Mantiqiy kazus



Download 146,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana30.12.2021
Hajmi146,93 Kb.
#92215
  1   2   3
Bog'liq
1-kurs, B potok 3-guruh. Karimov Oxunjon. YYN.



   

 

 



     Mantiqiy kazus 

22.                             Toxir Malik. So„nggi o„q 

“Maktab ko„rgan jinoyatchi ekanini yashirmaydi ham, – deb o„yladi Solihov 

uning  aytganlarini  yozib  olar  ekan,  –  beradigan  savollarimga  birato„la  javob 

qaytara qoldi”. 

 –    1957-  yil  beshinchi  oktabrda  qayerda  edingiz?  –  dedi  Solihov  Jahongirga 

sinovchan tiqilib. Jahongir javobni o„ylab ham o„tirmadi: 

 – Daydidarada. 

 – Nima qildingiz u yerda? 

 – Bolaligim o„tgan yerlarni ko„rgim kelib chiqovdim. 

 – Marhumni tanirmidingiz? 

        Bu safar Jahongir o„ylandi. 

 – Yo„q, – dedi u ezgin bir ohangda. 

Solihov  undagi  o„zgarishni  sezdi.  Toza  qog„ozga  “  Marhumni  rostdan 

tanimaydimi?” deb yozib qo„ydi 

 – Tanimasangiz… nimaga o„ldirdingiz? 

 – Shayton yo„ldan urdi. O„q xato ketdi. Arxarni mo„ljalga oluvdim.    

 – Ov miltig„ida otuvdingizmi? 

 – Ha. 

 – O„q marhumning qayeriga tegdi? 

 – Bilmayman… qo„rqib qochib ketdim. 

Solihov  Jahongirning  yolg„on  gapirayotganini  bildi.  Shu  sababli  nafas 

rostlashga ham qo„ymay savollarni yog„dirib tashladi: 

 – Taxminan ham bilmaysizmi? U sizga orqa qilib turganmidi yo yuzma-yuzmi? 

 – Yuzma-yuz edi shekilli... 

 – Miltig„ingiz qani? 

 – Daryoga tashlab yubordim… 



Solihov yana savol beraman deganda Jahongir qo„lini ko„tardi: 

 –  Nachaynik,  boshqa  savol  bermang,  –  dedi  u  qat`iy  ohangda,  –  aybimga 

iqrorman. Uni men o„ldirdim. Endi meni otib tashlayvering. 

Solihov unga tikilib qaradi-da, miyig„ida kuldi. 

 – Sizday ko„pni ko„rgan odamga go„llik yarashmas ekan. Mening otadigan odam 

emasligimni  bilasiz.  Dunyoda    sud  degan  narsalar  borligi  sizga  ma`lum. 

Hatto…yolg„on  gapirayotganingizni  ham  bilasiz.  Joningizdan  to„ygan  bo„lsangiz 

umringizga bizning qo„limiz bilan nuqta qo„ymang. 




Download 146,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish