Marketing faoliyatini rejalashtirish tovarlarga bo`lgan ehtiyojni, barcha mavjud moddiy



Download 32.21 Kb.
bet1/2
Sana26.07.2021
Hajmi32.21 Kb.
  1   2

Marketing faoliyatini rejalashtirish tovarlarga bo`lgan ehtiyojni, barcha mavjud moddiy 

resurslarni aniqlashni, talab va taklifni rejalashtirishni va tovarlarni iste`molchilarga o`z vaqtida 

va to`liq etkazib berishni, moddiy resurslardan to`la va tejab-tergab foydalanish va hokazolarni 

o`z ichiga oladi. Tovarlarga bo`lgan ehtiyojini rejalashtirish o`z navbatida ish turiga doir ayrim 

materiallarning kerakli miqdorini hisoblash, ularga bo`lgan ehtiyojni texnikaviy-iqtisodiy 

jihatdan asoslab berish, tovarlarga bo`lgan ehtiyoj rejalarini tuzib, tegishli korxonalar va savdo 

tashkilotlariga topshirish, bu rejalarni himoya qilish kabilarni o`z ichiga oladi. Ehtiyoj rejalari 

mahsulot birligiga material sarf qilish normalari asosida tuziladi. Marketing bo`limi va guruhi 

rejalashtirish bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar bilan, birgalikda moddiy resurslarni aniqlaydi va 

hisobga oladi. Bunda ular davriy hisobotlar va mavjud moddiy resurslarni inventarizatsiya qilish 

materiallariga asoslanib ish ko`radi. 

Tovarlarni iste`molchilarga sotish rejalashtirilayotganda iste`mol qilinmay qolgan 

materiallar, davlat buyurtmalari, ichki imkoniyatlardan foydalanish to`g`risida topshiriqlar va 

materiallarga berilgan talabnomalar hisobga olinadi. Tovarlar ishlab chiqaruvchilardan 

iste`molchilarga o`z vaqtida va to`la etib borishini rejalashtirish maxsus talabnomalarni 

solishtirishni, ularni bajarish uchun tovarlarni etkazib beruvchilariga topshirishni, materiallar 

etkazib berish hajmi va muddatlarni belgilashni, qanday transport vositalari bilan tashishni va 

sotish shakllarini belgilashni hamda tovarlarni omborlarga keltirishni o`z ichiga oladi. Tovarlarni 

to`g`ri va tejab-tergab sarflashni rejalashtirish xom-ashyo, materiallari va yoqilg`i sarfini 

normallashtirishni, uskunalar, mashina va mexanizmlardan foydalanish ko`rsatkichlarini 

belgilashni, shuningdek moddiy resurslarni sarflash va asosiy fondlardan foydalanish ustidan 

nazorat qilishni ko`zda tutadi.  



Marketing quyidagi printsiplar asosida rejalashtiriladi: 

Milliylik printsipi: marketing biznes-rejalari, avvalo hukumat siyosatini aks ettiradi. Siyosiy 

rahbarlikni xo`jalik rahbarligidan ajratib bo`lmaydi, ular bir butun rahbarlikdir. Bu printsip 

 

49  



xo`jalik vazifalarini hal etishda printsipiallikni va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan 

yondoshishni talab qiladi. Milliylik printsipi marketingda, mahalliychilik, millatchilik va 

qarindoshchilikka mutlaqo yo`l qo`ymaydi. 

etakchi bo`g`in printsipi. Hukumat har bir rejalashtirish bosqichida eng muhim xo`jalik 

vazifalarini ilgari suradiki, milliy iqtisodiyotning yanada yuksalib borishi va respublika 

iqtisodiyotining mustahkamlab borishi va o`sha vazifalarning bajarilishiga bog`liqdir. Bu 

vazifalar hamma bosqichlarda ham bir xil bo`lmaydi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga o`tishning 

shu kundagi bosqichida marketing biznes-rejasi bozorni, eng avvalo, iste`mol buyumlari bilan 

to`yintirish, sanoat korxonalarini esa eng yangi texnika va texnologiya bilan va umuman 

iqtisodiyotimizga bu muammolarni tezroq hal etish uchun ko`plab chet el investitsiyalarni jalb 

qilishga yo`naltirmog`i lozim. Yaqin kelajakda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy 

yo`nalishi ishlab chiqarishning progressiv va iqtisodiy jihatdan samarali tarmoqlarini tez 

sur`atlar bilan o`stirishga qaratilishi ko`zda tutilmoqda. Marketing biznes-rejalarida ana shu 

etakchi bo`g`inlarni birinchi navbatda ta`min etishni ko`zda to`tishlari zarur. 

Ilmiy-texnika jihatdan asoslanganlik printsipi. Bu - fan va texnika yutuqlarini hisobga olish 

demakdir. Bu printsip ob`ektiv iqtisodiy qonunlarni bilishni, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish 

uchun talab va ehtiyojlarni hisobga ola bilishni taqozo qiladi. Marketing biznes-rejalari real 

bo`lishni, texnika yangiliklari, progressiv normalar qo`llashni talab qiladi. Marketing biznes-

rejalari hozirgi davrning iqtisodiy qonunlari asosida tuzilishi lozim. Marketing biznes-

rejalarining ilmiy asoslanganligi ko`p jihatdan ularning iqtisodiy-matematik modellar va usullar 

hamda komp`yuter, hisoblash texnikalaridan foydalanib tuzilishiga bog`liqdir. Marketingni 

biznes-rejasini tuzishda yuqorida qayd qilingan printsiplardan tashqari demokratik tsentralizm va 

boshqa printsiplarga ham asoslaniladi. Marketing biznes-rejasi milliy iqtisodiyot biznes-

rejasining muhim va ajralmas tarkibiy qismidir. Marketing biznes-rejalarini barcha korxonalar, 

qurilish tashkilotlari, vazirliklar, idoralar tomonidan va respublikamizning markaziy 

rejalashtirish organlari ham tuzadi. Demak, marketing biznes-rejalari milliy iqtisodiyotning 

barcha tarmoq va bo`g`inlarida tuziladi. 

Marketing biznes-rejalari taqsim qilinadigan mahsulot nomenklaturasining amal qilish 

muddatlari, ko`lami va rejalashtirish davriga qarab bir qancha turga bo`linadi. Amal qilish 

davriga qarab, ular perspektiv va joriy rejalarga, joriy rejalar o`z navbatida yillik, chorak va oylik 

rejalarga bo`linadi. Amal qilish ko`lamiga qarab, marketing rejalari: respublika, tarmoq, korxona 

va sof marketing korxonasi biznes-rejalariga bo`linishi mumkin. Perspektiv marketing biznes-

rejalari, o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ular faqat ayrim ko`rsatkichlar bo`yichagina 

tuziladi. Bunda uzoq muddatga mo`ljallangan tovarlar, resurslarning muhim turlari bo`yicha 

sarflash normalari va ularga bo`lgan ehtiyoj butunicha taxminiy tarzda korxonalarda va 

tashkilotlarda hisoblab chiqiladi. Respublika, rayon va ayrim xo`jaliklar bo`yicha, muhim 

tovarlar bo`yicha moddiy balanslar tuziladi. Bu balanslar perspektiv rejalarni ishlab chiqish 

maqsadida tuzilib, bu rejalar moddiy resurslar bilan asoslanadi. 

Yillik marketing biznes-rejalari joriy rejaning bir qismi bo`lib, ularda tovarga bo`lgan 

ehtiyoj va bu ehtiyojni qoplash manbalari kelgusi yil uchun aniqlanadi. Bu rejada jismoniy 

shaxslar, asosiy va yordamchi xo`jaliklarning, shuningdek ishlab chiqarish bilan bog`liq 

bo`lmagan sohalarning ham ehtiyojlari ko`rsatiladi. Chorak va oylik marketing rejalari, yuqorida 

keltirilgan perspektiv va yillik rejalardan ko`p jihatdan ajralib turadi. Ular faqat quyi marketing 

tashkilotlari va korxonalarida tuziladi. Bu rejalar tovarlarning ko`rsatilgan nomenklaturasi 

bo`yicha tuziladi.  

Respublika marketing biznes-rejalari tovarlarni ichki va tashqi bozorda sotishni, eksport va 

import rejalarini tuzishni, marketing byudjetini aniqlashni, tarmoq rejalari esa shu vazirlik va 

idoralarga qarashli korxona va tashkilotlarni tovarlarini sotishni o`z ichiga oladi. Zavod-fabrika 

rejalari har bir korxonada tuziladi. Korxonada marketing rejasi, avvalo tovarga bo`lgan 

ehtiyojning homaki, dastlabki hisob-kitoblarga asoslanib ishlab chiqiladi, chunki qat`iy reja 

tuzish uchun ishlab chiqarish va kapital qurilishning hajmi hali tasdiqlanmagan bo`ladi.  

 

50  


Marketing biznes-rejalari milliy iqtisodiyot rejasi va korxonalardagi biznes-rejaning hamma 

qismlari bilan chambarchas bog`langandir. Masalan, ishlab chiqarish dasturi bilan marketing 

biznes-rejalari bir-biri bilan, ayniqsa uzviy bog`langandir. Ishlab chiqarish dasturi moddiy 

resurslarga bo`lgan ehtiyojni belgilab beruvchi boshlang`ich hujjatdir. Ko`pgina korxonalarda 

ishlab chiqarish dasturi rejalashtirilayotganida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini 

yaxshilash rejasi ham ishlab chiqiladi. Bu reja ham marketing rejasida o`z aksini topishi kerak. 

Marketing biznes-rejasi yangi texnikani qo`llanish (texnika taraqqiyoti, mehnat unumdorligini 

oshirish) rejalari bilan ham bog`liq. Yangi texnikani rivojlantirish rejasi marketing biznes-rejasi 

bilan ikki tomonlama bog`liqdir: birinchidan, yangi texnikani rivojlantirish ishi ma`lum moddiy 

xarajatlarni talab qiladi; chunonchi tajriba o`tkazish maqsadida yasaladigan namunalarga har xil 

materiallar ishlatiladi. Bu materiallar marketing biznes-rejasida albatta aks ettiriladi; 

 

ikkinchidan, marketing biznes-rejasi tuzilayotganida texnika taraqqiyotining sarflash 



normalariga ta`siri va shu munosabat bilan sotiladigan, talab qilinadigan yoki resurslar miqdori 

hisobga olinadi. Marketing biznes-rejalari mahsulot tannarxi rejalari va moliyaviy rejalar bilan 

ham uzviy bog`langan. Marketing organlari mahsulot qiymatining asosiy qismini tashkil etuvchi 

ishlab chiqarish vositalari bilan ta`minlab, mahsulot tannarxining kamayishiga va foydaning 

ko`payishiga ta`sir etadi. Bu hol marketing biznes-rejasida o`z aksini topadi. Bunda biz material 

sarflash normalarini pasaytirish, materiallar, yonilg`i va hokazolarni tejab-tergab sarflash 

topshiriqlari haqida fikr yuritmoqdamiz. 

Marketing biznes-rejasining moliyaviy reja bilan bog`liqligi quyidagilardan iborat: 

korxonalar ko`pincha mavsumiy va boshqa zapaslar uchun bankdan qarz oladi, bu qarzlar 

ularning moliyaviy rejalarida aks ettiriladi. Aylanma mablag`lar normasi xom-ashyo materiallar 

va yoqilg`i zapasi normasiga va boshqa normalarga bog`liqdir. Bu normalarning hammasi 

marketing rejasida o`z aksini topadi. 

 


Download 32.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat