Maktabgacha ta’lim tizimining tuzilish tavsifi



Download 16,15 Kb.
bet1/2
Sana26.02.2022
Hajmi16,15 Kb.
#471026
  1   2
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim tizimining tuzilish tavsifi


Maktabgacha ta’lim tizimining tuzilish tavsifi
Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish – bu eng avvalo, maktabgacha muassasaga to’g’ri keladigan tartib yaratishdir. Bundan kelib chiqqan holda, maktabgacha tarbiya muassasasiga bolalar tarbiya va ta’limiga davlat qo’ygan talablarga javob beradigan muassasa deb qarash kerak.
Ota-onalar ehtiyojlariga mos holda ularga maktabgacha tarbiya muassasasini - turi, xili va sohasiga qarab tanlash huquqiga egaligini ta’minlash.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida turli maktabgacha tarbiya muassasalar tizimi tashkil etilgan: turlari bo’yicha – maktabgacha muassasalar, “maktabgacha ta’lim muassasasi – boshlang’ich maktab” komplekslari, “Mehribonlik” uylari, “bolalar qishlog’i”; xususiylik shakli bo’yicha – davlat va nodavlat; bolalar bilan ishlash yo’nalishi bo’yicha: umumiy, maxsus va sanator.
Maktabgacha ta’lim tizimi murakkab tuzilishga ega. Maktabgacha ta’lim tuzilishi 2 tarkibga ega – maktabgacha ta’lim muassasalari va maktabgacha ta’limni ishlashi va rivojlanishini ta’minlovchi xizmatlar.
Maktabgacha ta’lim muammolariga qaratilgan asosiy halqa maktabgacha tarbiya muassasasi bo’lib hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda hududning asosiy muammolaridan biri guruhlarning to’lish normalarini, aholining turli maktabgacha muassasalarga bo’lgan ehtiyojlarini, ekologik sharoitni hisobga olgan holda qishloq, hudud va shaharlarda loyihalar bo’yicha maktabgacha muassasalar qurish. Loyihalar musiqa va jismoniy tarbiya zallari, tasviriy san’at studiyalari, basseynlar, o’yin xonalari, har bir guruh uchun alohida yotoqxona va o’yin xonalari, o’g’il va qiz bolalar uchun alohida xojatxonalar, tarbiyachilarga psixologik yordam xonalari qurishni ko’zda tutishi lozim. Ma’muriy xo’jalik xonalari rejalashtirilganda, xodimlar ishlashi uchun qulay shart-sharoit yaratish kerak.
Yangi binolar qurish va eski binolarni ta’mirlash individual loyihalar bo’yicha amalga oshirilganda maqsadga muvofiqdir. Bu binolarda 6ta guruhdan ko’proq guruhlarni joylashtirish mumkin emas. Bolalar uchun mo’ljallangan xonalarda ularni turli faoliyati uchun qulaylik yaratish kerak. Guruh xonalarini funksional o’zgaruvchan jihozlar bilan jihozlash. Ular joylashishini o’zgartirish oson bo’lib, guruh xonasini turli variantlar bo’yicha fazoviy bezatish mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasalari rivojlanuvchi predmetlar muhitini tashkil qilishga, ya’ni bolaning ma’naviy, jismoniy va psixik ko’rinishi rivojlanish mazmunini funksional modellashtiruvchi, bola faoliyatini material ob’ekti tizimiga alohida e’tibor qaratishi kerak.
Bolalikni rivojlantiruvchi predmet muhiti – bola shaxsi va faoliyati to’liq rivojlanishini ta’minlovchi sharoitlar tizimidir. U bolaning to’laqonli jismoniy, estetik, bilish va ijtimoiy rivojlanishi uchun zarur bir qator tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi. Ularga: tabiat muhiti va ob’ektlari, madaniy landshaftlar (ko’rinishlar), jismoniy o’yinlar va sog’lomlashtiruvchi inshootlar, predmet-o’yin muhiti, bolalar kutubxonasi, o’yingoh, videoteka, dizayn studiyasi, muzey, musiqa-teatr muhiti, mashg’ulotlarni predmet-rivojlantiruvchi muhiti, kompyuter o’yingohlari kiradi.
Predmetli muhitga boshlang’ich talab – uni rivojlantiruvchi xarakteridir. U o’zining mazmun va jihatlari orqali ob’ektiv holda har bir bolaning ijodiy faoliyati uchun sharoit yaratishi kerak; dolzarb, jismoniy, psixik rivojlanishi va takomillashish maqsadiga xizmat qilishi, yaqin rivojlanish zonasini ta’minlashi kerak.
Bola shaxsi rivojlanishining turli bosqichlarida ma’lumot olish muhitini kerakli turli mavzular majmui, materiallar xilma-xilligini ta’minlash kerak. Maktabgacha muassasalarni predmet-o’yin muhitini zamonaviy, arxaik (qadimgi) va etnik (O’zbekistonda yashovchi turli etnik guruhlarga tegishli) o’yinchoqlar bilan ta’minlashni ko’zda tutish kerak. Birinchisi bola psixikasini umuminsoniy sifatlarini saqlash va qayta tiklash uchun kerak, ikkinchisi esa madaniy-ahloqiy va estetik qadriyatlarni avloddan-avlodga saqlash uchun kuchli vosita bo’lib xizmat qiladi.
Bolani ijodiy rivojlanishi uchun katta zahira yangi axborot texnologiyalarini qo’llash bo’lib, bular maktabgacha yosh davriga o’yin orqali va ramziy-modellashtirish faoliyatining boshqa turlari orqali kirishi mumkin. Yangi axborot texnologiyalari bolada informatsion jamiyatdagi hayotga motivatsion, intellektual va operatsional (oldinlab boruvchi) tayyorlikni shakllantiradi.

Download 16,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish