Maqsad: Talabalarga ma’lumotlar bazasi va banki haqida ma’lumotlar berish



Download 10,85 Kb.
Sana25.11.2022
Hajmi10,85 Kb.
#872251
Bog'liq
Laboratoriya mashg1
457-Текст статьи-1255-1-10-20191227, Анкета для импортеров, psix 2- top, boshqaruv t 2 top, 2020-04-23T05-31-Transaction-2804517429663846-5569955, Лекция №1 Инт.мулк, 1-topshiriq (1), Tog‘ jinslari massivining umumiy tabiiy va texnogen tuzilmaviy m, tex jar, Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha. Ta’lim jarayonida-azkurs.org, 1-maruza Yii2 framework. Controller va view, SoatovMustafo, mikroiqtisodiyot kurs ishi, Xorijda ish haqini tashkil etish va tartibga solish Reja Xorijd, O\'zbekistonning iqtisodiy resurs (1)

Laboratoriya mashg‘uloti № 1
Mavzu : Ma’lumotlar bazasi va banki haqida ma’lumotlar.
Maqsad: Talabalarga ma’lumotlar bazasi va banki haqida ma’lumotlar berish.
Mashg‘ulot jixozi: Shahsiy kompyuter, adabiyotlar va internet resurslari.
Uslubiy ko‘rsatmalar

Informatsion tizimlarni yaratish bo‘yicha jadal harakatlar va ma’lumotlar hajmining tåz sur’atlar bilan oshib borishi 60-yillar boshida maxsus “Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi” (MBBT) deb ataluvchi dasturiy komplåksning yaratilishiga olib kåldi.
Ma’lumotlar bazasi — biror sohaga oid o‘zaro bog‘langan ma’lumotlar yig‘indisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasidir. Boshqacha qilib aytganda, ma’lumotlar bazasi — bu kompyuter xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturali, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmui bo‘lib, u biror bir obyåktning xususiyatini, holatini yoki obyåktlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda tavsiflaydi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) — bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmui bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratishi va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. MBBT o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol kåltirish mumkin. MBBT asosiy xususiyatlari — bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan protsåduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan fayl oldin ma’lumotlar banki, kåyinchalik esa “Ma’lumotlar bazasi” deb yuritila boshlandi. Ma’lumotlarni boshqarish tizimi quyidagi xossalarga ega: ü fayllar to‘plami mantiqiy kålishuvni quvvatlaydi; ü ma’lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta’minlaydi; ü har xil to‘xtalishlardan kåyin ma’lumotlarni qayta tiklaydi; ü bir nåcha foydalanuvchilarning parallål ishlashini ta’minlaydi. MBBT funksiyalari tarkibiga yanada aniqroq qilib quyidagilar qabul qilingan:

Tashqi xotirada båvosita ma’lumotlarni boshqarish Bu funksiya MBga båvosita kiruvchi ma’lumotlarni saqlash uchun kårakli strukturani ta’minlab tashqi xotiraga qo‘shadi. MBBT ishlatishda mavjud fayl tizimi imkoniyatlari aktiv ravishda ishlatiladi. Rivojlantirilgan MBBTda foydalanuvchi istalgan holda MBBT fayl tizimini ishlatayaptimi, yo‘qmi, bu haqda bilishi shart emas. Agar ishlata olsa, u holda fayllar tashkil qilingan bo‘ladi. Xususiy holda MBga bårkitilgan obyåktlarni MBBT qo‘llab-quvvatlaydi. ü Tezkor xotirani bufår bilan boshqarish MBBT odatda ancha katta hajmdagi MB bilan ish yuritadi. Bu hajm tåzkor xotiraning mumkin bo‘lgan hajmidan yåtarli darajada katta bo‘ladi. Ma’lumki, agar ma’lumotlarning biror elåmåntiga murojaat qilish kårak bo‘lsa, tashqi xotira bilan aloqa o‘rnatiladi, låkin barcha tizim tashqi xotira qurilmasi tåzligida ishlaydi. Bu tåzlikni oshirishning amaliy yagona usullaridan biri — bu opårativ xotiraga ma’lumotlarni bufårizatsiya qilishdir. ü Tranzaksiya bilan boshqarish Tranzaksiya — bu qaralayotgan MBBT MB ustida kåtmakåt opåratsiyalarni bajarishidir, ya’ni ma’lumotlar bilan monipulyatsiya qilib kåtma-kåt opåratsiyalar yordamida MBBTga ta’sir etishdir. Tranzaksiya ma’lumotlar bazasini bir butun holatdan ikkinchi bir butun holatga o‘tkazadi, yoki agar ma’lum sababga ko‘ra tranzaksiyaning biror holati bajarilmaydigan bo‘lsa yoki tizimda biror xatolik yuz bårsa, ma’lumotlar bazasi boshlang‘ich holatiga qaytadi. MBning mantiqiy butunligini quvvatlash uchun tranzaksiya tushunchasi kårak bo‘ladi. ü Jurnalizatsiya MBBT ga bo‘lgan asosiy talablardan biri bu tashqi xotirada ma’lumotlarning ishonchli saqlanishidir. Ma’lumotlarning ishonchli saqlanishi dåganda har qanday apparatli yoki dasturli to‘xtab qolishdan (sboydan) kåyin MBBTda MBning oxirgi holatini qayta tiklashi tushuniladi. Odatda apparatli to‘xtab qolish holati ikki xil bo‘ladi: yångil to‘xtab qolish, ya’ni bunda kompyutår ishlashi kutilmaganda to‘xtashi (masalan, elåktr toki manbayining o‘chishi), ikkinchisi — qattiq to‘xtab qolish, bu tashqi xotirada ma’lumotlarning yo‘qolib kåtishi bilan xarakterlanadi. Dasturli to‘xtab qolishlarga quyidagilarni kåltirish mumkin: MBBTning to‘satdan buzilishi bilan ishni tugatishi yoki foydalanuvchi dasturining avariya bilan tugallanishi bo‘lib, natijada ayrim tranzaksiyalar tugallanmasdan qoladi. Har qanday holda ham MB ni qayta tiklash uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni joylashtirish kårak. Boshqacha qilib aytganda MB da ma’lumotlarning butunligini saqlash uchun saqlanadigan ma’lumotlarning to‘liqligi talab qilinadi. Ma’lumotlarning ishlatilayotgan qismi qayta tiklanishi uchun alohida ishonchli saqlanishi lozim. Bunda to‘liq ma’lumotlarni quvvatlash uchun kång tarqalgan usullardan biri — MB ning o‘zgartirish jurnalini olib borish usuli ishlatiladi.

Topshiriq




  1. Ma’lumotlar bazasi nima?

  2. Ma’lumotlar bazasi qanday xossalarga ega bo‘lishi kårak?

  3. Axbortli jarayonlarga misollar toping va ularni tushuntirib båring.

  4. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining vazifalari nimalardan iborat?

  5. Ma’lumotlar bazasi fani nimani o‘rganadi?


Axborot manbaalari

  1. http://www.tutorials.uz – onlayn taʼlim platformasi.

Download 10,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
fanidan mustaqil
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti