Maktabgacha oligofrenopedagogika va maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


IDROKNI VA TASAVVURNI RIVOJLANTIRISH



Download 357,25 Kb.
bet22/64
Sana22.01.2021
Hajmi357,25 Kb.
#56206
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64
Bog'liq
Мактабгача олиго комплекс eski

IDROKNI VA TASAVVURNI RIVOJLANTIRISH

Maktabgacha tarbiya yoshda bilish faoliyatining asosi sezib bilish – idrok va kо‘rgazmali tafakkur hisoblanadi. Sezib bilishni rivojlantirish bilan barcha maktabgacha tarbiya muassasalari maxsus shug‘ullanishlari lozim. Shuning uchun aqli zaif bolalar uchun maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida sezib bilishni rivojlantirish Bilan bog‘liq bо‘lgan kо‘pgina vazifalar ommaviy maktabgacha tarbiya muassasasining vazifalari bilan mos keladi. Ammo, maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida aqli zaif bolalarning idroki va kо‘rgazmali tafakkurining rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalash va kompensatsiyalash Bilan bog‘liq maxsus vazifalar ham hal qilinadi.

Bolalarda atrof dunyo haqidagi tasavvurlar va idrokning tо‘liq bо‘lishi uchun ularni shakllantirish va rivojlantirish bо‘yicha maxsus ishlar olib borilishi lozim. Bolani kо‘rib chiqish, ushlab kо‘rish, eshitishga va hokazolarga о‘rgatish, ya’ni unda perseptiv harakatlarni shakllantirish kerak. Shuningdek bolani ranglarni, shakllarni, tovushlarning munosabatini aniqlashga о‘rgatish lozim. Buning uchun bola о‘lchovlarni bilish kerak. Insoniyat tarixi davrida umumqabul qilingan о‘lchovlar, etalonlar ishlab chiqilgan. Ular bilan idrokning natijalari taqqoslanadi, solishtiriladi.

Bular geometrik shakllar, kattaliklar shkalasi, og‘irlik о‘lchovlari tovushlar baladligi qatori, ranglar spektri, ona tilidagi fonemalar tizimidir. Idrokni shakllantirish jarayonida ushbu sensor etalonlarning tizimini о‘zlashtirib olishni ta’minlash zarur.

Tajribalar shuni kо‘rsatadiki aqli zaif bolalar faoliyatlarida idrokning ularda mavjud imkoniyatlaridan mustaqil ravishda foydalana olmaydilar. Bularni ham aqli zaif bolalarga о‘rgatish lozim.

Idrok etish jarayonida bolada kо‘rish, eshitish, harakat, ushlab kо‘rib sezish, ta’m bilish obrazlari asta-sekin shakllana boradi. Bu vaqtda ta’limning muhim vazifasi bolada hosil bо‘lgan tasavvurlarni sо‘z Bilan о‘z vaqtida va tо‘g‘ri bog‘lashdir. Agarda odrazlar sо‘z Bilan mustahkamlangan bо‘lsa bunday tasavvurlar aniq, turg‘un bо‘ladi.

Aqli zaif bolalarda bilamizki idrokning rivojlanishi orqada qolgan bо‘ladi. Shuning uchun birinchi, maxsus korreksion vazifa rivojlantirishni iloji boricha erta boshlashni ta’minlashdir.

Aqli zaif bolalarda idrokning rivojlanishini orqada qolishi Bilan birgalikda idrokning sekin sur’atda rivojlanishi kuzatiladi. Demak, ikkinchi vazifa idrokning rivojlanish sur’atini tezlashtirish jadallashtirishdir.

Nuqsonli rivojlanish – orqada qolish va turli buzilishlar bilan xarakterlanadi. Demak, bir holatda – korreksiyalash, boshqa holatda kompensatsiyalash.

Aqli zaif bolalarda idrok va tasavvurlarni rivojlantirish samarali bо‘lishi uchun maxsus metodikalarni qо‘llash lozim.

Avvalo ta’limning og‘zaki va kо‘rgazmali metodlarini tо‘g‘ri birgalikda qо‘llash zarur.

Idrokni rivojlantirish bо‘yicha ishlarning muhim yо‘nalishlaridan biri predmetning butun obrazini hosil qilishdir.

Aqli zaif bolalar predmetlarning alohida xususiyatlarinigina emas, balki predmetlarni bir butunligini ham, yetarlicha aniq, tо‘g‘ri idrok qila olmaydilar. Ta’limning boshlanishida bolalan kо‘pincha kerakli predmetni boshqalari orasidan ajrata olmaydilar.

Ajratish va predmetni butunligicha idrok etishga о‘rgatish ta’limning dastlabki davridanoq boshlanadi. Bunda diqqatni, predmetlar Bilan harakat qilishga taqlid qilishni, eslab qolishni rivojlantirishga qaratilgan о‘yin va mashqlardan foydalaniladi. Bunday о‘yin va mashqlarda bolalar alohida predmetlarni ajratishga, ularning joylashishlarini kuzatishga boshqa predmetlar orasida ajratishga о‘rganadilar.

PRedmetning butun obrazini hosil qilishga qismlardan shakllarni yig‘ish yordam beradi. Masalan, kartondan qirqilgan uychalarni qо‘ziqorinlarni yig‘iladigan mashina mamoletlarni yig‘ish.

Butun obrazni shakllantirishda bolaning tasviriy faoliyati kata rol о‘ynaydi. (applikatsiya, rasm chizish, yasash). Ammo, shuni ta’kidlash lozimki bolaning idroki past darajada bо‘lganda tasviriy faoliyatning о‘zi ham hali shakllanmagan bо‘ladi va idrokning rivojlanishiga yordam bera olmaydi.

Idrokning va tasavvurlarning rivojlanishi faoliyatining rivojlanishi Bilan chambarchas bog‘liq. Bunday bog‘lanish ikki tomonlama bо‘lib, bir tomondan har bir faoliyat idrokning ma’lum darajada rivojlanmaganligida shakllanadi. Boshqa tomondan esa idrokning о‘zi faoliyat jarayonida rivojlanadi. Masalan, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolada predmetning rasmini chizish chiziq shakllanmagan. Buning asosiy sababi – idrokning past darajada rivojlanmaganligidir.

Aqli zaif bolalarda maktabgacha tarbiya muassasalariga qabul qilinayotgan davrda idrok va tasavvurning yig‘ilgan (yо‘naltirilgan) obrazlari deyarli mavjud bо‘lmaydi.

Albatta, predmetlarning obrazlari bо‘lmasdan nimani chizib bо‘ladi? Ammo, boshqa tomondan, dastlabki obrazlar shakllanganda predmetlarni rasmini chizish imkoni tug‘iladi, rasm chizish jarayonida idrok va tasavvurlar yanada rivojlanadi – obrazlar mustahkamlanadi, aniqlanadi, umumlashtiriladi. Predmetlarni kо‘zdan kechirish ancha ongli tarzda bо‘ladi, chunki bolada maqsad, ya’ni predmetlarning rasmini chizish uchun uni kо‘rib chiqish maqsadi paydo bо‘ladi.
TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH
Maktabgacha tarbiya yoshda tafakkurning uch shakli: kо‘rgazma – haarkat, kо‘rgazma obrazli va sо‘z – mantiq shakllari о‘zaro aloqada bо‘ladi.

Tafakkurning ushbu shakllari dunyoni bilishning yagona jarayonini hosil qiladi. Bilish faoliyatiga nutq qо‘shiladi. Nutq harakat tajribasini uzatish vositasi sifatida xizmat qiladi va tafakkurning turli shakllarini rivojlanishining turli davrlarida nutqning funksiyalari о‘zgarib boradi.

Kо‘rgazma – harakatli tafakkur insonning yangi sharoit va amaliy muammoli topshiriqni yechishning yangi usuli bilan tо‘qnashganda paydo bо‘ladi. Bunday turdagi topshiriqlarga bola butun bolalik davrida – maishiy va о‘yin vaziyatlarida (holatlarida) duch keladi.

Kо‘rgazma harakatli tafakkurning muhim xususiyati shuki, holatni о‘zgartirish usuli bо‘lib Amaliy harakat xizmat qiladi va u sinab kо‘rish (proba) metodi bilan amalga oshiriladi.

Oddiy kо‘rgazma – obrazli tafakkur (harakatning ichki rejasi) u yoki bu vazifani yechishda predmetlarning aniq obrazlari bilan ish kо‘rmoq qobiliyati deb kо‘riladi.

Aqli zaif bolalarda kо‘rgazma – harakatli tafakkurning rivojlanishda о‘ziga xos xususiyatlar namoyon bо‘ladi. Aqli zaif bolalarda kо‘rgazma – harakatli tafakkurning rivojlanishi orqali qoladi. Aqli zaif bolalar predmet *- asboblar bilan harakat qilishlarining har kungi tajribalarini mustaqil umumlashtira olmaydilar. Shuning uchun aqli zaif bolalarda umumqabul qilingan qurollardan foydalanishni talab etadigan anglash bosqichi rivojlanmagan bо‘ladi. Aqli zaif bolalar notо‘g‘ri harakatlar variantini tashlamay notо‘g‘ri harakatlarni takrorlaydilar. Aqli zaif bolalarda haqiqiy sinab kо‘ruvchi harakatlar bо‘lmaydi va Amaliy vazifalarni yechishda nutqdan foydalanmaydilar. Amaliy harakatlar va ularni sо‘z belgilari о‘rtasidagi aloqa yetarlicha bо‘lmaydi. Nutq tashkil etuvchi va boshqaruvchilik vazifasini bajaradi.

Aqli zaif bolalarda kо‘rgazmali-harakat tafakkurini shakllantirish asosiga muammoli amaliy vazifa va vaziyatlarda mustaqil oriyentirovkani rivojlantirish kiritilishi lozim.

Buning uchun quyidagilar lozim:



  1. Kо‘rgazma harakatli tafakkurni rivojlantirish uchun manba barpo etish: Amaliy va о‘yin topshiriqlarini bajarish jarayonida maqsadga yо‘naltirilgan predmet – qurolli faoliyatni shakllantirish, yordamchi predmetlar va qurollar haqida umumlashgan tasavvurlarni shakllantirish, bolalarni muammoli amaliy vaziyatlar bilan tanishtirish, ushbu vaziyatlarni tahlil qilish malakalarini shakllantirish va predmetlardan foydalanishga о‘rgatish.

  2. Muammoli Amaliy vazifalar sharoitida oriyentirovka usullarini shakllantirish va uni bajarish usullari. Kо‘rgazmali – harakatli vazifalar yechishning asosiy metodi sifatida sinab kо‘rish metodlarini shakllantirish.

  3. Muammoli – Amaliy topshiriqlarni bajarish jarayoniga nutqni qо‘shish.

Kо‘rgazma – harakatli tafakkur asosida kо‘rgazma obrazli tafakkur shakllanadi.

Avvalo, shuni esda tutish kerakki, kо‘rgazma – obrazli tafakkurda sinab kо‘rishning imkoni yо‘q, bola vazifani bajarishning tо‘g‘ri yо‘lini tasavvur etish lozim. Buning uchun bolada aniq va ravshan obraz – tasavvurlar shakllangan bо‘lishi kerak: bola maqsadni tafakkur qila olishi lozim – masalan, koptok juda yuqorida turibdi – unga qо‘l bilan yetishning iloji yо‘q, kichik stulchaga chiqib ham yetib bо‘lmaydi. Bola predmetlarni fazoda kо‘chishini – katta stulni shkafning yoniga surishi va unga chiqib koptokni olishi tasavvur qila olishi kerak. Bola kо‘rish usuli Bilan kо‘rgazma – harakatli topshiriqlarni yechar ekan, barcha harakat bosqichlarini aniq belgilab olmaguncha binoda kо‘rib chamalashga о‘ta olmaydi. Belgilab olish esa kо‘rgazma – harakatli vazifalarni yechish jarayoniga nutq qо‘shilganda sodir bо‘ladi. Shunday qilib, kо‘rgazma – obrazli tafakkurning shakllantirishga zamin bо‘lib oriyentirovkali – tadqiqot faoliyatining ma’lum rivolanishi darajasi va kо‘rgazmali harakat vazifalarini yechishga nutqning qо‘shilish darajasi xizmat qiladi.

Mantiqiy tafakkur elementlarini shakllantirishda aqli zaif bolalarni predmetlarni klassifikatsiya qilishga о‘rgatish muhim yо‘nalishlardandir. Klassifikatsiyani rivojlantirmay turib tushunchalarni shakllantirib bо‘lmaydi. Shuning uchun u bolalarda fikrlashni paydo bо‘lishida zarur manba hisoblanadi.


Download 357,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish