi muayyan 
jamiyatda  yashashi, faoliyat ko’rsatishi lozim. Binobarin, u o’sha jamiyat talablari darajasidagi 
bilim, ko’nikma va malakalarni egayalashi shart hisoblangan. 
Mamlakatimizda  pedagogika  lmi  ham,  amaliyoti  ham  yangilanib  bormoqda.  Ma'lumki.  har 
qanday  millatning  yangilanishi  yoshlar  tarbiyasidan  boshlanadi.  Yoshlar  esa  bugungi  kunda 
oilada  va  asosan  ta'lim-tarbiya  muassasalarida  shakllantiriladi.  Shuning  uchun  ham,  mustaqil 
davlatimiz  va  uning  rahbariyati  ana  shu  muassasalar  faoliyati  imkon  qadar  zamon  talablari 
darajasida  bo’lishiga  e'tiborini  qaratmoqda.  DTS  barkamol  shaxsni  shakllantirishga 
yo’naltirilgan  pedagogyka  faoliyatidagi  samaradorlikni  nazorat  qilish  vositasidir.  Hozir 
yaratilayotgan  barcha  didaktik  vositalarning  ana  shu  standartlarga  muvofiq  bo’lishiga  katta 
e'tibor berilmoqda. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat