Ma’ruza № 1
ELEKTROTEXNIKA VA SXEMALAR 1 FANIGA KIRISH
Respublikamizda telekommunikatsiya tarmoqlarining shiddat bilan rivojlanib borishi Internet tarmog’ining hayotimizga kirib kelishi ilm-fan rivojlanishiga kata ta’sir qildi.
Barcha axborotlarni ushbu tarmoqlar orqali katta tezliklarda qabul qilish, uzatish va axborot almashish imkoniyatini yaratdi.
Ushbu telekommunikatsiya tarmoqlari, murakkab qurilmalardan, uzatuvchilardan, qabl qiluvchi va axborotlarni qayta ishlash, boshqa turlarga aylantirish uskunalaridan tashkil topgan.
Elektronika - fan va texnika sohasi bo‘lib, axborot uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlash uchun ishlatiladigan elektron qurilmalar hamda asboblar yaratish usullarini o‘rganish, ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Elektronika elektromagnit maydon nazariyasi, kvant mexanikasi, qattiq jism tuzilishi nazariyasi va elektr o‘tkazuvchanlik hodisalari kabi fizik bilimlarga asoslanadi. Elektronikaning rivojlanishi elektron asboblar texnologiyasining takomillashuvi bilan chambarchars bog‘liq bo'lib, hozirgi kungacha to‘rt bosqichni bosib o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |