Maktabgacha ta`lim muassasasi rahbar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha Respublika o’quv-metodika ma



Download 183,5 Kb.
bet1/3
Sana15.04.2022
Hajmi183,5 Kb.
#554572
  1   2   3
Bog'liq
koinot-sirlar-nomli-mashgulot-ishlanma lotin




Mavzu: Katta guruh yoshdagi bolalari bilan ,,Koinot sirlari ''mavzusida ta'limiy jarayonini tashkil etish




O‘quv-tarbiyaviy faoliyat maqsadi: Bolalarga quyosh tizimi , oy va sayyoralar haqida bolalarga aniq ma’lumotlar berish.Mavzu asosida topishmoqlar topish.Bolalarga Oymoma haqidagi ertak asosida savollarga javob berishga o‘rgatish.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyatning borishi: Quyosh tizimi A-3formatda ko‘rgazma ,koinot suvratlari,oy va sayyoralar rasmli kartochkalari,raketa chizish ketma-ketligi sxemasi, raketa yasash namunasi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyatning borishi:
Kirish qismi:
Tarbiyachi: aziz bolajonlarim men bugun sizlarni koinotga sayohatga taklif etaman, sayohatga chiqishni istaysizlarmi?
Bolalar: xa albatta, juda ham xoxlaymiz! Ammo bu qanday mamlakat?
Tarbiyachi: ha aytgancha sizlarga aytish yodimdan ko‘tarilibdi bu sayoxatimiz “Quyosh tizimi” bo‘ylab o‘tkaziladi.Bolajonlar sayohatga chiqishdan avval sizlarga bir nechta savollarim bor. Keling shu savollarga javob topaylik, keyin esa yo‘lga tushamiz.
- Hozir o‘lkamizda qanday fasl?
Bolalar javobi:
- Bahor faslida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Tarbiyachi:Keling man sizga topishmoqlar aytaman.Topgan topaloq.
Oyga qush ucha olmas
Samolyot etib bormas.
Ammo,erdan yalt etsa,
Qo‘nar oyga....( Raketa)
Raketani boshqarar,
YUlduzlar unga boqar.
Bo‘shliqda uchar g‘ir-g‘ir,
Jasur yigit ....(Fazogir)
Tunda ko‘rsatadi yo‘l,
YUlduzlarni sana ,bo‘l!
Barcha uyquda,ammo,
Nur taratar.... (Oymoma)
Moviy rangli sayyora,
Hayot uchun tayyora.
Ayamay mehringni ber,
Budir bizning Ona...(ER)
Tunda chiqar onasi,
Necha minglab bolasi.
Bekinishar qo‘rqandan
Kelib qolsa otasi .....(Oy, yulduz,Quyosh)
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar!
Bulutsiz ochiq tunda ,tiniq osmonga nazar tashlasangiz-boshingiz uzra osmonning minglab kichkina yorqin nuqtachalar bilan to‘la ekanligini ko‘rasiz.Bu yulduzlardir, ular bizdan juda uzoqda bo‘lganligi uchun , o‘ta mayda bo‘lib ko‘rinadi.Har bir yulduzning o‘z nomi bor:Sirius, Qutb yulduzi,Aldebaran,Vega. Quyosh ham yulduz.Quyosh atrofida sakkizta sayyora aylanadi.Barcha yulduz va sayyoralar Quyosh tuzilmasini tashkil qilib, uning markazida Quyosh turadi.Bizning sayyoramiz Er-bu Kuyosh tuzilmasidagi uchinchi sayyoradir.Sizlarga navbatdagi savolim, mana hozir biz yulduzli osmonga sayohatga chiqmoqchimiz sizlar qanday sayyoralarni, yulduzlarni bilasiz? Qani aytinglarchi...Slayd-1 ,Slayd-2
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar. Keling hozir sizlar bilan bir oz charchoqlarimizni chiqarish uchun harakatli o‘yin o‘ynaymiz.
Musiqa sadolari ostida barchamiz raketa bo‘lib uchamiz. Musiqa tugashi bilan sehrli gilamcha ustidagi planetalarga(halqalarga) borib turamiz.. Agarda kimda kim halqalarga borib joylasha olmasa va halqalar etmay qolsa u ishtirokchi katta halqa(Quyosh) ichida qoladi hamda atrofdagilarga halaqit bermaydi. O‘yinimiz tushunarlimi, boshladik.
Bir-Merkuriy,
Ikki-Zuxro,
Uch-ER,
To‘rt-Mars,
Besh –YUpiter,
Olti-Saturn,
Etti-Uran,
Sakkiz-Neptun
O‘z o‘rningni top
Halqasiz qolgan
Quyoshga tutil.
Tarbiyachi:

Download 183,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish