Manzarali daraxt-buta o‘simliklarning vegetativ organlari, hayotiy funksiyalari va ularning manzaraviylik xususiyatlari Reja



Download 485.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana15.07.2021
Hajmi485.14 Kb.
1   2   3   4   5
 

Ildiz 

Ildiz  o„simliklar  quruqlikda  paydo  bo„lib,  yangi  sharoitlarga  moslashish 

jarayonida  vujudga  kelgan  va  shakllangan.  Ildiz  birlamchi  urug„  unishi  paytida 

murtak  ildiz  asosida  bo„ladi  er  ostiga  qarab  o„sadi.  Ildizni  quyidagi  qismlarga 

ajratish mumkin: ildiz qini,bo„linish zonasi,o„sish zonasi va tukli so„rish qismi va 

boshqa qismlar. Ildiz qini o„sish nuqtasidagi nozik to„qimani o„rab olib, uni tashqi 

noqulay  ta‟sirlardan  saqlaydi.  Ildiz  qinidan  yuqoriroqda  ildiz  tuklari  bo„lib,  ular 

suvda  erigan  turli  mineral  moddalardan  iborat  eritmani  so„rib  olish  funksiyasini 

bajaradi.  Tuklarning  uzunligi  10  mm  bo„lib,  tuproq  qatlamiga  juda  zich  yopishib 

o„sadi,  ildizning  keyingi  o„sib  rivojlanishi  jarayonida  ular  to„kilib  ketadi.  Ildiz 

o„simlik  hayoti  uchun  muhim  hayotiy  funksiyalarni  bajaradi,  u  asosan  tuproq 

tarkibidan  suvda  erigan  oziq  moddalarni  so„rib  olib  o„simlikni  er  ustki  qismiga 

etkazib  beradi.  O„simlikni  o„sib  rivojlanish  davrida  uning  ildiz  sistemasi  ham  tez 

o„sib  tarmoqlanadi,  hamda  tuproqqa  yaxshi o„rnashib, o„simlikning ustki  qismini 

mahkam  tutib  turishga  yordam  beradi.  O„simlik  urug„i  qanday  sharoitlarda 

unmasin,  uning  o„q  ildizi  doimo  tuproq  ichkarisiga  qarab  o„sadi.  Bu  hodisa 

biologiyada “ijobiy geotropizm” deb ataladi. 

Ildiz  novdalari  egiluvchan,  “yaxshi”  buklanadigan  va  uzilib  ketmaydigan 

darajada  pishiq  bo„ladi.  Ildiz  kelib  chiqishiga  ko„ra  o„q  ildiz,  qo„shimcha  va 

yonlama  ildizlarga  ajratiladi.  O„q  ildizlardan  yon  ildizlar  hosil  bo„lib,  shoxlanadi 

va  ildiz  tizimi  hosil  bo„ladi.  Qo„shimcha  ildiz  ko„pincha  o„simliklarning  hayotiy 

jarayonlarida  muhim  rol  o„ynaydi.  Umumiy  ildiz  tizimini  kattalashtirib,  hattoki 

ba‟zi hollarda o„q ildiz o„rnini ham bosadi. O„q ildiz yaxshi rivojlanmay, aksincha 



qo„shimcha  va  yonlama  ildizlar  yaxshi  rivojlansa,  popuk  ildiz  hosil  bo„ladi 

(qoraqarag„ay  ,  shumtolbargli  zarang,  man‟juriya  shumtoli,  balzamli  terak, 

qayrag„och, karkas va katalpa).  

Qoraqayin,  eman,  yong„oq,  gledichiyaning  ayrim  turlarida  o„q  ildiz  mayda 

shoxlanadi.  Daraxtlarning  ildiz  tizimi  tuproq  qatlamiga  turli  chuqurlikkacha  kirib 

boradi.  O„q  ildizga  ega  daraxt  turlarida  u  tuproq  qatlamiga  ancha  chuqur  kiradi, 

yonlama  ildizlar  aksincha  tuproq  qatlamida  sayoz  joylashadi.  Ildizlar  tuproq 

qatlamida o„sib rivojlanishiga tuproq strukturasi hamda uning mexanikaviy tarkibi 

ancha ta‟sir ko„rsatadi. Toshloq, gips qatlami mavjud tuproqlarda ildiz chuqur kira 

olmaydi,  aksincha  strukturasi  engil  tuproqlarda  chuqur  o„sadi.  Bunda  tuproq 

qatlami  ostidagi  har  xil  hashoratlar  yo„llari  va  o„simliklarning  chirigan  ildizlari 

tizimining  keng  tarmoqlanishiga  ijobiy  ta‟sir  etadi.  Eman  daraxtining  ildiz  tizimi 

8-12  m  gacha,  qarag„ayniki  2-3  m,  oddiy  shumniki  3-4  m,  oq  akatsiyaniki  5  m, 

gledichiyaniki  1,5-2  m,  qora  qarag„ayniki  1-1,5  metrgacha  chuqurga  kirib 

rivojlanadi.  Agarda  o„simlik  nam  etishmaydigan  tuproqda  o„sib  rivojlansa,  uning 

ildizi suv qidirib tuproqning nam qatlamigacha chuqur kirib boradi, aksincha nam 

bilan  yaxshi  ta‟minlangan    tuproqlarda  ko„p  chuqur  kirmaydi  va  tuproq  yuzasiga 

yaqin  joylashadi  hamda  sershox  bo„ladi.  YOn  ildizlar  gorizontal  holda  o„sib  o„q 

ildizga  nisbatan  turlicha  masofalarda  joylashadi.  Qoraqayin,  qoraqarag„ay, 

oqqarag„aylarning  yonlama  ildizi  qanchalik  shoxlanishidan  qat‟iy  nazar  ular 

daraxtning er ustki shox-shabbalari proeksiyasidan tashqariga chiqmay rivojlanadi. 

Aksincha  gledichiya,  oq  akatsiya,quyonsuyak,  yong„oq,  qarag„ay,  eman,  shum 

daraxtlarining  yonlama  ildizlari  ona  daraxtdan  20-25  m  gacha  uzoqlashib  ketadi. 

YOnlama  ildizlarni  atrofga  gorizontal  tarqalishiga  sabab  tuproq  qatlamlarini 

ko„plab egallab, undagi oziq moddalarini to„laroq o„zlashtirishdir. Daraxt turlarini 

bu  kabi  rivojlanishi  tog„-o„rmon  melioratsiyasida  qadrlanadi,  ular  tog„ 

yonbag„irlaridagi tuproq qatlamlarini emirilishdan va ko„chishdan saqlaydi. 

Daraxtlarning er ustki tanasi shox-shabbasini mustahkam tutib turishida ularni 

shamolda  yiqilib  tushishini  oldini  olishda  ildizni  tuproqqa  naqadar  chuqur 

kirganligi  va  uning  yonlama  ildizlarini  rivojlanish  darajasi  muhim  rol  o„ynaydi. 




O„simlik  ildizi  asosan  bahor  va  kuz  oylarida  o„sib,  yozda  uning  o„sishi 

sekinlashadi. Qishda ildiz o„smaydi, tinim davrida bo„ladi. Ba‟zi bir daraxt va buta 

turlarining  ildizlarida  azot  yig„uvchi    tuganak  bakteriyalar(mikoriza)  mavjud 

bo„lib,  ular  o„simlik  hayotida  muhim  rol  o„ynaydi  va  tuproq  qatlamini  azotga 

boyitadi.  1881  yilda  rus  olimi  F.M.Kamenskiy  tomonidan  o„simliklar  va 

zamburug„larni  birgalikda  bir-biriga  yordam  berib  yashashini  aniqlandi  va  ushbu 

hodisani  simbioz  deb  atadi.  Zamburug„ning  giflari  (iplari)  o„simlik  ildizini  o„rab 

olib  hujayra  oralig„iga  yoki  hujayra  ichiga  kirib  oladi  va  u  bilan  birgalikda 

yashaydi.  Zamburug„  giflari  tuproqdan  namlikni  yaxshi  o„zlashtirib  beradi  va 

uning  evaziga  u  o„simlikdan  organik  moddalarni  oladi.  Mikoriza  tashqi    va  ichki 

bo„ladi. Agar zamburug„ tolalari ildizni ustki qatlamlarini qoplab olib, hujayralari 

orasiga  kirib  yashasa  “tashqi”  (qarag„ay,  qoraqarag„ay,  tilog„och,  eman, 

oqqarag„ay, qayin) hujayra ichiga kirib yashasa “ichki” mikoriza deb ataladi. Ichki 

mikoriza zarnab va botqoq o„simliklarida uchraydi. 

Mikoriza  hodisasi  mavjud  o„simliklar  mikotrof  o„simliklar  deb  ataladi. 

Mikorizasiz  ham  ko„pgina  o„simliklar  yaxshi  o„sib,  rivojlanadi  va  ular  avtotrof 

o„simliklar  deb  ataladi  (skumpiya,  malina,  o„rik,  tut,  normushk).  O„rmon 

tuproqlarida  mikoriza  jarayonini  yuzaga  kelib  taraqqiy  etishida  yaxshi  sharoitlar 

mavjuddir.  SHu  sababli  o„rmonda  qayrag„och,  zarang,  tog„terak,  qayin,  chetan, 

olma, nok, tol daraxt turlari o„stirilsa, ularning ildizida ham mikoriza qayd etiladi. 

Mikoriza  hodisasi  o„simliklar  hayotida  muhim  bo„lib,  ularni  yaxshi  o„sib 

rivojlanishi  uchun  asosiy  hayotiy  omillardan  biri  hisoblanadi.  SHu  sababli  yangi 

madaniy  o„rmonlar  barpo  etishda  mikotrof  daraxt  o„simliklari  ekiladigan  bo„lsa, 

ularni  kelgusida  normal  o„sib  rivojlanishi  uchun  mikorizali  tuproq  solinsa, 

maqsadga  muvofiq  bo„ladi.  Dukkakli  o„simliklar  ildizida  maxsus  tuganak  holida 

yashovchi  bakteriyalar  (azotbakterium)  yashaydi,  ular  atmosfera  havosidagi  erkin 

azotni  o„zlashtirib  tuproqda  to„plash  va  o„simliklar  o„zlashtira  oladigan  holatga 

keltirish xususiyatiga egadirlar. Bunday bakteriyalar oq akatsiya, gledichiya, sariq 

akatsiya kabi daraxt va butalarda qayd etilgan. SHu sababli dukkakli o„simliklarni 

qishloq  xo„jaligida  ahamiyati  kattadir,  chunki  ular  tuproqni  azotga  boyitadi  va 




tuproq  unumdorligini  oshiradi.  Daraxt-buta  o„simliklar  ildizlarining  metamorfozi 

vegetativ  ko„payish  jarayonida  tashqi  sharoitlarga  moslashishdan  kelib  chiqqan. 

Bunda  ildizning  ma‟lum  qismi  tuproqning  ustki  qatlamlarida  tarqalib,  ona 

daraxtdan  muayyan  masofada  er  ustki  novdalar  paydo  qiladi  va  albatta  ularning 

avtonom  ildiz  tizimi  shakllanadi.  Bu  holat  bachkilab  ko„payish  deyiladi  va  bu 

xususiyat o„rmon melioratsiyasida qadrlanadi. Tropik hududlarda botqoqlik erlarda 

o„suvchi  botqoq  sarvisi,  tuproqda  kislorod  etishmasligidan  ildizi  er  yuzasiga 

tarqalib  o„sadi,  mangro  o„rmonlarida  daraxt  va  butalar  ham  er  nafas  olish 



jarayonini yaxshilaydi. 

 

Download 485.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari