1-Mavzu: “Ma’naviyatning estetik asoslari” fanining predmeti,
asosiy yo‘nalishlari
Reja:
1. Ma'naviyatning ta'rifi va falsafiy talqini.
2. Ma'naviyatning asosiy kategoriyalari va
uning rivojlanish
qonuniyatlari.
3. Ma'naviyatni rivojlantirish - davlat siyosatining asosi.
Ma'naviyatning ta'rifi va falsafiy talqini
Ma'naviyat tushunchasi arab tilidan kirib kelgan bo'lib, «amri-
ma'ruf», «mushoira», «chiroyli so'z» kabi ma'nolarni anglatadi.
Ma'naviyat inson faoliyatining barcha qirralarini, uning yaqqol ko'zga
tashlanuvchi zohiriy va yashirin, ichki ruhiy-botiniy tomonlarini qamrab
oladi. Inson - tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning
ushbu hislati ya'ni, yuksak ma'naviyat egasi bo'la olish imkoniyati nazarda
tutiladi. Bu imkonni boshqa mavjudotlarda ko'ra olmaymiz. Moddiy
narsalar odamga jismoniy ozuqa va quvvat bersa, ma'naviyat unga ruhiy
ozuqa va qudrat bag'ishlaydi.
Ma'naviyat insonning ruhiy va aqliy olami majmui kabi murakkab
ijtimoiy hodisadir. Ma'naviyat inson qalbidagi ilohiy bir nur sanaladiki,
bu ilohiy nur hech bir jonzotda yo'q.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning ma'naviyat haqidagi ta'rifi:
«Ma'naviyat avvalambor odamni ruhan poklanishga, qalban ulg'ayishga
chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-
e'tiqodini
butun qiladigan
, vijdonini uyg'otadigan kuch...».
Faylasuf Abdulhafiz Jalolovning ma'naviyatga bergan ta'rifi: «Ma'naviyat
- inson faoliyatining ruhiy mazmuni bo'lib, kishilar uning vositasida
o'zlarini anglaydilar, jamiyatni, tabiatni, ularning mavjudligi hamda
taraqqiyoti xususiyatlarini o'rganadilar, qonunlarini kashf etadilar va
ularga tayanib, o'z turmush sharoitlari, amaliy faoliyatlari muammolarini
hal etadilar».
«Vatan tuyg'usi» kitobining mualliflari: «Ma'naviyat jamiyatning,
millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari va
aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha» deb
ta'riflaganlar.
Bir qator olimlarimizning fikricha: «Ma'naviyat - insondagi ahloq,
odob, bilim, ilm, iymon, ixlos va insoniyat kamoloti uchun ijobiy ta'sir
qiluvchi tizim yoki ma'naviyat - insonning aqliy, ahloqiy, ilmiy, amaliy,
mafkuraviy qarashlar yig'indisi
hisoblanib
, diniy va dunyoviy
qarashlarining aks etish darajasidir».
Ma'naviyat - insonning ruhiyatini, uning o'z-o'zini anglashi, didi,
farosati, adolat bilan razillikni,yaxshilik bilan yomonlikni, go'zallik bilan
xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish kobiliyatini, akl-
zakovatini, yuksak maksad va g'oyalarni qo'ya bilishi, ularni amalga
oshirish uchun harakat qilishi va intilishi salohiyati.
Ma'naviyat millatni taraqqiyotga yetaklovchi, davlatning qudratini
oshiruvchi muhim omil sanaladi. Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy
sohalaridan mavjud bo'lgan muammolarini ma'naviyatni rivojlantirish
orqaligina hal etish mumkin. Chunki qaysi davlatda ma'naviyat yuksak
darajada bo'lsa o'sha
joyda johillik
, hasadgo'ylik, beparvolik, xudbinlik,
yalqovlik, manmanlik, tekinxo'rlik, g'iybat, ko'rolmaslik, yovuzlik,
tuhmat, ichkilikbozlik, fohishabozlik, poraxo'rlik qilish kabi salbiy
illatlarga o'rin qolmaydi.