Maktabdagi beboshligim



Download 131,58 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi131,58 Kb.
#844762
Bog'liq
Maktabdagi beboshligim


Matyakubova M.


MAKTABDAGI BEBOSHLIGIM


MAKTABDAGI BEBOSHLIGIM

Maktab davrim qaytarilmas va esdan chiqmas , unutilmas xotiralar... Men qancha jiddiy boʻlishga va ishkal qilmaslikka harakat qilsam shunchalik koʻp qovun tushurib qoʻyaman. Qovun tushirish bu mening kasbimga aylangandi desam ham boʻladi... Yoshlikda kim ham shoʻxlik beboshlik qilmaydi deysiz. Axir yoshlikda shoʻxlik qilmasak qariganda nimani eslab kulamiz... Onamning bazan qattiq urushib ʼʼ Odam boʻlʼʼ deya dakki berishlariga hayron qolardim. Oʻzi odam boʻlsam yana qanday odam boʻlaman? Deya oʻylab kulardim ulgʻayib hayotning qiyinchiliklarini koʻrgandan keyin buni bilarkanmiz asl maʼnosi nima ekanini tushunar ekanmiz... Maktabga birinchi sinfga borgan kunimdan bitta sinfdoshimni qoʻlini sindirgandim hali ham qoʻlimni sindirgansan-a deya hazillashadi... Bugun behos kundaligim varaqlashni boshladim eski xotiralar uygʻondi bir boshdan oʻqishni boshladim... Men Abdurahmanova Shahzoda... " Salom kundaligim" qanday jinniman shunaqa deb ham boshlaydimi? Menimcha tugʻulgan paytim doʻxtirlar mani qoʻlidan tushurib yuborishgan...


— Salomlarim bir jahon...
Doimgidek baqirib sinfga kirdim. Uchta eng yaqin dugonalar edik meni kutib oʻtirishardi.
— Keldingmi? Shahzoda. — deya oldimga yugurib keldi qizlar.
— Keldim keldim!
— Bizga ingiliz tilidan va tarixdan yangi oʻqituvchi kelibdi! Ikkalasi ham rosa chiroyli ekan. — Dedi Husnora xursand boʻlib.
— Yanami? — dedim norozi ohangda.
— Qizigʻi ingliz tili oʻqituvchisi bizni sinf rahbarimiz boʻlarkan. Farida Boboxonova davleniyasi oshib maktabdan ketibdilar. — dedi Odina qarsak chalib.
— Bu ustoz ham koʻpga bormaydi oʻzi qochib ketadi. — dedi Dilnavoz labini burub..
— Haqiqat-ku bu.
— Qalaysan Shahzoda? — deya sinfdoshim Zokir sochimdan tortib oʻtib ketdi doimgidek meni asabimni buzishni eplaydi. Sevgisini qabul qilmaganim uchun shunday asabimni buzib yurishi kerak aslida yomon yigit emas, baribir sevgi menga emasda.
— Farosatdan keyin tugʻilgansan. — deya baqirdim Zokirni ortidan.
— Sekinroq baqirmaymiz! — deya oʻqituvchi kirib keldi.
— Bu oʻsha ingliz tilichi! — dedi qizlar shivirlab.
— Tushundim. — dedim Oʻqituvchiga qarab va labimni burib joyimga oʻtdim. Ustoz menga qarab qoshlarini chimirdi va oʻzini bosib olishga harakat qildi shekilli chuqur nafas oldi. Kelib joyiga oʻtirdi birinchi kundan asablari chatoq salomlashmadi ham biz bilan hammamiz jim. Sukut saqlab oʻtirdik hatto yonimda oʻtirgan Odinaning nafas olishini ham eshita oldim birinchi marta hamma jim edi.
Oʻqituvchimiz stol oldiga jurnal, bir ikkita kitob va daftar qoʻydilar oʻsha asabiylik ularning har bitta harakatini kuzatib turardik, bizga bitta-bitta qarab chiqdilar menimcha hammadan sovuq ter chiqib ketdi. Sababi ustozning qarashi qoʻrqinchli edi xuddi portlaydigan bombaga qiyoslash mumkin.
— Men sizlarning yangi rahbaringiz Lochinbek Shoakbarov boʻlaman. Universitetda toʻrtinchi bosqich talabasiman. Necha universitetni tugatmasdan maktabda ishlamoqchisiz deydiganlar boʻlsa maktablaringizga oʻqituvchi yetishmasligi sabab direktoringiz iltimosi bilan keldim. Hammangiz bilan tanishib chiqishga ulguramiz. Eshitishimcha sizlar oʻqituvchi almashtirish boʻyicha maktabda oʻzgacha rekord qoʻyibsizlar. — dedi oxirgi gaplarida yuzida ozgina boʻlsa nim tabassum bor edi. Uning oʻsha nim tabassumining oʻzi bizga yetarli boʻldi hammamiz erkin nafas oldik.
— Siz ham koʻpga bormaysiz domla! — dedi Shuhrat orqada oʻtirib. ikkala oyogʻi yoyib uyida divanda yotgandek oʻtirib olgandi.
— Birinchidan, oʻquvchi ekaningizni unutmang! Ikkinchidan, Domla masjidda boʻladi men ustozingizman. Uchinchidan, buni vaqt koʻrsatadi bu yil oʻqishga topshirasizlar hamma tayyorlanmoqdami? Kimlar qaysi yoʻnalishga topshirmoqchi? Jahon tillariga topshiradiganlar bormi?
— Ha. — deya qizlar qoʻl koʻtardi deyarli hamma qiz ingliz tiliga topshirmoqchi edi. Bizdan tashqari toʻrtta ahmoq qizdan. Ustoz toʻrtalamizdan boshqa hamma qoʻl koʻtarganidan xursand boʻldi bizga boʻlsa qovogʻini uyib qaradi-da.
— Sizlarchi? —dedi.
— Biz boʻlajak yuristmiz. — dedim oʻrnimdan turib, magʻrur.
— Tushunarli tanlagan kasbingizga yarasha boʻlinglar. — dedi bizga boshqacha qarab boyagi baqirib gapirganimga ishora qilgan holda.
— Tushunmadim nimaga bunday qarayapsiz? — dedim jahlim chiqib.
— Shunchaki sekinroq gapirishni oʻrganing! — dedi va kuldi. Birinchi bor kuldi.
— Oʻzim bilaman. — dedim va joyimga oʻtirdim. Ustoz hamma bilan tanishib ismimizni soʻray boshladi. Men qovogʻimni uyib derazadan tashqariga qarab oʻtiraverdim. Nihoyat tanishuv tugadi eshik taqillab yana yangi oʻqituvchi kirib keldi.
— Bu yangi tarixchi! — deya shivirlay boshlashdi qizlar. Bunisi ham oldimda oʻtirgan qovoq tumshuqqa oʻxshagan juda jiddiy edi. Ikkalasi ham hayotdan norozi insonlardek qovoq uyib yurishar ekan.
— Hozir tarix darsi ekan-a sizlarga tartibli boʻlasizlar deb oʻylayman har holda doʻstim oldida meni sharmanda qilmassizlar! — dedi Lochinbek ustoz. Nega bu ikkalasi bir xil sovuq desam doʻst ekanlar.
— Tushunarli!. — dedik hammamiz bir ovozdan.
— Starsa menga hammani ism familiyasini yozib olib chiqishsin. — dedi Lochinbek ustoz va chiqib ketdi. Ustoz chiqib ketgach hammamizning koʻzimiz tarix ustoziga qaratildi. Hammamiz oʻrnimizdan turgan holatda turardik bir ogʻiz bizga gapirmadi xonani tekshira boshladi. Va hamma qizlarga qarab chiqdi xijolat boʻlib ketdik uning qarashidan.
— Bir kun ovchilar oʻrmonda tovusni koʻrib qolishibdi shunchalar chiroyli tovus ekanki ovchilar hammasini uni ushlash uchun yoniga yaqinlashishganlarida Tovus sayrabdi uning sayrashidan ovchilar qochib ketgan ekan ovozi shu qadar yoqimsizligidan. Chiroy boʻlgani bilan foydasiz ekanda. — dedi ustoz hammamizga qarab chiqib. Hammamiz yerga qaradik xona rostdan ham betartib edi. — Ikkinchi bor takrorlanmasin bu holat xonaga kirishim bilan birinchi ozodalikni tekshiraman. Oʻtiringlar. — dedi ustoz va oʻzi ham joyiga oʻtirdi. Hammamiz tushundikki biz endi oldingidek ishkal qilib yurolmaymiz.
— Ustoz siz ham hali universitetni tugatmaganmisiz? — dedi Dilnavoz.
— Ha! Tarixdan kim eng yaxshi biladigan? — dedi Ustoz.
— Ustoz oldin oʻzingizni tanishtiring! — dedi Zokir kulib. Ustoz ham ozgina tabassum qildi-da
— Uzr asabiylashganimdan esimdan chiqibdi. Abdulloh ismim.
— Eng yaxshi biladigan Shahzoda. — dedi Husnora meni koʻrsatib sekingina oyogʻini chimchilab oldim.
— Shahzoda sizmi? Oʻzingizni u bu musobaqalarda olimpiadalarda sinab koʻrganmisiz?
— Ha men! Yoʻq bularni menga keragi yoʻq men universitetga kirsam boʻldi. — dedim oʻrnimdan turib.
— Hozir sizni gapingiz bugun qornim toʻysa bas ertagani keyin oʻylayman degandek boʻldi. Harakat qilish kerak hayot kurashdan iborat. Bir soat kitob oʻqimay boʻsh qolganingizda darrov oʻylang mening raqibim hozir kitob oʻqimoqda mendan oʻzib ketmoqda deng. Bitta siz topshiradigan oʻringa oʻttizta odam davogarlik qiladi. — deya vaysab boshladi. Uning shu gaplaridan sinf zerikishni boshladi. Hamma oʻzaro suhbatni boshlab yubordi. Ustoz boʻlsa sochlari tikka boʻlib hammamizga jim qarab oʻtiraverdi. Hech kim jim boʻlmas hammasi oʻzaro suhbatda.
— Ozgina kelishganligini aytmaganda. Ustoz rostdan ham tarixdan qolgan odamga oʻxsharkan gaplaridan. — dedi Husnora meni turtib uning gapidan piq etib kulib yubordim. Ustoz yana ham sochlari tikka boʻlib menga qaradi. Qoʻli musht boʻlib tugildi va mushti bilan stolga qattiq urdi hamma qotib qolgandi adashmasam qoʻrqganlaridan nafas olishni ham unutishgan boʻlsa kerak oʻzim ham turgan joyimda qaltirab ketdim qoʻrqganimdan.
— Zahiriddin Muhammad Bobur oʻn ikki yoshida taxtga oʻtirgan oʻn ikki yoshida qirollikni boshqargan sizlar undan nechi yosh kattasizlar haligacha oʻzingizni boshqarishni bilmaysizlar. — dedi Ustoz gʻazab bilan.
— Boshqa qaytarilmaydi! — dedi Hamma.
— Shahzoda oʻzingizni unutib qoʻymadingizmi? Starsa ham shunday boʻladimi? Uyalsangiz boʻlardi. — dedi u menga yov qarash qilib yigʻlab yuboray dedim hech nima demasdan jim turdim. Xayriyat bizga ajratilgan vaqt ham tugadi.
— Tanishuv darsimiz esda qolarli boʻldi aziz oʻquvchilar, Shahzodaxon! — dedi u menga ginali qarab va chiqib ketdi u chiqishi bilan joyimga oʻtirib yigʻlab yubordim.
— Shahzoda shu qurimsoqni gapiga ham yigʻlaysanmi? — dedi Dilnavoz meni quchib.
— Shahzoda yigʻlama koʻpga bormaydi oʻzimiz haydab yuboramiz bu ikkala kekkaygan tartiblini! — dedi Zokir oldimga kelib.
Shu kungi darslarimiz ham rasvo oʻtdi. Xafa boʻlib uyga qaytdim kundaligimni olib bugungi kunni ham yozib qoʻya boshladim. Endi yozib tugatganimda begona raqamdan telefon boʻldi. Qiziqqonligim sabab, begona raqam boʻlsa, olib yigit kishi boʻlsa mazza qilib soʻkib olardim.
— Assalomu alaykum uzur kim bu? — dedim aqlli qizlardek.
— Begona raqam boʻlsa xursand javob berar ekansan, qoyil qolmadim. Ertaga mening qoʻlimda kim qaysi fanlardan tayyorlanmoqda kim qaysi universitetga topshiradi guruhdagi hammaning maʼlumoti boʻlishi kerak.
Bu qurimsoq Lochinbek edi.
— Sizga nima? Avvalo hurmatimni qilib gapiring men sizni ishlaringizni qilib beradigan yugurdak emasman. Hozir maktabda emas ekanmiz men ham ichimdagini aytib olay. Oʻzi mendan besh yosh katta boʻlsangiz nimangizga oʻzingizdan ketasiz? Siz ham mendek oddiy insonsiz oʻzingizni podshodek tutmang dars oʻtayotgan boʻlsangiz haqqingizni olyapsiz xopmi? — dedim men ham oʻzidek muomila qilib.
— Bezbetligingni bilardim. Ertaga darsda yuzimga qanday qarashingni oʻyla. Aytganlarim esingdan chiqmasin.
U telefonni oʻchirdi meni gapirishga ham qoʻymadi. Soʻz boyligimdagi shirin shirin soʻzlar bilan yaxshigina qargʻadim. Keyin hammaga bitta-bitta telefon qilib chiqa boshladim maʼlumotlarini olib. soat oʻn birgacha hammani maʼlumotini yigʻib oʻn ikki yarimgacha yozdim. Va maʼlumotlarni yuziga otib ertaga starsalikdan boʻshayman deb qoʻydim va uxlab qolibman. Ertalab turganimda soat yetti yarim baqirib oʻrnimdan turdim maʼlumotlarni yozaman deb kech yotganim sabab uxlab qolibman xonamdan kiyimlarimni yugurib kiyar ekanman ba’zan baqirib Lochinbekni soʻkib qoʻyardim.
— Nimaga baqirasan Shahzoda? — deya onam kirib keldilar.
— Kech qoldim ona yangi oʻqituvchi kelgandi bugun birinchi darsimiz oʻsha qurumsoqni darsi. Rahbarlar tarbiyaviy soat. — deya baqirdim onam biroz qarab turdilarda kulib yubordilar.
— Qizim sizlarni guruhingizga kelgan oʻqituvchilar davleniya boʻlib ketishadi. Nonushta qilmaguncha hech qayerga ketmaysan. — dedi onam va chiqib ketdilar kech qolayotganimda nonushta qilish koʻngilga sigʻarmidi, ayniqsa, bu “Tartibli”ning darsida. Onamga yoʻq deya olmasdim. Shoshilib nonushtamni qildim-u sumkamni olib maktabga yugurdim qancha tez yursam ham yoʻl yaqinlashish oʻrniga yana ham uzoqlashayotgandek edi. Sinf oldida to’xtadim biroz quloq soldim va soatga qaradim oʻn yetti daqiqa kech qolibman. Jonimni olmas kech qolganim uchun deya xonaga kirdim.
— Assalomu alaykum kirish mumkinmi? — dedim boshimni egib.
— Va alaykum assalom kirib boʻlding! — dedi u bezbetlarcha keyin unga qaradim.
U bugun boshqacha edi oq kastyum va qora shim kiygan galtuklar taqqandi, deyarli sinfdagi hamma qizlarning koʻzi unda edi.
— Uzr boshqa takrorlanmidi! — dedim biroz jim turib. U ozroq kuldi va hammaga qarab.
— Birinchi marta Shahzodani kechiramizmi? — dedi. Yigitlar hammasi “Ha" — deya javob qaytarishdi meni yoqtirmaydigan uchta qizdan tashqari.
— Agar kechagi maʼlumotlarni olib kelgan boʻlsangiz oʻtiring. — dedi Lochinbek ustoz menga qarab. Xursand oldiga bordim yozgan listimni qoʻliga tutqazdim va oʻzimni magʻrur tutib.
— Endi men starsa boʻlmayman boshqa birov boʻlsa boʻlaversin". — dedim va sekin joyimga oʻtirib oʻtirdim u menga nima deding ham degani yoʻq hammani maʼlumotlarini oʻqib chiqa boshladi. Asabiylashardim meni nazarga ilmadi deya. Hammasini oʻqib chiqqach u menga qaradi.
— Starsa boʻlasiz deya sizni boshida majburlashganmi? — dedi menga jiddiy qarab.
— Yoʻq!
— Unda bir ishni zimmangizga olgandan keyin oxiriga yetkazib qoʻying hurmatli Shahzodaxon. Oxirgi darslardan qochib repititorga ketishni ham toʻxtatasiz. Bu hammangizga tegishli. — dedi u hammamizga qarab. Gapirmadim hech kim gapira olgani ham yoʻq chunki hamma oxirgi darslarga qolmasdi.
— Ustoz menda savol bor! — dedi Javohir qoʻlini koʻtarib eng tartibli yigit sinifimizdagi.
— Marhamat!
— Bir ham qachondir dars oʻtamizmi-a ustoz? Bizga darsga kiradigan oʻqituvchilar doim oʻzining hayotini aytib beradi yoki qandaydir tartib intimoz haqida gapiradi. Qachon oʻquvchilardek dars oʻtamiz biz ham! Maktabimizdagi ba’zi bir oʻqituvchilar hech nimani bilmaydi. Oldingi ingliz tilichi ustozga oddiy zamon haqida savol bergandim bilmadi. — dedi Javohir. Haqiqatdan ham bizga kirgan oʻqituvchilar doim tartib haqida gapirib chiqib ketishardi oʻzimiz ham juda aqlli emasdikda keragi yoʻq darslar deya oʻqituvchini gapirishga qoʻymasdik.
— Aybni oʻqituvchilardan qidirmasdan oʻzimizga ham bir qarab qoʻyaylik! Qaysi oʻqituvchi darsga kirib sizlarga boshqa narsalar haqida gapirsa darsini oʻtmasdan sekin meni oldimga chiqasizlar oʻzim gaplashaman. Ingliz tili tayyorlanayotganlarga men yordam beraman tarixdan Abdulloh ustozingiz zoʻr biladi univeristetga ham birinchi grandga kirgan. Ona tili va matematika tayyorlanadiganlarga repititordan bosh vaqtingizga men yana pulsiz tayyorlanishingizga sharoit qilib beraman.
Ustoz shunday gapirdiki hammamiz qandaydir energiya olgandek boʻldi. Gapini tugatgach yana menga qaradi.
— Shahzoda oʻqituvchilar xonasida Abdulloh ustozingizni chaqirib chiqing sizlar bilan oʻtiradi. Men universitetga oʻtib kelishim kerak.
Istamaygina oʻrnimdan turtib bitta bitta qoʻpoldan qutilaman desam undan battariga roʻpara boʻlayotgandim.
"Ey Allohim oʻsha sovuqni eson omon chaqirib kelay deya oʻqituvchilar xonasiga kirdim. Ne koʻz bilan koʻrayki, tartibli Abdulloh ustozimiz yangi kelgan ona tili ustozimiz bilan kulib gaplashib oʻtirishibdi meni koʻrishlari bilan ikkalasi ham jiddiy boʻlib, jim qolishdi. Oʻzim ham biroz xijolat boʻlib qoldim eshikni taqillatib kirsam boʻlarkan, ammo, eshik oʻzi ochiq edi toʻgʻri kirib kelavergandim.
— Ovoz chiqarib kelish kerak! — dedi Abdulloh ustoz menga ozroq jahl aralash. Ona tili ustozimiz ismi ham gʻalati edi Tursunoy. Adashib qoʻyishgan ismini Tupurdixon qo’yishlari kerak edi.
— Ha endi oʻquvchilar ham bosar-tusarini bilmay qolgan" — dedi Tursunoy ustoz menga boshdan oyoq mensimagandek qarab va labini burib deraza tomonga qarab oldi, xuddi xonada qarab boʻlmaydigan jirkanch narsa turgandek gʻazabdan yonib ketay dedim.
— Bu yer maktab ustoz.. Uyalsangiz boʻlardi. — dedim Tursunoy ustozga oʻta yomon nigoh bilan qaragancha u gapirmasidan Abdulloh ustozga qarab gapirdim. —Abdulloh ustoz sizni Lochinbek ustoz chaqirdilar tez chiqarkansiz. — dedim-u tezda xonadan chiqdim jahlim chiqardi hozir borib oʻsha Tupurdixonni sochini yulib ustiga chiqib olib yuzini bejab tashlagim kelardi tishimni tishimga qoʻyib, xonamizga kirdim. Ustozga qaramasdan zarda qilib, joyimga oʻtirib oldim, Lochinbek ustoz ham hayron, hammaning koʻzi menda edi.
— Nimadir boʻldimi? — dedi Husnora sekin.
— Dard boʻldi balo boʻldi — deya Husnoraga qarab baqirib yubordim hamma choʻchib sakrab tushdi.
— Shahzoda oʻzingni bosib ol! Nima boʻldi kimdir gapirdimi, men gaplashaman. — dedi Lochinbek ustoz. Endi ogʻiz juftlab gapiraman deganimda, Abdulloh ustoz kirib keldi hamma oʻrnidan turib salomlashdi men joyimdan qoʻzgʻalganim ham yoʻq jiddiy boʻlib doskaga qarab oʻtirib oldim. Lochinbek ustoz menga qarab qoʻyib nimanidir tushundi shekilli oʻrnimdan turmaganim uchun hech nima demadi.
— Abdulloh sen qarab tur. Men universitetga oʻtib kelaman. — dedi Lochinbek ustoz va chiqib ketdi. Abdulloh xonani koʻzdan kechirdi xona toza edi jim joyiga oʻtirdi.
— Qiladigan darsilar boʻlsa qilib turaveringlar. Shahzoda siz menga roʻyxatni topshirmadingiz. — dedi Abdulloh.
— Men roʻyxat yozmayman Husnora yozadi. — dedim. Gaplarim xuddi Abdulloh ustozni gʻajib tashlashga tayyordek chiqardi, Hamma hayrat bilan menga qarar. Abdulloh ustozni yuzida kulgi hech nima demasdan kulib qoʻyib Husnoradan yozib berishini soʻradi. Husnora, Odina , Dilnavoz dars tugashini intiqlik bilan kutishar nima boʻlganini soʻrash uchun yorilib ketgudek boʻlib oʻtirishardi. Qolganlar ham ulardan kam emasdi ayniqsa Zokir.
Dars tugashi bilan Abdulloh ustoz chiqib ketdi. Hamma gʻuv qilib oldimga kelib atrofimni oʻrab olishdi. —Nima boʻldi? Nega bunday muomila qilding? — Shunga oʻxshash savollar yogʻilardi. Gʻazabdan " Stooop" deya baqirdim hamma jagʻini yumdi.
— Abdullohjonbek ustozimizni Tursunoy ustoz bilan gaplashib oʻtirganida kirib qoldim. Boʻldimi? Jim boʻlinglar — deya baqirdim hammasi jim boʻldi. Faqat meni yoqtirmaydigan bir ikkita qiz yana Madina , Gulchehra, Sarvinoz uchalasi kesatib gapirishni uddalashdi. “Buncha oʻzidan ketmasa” dedi oralaridan Gulchehra labini burib. Oʻzimni bosib turdim eshitmaganga olib “ Tugʻri aytasan doim yosh oʻqituvchilarga oʻralashib yuradi” dedi Madina. Bunisi oshib tushgandi chuqur nafas oldimda doska oldidagi doska tozalaydiganni oldim shahdam qadamlar bilan Madinani oldiga bordim va doska tozalaydigan bilan yuziga urdim. Yuzi oppoq boʻlib qoldi.
— Oʻylab gapir hopmi? Oʻrgildim sendagi ibolidan mana senga tekin pardoz, biram oppoq qizsaney — dedim ustidan kulib hamma birdaniga kulib yuborishdi. Madina yigʻlab yubordi Gulchehra va Sarvinoz meni yoqamdan ushlashdi Husnora, Odina va Dilnavoz ham kelib endi bollardan battar urishishga tayyor turganimizda yana qora Qargʻa boʻlib Abdulloh ustoz kirib keldi. Bizni koʻrib yugurib kelib oʻrtamizga turib oldi.
— Bu nima ahvol? — deya baqirib gapirdi Abdulloh qoʻrqqanimdan qoʻlimdagi doska tozalaydiganni Abdullohning tuflisiga tashlab yubordim. Asabiylashganida peshonasiga qoʻli bilan urdi va yonidagi Madinaga qaradi. Madina toʻxtamay yigʻlab turardi bir hamma ustidan kulganiga yigʻlasa bir ustozni oldida uyatli boʻlgandi. Abdulloh unga qarab turib choʻntagidan dastroʻmolni chiqarib yuzini artdi hamma hayratda unga qaradi.
— Borib yuzingizni yuvib keling. Sarvinoz siz yonida birga chiqing — dedi Abdulloh. Navbat menga yetdi menga qaradida
— Siz bilan alohida gaplashamiz hurmatli Shahzodaxon direktor xonasiga yuring men bilan. — dedi jim hech nima demasdan xonadan chiqdim
— Xozir Onatili oʻqituvchingiz keladi. Hamma oʻz joyiga. — Dedi boshqalarga qarab. Men jim direktor xonasiga yurib borardim orqamda u kelardi xuddi ustimdan kulib kelayotgandek tuyulardi. Direktor xonasiga ozgina qolganda aylanib unga qaradim kutganimdek u kulib kelayotgandi.
— Nimaaa?
Deya baqirdim unga... U yana ham kuldi.
— Shunchaki, qizlar urushu boshqacha boʻlar ekan. — dedi va yana kula boshladi.
— Qiz va yigit urushi ham boshqacha boʻladi. Buni oʻzingizda sinab koʻrishingiz mumkin. — dedim. Uning yuzi jiddiylashdi.
— Ichkariga kiring siz oʻqituvchi bilan qanday gaplashishni , maktabda oʻzingizni qanday tutishni unutib qoʻyibsiz. — dedi unga gapirishni foydasi yoʻqligini tushundim. Qoʻrquv bilan direktor xonasiga kirdim ortimda u ham kirdi. Direktorimiz ayol kishi edi rosa ham maydakash, zerikarli oʻn minut gaplashgan odam oʻzini-oʻzi osvoraman deydigan edi.
— Tinchlikmi? Shahzoda. — dedi Direktorimiz koʻz oynagini sekin tushirib menga boshdan oyoq qaragancha. Men jim turdim oʻrnimga Abdulloh gapirdi.
— Maktabdagi ichki qonun qoidalarini starsamiz unutib qoʻyibdilar. Qizlar bilan yigʻilib olib urushayotgan ekanlar ajratib oldim bir amallab. Oʻqituvchi bilan qanday muomala qilishni ham esdan chiqaribdilar yoki bizni yosh boʻlganimizga shunday qilishyaptimi bilmadim oʻzingiz tushuntirib qoʻying. — dedi Abdulloh va chiqib ketdi. Endi direktorimizning koʻzlari menga qaratildi dir-dir titrab turardim.
— Bu nimasi? Siz maktabimiz faol oʻquvchilaridansiz umidimiz katta sizdan. Dadangiz har kun telefon qilib oʻqishingizni soʻraydi! Endi bu nimasi? Sizga qanday chora koʻraman qizim. — Direktor shunday jonini jabborga berib gapirardilar-ku yigʻlab yuboray dedim.
— Boshqa qaytarilmaydi! — dedim oʻzimda kuch topib.
— Darsdan keyin qolib Xona tozalaysiz. Shaxsan oʻzim nazorat qilaman.
— Hop! — dedim tishimni tishimga qoʻyib bugun ingliz tilidan imtixonim bor Ieltsdan test boʻladi. Ichimda Abdulloh va Madinani qargʻab, baxti toʻkis boʻlsin, deya yaxshilab soʻkdim. Birozdan keyin qargʻash gunoh deya jim boʻlib, xonamizga chiqdim. Xonada Tursunoy va Abdulloh dars oʻtishmoqda nega faqat shu ikkala bashari sovuq bizga dars oʻtisharkan deya hafsala bilan kirdim.
— Qayerlarda yuribsiz Shahzoda! — dedi Tursunoy menga boshdan oyoq qarab.
— Direktor oldidan keldi. Joyingizga oʻtiring! — dedi Abdulloh. Ikkalasining ham yuziga qaramadim joyimga oʻtirdim xonada shivir-shivir hammasi meni ustimdan nimalarnidir gaplashib oʻtirishgandi. Stolga boshimni qoʻyib koʻzlarimni yumib oldim Odina sekin qulogʻimga gapirdi.
— Ahvoling yaxshimi Shahzoda? — dedi sekin. Mening ahvolin shu qadar achinarli tuyildimi yoki yaqin dugonam boʻlgani uchun shunday dedimikin bilmadim.
— Yaxshiman. — dedim boshqa gapirmadim. Koʻp oʻtmay darsdan chiqdik ham. Shu holatda oʻtiraverdim. Undan keyin Geometriya keyin, rus tili darsi boʻldi bu darslarda ham hech nima demasdan oʻtiraverdim, hamma hayron edi. nihoyat soʻngi dars Biologiya edi. Dars boshlanib oʻn minutcha vaqt oʻtdi. Yana sovuq basharasi bilan Abdulloh kirib keldi.
— Biologiya oʻqituvchingiz mazasi qochib ruxsat olib ketibdi. Darsingizni qilib oʻtiraveringlar.
Dedi va joyiga oʻtirdi qarshimda menga qarab oʻtirardi uni xonada yoʻqdek tasavvur qilib Tarixdan testlarim bor edi ishlab oʻtirdim. Abdullohning koʻzi ham teslarda edi.
— Xato qilding usha savolni javobini. — dedi Abdulloh. Nima deding ham demasdan testimni yigʻishtirib olib sumkamga soldim. U ham menga qaramasdan Zokir bilan gaplasha boshladi dars tugashiga besh minut qolganda Lochinbek ustoz kirib keldilar.
— Hammasi joyidami? — dedilar shoshib kirib va boʻynidan galstugini yechib olib choʻntagiga solib qoʻydi.
— Hammasi joyida oʻquvchilaring judaaa odobli ekan bir nechtasini aytmaganda. — dedi Abdulloh Lochinbekga. Ustoz kulib qoʻydi.
— Meni gapim bor edi sizga ustoz! — deya Madina qoʻl koʻtardi.
— Gapiring!
— Shahzoda bilan gaplashib qoʻymaysizmi? Bugun mening yuzimga Doska tozalaydiganni otdi. — dedi koʻziga yosh olib. Shu yerni oʻzidayoq uni majagʻlab tashlagim keldi.
— Shahzoda shu rostmi? — dedi Lochinbek menga jiddiy qarab, ikkala qoʻlini Stol ustiga qoʻyib. Men gapirmadim sukut saqladim. Mendan sado chiqmagach Lochinbek qaddini tik tutib turdi.
— Bu uchun Shahzoda jazosini oladi. — dedi Lochinbek Madinaga qarab. Madina mamnun joyiga oʻtirdi.
— Ustoz Madinani oʻzida edi ayb. — dedi Husnora oʻrnimdan turib.
— sizni muommoyingiz emas joyingizga oʻtiring. — dedi Lochinbek. Chiqish uchun qoʻngʻiroq chalindi. Hamma narsalarini yigʻishtira boshladi mendan tashqari qizlarga ketaverishlarini aytdim. Hamma chiqib ketgach Lochinbek va Abdulloh qoldi.
— Mayli men ham boray. — dedi Abdulloh va menga kulib qarab qoʻyib chiqib ketdi. Xonada ikkalamiz qoldik. Men yerga qarab jim oʻtirdim. Lochinbek sekin joyiga oʻtirdi.
— Bu nima ahvol Shahzoda men sizni tartibli qiz oʻylardim. — dedi mendan koʻzini uzmasdan. Nega nohaq hap eshitishim kerak deya gapirishga tushdim.
— Siz Abdulloh ustozni chaqirish uchun yuborganingizda ustozni Tursunoy ustoz bilan opoq-chapoq boʻlib gaplashib oʻtirishgan payti kirib qoldim eshik oʻzi ochiq turgan ekan oʻshandan keyin boshlandi hammasi. Madinaga kelsak meni haqorat qildi, “yosh oʻqituvchilarga osilib yuradi”, deb shunga yarasha javobini oldi. — dedim men ham unga tik boqib.
— Tushunarli. Lekin Abdulloh bilan ham gaplashaman endi ketishing mumkin!
— Abdullohxon direktor oldiga olib chiqganlar xona tozalashim kerak. — deya oʻrnimdan turib supurgi va boshqa narsalarni olib kela boshladim.
— Abdulloh oʻzi senga yordamlashadi! — dedi Lochinbek men gapirmasimdan xonadan chiqib ketdi. Biroz oʻtib Abdulloh kirib keldi. menga gapirmasdan jim stollarni chetorqqa surib stullarni stolni ustiga olib qoʻya boshladi hayratda edim menga yordam bermoqchimi? Deya Lochinbek boʻlsa biroz qarab turdiyu joyiga oʻtirib nimalarnidir yozdi. Xonani supurib boʻlgacha ketmoqchi edim Abdulloh toʻxtatdi.
— Yuvib ham ol. Suvni olib kelib beraman oʻzim. — dedi va paqirni koʻtarib chiqib ketdi. Bu tartibli janobning tabi nozik yuvib ham olish kerak yuvib olganimdan keyin changlarni tozalab chiqasan desa ham hayron qolmayman. Abdulloh bilan ham yaxshi muomala bilan gaplashsa boʻlarkan ancha chiqishib oldim yoki Lochinbekni yonida oʻzini shunday tutmoqda yoki rostdan ham muomalasi yaxshi. Xonani yuvib ham chiqdik.
— Endi ketishim kerak repititorga ham borishim kerak! — dedim Abdullohga.
— Oʻzimiz tashlab qoʻyamiz. — dedi Lochinbek.
— Rahmat dadam olib borib qoʻyadilar. — dedim va boshqa gapirmadim sumkamni oldim-u darrov xonadan chiqdim endi xonadan chiqishimga Direktorimiz kelayotgan ekan men xonani tozaladimmi, yoʻqmi shuni tekshirish uchun kelayotgani aniq.
— Xona tozalandimi? — dedi menga qarab.
— Ha tozaladim.
— Tartibli boʻling siz haqingizda yomon gap eshitib oʻrganmaganmiz! — dedi direktor va xonaga qarab ham qoʻymasdan ortiga qaytib ketdi. Lochinbek va Abdullohning baqirib kulgani va gaplashayotganini eshitdim qiziqqonligim tutib eshikga yaqinroq borib turdim.
— Lochin shu qizni shunaqangi urub oʻldirib qoʻygim kelmoqda. Nega meni unga yordam ber deb iltimos qilding oʻzi! Xuddi yonimda amerikadagi musr idishlar yonida yashaydigan odam bilan birga yurgandek his qildim oʻzimni " — dedi Abdulloh. Baqirib yigʻlab yubormaslik uchun qoʻlimni ogʻzimga qoʻydim. Koʻzimdan yoshlar oqa boshladi.
— Nima qilay oʻzim yordam bersam notoʻgʻri tushunardi. Oʻzim ham bir amallab chidab turubman shu qizga bir aqlini kiritib qoʻyardim-u yoshda hali. Chidaymizda oʻqishni tugatishim bilan shu maktabdan ketaman koreysda magistrni davom etaman. — dedi Lochinbek. Abdulloh yana gapirishga tushdi ammo eshitishga kuchim yetmadi. Bir amallab maktabdan chiqib oldim taksiga oʻtirib uyga keldim repititorga ham borgim kelmadi. Yigʻlab-yigʻlab uxlab qoldim. Abdulloh meni shunday jirkanch tasvirlagandiki, buni hazm qilib boʻlmasdi.
Odam ich ichidan siqilaversa kasal boʻlib qolarkan hech nima yeyolmas tamogʻidan suv oʻtmaskan. Ikki kun xondam chiqmay faqat isitmalab yotdim dadam va onam xayron edilar tuppa-tuzuk yurgan qizlari toʻsatdan kasal boʻlib qolsaya. Ikki kun telefonimni ham yoqmagandim. Husnora uyga kelib ketdi unga hammasi yaxshi ekanligini qizlarga aytishini iltimos qildim boshqalarga boʻlsa mazasi yoʻq ekan deb qoʻyaver degandim. Uchinchi kun ozgina oʻzimga kelgandek boʻldim baribir koʻzlarimda qandaydir soʻlgʻinlik bor edi. Xonamdan chiqdim havo insonga juda yoqadigan mayin shabada daraxtlardagi qushlarning shabadaga mos chugʻurlashi eshitilib turardi. Onam yonlariga chiqib nonushta qildim. Hali erta edi shoshilmasdan darsga yoʻl oldim. Aniq vaqt endi dars boshlanishiga qoʻngʻiroq chalinganida xonaga kirdim kimyo darsi edi. Hammaning koʻzi menga qadalgan. Yaqinlarim bilan salomlashdim, boshqalarga shunchaki " Salom" deyish bilan cheklandim.
— Lochinbek ustoz qattiq urishgan shekilli ikki kun darsga kelolmadi. — dedi Madina shivirlab. Gaplarini eshitsamda eshitmaganga oldim jim boʻlish ma’qul koʻrdim. Kimyo oʻqituvchimiz kirib keldilar biz bilan salomlashib endi joylariga oʻtirganlarida Lochin kirib keldi.
— Davomat yaxshimi? Tekshiruv bor tanaffusda xonaga va formaga qarab qoʻyasizlar bundan keyin mening darsim-a? — dedi, hammaga qarab. Keyin koʻzi menga tushdi qaradi-yu boshqa tomonga qarab yana aylanib menga qaradi koʻzlariga ishonmadi shekilli men ekanligimga.
— Starsamiz tirik ekan-ku! — dedi kesatibgina menga qarab. Gapirmadim unga qarab ham qoʻymadim hech nima boʻlmagandek daftar kitobimni oldim.
— Uzr ustoz darsingizni boʻldim. — dedi Kimyo ustoziga qarab va chiqib ketdi.
— Sizlarga nima boʻldi Shahzoda? — dedi Odina sekin qulogʻimga.
— Hech nima Odina keyinroq gaplashamiz eslatma. — dedim. Eslashni xohlamasdim. Odina ham bilardi, agar juda yomon muommo boʻlgan boʻlsa, oʻzim aytishimni kutishi, kerak, qachon yengil tortsam oʻshanda aytardim.
Kimyo darsi nihoyat tugadi men Molekulalar qandaydir zarrachalar deyishlarini umuman tushunmayman ustozimiz hayot molekula deydilarmiyey, yoki qandaydir jadvalni yodlatadilarmi, qancha oʻqisam ham shu fanni tushunmasdim. Ikkinchi dars uchun qoʻngʻiroq chalindi “Buyuk” ustozimiz Lochinbekni darsi, “ingliz tili” shu fanni qancha yaxshi koʻrsam doim durust oʻqituvchi kelmaydi. Lochinbekni bilimi boʻlgani bilan oʻzi bir dordan qochgan, koʻzimga shunday yomon koʻrinib qoldiki, anavi Shillanka Abdullohniku aytmay.
— Dars qalay boʻldi? — deya kirib keldi Lochinbek. Qoʻllarida oq listlar bor edi. Joyiga oʻtirmasdan hammaga tarqatib chiqdi.
— Qani boshladik oʻn minut vaqt juda oson ingliz tilini endi oʻrganib boshlaydiganlar oʻtadigan mavzular. — dedi Lochinbek va joyiga oʻtirdi. Hamma tipirchilab qolib test ishlashga tushib ketdi ingliz tilini tayyorlanadiganlar uchun bu hech nima emasdi. Bilmaydiganlar boʻlsa shivirlab bizdan soʻrashar, test qandaydir qizgʻin edi. Lochin bizni oʻzgacha zavq bilan kuzatardi. Hammadan oldin biz toʻrtala dugona tugatdik.
— Boʻldi vaqt tugadi. Shahzoda testlarni yigʻib chiqing. — Men unga hech nima demadim Husnorani turtdim. U hammasini tushunib darrov turib testni yigʻishga tushdi. Lochin menga shunday qaradiki, sovuq ter bosdi. Yerga qarab oldim. Bir pasda Husnora testlarni yigʻib chiqdi. Lochin tesrlarni aralashtirib tashlab yana oʻzimizga qaytardi. Menga Madina bilan yuradigan Sarvinozniki tushdi, meniki oʻshalardan hech biriga tushmagan boʻlsin deb qoʻydim ichimda.
— Men javoblarni aytaman doʻstim yoki dushmanim demasdan aniq javoblarni toʻgʻri yoki notoʻgʻri shunday belgilab chiqing! — dedi Lochin va javoblarni biri-ketin ayta boshladi 20 ta testdan sarvinoz 12 tasini toʻgʻri yechibdi. Repetitorga nima uchun boradi bu bilmayman. Ikki yildan beri oʻyin kulgi uchun borsa kerak.
— Hamma oʻrnidan turub " Menda buniki 20 tadan bunchasi toʻgʻri!" deb aytadi qani ketdik ... Eng koʻp ishlaganki 16 -15 ta edi Meniki chiqmasdi, ichim qizib kutardim, nihoyat Madina turib Shahzodaniki 20 ta dedi va ensasini qotirib oʻtirdi. Husnora, Odina va Dilnavoz ularniki teng 19 tadan chiqdi. Xullas eng koʻp ishlagan biz boʻldik.
— Tabrikliman qizlar! — dedi Lochin bizga.
— Rahmat! — dedik birgalikda.
— Birovdan koʻchirgan oʻzi bunchalik ishlolmasdi! — dedi Madina oʻrnidan turib.
— Ishlolmaganing alam qildimi? Qayerdandir kuygan hid kelgandek boʻlayotgandi oʻzi, sen ekansanda?! — dedim unga qaramasdan.
— Shahzoda sinfdoshlaringiz oʻzingiz ishlaganingizga ishonishmadi. Har bitta savolni tushuntirib javoblaringiz toʻgʻri ekanini isbotlab bering.
Lochinbekga yov qarash qilib oʻrnimdan turdim va savollarni asoslab javoblarini ayta boshladim hammasi jim. Testni tugatgach Madinaga qaradim.
— Ichi qoraning ishi yurishmagan. — dedim va joyimga oʻtirdim.
— Yaxshilik gʻolib boʻladi Shahzooo men sen tarafman. — deya oxirda oʻtirib baqirdi Zokir.
— Dars ham tugab qolibdi. Keyingi darsimiz juma kuni ekan universitetdagidek dars boʻladi. Bugun testda yaxshi natija olganlar Keyingi darsga tayyorlanasizlar, Husnora men bilan bogʻlanasiz bugundan siz starsa boʻlasiz! — dedi Lochin mendan koʻzini uzmasdan Husnoraga gapirdi, bir yengil tortdim.
— Ustoz men! Shahzoda starsaku! — dedi Husnora duduqlanib. Oyogʻiga sekin tepib qoʻydim.
— Endi siz boʻlasiz Shahzoda mas’ulyatsiz boʻlib ketdi. — dedi menga qarab ensasini qotirib.
— Oʻrgildim mas’uloyatdan. — dedim sekin ammo buni Lochin eshitadigan darajada aytgandim.
— Shahzodaxon bugundan oʻquv markazingizdagi Ielts topshiradiganlardan bir oylik imtihonni men olaman nimalarni bilarkansiz oʻqituvchilarni nazarga ilmaydigan darajada shuni bilib olamiz. — dedi Lochin zaharhandalik bilan.
— Himmatingizni cheki yoʻq. — negadir Lochinga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzidek muomala qila boshladim, endi Abdulloh bilan qanday gaplashar ekanman bilmayman. Bitta qurimsoqnikidan keyin Oʻzbekiston tarixi Abdulloh kiradi. Oʻzimni ruhan u bilan oʻzidek muomila qilishga tayyorlay boshladim yana ifloslik qilib meni direktor oldiga olib tushishdan ham qaytmaydigan ahmoq bilan oʻzidek muomala qilishga ham qoʻrqadi kishi.
— Assalomu alaykum! Uzr ozgina ushlanib qoldim. — deya kitoblar va listlar koʼtarib Abdulloh kirib keldi. Hamma listni koʻrib yana testmi deya shivirlab uf tortishdi.
— Hech qanaqa test emas. — dedi Abdulloh. U ham Lochindek menga qaradi aniqrogʻi hayrat bilan men unga javoban jilmaydim u boʻlsa gʻalati boʻldi xuddi oʻzini tok urgandek tutdi va joyiga oʻtirdi.
— Bugungi mavzuni kimdan soʻrashni boshlaymiz. — dedi Abdulloh jurnalni ochib.
— Dars qoldirganlardan soʻrang ustoz! — dedi Madina oʻrnidan turib nozlanibgina.
— Haqiqatdan ham, Shahzoda, Odina va Shokir doskaga chiqinglar. Bugungi mavzuni uchga boʻlib gapirib berasizlar. — dedi, Abdulloh hammaga gapiryapti—yu koʻzi menda. Hech qanday e’tirozsiz doskaga chiqdim ortimdan Odina ham. Biz bu mavzularni allaqachon oʻrganib olgandik. Odina ikkalamiz qiynalmasdan gapirdik. Abdulloh atayin menga qiyin savollar berar, men ham bilsamda biroz oʻylanib qolib javob berardim. Shokir bechora Tarix fanining T harfini ham bilmasdi, bechora gapiraman deb terga botib ketdi. Abdulloh uning qiynalib gapirishidan charchab keyingi darsga tayyorlanib kelishini ta’kidlab joyiga oʻtirgizdi. Men ham joyimga oʻtirganimdan keyin sekin ortimga aylanib Madinaga ustidan kulgandek qarab qoʻydim.
— Shahzoda kelmagan darsingiz uchun qoldirilgan dars ishlanmasi qilasiz! — dedi Badulloh toʻsatdan.
— Biz universitetda emasmiz ustoz.
— Bu mening talabim men shunday dars oʻtaman. Xohlamasangiz umuman darsimga kirmang. — dedi u surbetlarcha.
— Kiraman deb oʻlib turibmanda.
Abdullohning yuzi qizarib ketdi, endi gapirish uchun ogʻiz juftlaganida Lochin kirib keldi tez majlisga chiqinglar deya. Hamma chiqqan atayin oxirda chiqdim Abdulloh menga oʻljasiga tashlanmoqchi boʻlayotgan sherdek qarab turardi.
— Insonni qandaydir musurga tenglashtirishni Alloh oʻzi jazosini bersin! — dedim. Hamma chiqib ketgach xonada Lochin va Abdulloh bor edi. Ikkalasining ham koʻzlari katta katta boʻlib ochildi.
— Sen!? — dedi Abdulloh.
— Devorning ham qulogʻi bor ustoz. — dedim Lochinga qarab oldilaridan viqor bilan oʻtib ketdim ikkalasi ham bir-biriga qarab qolishdi ular ustidan birinchi gʻalabam.
Majlisda direktorimiz tinmay davomatni yaxshilang, formaga qarang, yaxshi oʻqing deya gapiraverib ogʻzi ogʻrib ketmadi, uni koʻrib men charchab ketdim, lekin direktorimiz charchamadi. Endi gapini tugatdi deganimda toʻsatdan Abdulloh , Lochin, Tursunoy (Aniqrogʻi Tupurdixonni) larni maqtay boshladi. Nimamish yaxshi dars oʻtishatmish, oʻquvchilar ular dars oʻtishini maqtashganmish, endi faqat yangi oʻqishni tugatayotgan yosh kadrlarni ishga olarmish, bu gaplarni eshitgan yoshi katta oʻqituvchilar bir silkinib Direktorimizga qarab qoʻyishdida, uchalasiga sizlarni yoʻqotamiz deganday qarab turishdi. Majlis tugaguncha oxirgi darsimizning yarmiga ham kelib qolgandi, hech kim oʻtirmasdan uyiga ketdi. Qizlar bilan men ham uyimga ketdim. Oʻquv markazga borishim kerak, u yerda bugundan Lochin ( Aniqrogʻi Sariq Shillanka) test olishini aytgan. Uyga kirib borishimga onam oldimga kulib chiqdilarda, meni quchib yigʻladilar.
— Ona nimaga yigʻlaysiz?! Nima boʻldi?! Dadam bilan urushib qoldingizlarmi?!
Ichimda qandaydir qoʻrquv paydo boʻldi, bir lahzaga hamma narsani unutdim xayolimga onam bilan dadam ajrashadi degan taxmindan boshqa hech nima kelmadi. Chunki oldin ham shunday kulib kelib meni quchib olganlarida Dadam bilan ajrashmoqchi ekanliklarini aytgandilar. Dadam baribir oʻgʻil farzandlik boʻlishini xohlashlarini bilib turardim.
— Nega unday deysan qizim? Seni katta boʻlganingni bilmay qolibman bugun sovchilar keldi! — dedi onam kulib. Qotib qoldim bu qanaqasi? Oʻzim yosh bola boʻlsam, menga sovchi keladimi?
— Onaaa qaysi dordan qochgan sovchi yuboradi hali yosh bolamanku? — dedim jonim halqumimga kelib. Xuddi sovchi keldi degani joningni olgani Azroyil keldi degandek boʻldi.
— Oʻn yettiga kirding yosh bolaliging qolibdimi? Keyin seni hali turmushga bermaymiz xavotir olma. Oʻsha dordan qochgan deganing oʻzing bilan birga oʻquv markazga boradigan yigitdan ekan. Ismi esimda qolmadi. — Kimligini darrov tushundim universitetda oʻqiydigan yigit edi ismi Sanjar. Darsga boray boplab adabini beraman deya darrov kiyinib qizlar bilan oʻquv markazga yoʻl oldim. Xonaga kirishimiz bilan birinchi koʻzim Lochinga keyin Sanjarga tushdi. Ikkalasi ikki dunyo boʻlib menga qarashdi Lochin qanday sovuq chehra bilan kutib olsa Sanjar shunday ochiq chehra mehrli nigoh bilan meni kutib oldi. Ichimda " Tavba " deb qoʻydim aksiga olib menga Sanjarning yonidan joy qolgandi. Nima boʻlsa boʻlar deya yoniga oʻtirdim.
— Salom! — dedi Sanjar kulib.
— Va alaykum assalom akasi yaxshimisiz? — dedim har doimgidek hazil bilan hech nimadan xabarim yoʻqdek.
— Ajoyibsizda! — dedi Sanjar kulib. Mendan katta boʻlsa ham Sanjar deb ba’zida Akasi deb hazil qilib gapirardim.
— Testni boshlaymiz! Bugungi grammatika va Speakingdan test olaman keyingi darsda qolganidan shundan keyin darajangizni bilib olib qattiqroq shugʻullanaman hammaga tushunarlimi? —dedi Lochin.
Hammamiz " Tushunarli" dedik.
— Tushunarlimi? Yoki Understand.
Hammamiz gramatikadan test ishladik ozgina qiynaldim grammatikamda muammo borligini bilardim lekin speakingda hayajon ham boʻlmadi. Oldin gapirishda hayajonlanardim Lochinning oldida oʻzimga ishonchim ortdi. Xuddi unga nimalarga qodir ekanimni koʻrsatib qoʻyish vaqti kelganidek magʻrur gapirdim, oʻzi ham biroz gangib qoldi. Kutmagan sheklli bunday gapirishimni. Kech ham boʻlib ketdi, shom payti oʻquv markazdan chiqdik.
— Qizlar kuzatib qoʻyaymi? — dedi Sanjar kelib. Toʻrtalamiz bitta joyda taksi kutib turganimizda.
— Rahmat oʻzimiz yetib olamiz! — dedi Odina.
— Ex mayli! Shahzoda sizni bir daqiqaga gapim bor edi.
— Gapiravering! — dedim xijolat boʻlib.
— Iltimos noqulay.
Qizlar yonida uyaldi shekilli xo’p deya qizlardan ozgina uzoqlashdik.
— Bugun uyingizga onam borgandilar sizning javobingiz qanday? — Sanjar mendan koʻz uzmay gapirdi. Noqulay ahvolga tushib qoldim-u darrov oʻzimni o’nglab oldim.
— Uyimdagilar nima degan boʻlsa oʻsha boʻladi! Keyin Sanjar akasi men juda yoshman orzularim koʻp maqsadlarim ham hali beri turmushga chiqmiman ungacha siz qari boʻlib qolasiz! — dedim va oʻzimni gapimga kulib yuboray dedim. “Qari boʻlib qolasiz” tavba qanday qilib darrov qari bo’lib qoladi hali yosh-ku ancha.
— Kutaman qancha boʻlsa ham juda qarib ketmayman xavotir olmang! Mayli yaxshi yetib oling! — deya kuldi Sanjar.
Yugurib qizlar yoniga qaytdim va taksi ham keldi taksiga chiqib uyga ketdik. Qizlar mendan oldin tushishardi. Oxirda bitta oʻzim qoldim qorongʻu ham tushub qoldi rosa qoʻrqdim nazarimda taksist meni oʻldirib ketadigandek tuyuldi koʻchamizga kirishim bilan yengil nafas oldim. Taksidan tushib, endi darvozamiz oldiga yetganimda uyimizda ozgina uzoqda Sanjar moshinasida oʻtirganiga koʻzim tushdi. Xayron qoldim uyga oʻylanib kirdim.
— Buncha kech qolding Shahzoda!?
Deya baqirdi dadam. qoʻrib ketdim. Qotib qoldim. Biroz dadamga qarab turib yigʻlab yubordim yuragim tez-tez urar oyoqlarim qaltirab juda qoʻrqardim toʻsatdan dadamning baqirganini kutmaganimgami oʻzimni tutolmay qoldim yigʻlab yubordi.
— Shahzoda tinchlan boʻldi qizim. Nega kech qolding telefoning ham oʻchirilgan. — dedilar dadam yonimga kelib. Keyin ozroq oʻzimga keldim.
— Testda telefonlarimizni olib oʻchirib qoʻyishgan esimdan chiqibdi dada kechiring!
Yigʻlab gapirardim dadam peshonasiga shapatiladilarda.
— boʻldi qizim yigʻlama endi bunday qilma bir oʻlib tirildim. — dedilar peshonamdan oʻpib. Xo’p deya ozroq yengil tortib xonamga kirdim. Xayolim yana oʻsha Sanjarda edi.
Oynaga qaradim yuzim lovullab yonib turgan oʻzimga-oʻzim tushunmasdim. Nega bunchalik hayajonlanayapman? Sanjarni debmi? Yoʻq-yoʻq men sevgi degan narsalarga bosh qotirmayman. Oʻqishim kerak ota onam yuzini yerga qaratmayman. Dadamning ishonchini oqlashim kerak ammo bu qanday tuygʻu? Bu shunchaki qiziqish boshqa hech nima emas men doimgidek magʻrurman. Oynaga qarab oʻzimga-oʻzim shu soʻzlarni aytdim. “Buncha koʻp qolib ketding Shahzoda, chiq ovqatlanamiz” deya onam chaqirdilar yuzimni muzdek suvda yuvib oʻzimga kelib olib ularning oldiga chiqdim. Ovqatlanib boʻlgach endi narsalarni yigʻishtirayotsam dadam qoʻymadilar.
— Tinchlikmi dada? — dedim onam jim edilar dadamning yuzida jiddiylik qandaydir ogʻriqli dard bor edi dadamning chehrasida. Toʻsatdan hayolimga bugungi sovchilar keldi. Lekin sovchi kelganida bunchalik oʻychan dard bilan oʻtirmasdilar.
— Qizim, bilasan mening yakka-yu yagona farzandimsan. Seni koʻnglingni ogʻritishni xohlamaymiz onang bilan sen uchun yashab yurubmiz bu dunyodagi suyanchigʻimizsan. — deya dadam uzoqdan gapira boshladilar, odatda bunday gapirmasdilar.
— Dada ochigʻini aytavering! — dedim dadamni qiynalishini xohlamadim.
— Uyimizda mehmonsan qizim kun kelib seni oʻz uyingga kuzatamiz merosxoʻrim yoʻq. Agar qarshi boʻlmasang onang bilan mehribonlik uyidan senga uka asrab olmoqchimiz sen xohlamasang mayli ochiq aytaver. — dedilar dadam oxirgi soʻzlarini aytganda dadamning ovozi shunchalik titroq va ogʻriq bilan chiqdiki yigʻlab yubordim dadamni quchib oldim.
— Men roziman dada ukalik boʻlish orzuyimku! Oʻzimga oʻxshagan shoʻx boʻlsin faqat hopmi? — dedim dadamning boʻynidan quchib onam yigʻlab chiqib ketdilar, dadam sezdirmasdan koʻz yoshlarini artdilar. Onamga ham osonmasdi.
— Barakalla qizim sendan koʻnglim toʻq. Oʻzingga oʻxshagan shkalad oʻgʻrisidan olib kelaman. — dedilar kulib. “Shkalad oʻgʻrisi” deyishlarini sababi dadam doim ishdan kelgach menga ikkita shakolad olib kelardilarda bittasini berardilar, bittasini ertalab beraman deb olib qoʻyardilar, lekin men iskovuchlik qilib topib olib ertalabgacha yeb qoʻyardim. Dadam bilan ancha gaplashib oʻtirdik kichkinaligimdagi jinniliklarimni aytib berib rosa kuldirdilar. Keyin xonamga kirdim darslarimni ham qilishim kerak edi telefonimni zaryadga qoʻyay deb yoqsam xabar kelgan ekan, Janobioliylari Lochindan. “Sanjar bilan juda yaqinmisizlar” deb yozilgandi. Testni ham Sanjar bilan teng ishlab boʻlgandim, Speakingni ham undan keyin topshirgandim, kulishib gaplashib turganlarimni koʻrgan shekilli. Xabariga javob yozishni xohlamadim. Telefonimni zaryadga qoʻyib endi dars qilayotsam yana xabar keldi. “Uyingga kuzatib qoʻydimi?”
Men: “Juda yaqin emasman bugun sovchi joʻnatibdi.” — deya yozib yubordim.
Lochin: “Gaplashishingizdan oʻn yillik tanishdeksizlar. Rozilik berdingmi?”
MEN: “Buni oʻzim hal qilaman ishingiz boʻlmasin!”
Lochin: " ???"
Shunday soʻroqlar qoʻyib yuboribdi. Ichimda oʻzing shunday soʻroqga oʻxshagan qiyshiq shillankasan deb qoʻydim.
Maktabga yoʻl olar ekanman kun sayin katta hayotga yaqinlashayotganimizni sezardim oldingidek yosh bolacha oʻyin kulgilar kamayishi, ota onaga endi oldingidek, erkalanishlar kamayadi, eh, katta boʻlishni xohlamayman. Xonamizga kirib borar ekanman Abdulloh menga yov qarash qilib qarab oʻtirardi, kech qolganim yoʻq nega bunday qarayapti bilmayman, mendan boshqa hech kim ham kelmagan. Ertalabdan kelib olibman
— Assalomu alaykum. — dedim-u oxiriroqga oʻtib oʻtirdim.
— Va alaykum assalom. Oʻsha kungi soʻzlarim uchun kechirasan! — dedi Abdulloh nihoyat aybini tan olib kesakdan choʻq chiqqandek boʻldi.
— Menga qizigʻi yoʻq. — dedim va tarix testlarimni olib chiqib ishlay boshladim.
— Qizigʻi boʻlmaganisa ikki kun telefoningni oʻchirib qoʻyib kasal boʻlib qolmasding. Kel aybimni yuvish uchun senga qoʻshimcha universitetga kirish imtihonida aniq tushadigan savollarni oʻrgatib boraman.
— Rahmat nasib qilsa oʻz bilimim bilan kiraman ishingiz boʻlmasin.
— Men senga oʻrgatmoqchiman. Senga befarq ham emasman bilarsan! — dedi u boshqacharoq qarab va oʻrnidan turdi. U tengi men ham oʻrnimdan turdim men tomin kelayotganida men ham u tomon bordim-u bir musht tushurdim. Abdulloh buni kutmagandi, muvozanatni yoʻqotib yiqilishiga oz qoldi. Oʻng qoʻli bilan yuzini ushladi.
— Men senga nima qildim galvars! — dedi Abdulloh jahli chiqib.
— Hali kam bu sizga. — deya uni kitobimni olib urushga tushdim. Bunisi musur deganingiz uchun bunisi urushganingiz uchun bunisi Tupurdixon uchun shu soʻzlarni aytib uni kitob bilan urardim u boʻlsa '" Bas qil ajina" deya xonani gir aylanib qocha boshladi ortdidan yosh boladek quva boshladim oxiri charchab doska tozalaydiganni oldim.
— Otsang oʻldiraman. — deya hansirab baqirdi Abdulloh.
— Qamalib ketasiz. — deya uni ortidan doska tozalaydiganni olib quvdim Abdulloh eshikka qarab yugurdi eshikdan chiqmasidan otay deb otdim padariga limonad Lochin kelib qoldi. Doska tozalaydigan uning yuziga tegdi. Tozalaydiganni yuvib qoʻyishgan ekan ho’l edi. Lochinga qarab meni nima kutishini oʻylab yutinib qoʻydim. Lochin oldin Abdullohga qaradi Abdulloh kastyumi tugmalari ochilgan galstugi alkash odammikidan batar ahvolda, sochi toʻzgʻib ketgan, kitob bilan rosa yeganda. Keyin menga qaradi men yuguraverib charchab hansirab nafas olib turardim, Lochinning yuziga qoʻshib ikkala qulogʻi ham qizarib ketdi.
— Nima qilib yuribsan? — deya baqirib yubordi, titrab ketdim. Nima deyishni bilmayman dir-dir qaltirayapman sekin sinfdoshlar kirib kela boshlashdi bizga juda boshqacha manoli qarashardi nima qilishni bilmasdim noqulay ahvolga tushib qolgandim.
— Lochin yur men bilan. — dedi Abdulloh va Lochinni sudragdek qilib olib chiqib ketdi.
— Nima boʻldi? — dedi Husnora yugurib kelib qotib qolganimda xayron boʻlib.
— Keyin aytaman hozir bitta narsani aytishim mumkin men doska tozalaydigan bilan Lochin ustozni yuzini bejadim. — dedim qilgan ishimdan afsuslanayotganim yoʻq edi.
— Bu nimasi Abdulloh? Nima qilib yuribsan?
Lochin Abdullohni urisha boshladi yuzi qizarib ketgan.
— Hech nima qilmadim. Loʻli buncha qizarib ketding? — dedi Abdulloh xotirjam.
— Ahvolingga qara ahmoq qassobni qoʻlidan qochgan qoʻyga oʻxshab turibsan! Tinchgina maktabdan ketaylik, tinchgina tushundingmi? — dedi Lochin jigʻibiyron boʻlib.
— Tushundim tinchgina. Oʻzi boshladi urushni Lochin. Bu qiz emas baloyi-ofatlar uyasi.
— Nimaning uyasi boʻlsa ham aftingni toʻgʻirlab darsingni oʻt bor. Oʻzimizga gap tekkizadigan boʻlma.
— Okay. — deya Abdulloh ust boshini toʻgʻirladida yana xonaga qaytdi. Abdulloh hamma bilan salomlashib joyiga oʻtirdi-yu baqirib yubormaslik uchun ikkala qoʻlini ogʻzi bilan berkitdi. Yuzi xuddi pomidordek qizarib ketgan portlashga tayyor bombani eslatardi. Hamma xayron unga qaradi.
— Tinchlikmi ustoz!? — dedi Madina. Abdulloh javob bermas shu bezovtaligida oʻrnidan turdi. Va ikkala qoʻlini musht qilib stolga urdi hamma bir sakrab tushdi.
— Kimni ishi bu? — dedi Abdulloh baqirib.
— Nimani aytyapsiz ustoz? — dedi Sarvinoz.
— Stulimga kim mix qoʻydi?
— Nima? — dedi Zokir va hoxolab kulib yubordi, biroz turib hamma kuldi Shahzodadan tashqari.
— Shahzoda qoʻygan ustoz beshinchi sinfligimizda ham bitta oʻqituvchimizni shunday qilgandi. — dedi Madina oʻrnidan turib. Shahzoda ham sakrab turdi.
— Men hech nima qilganim yoʻq ustoz. Tuhmat bu! — dedi Shahzoda. Abdulloh gʻazab bilan kelib Shahzodani qoʻlidan tortqilab ketdi " Xonadan chiqmanglar" deya boshqalarga qarab baqirdi. Hamma darsda boʻlgani uchun kalidorda hech kim yoʻq edi boʻsh xonalardan biriga kirib eshikni ham yopib Shahzodaga gʻazab va nafrat bilan qaradi.
— Men hech nima qilmadim. — dedi Shahzoda koʻzi yoshga toʻlib.
— Unda kim qildi? Sendan boshqa kim men bilan oʻynashadi? Sen qilgansan sen endi mendan yaxshilik kutma. — deya Abdulloh Shahzodaga qarab qadam tashlay boshladi. Shahzoda qoʻrqqanidan ortga qarab qadam tashladi baqiray desa hammani oldida sharmanda boʻlib gapga qoladi. Abdulloh Shahzodaga yaqinlashishiga uch qadam qolganida eshikni tepib ochib Lochin va Zokir kirib kelishdi Abdulloh toʻxtab Ularga aylanib qaradi..
— Abdulloh.
— Abdulloh bu nima ahvol? — deya Lochin shunchaki baqirmadi, u oʻljasiga tashlanayotgan sherdek oʻkirdi..
— Nima qilganini bilasanmi bu kasofatni? — dedi Abdulloh ham u tengi Lochinga baqirib.
— Men qilgandim uni ustoz! Shahzodani xafa qilgandingiz shuning uchun qildim. Kechirasiz! — dedi Zokir shoshib. Abdulloh hech ikkilanishsiz Zokirni kelib yoqasidan ushladi.
— Nima haqqing bor edi?
— Kechiring boshqa takrorlanmaydi.
Shahzoda yigʻlab yuborgandi. Lochin sekin uni yoniga oʻtdi.
— Shahzoda yigʻlashni toʻxtatib xonaga chiq. Oʻzim hal qilaman. — dedi Lochin. Abdulloh koʻzimga juda tuban insondek koʻrindi. Lochinga qarab qoʻydim-u xonadan chiqdim. Oʻzimizni xonamizga kirganimda hammaning koʻzi menga qadalgandi. Kiprigim koʻz yoshim sabab bir biriga yopishib qolgandi. Hech kimga e’tibor bermaslikka harakat qilib joyimga oʻtirdim. Birozdan keyin Abdulloh, Lochin ,Zokir kirib kelishdi. Zokirning kayfiyati umuman yoʻq Abdullohniki ham qolishmaydi. Zokir borib stulga qoʻygan mixni olib joyiga oʻtirdi.
— Yana kimdir shunday ahmoqlik qilsa. Oʻqituvchilarga hurmatsizlik qilsa mendan yaxshilik kutmasin maktabdan haydatib yuboraman bu qoʻlimdan keladi. Hech biring bir biringdan ortiq emassizlar hammangiz men uchun oʻquvchimsiz. Tushunarlimi? — dedi Lochin ovozini balandlatib. Hamma birgalikda '' Xo’p" deyishdi.
— Abdulloh kechirasiz. Darsingizni davom etishingiz mumkin! — dedi Lochin va chiqib ketdi. Abdulloh yuzida juda sovuqlik bilan joyiga oʻtirdi hamma uning har bitta harakatini kuzatib turardi. Abdulloh jurnalni ochdi va boshdan hammaga juda qiyin savol berib bilmaganga ikki qoʻya boshladi. Menga kelganida savoliga duduqlanib chala javob berdim uch bilan qutulib qoldim Odina besh oldi Dilnavoz toʻrt. Boshqalar hammasi ikki. Abdulloh endi haqiqiy alamini olishni boshlagandi. Hamma jim qimir etmasdan unga qarab turardi.
— Birortangizni yashashdan maqsadingiz yoʻq. Haligacha maktabni tugatib kim boʻlmoqchisiz qaysi kasbni egallamoqchisiz buni bilmaysiz. Shu darajada omi boʻlib qolgansizki oʻzingiz tushunmaysizlar.
Abdulloj ham boshqa oʻqituvchilardek tarbiyaviy maruzasini boshladi. Hamma ichida uf tortib qoʻydi baxtimizga biz uchun baxt kuyi boʻlmish qoʻngʻiroq chalindi. Abdulloh chiqib ketgach hamma " Allohga shukur" deya baqirishdi. Endi Biologiya darsi edi. Oʻqituvchisi turmushga chiqqan homilador edilar koʻp darsga kelmay qolardilar. Homilador odam mazasi boʻlmay qolishi mumkin bugun ham shunday kelolmagan. Darsni yarmigacha oʻzimiz bilganimizni qilib oʻtirdik qoʻshiq qoʻyib oʻynadik Zokir har bitta oʻqituvchining xonamizga kirib kelishini oʻxshatib berib ichagimizni uzdi kulaverib dumalab qoldik. Odina bilan suv ichishga chiqib kelgunimizcha direktor xonamizga kirishga ulgurib. Xonamiz juda shovqin boʻlib ketgandi, boshqalar dars oʻtishiga xalaqit bergan shekilli. Direktor, Lochin, zamdirektor , xonamizda turishardi.
— Senlarga tabiyaviy soat oʻtaverib charchab ketdim. Qachon odam boʻlasanlar. Oʻqituvchilarni mensimaysanlar. Uyda ota onangizni ham shunday qilasanlarmi? — direktorimiz jigʻibiyron boʻlib bizga nimadirlarni tushuntirishga harakat qilardi.
— Lochinbek bu nimasi men sizga ishongandim? — ddedi direktorimiz Lochinga yuzlanib.
— Hammasini toʻgʻirlayman biologiyadan boshqa oʻqituvchi topib beraman. Dars sifatini oshirish kerak. Bu yerda oʻqituvchilarning bilimi bor lekin qandaydir yalqov boʻlib qolishgan ularning hayolida “Qiynalib dars oʻtganim bilan hech nimani tushunishmaydi, oʻqishmaydi” degan fikr bor. — dedi Lochin, ochigʻini aytdi, haqiqatdan ham, bazi oʻqituvchilar shunday, bazilari oʻzi ham bilmaydi, bazilari shunday oʻrgatadiki oʻqigisi keladi odamni...
— Unda sizga ishondim oxirgi marta. Odam boʻlinglar. — deya baqirib chiqib ketdi direktorimiz. Endi navbat Lochinga yetgandi u ham anchagina tarbiyaviy soat qilishi aniq.
— hamma joyiga oʻtirsin. sizlar bilan dildan suhbatlashib olmoqchiman. Lochin joyiga oʻtirib hamma bilan akasidek oʻz singlisi yoki oʻz ukasidek gaplashib chiqdi hamma oldiga qoʻygab maqsadi va nimalar qilmoqchiligi aytishdi. Baʼzilar maktabga shunchaki univeristetga kirish uchun kelayotganini aytsa ba’zilar, maktabga kelishdan foyda yoʻqligini aytishardi ammo bu xato agar shu maktab boʻlmaganida biz savodsiz oʻta omi boʻlib oʻtib ketardik. Maktabni qadriga yetishimiz kerak oʻqishimiz uchun boshqa davlatlardagidek pul olinmaydi. Aslida oʻzimizning yurtimiz haqiqiy jannat. Tinch oʻlka.
Lochin bilan hammamiz darslarga yaxshi qatnashishga qiziqmasak ham ota onamiz ishonchi uchun shuncha imkoniyatlar uchun oʻqishga va ota-onamizga gap eshittirmaslikka kelishib oldik. Darslar tugab uyga yurib borar ekanman qandaydir yuragimda notinchlik bor edi. Xuddiki hozir biron bir falokat boʻladigandek edi. Sababi bugun menga uka olib kelishadi men buni qanday qabul qilishni bilmasdim rozi boʻlishga boʻldim ammo endi qanday qilib toʻsatdan ukalik boʻlib u bilan gaplashib ketolaman bilmasdim. Oʻy hayollar bilan ketayotib boshqa bir koʻchaga kirib qolibman. Atrofga qaradim oldin bu koʻchaga kirmaganman. Qanday chiqib ketaman orqaga qaytaman desam oʻzi qanday kelganimni bilmayman. Koʻchada ham hech kim yoʻq oʻzi bu koʻchada uylar ham kam ekan. Orqaga qarab yura boshladim balki har doim yuradigan yoʻlga chiqib olarman deya. Lekin yoʻl koʻrinmasdi bu yoʻl qandaydir labirint koʻchadek holdan toyib Lochinga qoʻngʻiroq qildim uydagilarni chaqirolmasdim dadam fojiya qilib yuborardilar milisiyalar boshqalarni chaqirib.
— Alo! — dedi Lochin istamaygina.
— Alo qayerdasiz? — dedim xuddi najot farishtasi bilan gaplashayotgandek
— Hisobot bermaymanku senga Shahzoda yoki beramanmi?
— Uf boʻldi men adashib qoldim. Qayerdaligimni bilmayman yordam bering. — dedim u bilan mushuk sichqon oʻynab turishni istamadim.
— Nima qilay adashib qolgan boʻlsang menga nima! — dedi Lochin va telefonni oʻchirdi. Nima qilishni bilmay qoldim shu hissiz toʻngʻizdan yordam kutdimmi? Oʻzimni oʻzim urisha boshladim xayolimga Sanjar keldi.
— Assalomu alaykum Sanjar aka menga yordam kerak! — Telefon qilishim bilan aytgan gapim shu boʻldi.
— Tinchlikmi bemalol Shahzoda! — dedi Sanjar shoshib.
— Maktabdan qaytayotib xayolga berildim keyin adashib qoldim qayerdaligimni bilmayman. uydagilarga aytsam xavotir olishadi.
— Tezda telegramga kirib menga joylashuvdan qayerdaligizni yuboring telegramga kiring oʻzim tushuntirib turaman siz qoʻrqmang xopmi? — dedi Sanjar rostakamiga xavotir olib gapirdi. Sanjar aytanidek telegramga kirib nima desa shuni qilib joylashuvdan nimanidir yubordim nimani yuborganimni bilmayman oradan yarim soat oʻtib Sanjar moshinasida yonimga keldi.
— Hayriyat! — dedim uni koʻrib. Yosh boladek yigʻlashga tayyor turgandim.
— Endi xayolga berilmang. Sizdan ham koʻp men qoʻrqdim ahvoli yaxshimikin deya. — dedi Sanjar moshinadan tushib.
— Rahmat kattakon unutmay hech qachon.
— Oʻtiring moshinaga.
Sanjarni moshinasiga chiqgach erkin nafas oldim. Moshina joyidan qoʻzgʻalishi bilan telefonimga xabar keldi.
Lochindan “Sevgiling bilan yaxshu yetib ol seni kuzatib turgandim” deya yozilgandi. Qurimsoq kuzatib turgan boʻlsa qoʻpol gapirishga balo bormi. Shunday xo’p yordam beraman desa nima qilar ekan. Ichimda yonib kul boʻl endi deya soʻkib-soʻkib qoʻydim.
Koʻchadan chiqib oldik. Bu qandaydir unaqasiga ham bunaqasiga ham yoʻl boʻlib ketgan koʻcha ekan shu sabab yoʻlni topolmaganman.
— Endi ehtiyot boʻling Shahzoda meni rossa havotirga qoʻydingiz. — dedi Sanjar.
— Xop rahmat kattakon. Sizga bir savol bersam maylimi?
—Ikkita bering. — dedi Sanjar kulib.
— Agar siz yolgʻiz oʻgʻil boʻlsangiz-u ota onangiz sizga singil asrab olishmoqchi boʻlsa nima qilardingiz? Uni oʻz singlingizdek qabul qilarmidingiz yoki baribir koʻnglingiz boʻlmasmidi? — Oʻzimni oʻylantirib qiynayotgan savol edi. Sanjar biroz oʻylanib turdi.
— Agar rostdan ham shunday boʻlganida qarshi boʻlmasdim. Men oilada bittagina oʻgʻilman lekin singil asrab olishimizni soʻraganimda ota onam koʻnishmagan singlim boʻlishini juda hoxlayman. Uni erkalab aylantirishni joʻjacha singlim deyishni istardim. —dedi Sanjar biroz sukunatdan keyin. Toʻgʻrisi bu gaplarni kutmagandim.
— Men sizga singilmanku. — dedim hazillashib.
— Sizmi? Siz singlim emas uyimning malikasi boʻlishingiz kerak! — dedi Sanjar moshina oynachasi orqali menga qarab gʻalati boʻlib ketdim.
— Koʻchamiz boshida toʻxtab qoʻying ichkariga kirmang. — dedim u darrov moshinadan tushdim. Rahmat ham aytmasdan uyga qarab tez-tez yurdim. Biroz yurgandan keyin Ortimga qarab qoʻydim Sanjar hali ham meni kuzatib turgan ekan. Qaraganimga oʻzimni urushib yugurib ketdim. Uyga keldim darvoza ochiq turgan ekan. Uyga kirib borishda birinchi marta shu qadar hayajon va qoʻrquv boʻldiki buni soʻzlar bilan ta’riflab boʻlmasdi. Yuragim tez tez urar goh qizib ketardim goh koʻzimga yosh kelardi. Hovlimizga oʻtishim bilan qandaydir yosh bolalarning quvnoq oʻynayotgan ovozlarini eshitdim hovlimiz supasida onam va dadam oʻtirishar koʻzlari oʻyinchoqlarni oʻynab tinmay qiqirlab kulishayotgan ikkita 4 5 yoshlar atrofidagi oʻgʻil bolalar edi. Dadamning koʻzida ulkan bir quvonchni koʻrdim. Onam ham xursand edilar. Men ularni koʻrib qotib turib qoldim yurishni ham yurmaslikni ham bilmayman. Nega bunday turib qolganimni ham. Faqat ikkala koʻzim bolalarda edi. Ular juda shirin oʻyinchoqlarni mazza qilib oʻynashardi xuddi ozodlikka chiqqan qushlardek. Onam meni payqab qoldilar meni qotib turganimni koʻrib gapirolmadilar. Dadamni turtdilar. Dadam menga qaradi-yu gapni nimadan boshlashni bilmadilar men ularga qaradim va shunchaki jilmaydim. Bu tabassum samimiy edi hech qanday gʻarazlilik yoʻq. Faqat men tilim aylanmayapti nima deyishni bilolmayapman.
— Shahzoda qizim! — dedilar Dadam. Keyin oʻzimga kelib yana ularga qaradim oʻzim tushunmagan holda orqaga qadam tashladim va xonamga qarab yugurib kirib ketdim. Nega bunday qildim? Nima uchun ularni borib quchmadim? Ismini soʻramadim? Dadam bilan onamga nega xursandman deb aytolmadim? Tushunmayman hech nima qilolmadim. Xonamga chiqgach oʻzimga oʻzim tushinolmadim. Biroz turib dadam bolalar bilan kirib keldilar.
— Bu opangiz Shahzoda tanishinglar! — dedi dadam bolalarga qarab ikkalasi ham yugurib kelib meni quchib olishdi.
— Muhanmad va Mustafo ismlari yoqdimi senga qizim. — dedilar dadam. Dadam menga umid bilan nimadir dermikin deya qarab turardilar. Men shunchaki jilmayib qoʻyardim. Oʻtirib Muhammad va Mustafoni quchdim ammo gapirmadim xuddiki men saqov gapirolmaydigandek boʻlib qoldim. Dadam ularni quchganimdan keyin xursand boʻldilar. Va charchabsan shekilli deb ukamlarni olib chiqib ketdilar. Oʻtirib oʻylanib qoldim. Ukam boʻlishini oʻzim ham hoxlardim-ku nega bunday qilyapman? Sanjarning gaplarini esladim “Singlim bilan birga aylanardim ularni erkalardim” degandi. Nega men shunday qilmasligim kerak axir yetimning boshini silaganga Allohim jannatidan joy ajratgan-ku. Oʻzimni o’nglab oldim hammasini oʻylab olib xonamdan otilib chiqdim.
— Ukalarim, kelinglar birga oʻynaymiz! — deya sakrab sakrab yurib hovliga chidim yosh bolalardek dadam va onam xursand boʻlib ketdilar onam koʻp yigʻlaganlar mening toʻsatdan shokga tushib qolganimga siqilganlar koʻzlari qizarib ketgandi. Muhammad va Mustafo bilan berkinmachoq quvlashmachoq oʻynadim hali toʻliq gapirolishmasdim biram shirin gapirishardi boyagi qilgan ishimdan uyalib ketdim ikkalasi ham mehribon ikkalasini ham kipriklari qiz bolanikidan ham uzun kiprik ulab qoʻygandek chiroyli edi.

*. *. *



Bir hafta oʻtib.
Bir hafta davomida maktabga ham tuzuk bormadim oʻquv markazni aytmasa ham boʻladi umuman bormadim. Ukamlarga koʻnikishim uchun shu bir haftani oʻzi yetarli boʻldi. Bugun dam olish kuni dadamdan ruxsat olib ukalarim bilan aylanishga chiqdim ikkalasi ham juda tartibli edilar. Ularda bitta narsa bor edi. “Qoʻrquv”, shoʻxlik qilsak, toʻpolok qilsak bizni yana Mehribonlik uyiga tashlab kelsachi degan xayol ularda bor edi. O’zlari hali juda yosh ammo ularni hayot shunday tarbiyalab qoʻygandi.
Bogʻda sayr qilib yurar ekanmiz ularga shirinliklar olib berdim. Bolalar oʻynaydigan maydonchaga olib bordim ne koʻz bilan koʻrayki Sanjar 6 yoshlar atrofidagi sochlari koreslarnikidek kesilgan oʻzi juda chiroyli kiyintirilgan qizchani qoʻlidan ushlab aylantirib yurardi. Meni koʻrib oldimga keldi.
— Salom buncha yoʻq boʻlib ketdingiz? — dedi Sanjar shoshib.
— Aşsalomu alaykum borman. Koʻryapsizku, ukalarim bilan ovvora boʻlib qoldim. Bu qizcha kim boʻldi?.
— Singlim! Uydagilar rozi boʻlishdi.
— Men ham ota onamga rozilik berdim. — Afsuslanmiman. — dedim ukalarimni quchib.
— Men ham, keling unda birga aylanamiz. — Yana ikki kishiga koʻpaydik bogʻni mazza qilib aylandik Sanjar boshqacha edi koʻngli toza mehribon.
Bir haftalik tanaffusdan keyin oʻquv markazga chiqdim. Lochin olgan bittagina imtihonda qatnashdim boshqalari qanday boʻldi bilmayman necha olganimni ham. Xonamizga kirdim Lochin hali kelmagan abituriyentdoshlarim hammasi bor ular orasida Sanjar ham, uning yonidagi joy boʻsh, Odinaning yoniga oʻtirdim hamma bilan soʻrashib boʻlgach.
— Shahzoda qayerlarda yuribsan? Buncha odamni sogʻintirib yubording? — Odina quchib oldi.
— Ukalarim bilan ovvora boʻlib qoldimda.
— Ukalaring!? — dedi Odina va Dilnavoz hayrat bilan.
— Ha ukalarim, albatta boringlar, sizlarni tanishtiraman. Tugʻilgan kunimni dadam qaysidir restoranda yoki uyda qilib beraman dedilar bordasizlar-a.
— Aytmasang ham boramiz xavotir olma. — dedi Dilnavoz kulib. Lochin ham kirib keldi. Menga xuddi endi koʻrib turgandek qarab qoʻydi.
— Hamma sogʻ omonmi? Kechagi natijalar bilan tanishtirib oʻtaman. Yana imtihonni boshlaymiz. Xullas eng yuqori oʻrindagilarni aytaman, qolganlari oʻzi koʻrib olishadi guruhga tashlayman. Sanjar, Dilnavoz, Rayhona 7 olishdi. Bu yaxshi natija qolganlar undan ancha pas. Qattiqroq ishlaymiz. — dedi Lochin. Dilnavozni tabrikladik.
— Menda savol bor edi. Bir hafta oldingi natija qayerda? Men koʻrmagandim. — dedim oʻrnimdan turib.
— Darsga holasayiz kelib holasayiz ketib yursayiz nimagadir erisholmaysiz. Oldingisida olti yarim olgansiz. — dedi Lochin zaharligini qoʻymasdan. Hech nima demasdan joyimga oʻtirdim. Sanjar Lochinga diqqat bilan qarab turdi va keyin menga qaradi. Nimanidir sezgandek kayfiyati buzildi. Shu bilan menga biron marta qaramadi. Test ishlarkanmiz men tushunmagan bir ikkita soʻzlar chiqdi, qizlardan soʻrasam ular ham bilishmadi. Sanjardan soʻradim.
— Sanjar aka shu soʻzlarni tarjimasini bilmaysizmi? — Sanjar menga sekin qaradi nigohini tushunolmadim xafami, jahli chiqyaptimi bilolmadim.
— Lochinbekdan soʻrang! — dedi va boshqa gapirmadi, u yosh boladek mendan araz qilayotgandek edi. Oʻzim ham xafa boʻlib ketdim, Lochin menga qarab qoldi.
— Shahzoda oʻzingiz ishlang yoki testingizni olmayman. — dedi Lochin.
— Oʻzim ishlayapman shundogʻam. — Nima boʻlsa boʻlar deb ishlayverdim. Lochin chiqib ketgandan keyin Sanjar kelib soʻragan soʻzlarimni tarjimasini aytish oʻrniga, shundagi savollar javobini ruchkasi bilan belgilab ketdi. Menga gapirmadi ham.
— Shahzoda tinchlikmi? — dedi Dilnavoz.
— Bilmayman unga nima boʻldi. — dedim .
— Menimcha u rashk qilyapti seni Lochindan. — dedi Odina va kuldi
— Nima, u, rashk? — dedim xayron.
— Asal va Malakoni aralashtirilgani Shahzoda! — dedi Dilnavoz.
Imtihon tugaguncha yana kech boʻlib ketdi. Aniqrogʻi men kech ishlab boʻldim hamma ketib boʻlgandi Lochin va men xonada qoldik u sabr bilan meni tugatishimni kutdi.
— Tugatdim. — deya baqirib yubordim oʻrnimdan turib. Lochin telefoniga qarab oʻtirgan ekan kutilmaganda baqirib yuborganimga bir sakrab tushib yuragini ushladi.
— Sekinroq baqir. Yuragimni yoray deding. — dedi Lochin yuragini ushlab.
— Voy uzr. Tugatganimga xursand boʻlib ketdim. — Mana ishlab boʻldim. — deya testni stoli ustiga qoʻydim.
Endi siznikini qabul qilmayman, men qancha vaqt bergandim? Siz vaqtida tugatmadingiz buni hisobga olmayman. — dedi va xotirjam narsalarini yigʻishtira boshladi.
— Nimaga? — moʻltillabgina Lochinga qaradim. Lochin menga qarab turdida kulib yubordi.
— Yosh bolasan hali ham! Ber dars qoldirma tushunmagan narsang boʻlsa bemalol soʻrayver. — dedi. Hayratdan yoqa ushlay dedim. Lochin menga odamdek gapirdi birinchi marta. Kesakdan oʻt chaqnagandek boʻldi.
— Siz ham menga toʼgʻri muomala qilarkansiz-a? — dedim hayrat bilan.
— Oldin qiyshiq muomala qilarmidim, tashqariga qara shom boʻldi, hozir qorongʻu tushadi shoshil. — dedi Lochin. Endi tepib qoldi, tashqariga qaradim kun qorayay deyapti.
— Vaydoood. — deya baqirdim. Sumkamga kitoblarim tez-tez solib xonadan otilib chiqdim Lochinning kulgan ovozi eshitildi. Tashqariga chiqsam Sanjar moshinasiga suyanib kutib turgan ekan. Yuzida jiddiylik, oldin bunday qiyofada koʻrmaganman.
— Buncha qolib ketdingiz? — dedi Sanjar qoʻpol ohangda.
— Ozroq esimdan chiqibdi qiynaldim shunga. Nega menga bunday sovuq muomala qilyapsiz? Sizga nima qildim? — dedim Sanjar chuqur nafas oldi.
— Shahzoda oʻzingiz sezmayapsizmi nega bunday qilayotganimni?
— Yoʻq sezmayapman. Ey men ketdim uyga kech qoldim.
— Toʻxtang, oʻzim olib boraman.
— Yoʻq kerakmas.
— shu mahalda taksida yurishga qoʻrqmaysizmi, yolgʻiz?
Shu gapidan keyin qandaydir qoʻrquv paydo boʻldi. Sekin borib moshinasiga chiqib oʻtirdim.
— Boʻlarkan-ku!
— Tezroq hozir uyga borsam onam bir baqiradilar oʻsha payti men oʻchaman. — dedim va onam urishishlari koʻz oldimga keldi. Sanjar kulib yubordi. Sanjar kutganimdanda tez olib keldi samolyotda kelgandek menimcha yuragim va oshqozonim almashib qoldi. Rahmat ham aytmasdan mashinadan yugurib tushdim-u uyga kirdim, darvoza ham ochiq ekan. Kutganimdek oshxona eshigiga suyangancha Onam meni kutib turardilar.
— Hush kelibsiz qizim! — dedilar onam. Yutinib qoʻydim, oʻldim deya.
— Onajonim, mehribonim. Men keldim charchamay oʻtiribsizmi? Ukalarim bilan charchab qolmadingizmi? — Onamni borib quchib oldim.
— Shaytonliging oʻtmidi nega kech qolding?
— Ona dars qoldirganimga bugungi testlarda qiynaldim shunga oxirga qolib ketdim.
— Katta qiz boʻlib qolding. Bunday kech kelish toʻgʻri kelmidi. Dadangdan keyin kelganingda oʻldirardilar, ikkalamizni ham. Tez kiyinib chiq.
— Oʻzimni mehribonim. — Onamni yuzidan oʻpib oldim.
— Yaramas qiz.
— Bilaman ona. — Onam ortimdan shippagini otdilar. Qochib qoldim.
Xonamga kirib kiyimlarimni almashtirayotsam qoʻngʻiroq boʻldi. Raqami koʻrinmayotgandi.
— Alo kim bu? — dedim hech kim gapirmadi.
— Kim bu? — dedim ikkinchi marta.
— Tanimaysan! — dedi, yigit kishini ovozi edi.
— Unda kimsan? Nega qoʻngʻiroq qilasan?
— Rasmlaring kanallarda aylanishini xohlaysanmi? — dedi hiringlab kulib. Oyoq qoʻlim qaltirab ketdi, buni shu xolatga tushganlargina biladi holos.
— Milisiyaga berib sharmangdangni chiqartiraman. Hozir dadamga aytib raqamingni ochdiraman. — Oʻzimni dadil koʻrsatishga harakat qildim
— Yoʻgʻe shunaqamikin? Ertaga maktabga borganingda Madinani oyogʻoga yiqilib hammani oldida kechirim soʻraysan qilgan ishlaring uchun. Keyin seni rasmingni tarqatish u yoqsa tusin ismingni ham unutvoraman.
— Tushingni borib suvga ayt ikkalang ham. Madinani rasmi menda ham tiqilib yotibdi xohlagan kanalimga, guruhlarga tarqatib yuboraman keyin nima qilasan. Keyin Madina bilan ikkalang oyogʻimga yiqilasanlami? — Men ham oʻziga shunday javob qaytardim.
— Hohlasang tarqatib yubor. Men baribir unga uylanmayman. Shunchaki zerikmaslikka unga sendan kechirim soʻrataman deb va’da berib qoʻydim. Va’damni bajarmasdan qoʻymayman.
— Bilganingni qil!
— Ertagacha muhlat.
Telefon oʻchdi. Yigʻlab baqirib tashlagim keldi onamni oldilariga chiqdim. Oʻzimni bosishga harakat qildim. Onam va dadam buni bilishsa meni hamma narsadan mosuvo qilishadi, oʻqish tugul uy qamogʻi, joyi chiqsa berib yuborishadi. Ovqatlanib boʻlgach darsim bor deya yugurib xonamga chiqdim, yana raqam koʻrinmaydigan boʻlib uch-toʻrt marta qoʻngʻiroq boʻlgan. Madinaga qoʻngʻiroq qilishga gʻururim yoʻl qoʻymaydi. Lochindan yordam soʻraymanmi? Unga nima deyman. Sanjargachi? Nega oʻgʻil bola doʻstim yoʻq ekan-a? Yoki nega meni akam yoʻq. Shunday payti himoya qiladigan.. Madinaga nima yomonligim tegdi ekan. Tavakkal deya Lochinga qoʻngʻiroq qildim.
— Alo! Assalomu alaykum Lochin aka Yorda... — Gapim chala qoldi.
— Lochin akamda nima ishing bor seni? Nima kerak senga uyalmaysanmi? — qiz bolaning dagʻdagʻali ovozi eshitildi. Sevgan qizi boʻlsa kerak, telefonni oʻchirib qoʻydim. Qoʻrqib ketdim. Lochinni oʻzi qaytardi. Javob berib jim turdim
— Gapirasanmi? — dedi Lochin asabiy ovozda.
— Uzr bezovta qildim. Bitta narsani soʻramoqchidim topdim. — dedim.
U gapimni eshitdi-yu telefonni oʻchirdi.
Endi bitta-yu bitta Sanjar qoldi. Agar u ham Lochindek qilsa dadamga aytishdan boshqa chora qolmaydi. Uzoq chaqiruvdan keyin Sanjar qoʻngʻiroqqa javob berdi.
— uzr kech boʻlganda bezovta qildim.
— Hechqisi yoʻq Shahzoda tinchlikmi? Ovozingiz xovotirli.
Sanjarning shu gapidan keyin oʻzimni ushlab turolmadim yigʻlab yubordim.
— Sanjar aka yordamingiz kerak! — dedim hiqqillab yigʻlagancha.
— Yigʻlamang qanday yordam kerak boʻlsa mendan soʻrang uyalmasdan. Iltimos faqat yigʻlamang!
Dedi Sanjar oʼzini ham kayfiyati buzulib.
— Kimdir raqamini koʻrinmaydigan qilib qoʻngʻiroq qildi rasmlaringni tarqataman deyapti kanallarga.
— Kim boʻlishi mumkin kimdan gumoningiz bor? Sevganingiz bormidi?
— Yoʻq hech kim bilan gaplashmiman. Madinadan oyogʻiga yiqilib uzur soʻrashimni aytdi. Madinani yigiti ekan.
— Madina bilan orangizda nima bor?
— Meni yoqtirmaydi! Oʻziga dushman deb biladi.
— Tushunarli siz yigʻlamang. Ertaga koʻrishamiz ertalab maktabga bormaysiz telefon qilishini kutamiz men oʻzim gaplashaman hopmi?
— Dadamga aytmay turaymi unda!
Bu gapimdan Sanjar hayratlanganini sezish qiyinmasdi.
— Dadangizga!
Dedi u
— Ha boshqa kimga ham boʻlardi
— Men oʻzim hal qilib beraman. Dadangiz ishonchi yoʻqolishi mumkin toʻliq ishonaman desalar ham baribir koʻngillarida qandaydir gʻashlik boʻladi...
— Hop rahmat kottakon... Unutmayman.
— Meni unutib koʻringchi!
Dedi Sanjar kulib!
— Hoop rahmat
Erkin nafas olib ukalarim oldiga chiqib oʻynadim onam hayron edilar menga qarab " Ob havosan" deb qoʻydilar.
Ertalabdan qoʻrquv bilan Sanjar bilan koʻrishdim. Oddiy gap soʻzlar ham Qiz bola uchun butun umrlik tamgʻa boʻlib qoladi. Ota va onasining yuzini yerga qaratishda qoʻrqmaydigan qizni oʻzi yoʻq boʻlsa kerak...
— Assalomu alaykum!
— va alaykum assalom yaxshi dam oldingizmi?
— Yaxshi rahmat.
— Shahzoda asabiylashmang moshinada oʻtirib turamiz chiqing!
Dedi Sanjar noqulay boʻlsa ham moshinaga chiqdim. Sanjar doʻkonga kirib ketdi birozdan keyin qoʻlida shkaladlar bilan chiqdi..
— Bular sizga!
— Men ololmayman singlingizga olib boring. Rahmat kattakon
— Yoʻq olasiz singlimga kecha bundan ham koʻpini olib borganman.
— Sanjar aka.
— Meni hurmat qilsangiz olasiz!
Hozirgi menga yordam berayotganini, doim yordamga shay turishi va hozirgi gaplaridan keyin yoʻq deyolmasdim jim shkaladlardni oldim. U ham moshinaga chiqib telefon oʻynay boshladi meni hijolat boʻlmasin deya gapirmadi oʻn minutcha oʻtirganimizdan keyin qoʻngʻiroq boʻldi. Lochindan.
— Kim?
Dedi Sanjar.
— Lochin ustoz. U mening rahbarim.
Dedim Sanjarning yuz tuzilishi oʻzgardi jiddiy menga qaradi.
— Javob bering va ovozini balandlating.
Dedi. Javob berib ovozini balandlatdim. Lochin men gapirmasimdan gapira boshladi.
— Qayerdan Shahzoda? Hech nima boʻlmaydi tez maktabga kel!
Dedi u ovozini balandlatib gapirmayotgandi u baqirayotgandi..
— Tushunmadim nima boʻlmaydi ustoz.
— Kecha nima uchun qoʻngʻiroq qilganingni bildim. Abdulloh bilan gaplashdim hech nima qilmaydi uzur ham soʻramaysan rasmlaring ham tarqalmaydi..
Dedi Lochin. Sanjarga qarab yigʻlab yubordim. Abdullohga nima yomonlik qilganman bilmayman. Madina bilan gaplashayotgan ekanda shuning uchun menga doim shunday muomila qilayotgan ekan.
— Abdulloh kim u?
Dedi Sanjar qoʻlimdan telefonni olib..
— Tushundim siz kimsiz?
Dedi Lochin.
— Ishingiz boʻlmasin Abdulloh kim?
— Meni doʻstim nima muommoyingiz bor men gaplashaman oʻrniga.
Dedi Lochin.
— Unda erkakni ishini qilinglar. Abdulloh bilan ham siz bilan alohida gaplashamiz. Hozir soʻkinib yuborishim mumkin Shahzodani oldida.
Dedi Sanjar bosiqlik bilan.
— Hohlagan joyingda gaplashaman.
— Albatta!
Dedi Sanjar... telefonni menga uzatdi aylanib qaradi.
— Nimaga yigʻlaysan? Aybing bormi? Ayb ish qilganmisan? Aybi borlar siqilib yigʻlaydi nega yigʻlayapsan?
Dedi Sanjar jahl bilan. U birinchi marta meni senlab gapirdi. Oʻziga yaqin olgandan yoki jahli chiqayotganidan.
— Aybim yoʻq.
Dedim koʻz yoshimni artib.
— Oʻsha uchalasi bilan salim alik ham qilma men oʻzim gaplashaman. Tushundingmi?
— Hop.
Sanjar boshqa gaapirmadi asabiylashganidan shunaqa tez maktabimga keldikki yuragimni hovuchlab oʻtirdim... Moshinadan tushar paytim Abdulloh meni koʻrib qoldi. Koʻzim unda edi.
— Nimaga qarab qolding?
Dedi Sanjar va men qaragan tomonga qaradi.
— oʻsha Abdullohmi?
Dedi Sanjar Abdullohni koʻrib jallodni koʻrgandek rangim oqarib ketgan sheklli.
— Ha!
Dedim sekin.
— Bular ol! Men oʻzim gapirsa ham qaramasdan Xonangga kir.
Dedi Sanjar. Shkaladlar va sumkamni olib ogʻir qadamlar bilan yurub boraverdim Abdulloh ham men tomon yurub kela boshlaldi yuzida gʻazab va nafrat edi bu menga atalgan aniq. Hozir meni shu yerda ursa kerak deb oʻylagandim menga yetishiga ikki qadam qolganida u boshqa tomonga burulib Sanjarni oldiga oʻtib ketdi... Orqamga qarasam Sanjar qarama degandek ishora qildi. Tez tez yurub Xonamga kirdim shkaladlarni sumkamga sigʻdirdim boshqa qizlardek kichkina faqag daftat sigʻadigan sumka tutmasdim. Kattaroq doim kitoblarimdan tashqari yana ortiqcha joy boʻlishi kerak edi. Ozgina boʻshliq bilmayman nima uchun ammmo shunday boʻlmasa koʻnglim toʻlmasdi.
— Sizmi Abdulloh?
Dedi Sanjar Abdullohga boshdan oyoq qarab.
— Ha men! Sen kimsan?
Dedi Abdulloh Sanjarni nazarga ilmay.
— Ha burningni yerga ishqalab qoʻyish kerak! Erkakni ishini qilmaysanmi? Sendaka qoʻshtirnoq ichidagi erkaklar ham koʻpayib ketdi. Bitta qizni gapiga kirib birovni qizini badnom qilishga uyalamaysanmi? Vijdon bormi ozgina boʻlsa ham?
Dedi Sanjar
— Hoʻoʻoʻ nima deding? Yana qaytarchi.
Sanjar Va Abdulloh bir birini yoqasidan ushlashdi. Lochin yugurib kelib ikkalasini ajratdi.
— jamoat joyidasizlar. Oʻzingizni bosib oling.
Deya baqirdi Lochin...
— Hurmatli Teacher! Doʻstingizga ayting erkakligini unutmasin.
Dedi Sanjar Lochinga qarata.
— Keyin gaplashamiz Sanjar! Hamma qarab turubdi.
Dedi Lochin. Sanjar ikkalasiga ham qaramasdan Moshinaga oʻtirib ketdi.. Abdulloh yer tepib qoldi.
— Toʻgʻri aytdi Abdulloh oʻsha qizni deb yaxshi qizni sharmanda qilasanmi?
Dedi Lochin ham Abdullohga baqirib.
— Jinnimisan Lochin? Oʻzim sevgan qizni sharmanda qilamanmi? Shahzoda juda gʻururli pobugini pasaytirib qoʻymoqchidim.
Lochin jim qoldi. Abdullohning
aytgan oʻzim sevgan qizni degan jumlasi uni etiborini tortdi.
— Abdulloh!
Dedi Lochin.
— Bilaman Lochin bu ishim toʻgʻri emas. Falsafiy gaplarni yigʻishtir bilaman koʻp badiiy kitob oʻqigansan.
Dedi Abdulloh va yurub ketdi. Lochin bir zum jim turdiyu Abdullohni ortidan yurdi...

Xonamizga kirib bordim koʻzlarim yigʻlaganimdan qizargandi hamma menga qaradi. Oʻzi kimdir hafa boʻlsa yoki yigʻlasa hamma oʻshanga qarab oʻtiradi yoki oʻzicha kelib falsafiy malumotlarni aytadi oʻzi amal qilmaydigan maslahatlar beradi... Dilnavozni yoniga oʻtirdim oʻtirishimga xabar keldi Sanjardan.


" Oʻzingizbi ehtiyot qiling! Hech kim bilan gaplashmang men hal qilaman. Qoʻpolligim uchun uzur" deya yozilgandi. Xabarni oʻqib yengil nafas oldim.
— Hozi kimni darsi edi?
Dedim Dilnavozga.
— Shahzoda men bilan salomlashmading ham senga nima boʻlmoqda? Buncha koʻp yigʻlaydigan kam gap boʻlib qolding?
Dedi Dilnavoz.
— Hammasi joyida Dili men maktabdab bezdim tezroq oʻqishga topshirib ketayda shu maktabdan.
— Shahzoda oz qoldi atigi toʻrt oy keyin. Toʻrtalamiz ham universitetda birga oʻqiymiz inshaalloh. Aytgancha hozir Tupurdixonni darsi .
Dedi Dilnavoz kulib uning shu gapidan keyin ozgina kuldim.
Tupurdixonni oʻzi ham kirib keldi Lochin bilna birga. Lochinning oldida Tursunoy oʻzini shunday aqlli iboli koʼrsatishga hat bir hafakatini nazorat qilishga harakat qilardi. Lochin boʻlsa unga qarab ham qoʻymadi. Lochinga kecha qoʻngʻiroq qilganimda qaysidir qiz koʻtargandi sevgan qizida kim ham boʻlardi. Ustozlar bilan salomlashganimizdan keyin Lochin Tursunoydan menga ruhsat berib turishini soʻradi.
— Ha bemalol chiqavering Shahzoda!
Dedi Tursunoy. Aslida meni gʻajib tashlashga tayyor.
— Rahmat.
Dedim va Lochinni ortidan ergashdim xonadan chiqganimizdan keyin Sanjar ular bilan salom alik ham qilma degani esimga keldi.
— Toʻxtang! Qayerga ketyapmiz?
Dedim Sanjarni gaplarini eslab.
— Kompyuterda jadval toʻldirasan...
Dedi Lochin menga qaramasdan.
— Men toʻldirmayman. Umuman menga gapirmanglar iltimos...
Dedim va xonaga qaytmoqchi boʻldim.
— Shahzoda yordam soʻradim sendan boshqalar bilmaskan.
Dedi Lochin toʻxtatib...
— Men ham esingizda boʻlsa sizdan yordan soʻragandim, baqirib oʻchirib qoʻygandingiz kecha boʻlsa sevgan qizingizga berib qoʻydingiz!
— Oʻsha payti seni sinamoqchi edim sevgani bormi yoʻqmi deb anavi satangni chaqirding darrov. Kechagi sevganim emas uni unut endi jadvalni toʻldir hammani malumotini beraman... Mayli deya yoʻq demay ortidan ergashdim oʻqituvchilar xonasida Kompyuterni olib jadval toʻldira boshladim... Lochin xonadan chiqib ketganida kompyuterni tekshirib rasmlarini koʻrib chiqa boshladim gʻirt jinni rasmlar hammasi qizlar bilan... Abdulloh bilanku bormagan joyi qolmagan ekan hamma joyda rasmga tushishgan. Rasmlarni koʻrib kulib oʻtirsam yuzimga yaqin joyda kimdir nafas olayotganini sezib darrov aylanib qaradim Abdulloh rasmlarni tomosha qilib turardi.
— Qitmir kompyuteriga yashirgan ekanda rasmlarni" — dedi Abdulloh.
— Hhhaligi uzur.
Men jadval toʻldirayotgandim.
Dedim
— Toʻxta chiqmay tur qanday kirding. Qaysi fayllardan...
Abdulloh jim qarab turdi qaysi fayllardan kirganimni koʻrib kuldi.
— Boʻldi jadvalingni toʻldiraver men bilganimni aytma men ham koʻrganingni aytmayman.
Dedi kulib
— Hop.
Abdulloh chiqib ketdi. Hayratda edim u hozir menha toʻgʻri muomila qildi. Jahlin chiqayotgani hech nima boʻlmagandek gapirdi. Qilar ishni qilib qoʻyib hotirjam gapirsaya. Oxirda ikki qolganida Lochin darsdan chiqib keldi..
— Tugadimi?
— Ikkita qoldi.
— Hozir sizlarga darsim. Tugatib darsga chiqaverasan.. Charchab qolmadingmi?
Dedi Lochin.
— A nima dedingiz?
Dedim hayratimni yashirmay.
— Darsga chiqasan dedim... Oshigʻingga aytib qoʻy tinch yursin biz bilan urushmoqchi shekilli basharasi buzulgani qoladi
Dedi Lochin kulib kitoblarini olib.
— vaqt koʻrsatadi buni? Mana tugadi...
— Tiling oldida ilon hijolat. Bitta qiz deb ja erkalatib yuborishgan shekilli.
— Bitta qiz emasman ikkita ukam ham bor hudoga shukur.
Dedim telefonimni olib.
— Ukang? Seni ukalaring yoʻqku?
Dedi Lochin hayron.
— Endi bor.
Dedim biroz oʻylanib va xonamizga chiqdim.
Xonamizga chiqganimdan keyin anchadan keyin Lochin ham chiqdi yuzida asabiylik bor edi... Menga bir qarab qoʻydi nafas olishni ham unutdim shekilli... Joyiga oʻtirgach oʻsha jiddiylikda bizga yuzlandi.
— Hammangiz bir biringizga juda yaqin boʻlib ketgansizlar. Yashiradigan siringiz yoʻq. Shuning uchun hammani oldida gaplashamiz.
Dedi Lochin. U nimani nazarda tutayotganini bilmasdim..
— Nimani gaplashamiz ustoz.
Dedi Aziz.
— Madina, Shahzoda, yigitlar hammangiz oʻrningizdan turing!
Dedi Lochin...
— Nimaga turdik?
Dedim sabrim tugab.
— qizlar! Dushmanligingizga oʻqituvchilarni yoki maktabni aralashtirmang. Madina qiz bolasiz uyingizdan chiqganingizdan keyin ikkala yelkangizda ota onangiz aka ukalaringiz gʻururini koʻtarib chiqasiz shuni unutmang. Oʻzingizga bir qarab qoʻying.
Dedi Lochin Madinadan koʻzini uzmay. Madina yigʻlab yuboray deb joyiga oʻtirdi navbat menga keldi
— Shahzoda, sovchilikka maktabga kelishmasin hali maktab oʻquvchisiz. Uyingizdagilarga tushuntiring kelgan sovchilarga qatiy tayinlashsin maktabga bormanglar deya.
Lochinni bu gapidan keyin hamma oʻ deb yubordi. Uyalib ketdim yigʻlagim keldiyu ojiz koʻrsatgim kelmadi ayb menda emasku. Sanjar aytganidek aybim boʻlsa yigʻlardim sovchilarga men maktabga kelinglar demaganman...
— Yigitlar sigareta chekish qayerdan chiqdi? Ota onangiz biladimi? Bilaman hammangiz emas. Chekadiganlarni har bittasini ota onasini chaqirtirib gaplashaman oʻzingiz aybdorsiz bunga.
Yigitlarni chekayotganini biz ham koʻrgandik lekin jim boʻlib aytmagandek... Javohir chekmasligi aniq Zokirni chekganibi koʻrmaganman lekin shubha bor.
— Yana kimda nima muommo bor?
Men qoʻl koʻtardim.
— Nima demoqchisiz Shahzoda?
— Tadbir qilaylik. Sinflar bilan birgalikda bellashamiz beshta shart boʻyicha...
Hamma o yoʻq deb yuborishdi.
— Albatta senary hammasini toʻgʻirlab beramab sizlardan faqat harakat va ishtiyoq meni sharmanda qilib qoʻymasangizlar boʻldi....
— Albatta biz gʻolib boʻlamiz...
Deya qizlar bilan qoʻl tashlashdim. Lochin kulib yubordi.
— Xullas, mendan nima yordam kerak boʻlsa qilaman. Shahzoda siz bosh boʻlasiz. Ikki sinfsizlara ikkala guruh hat bittasidan bittadan boshlovchi qolganini toʻgʻirlaymiz... Darsimiz tadbirda nimalar qilamiz shu mavzudagi suxbat bilan oʻtdi hamma hursand edi. Tadbirga qatnashishni yoqtirmayman lekin negadir shu tadbirga qatnashgim keldi.
Tadbirga tayyorgarlik boshlandi. Biz A sinf edik B sinf bilan hecham kelishmasdik doim urushub soch yulishardik albatta bosh roʻlda oʻzim boʻlardim. Tadbirimiz ham urush janjalsiz oʻtmasdi va hozir ham nimalar qilishni kelishgunimizcha ham nechi marta urushib oldim... Eng yomon koʻrganim qizlarni ishigi bollari aralashishardi qizlarini oʻzi bizga teng kelolmaydida eng jallod jon oluvchi qizlar mening sinfimizga yigʻilgandi. Odina va Dilnavozni aytmay qoʻyaveray sochini yul desa boshi bilan birga olib keladigan tentak ikkalasi ham... Yana hammasi iziga tusha boshladi Abdulloh menga unchalik gapirmay qoʻydi faqat koʻp tikilib qaraydigan boʻldi. Lochin jon kuydirib bizga yordam bermoqda. Madina menga gapirmay qoʻydi insofi uygʻonib qoldi shekilli. Faqat Zokir yana asabimni buzushni boshladi... Ukalarimga koʻnikib qoldim huddiki ular chaqaloqligidan men bilan birga yashagandek boʻlib qolishdi... Yolgʻiz farzand boʻlgandan koʻpchilik boʻlish ancha yaxshi ekan. Onam endi oʻzi zerikib uyda oʻtirmasdilar ukalarimni bogʻchaga ham bermadilar hammasini oʻzim eplayman dedilar dadam baxtiyor edilar... Sanjar yana bir marta sovchi joʻnatdi. Dadam yaxshu joy deb oʻylanib ham oldilar keyin yosh deya qaytarib yubordilar... Tadbirga ham oz qolgandi Ielts imtixoniga ham tadbirdan ikki kun oʻtib Imtixonga ketadigan boʻldik guruhimizdagilar bilan. Testlarda koʻp besh olayotganlarga Lochin tavakkal topshirib koʻrishni maslahat berdi.... Kechqurin soat oʻn ikkidan oshdi ammo men hali ham dars qilish bilan bandman birozga telegramga kirsam Sanjar va Zokir bir paytda yozishgan kamiga ikkalasi ham online edi... Zokirni yozganlarini oʻqidimu blok qildim. Sanjarni yozganlarini oʻqiy boshladim.
SAMJAR: Shahzoda sizda koʻnglim bor. Qancha desangiz kutaman meni sindirmang chin muhabbat rad etilsa inson sinadi..
Uning shu gaplarini oʻqib gʻalati boʻlib ketdim...
Men: Assalomu alaykum, yaxshimisiz? Men hech kimni sevmaganman va sevib aldanib qolishni ham hohlamayman hozir mening yagona maqsadim oʻqishga kirish chalgʻishim mumkinmas..
Yozishim bilan u oʻqidi va yoza boshladi darrov yozib tugatmas doston yozayotgandek edi. Sabrim tugab " Doston yozayapsizmi?" Deb yozib yubordim shu soʻzlarni yozishim bilan uning yozgani keldi.
SANJAR: Hech qachon men halal bermiman. Havotir olmang menga atigi bir marta imkon bering aldab tashlab ketmayman...
Doston yozmayapman tentak qiz.
Deya yozilgandi kulib yubordim.
— Oʻylab koʻraman ...
Dedim u telegramdan chiqdim ... Yana darsim qilmoqchi edim xabar keldi Lochindan. " Shu paytda telegramda nima qilding? Deya yozilgandi..
" SIZGA NIMA ?" deya yozib yubordim boshqa yozmadi. Lochinga oʻzidek muomila qilsa yoqmaydi jim boʻladi qoʻyadi. Unga faqat oʻzidek qoʻrs muomila qilish kerak shundagina uning ozgina boʻlsa ham yengish mumkin.
Maktabga kelsam xonada Hurnora bor ekan u ham erta kelibdi oʻylanib bir nuqtaga qaragancha oʻtirardi... Birinchi marta.
— Husnor nimaga bunday oʻtiribsan?
Dedim yoniga borib. U menga ojizlarcha qaradi koʻrib koʻnglim boʻshashib ketdi yigʻlab yuboray dedim.
— Dadam meni doʻstini oʻgʻliga berib yubormoqchilar oʻzi oʻqitarmish.
Dedu Husnora yigʻlab...
— Nima uchun?
— Oʻgʻli meni yaxshi koʻrib qolganmish men uni biron marta koʻrmaganman mendan yetti yosh katta ekanligini bilaman..
Dedi Yigʻidan toʻxtamay... Husnora sevib turmush qurishni hohlardi. Unday insonga turmushga chiqaman sevishib turmush qurganlarda ajrashish kam boʻladi bir birini tushunishadi derdi. Hozir unga rostan ham achindim..
— Husnor yigʻlama sen albatta baxtli boʻlasan sen sevgan emas seni sevgan bilan albatta baxtli boʻlasan. Ota ona hech qachon farzandiga yomonlikni tilamaydi. Sen albatta baxtli boʻlasan...
Dedi Husnorani quchib.
— Shahzoda menga Lochin ustoz yoqardi...
Dedi hiqqillab yigʻlagancha Husnorani quchganimcha qotib qoldim. Gʻalati ahvolga tushdim.
— Husnora axir u ustozimizku.
Dedi biroz sukut saqlagandan keyin.
— Bilaman ammo u menga yoqardi. Endi sevgimni yuragimga koʻmaman uni faqat sen va oʻzim bilaman.
Dedi Husnora koʻz yoshlarini artib Husnoraga chindan achindim...
— Nimani bilasizlar men ham bilay?
Deya Lochin kirib keldi. Husnorani yigʻlayotganini koʻrib hayron boʻldi. Va qoʻlidagi kitobni olib meni oldimga keldi
— Sizni shahzoda yigʻlatdimi? A? Hozi kitob bilan urub boshini yoraman Shahzoda aybdormi?
Dedi Lochin kitobni boshimga qoʻyib. Husnora kulib yubordi.
— Yoʻq shaxsiy muommolar ustoz.
Dedi Husnora Lochinga kulib qarab. Husnorani koʻzlaridan lochinga boʻlgan sevgini koʻrdim...
— Ha hafa qilsa menga aytinh dugonangizni oʻzim tazirini beraman.
— Hop.
— Men sizga nima qildim? Qizlarni ishiga nimaga aralashasiz boring yuqaling?!
Dedi oʻrnimdan turub qoʻllarimni belimga qoʻyib. Onam jahli chiqganlarida menga shunday qilib gapirardilar.
— Uf asabimni buzma ayol kishi erkak kishi bilan tengma teng urushmidi
Dedi Lochin asabiylashib.
— Oʻzim bilaman hopmi? Siz aralashmang qizlarni gapiga.
Dedim yana baqirib.
— Oʻn yildan beri yashab kelayotgan er xotinlarga oʻxshaysizlara".— dedi Javohir kirib kelishiga. Lochin kulib yubordi.
Lochin kulib yubordi va menga boshqacha mehr bilan qaradi. Men boʻlsa Husnoraga qaradim. Husnora Lochinda oʻziga nisbatan hech nima yoʻq ekanligini aniq tushundi faqat menga qaraganidan sezdi shekilli negadir vijdonim qiynaldi. Yaqin dugonam boʻlgani uchunmi bilmayman... Hamma kirib keldi Dars boshlandi zerikarli Biologiya umuman shu fan yoqmaydi. Deyarli hammaga sababi sinfimizda hech kim Biologiyadan tayyorlanmasdi qiziqmasdi ham... Husnora dars tugaguncha menga gapirmadi qarab ham qoʻymadi koʻnglim gʻash boʻldi... Dars tugashi bilan uni gapga tutdim.
— Husnora nega gapirmayapsan?
Husnora oʻylanib qolib gapirdi.
— Nimani gapiray Lochin senga befarq emasliginimi? Yoki hozir juda tang ahvolda ekanligimnimi?
— Husnora u ustozimiz menga befarqmi boshqami u bilan ishim yoʻq..
— Toʻgʻri u ustozimiz. Mayli unut ertaga uchrashuvga chiqishim kerak menga kiyim taanlashib yuborasanmi?
Dedi Husnora nihoyat kulib. Kulgusi juda soxtadek tuyuldi menga u meni hafa boʻlmasin deya oʻzini shunday tutmoqda...
— Albatta .
Dedim men ham kulib... Uzoq tanaffusda ovqatlanishga tushdik. Oʻqituvchilar ham bor edi... Tursunoy ustoz negadir meni yomon koʻrib qolgan meni koʻrsa burnini jiyirib qoʻyadi borib burnini sindirgim keladiyu jim boʻlaman....
Toʻrtala qiz ovqatlanib oʻtirsak Lochin ham yonimizga keldi...
— Men oʻquvchilarim bilan birga oʻtiraman.
Dedi Kulib Lochin. Unga shunday qaradimki u choʻchib ketdi.
— Iltimos Shahzoda koʻzingni toʻgʻirlab qara odamni qoʻrqitib yubording. Hazillashgandim bemalol ovqatlanaveringlar..
Dedi Lochin va Tursunoyni yoniga borib oʻtirdi. Tursunoy nozlanib unga ulab qoʻygan kipriklarini pir piratib qarab qoʻyib oʻtirdi...
— Goʻzal qizlarga shkaladlar.
Zokir har bittamizga bittadan shkalad qoʻydi menga bitta dona guli bilan berdi...
— Oʻʼoʻooʻoʻoʻ Zokir bizga gul qani?
Dedi Odina jahlimni chiqarish uchun.
— Gulga gul berib boʻlmaydida Odina shuning uchun sizlarga bermadim!.
Dedi Zokir vaziyatdan chiqish uchun
— Unda kimlarga gul beriladi Zokir?
Dedi Dilnavoz Zokining peshonasidan ter chiqib ketdi.
— Hunuk qizlarga gul beriladi!
Dedi qizla kulib yubordi Zokirning koʻzi menda hozir nima qilishim mumkin ekanligi haqida oʻylayapti.
— Zokir hozir seni oʻldiraman.
Deya oʻrnimdan turishim bilan Zokir qochib qoldi... Koʻzim Lochinga tushdi u menga asabiy qsrab turardi.
Lochin menga qarab turishini Husnora sezdi. Koʻrmaganga olib pepsi icha boshladi... Koʻnglim gʻijr boʻlsa ham sezdirmasdan ovqatimni tez tez yeb darsga shoshildim hali ingliz tiliga borishim kerak shu ieltsni olsam hammasi yaxshi boʻlardi oʻzimni tarixga tashlardim... Oxirgi dars Fizika edi dars yarmida Abdulloh kelib meni chaqirtirdi... Qoʻrquv bilan chiqdim.
— Assalomu alaykum ustoz tinchlikmi?
Dedim yuziga qaramasdan.
— Tadbirga ikki kun qoldi ulgursangizn yigitlar bilan qizlar Gruzinchaga oʻynasangiz zoʻr boʻladi men qoʻshiqlaridan tashlab beraman...
— Soʻrab koʻraman oʻynashga rozi boʻlishsa oʻynashadi.
— Sizchi? Siz oʻynamaysizmi?
Dedi Abdulloh u meni sizlayaptimi? Yo chin koʻngildan hurmat qilib yo yana nimanidir boshlab shunday qilyapti...
— Yoʻq men oʻynamayman faqat boshlovchilik qilaman...
— Tushunarli soʻrab koʻring!
Abdulloh gapini tugatdi Lochin paydo boʻldi.
— Shahzoda bugun dars boʻlmaydi Ielts men borolmayman. Oʻntacha odamga yetkazdim senda raqamlari borlaga aytib qoʻygin..
Dedi Lochin negadir birinchi marta dars boʻlmasligidan hursand boʻldim nimaga hursand boʻldim oʻzi ahmoqmanda aslida bu menga zararku dars boʻlmasa.
— Zoʻrku...
Dedim hursandchiligimni yashirmay. Abdulloh kulib yubordi.
— Dars boʻlmasa hursand boʻladiya. Oʻqishdan yiqilsang hursand boʻlganingga afsuslanasan.
Dedi Lochin toʻgʻri aytgandi oʻqishdan yiqilsam qayta turolmasam kerak.
— Buncha sovuqsiz!
Dedim va xonaga kirib ketdim. Lochin gapirishga ulgurmadi uni haqorat qilgandan keyin jim turmasligini bilardim nimadir deb meni yigʻlatadigan gap aytishi tayin edi.... Xonaga qaytgach oʻqituvchiga ham qarmasdan sinfdoshlarga gapirdim.
— Guruzinchaga oʻynab narigi guruh bilan bellashamizmi qizlar , yigitlar...
Dedim baqirib. Hamma birvarakayiga '" Ha " deyishdi..
— Keyin bellashizlar shahzoda. Hozir fizika musiqa darsi emas.
Dedi ustozimiz oʻqituvchiga bir qarab ikki qoʻlim bilan ogʻzimni yopib joyimga oʻtirdim qovun tushur men uchun muommo emas. Tarvuz ham tushuraveraman viy buncha ahmoqmana.
Dars tugagandan keyin Sanjarga xabar yubordim bugun dars boʻlmasligini aytib lekin javob yozmadi... Qizla yigitlar qizgʻin suxbat oʻzi tadbirga ikki kun qolgan biz qanday oʻynashimizni kelisholmayapmiz... Abdullohni chaqirib kelishdi sabrlari tugab.
— Ustoz bilsangiz oʻzingiz oʻrgating.
Dedi Javohir. Abdulloh biroz jim turdida.
— Lochinni ham chaqirib kelinglarda birgalikda oʻrgatamiz.
Dedi Abdulloh kulib Javohir yugurib ketdi... Men chetga chiqib oʻtirdim Husnora va Dilnavoz uyiga ketishgandi Odina qiziqqonligi sabab qoldi boshqa hamma shu yerda. Men har zamon telefonimga qarab qoʻyardim negadie Sanjar menga javob yozishini kutdim. Telegramni koʻrdim yozmagan kecha ertalab kirib chiqganidek turubdi... Yarim soatda ham bitta xabarga javob yozish qiyin boʻlsaya... Biroz oʻtib Javohir Lochin bilan kirib keldi.
— Maktabni davrini eslaylik Lochin!
Dedi Abdulloh Lochinga.
— O yoʻq men bilmayman. Abdulloh qoʻysangchi.
Dedi Lochin peshonasini ushlab. Bizdan hijolat boʻlayotgandi shekilli..
— Ikkalamizga yetadigani topilmagan buni oʻzing ham bilasan. Qoʻshiqni qoʻyinglar yigitlar diqqat bilan qarab turinglar boshqa takrorlanmaydi.
Dedi Abdulloh. Lochin yuzi ozroq qizardi jahldan emas menimcha bizdan hijolat boʻlganidan... Qoʻshiq qoʻyilgach Abdulloh va Lochin ikkalasi bir xil qilib oʻynay boshlashdi yigitlarni havasi kelgani aniq ularni oʻynagani koʻrib men ham oʻynagim keldiyu jim oʻtirdim Odina oʻtirolmay yonimda turub ozgina boʻlsa ham qimirlab turdi. Qoʻshiq tugagach ikkalasi ham charchab qolishdi. Bir biriga qarab kulib qoʻl tashlashib ham olishdi...
— Ustoz bilmayman deysiza?
Dedi Javohir Lochinga qarab. Lochin kulib qoʻydi...
— Endi bizni navbatimiz yigitlar hamma tushunib oldi a?
Deya baqirdi Zokir.
Yettitasi bir tekis turub olishdi ularning qarshisida Abdulloh va Lochin bilmagalarini koʻrsatib yuborish uchun... Yigitlar oʻynay boshladi ularning oʻynashini koʻrib kulaverganimdan qornim ogʻrib koʻzimdan yosh chiqib ketdi... Bittasi u tomonga qarasa bittasi bu tomonga qaraydi. Bittasi oʻtirsa bittasi turub oladi. Lochin va Abdulloh ham kulib qotib qolishdi...
— Yigitlar vaqtingiz boʻlsa bugun kechgacha boʻlmasa ham yana ikki soat vaqtimiz bor sizga oʻrgatamiz... Qizlar ham qoʻshilishi mumkin.
Deya Lochin menga qaradi... Shu onam ham qoʻngʻiroq qilib qoldilar bormaganimga havotir oldilar shekilli...
— Labbay oyijon. Hozir boraman.
Deya telefonni oʻchirib Lochinga qaradim.
— Men ketishim kerak Onam havotir olyaptilar.
Dedim Lochin hop deya bosh irgʻitib qoʻydi. Sumkamni oldimu yugurdim uyga qarab.
Uzoq kutilgan xabar. Kechgu soat toʻqqizdan oshganda Sanjar xabar yubordi. " uzur endi koʻribman, rahmat" deya yozilgan boʻldi boshqa hech nima... Jahlim chiqdi..
MEN: Ertaga yozardingiz. Arzimidi.
Deya yozib yubordim.
SANJAR: Uzur shunaqa boʻlib qoldi. Oʻylab koʻrdingizmi menga imkon berasizmi?.
Tavakkal qilib imkon bersammikin? Aldanib qolsam nima qilaman? Dadamga onamga nima deyman? Keyin afsuslanmaymanmi? Hayolimda shu savollarni oʻzimga oʻzim berdim. Ammo birontasiga javob topa olmadim.
MEN: Men tavakkal qilishdan qoʻrqayapman. Aldanib qolishdan qoʻrqaman...
Shu xabarimdan keyin qoʻngʻiroq qildi. Javob berishda shunchalik hayajonlandimki oʻzimga oʻzim tushunmay qoldim.
— Assalomu alaykum.
— Va alaykum assalom! Aldanmaysiz Shahzoda aldamayman. Tashlab ham ketmayman aldamoqchi boʻlganimda ikki marta sovchi joʻnatmasdim...
Gaplarini eshitib turdim... Aqlim yoʻq desa yuragim ha derdi...
— Men men bilmayman.
Dedim qoʻrqib.
— Iya nimaga bilmaysiz tentak qiz!
Dedi Sanjar kulib.
— Bilmaymanda.
— Ehhe men qachon uylanarkanman a!
— Men hali kichkinamandan.
Sanjarning kulgan ovozini eshitdim... Sanjar boʻylari judaa uzunmas lekin kalta ham emasdi Lochin va Abdullohdek shillanakdek emasda ulardan ozgina pasroq. Oʻziga yarasha chiroyi bor. Hammaa yigitlar qatori edi faqat unda samimiylik va juda mehribonligi uchun boshqacha koʻrinardi koʻzimga...
— Ha siz kichkinasizda. Bitta sirni aytaymi sizga?
Dedi Sanjar.
— Qanday sir?
— Men universitetda oʻqimayman. Davlat ishida ishlayman hozircha qanday ish ekanligini aytolmayman bu sir saqlanishi kerak.
— Vay aldoqchi men sizni talaba deb yurarkanman..
Rostan ham boshida kimdir spragandi Sanjardan qayerda oʻqiysiz de Universitetda talabaman degandi...
— Ha endi ishlayman sir saqlanishi kerak deyolmasdimda. Bugun xabaringizga javob yozolmaganim sabab majlislar choʻzilib ketdi.
— ha tushunarli. Lekin negadir xabar yozishingizni kutdim.
Dedim ha tilimni tishladim bunday demasligim kerak edi endi nima deb oʻylayotgandir.
— Qanday yoqimli soʻzlar rostan ham kutdingizmi?
— Yoʻq hazillashdim. Haligi Sanjar aka darslarimni qilishim kerak edi. Keyinroq gaplasharmiz...
Hijolat boʻlganimdan darrov telefonni oʻchirdim.
Tadbir kuni ham keldi. Ikki kunni Lochin va Abdulloh Yigitlarga Gruzinchani oʻrgatish bilan oʻtkazishdi. Men boʻlsa Sanjar bilan yanada yaqin boʻlib qoldim... Ayni Tadbir kuni Husnoraning ham fotixasi boʻladigan eng yaqin qizlarni aytgan yolgʻiz qoldirmanglar deya yani oʻsha oʻsha toʻrtta jinnini. Tadbir tugashu bilan fotixaga ketishimiz kerak. Qizla hammamiz qora yubka oq koʻylak va poshnali tufli kiyib sochimizni ikkita oʻrishga kelishgandek hamma kelishganimizdek kiyinib kelgan bitta men sochimni oʻrmaganman onamni vaqtlari boʻlmadi sochimni oʻrishga shunga ozgina u yoq bu yogʻini oʻzim jingalak qilgan boʻlib kelaverdim. Qizlar menga ginali qarab qoʻyishdi.
— Shahzooda nimaga sochingni biznikidek qilmading?
Dedi Odina.
— Odina onamni vaqtlari boʻlmadi oʻzim oʻrolmadim keyin shunday kelaverdim...
Dedim hafa boʻlib ham hijolat boʻlib sababi qizlar bizga bunday kel deb oʻzi boshqacha boʻlib olibdi ajralib turish uchun deya oʻylashayotgani aniq edi.
— Mayli hafa boʻlma bir soat qoldi biz gʻalaba qilamiz inshaalloh.
Dedi odina Hayajonlanib...
Biz beshta shart boʻyicha musobalashmoqchi edik shartlar oddiy orasida musiqiy tanaffuslar ham bor qizlar raqsga tushishadi... Birinchi shart tanishtiruv, ikkinchi shart har sinfdan beshtadan oʻquvchi chiqib maqollarni davom ettirish, uchinchi shart yigitlar arqon tortish oʻyini. Bu yigitlardan chiqqan taklif edi. Toʻrtinchi shart ingliz tilidan berilgan krasvord, beshinchi shart gʻazalxonlik.
Hammada hayajon qizlar oynaga qarab oʻzlarini tomosha qilish bilan band... Yigitlar aytganimni qilib hammasi bir xil oq koʻylak va qora shim galastugda kelishibdi hursand boʻldim... Zokir shu yerda ham asabimni buzushni eplamoqda qayerdandir yana menga gul topib kelibdi... Negadir olgim keldi chunki bu gul men sevgan moviy atrgul edi...
— Bugun bir oʻzingizni sinab koʻrasiz meni Tursunoy ustozingiz oldida sharmanda qilmang( ularga Tursunoy rahbar boʻlgandi)
Dedi Lochin hammamizga.
— Tushundik.
Dedik.
— Endi akrivlar zaliga ketdik omadingizni bersin...
Lochin menga qarab qoʻydiyu boshqa qaramadi.
Tadbir boshlandi boshlanishiha hamma hayajonlandi maktabdagi hamma yigʻilgan... Gapirishni boshlaganimda juda hayajonlandim keyinchalik hayajon oʻtib ketdi... Ikkinchi shartda bizni qizlar ozroq xatolarga yoʼl qoʻyishdi. Keyingi shartlarda toʻgʻirlanib ketdi... Shu yerda ham urushib ketishimizga oz qoldi. Uchinchi shartda bizni yigitlar gʻolib boʻlishgandi Tursunoy qarshilik bildirdi notoʻgʻri qildingizlar deya asabimizni buzdi Lochin gapga aralashganidan keyin jim boʻlib turdi... Ingliz tilidan krasvord yechishda biz birinchi boʻldik ammo bitta soʻzni harflarini almashtirib qoʻyibmiz... Bu uchun ham ancha baxs boʻldi va doʻstlik gʻalaba qildi. Abdulloh hammani jiddiylik bilan kuzatib turardi Lochin boʻlsa asabiylashardi nohaqliklar koʻp boʻlayotganidan bir joyda turmasdi... Oxirgi Gʻazalxonlikda biz orqada qolayotgandik shu payti qoʻshildim faqat chetda kuzatib turgandim Gʻazalxonlikda qoʻshildim men qoʻshilganimdan keyin B sinf boshlovchisi ham qoʻshildi bu yogʻiga ikkalamizning baxsimiz ketdi nixoyat doʻstlik gʻalaba qildi deb bizni toʻxtatishayotganlarida Abdulloh aralashdi. Oxirigacha davom etadi dedi... Endi qoʻrquvim yanada oshdi. Chunki men gʻolib boʻlishim shart edi ikkalamiz ham hozir teng edik... Esimga kelgan oxirgi gʻazalni aytdim va umid bilan kutdim qancha oʻylansa ham u aytolmadi. Va oʻqituvchilar sanay boshlashdi uchgacha sanashgandan keyin toʻxtatildi men gʻolib boʻldim. Turgan joyimda yosh bolalardek sakradim... Abdulloh oʻtirgan joyidan sakrab turub baqirib yubordi yaxshi hamki unga koʻpchilik etibor bermadi sababi hursnadchiligmizdan sinfimizdagilar ham baqirib yuborishgandi... Tursunoy Lochinga qarab qarab qoʻyib chiqib ketdi... Biz gʻolib boʻldik Lochin bizga kutilmaganda hammamizga kitob va chiroyli ruchkalar sovgʻa qildi... Oxirida yigitlar guruzinchaga oʻynashdi... Abdulloh oʻtirolmay ularga qoʻshilib oʻynadi shu qatorda qizlar ham. Men Odina va Dilnavozni olib Husnoraning oldiga yugurdik bizni kutayotgandi tadbir tugaguncha yigirma toʻrt marta telefon qilgan ancha xabarlar yuborgandi... Yugurub Husnorni uyiga bordik Husnora chiroyli boʻlib xonasida oʻtirgandi hayajonlanayotgani shundoq koʻrinib turgandi bizni koʻrishi bilan baqirib yubordi.
— Keldinglarmi?
Dedi sakrab.
—. Keldik dugonajon
Uchalamiz ham borib uni quchdik
— Husnor pochcha bilan koʻrishdingmi? Qanday ekan?
Dedi Odina shoshib.
— ha yaxshi yigit ekan. Menga maqul boʻldi muhimi koʻnglimga qararkan. Oʻqitarkan
Dedi Husnora hursand boʻlib. Shu gaplaridan keyin yelkamdan togʻ agʻdarilgandek boʻldi. Hursand boʻlib ketdim.
Husnoraga koʻpdan koʻp sarpolar keldi. Qaynonasi orzu havasli ayol ekan... Kechgacha Toʻrtta jinni mazza qilib suxbatlashdik. Telefonimga qaramabman ham sanjar va Lochin telefon qilib xabar joʻnatib tashlashibdi ayniqsa Sanjar... Husnorani uyidan chiqishim bilan Sanjarga qoʻngʻiroq qildim.
— Assalomu aa...
— Qayerdasan? Nimaga telefonga kavob bermaysan?
Salomim yarmida qoldi Sanjar baqirib ketdi toʻgʻrisi nima qilishni bilmay qoldim buni kutmagandim.
— Gapir qayerdasan?
Sanjar yana jahl bilan baqirdi koʻzim yoshga toʻldi.
— Negaa menga baqirasiz?
Yigʻlab yubordim... Telefon ortidan chuqur nafas olganini eshitdim.
— Kechir! Havotir oldim sizni yoʻqotishdan qoʻrqaman nimadir boʻldimi deb oʻyladim qoʻngʻiroqlarga javob bermadingiz artalabdan beri!
Dedi Sanjar oʻzini bosib olib.
— Kecha aytgandim-ku gaplashganimizda ertaga tadbir undan keyin Husnorani fotixasi deb...
— Shunday boʻlsa ham har soatda menga borligingni eslatib turing his qilib turay siz men bilan ekanligingizni...
Yana u oldingidek xotirjam gapira boshladi..
— Shahzoda nega yigʻlayapsan?
Odina va Dilnavoz kelib qolishdi... Telefoni oʻchirishga ulgurmay choʻntagimga soldim.
— Yoʻq oʻzim hammasi joyida. Yaxshi yetib olinglar.
Dedim koʻz yoshlarimni artib.
— Senga nimadir boʻlgan. Ayt nimaa boʻldi? Yana Abdullohmi yoki Lochi shillanka asabingni buzdimi?
Dedi Odina..
Odina qovun tushurishga usta Sanjar uning gaplarini eshitmagan boʻlsin ish qilib.. hozi yana jahli chiqishni boshlashi mumkin...
— Yoʻq men bilan nima ishi bor ularni jinnimisizlar oʻzim shunchaki.
Dedim Odinani quchib.
— Aldama ikkalasi ham senga oshiq anavi zokir va Abiturent Sanjar aka ham. Vay Laylo majnunlaringiz oʻzidan koʻpayishsin.
Dedi Dilnavoz kulib. Boʻldi endi aniq oʻldim. Sanjar hozir shunchaki jahldan emas Gʻazabdan oʻzini qoʻyarga joy topolmayotgani aniq..
— Ajab boʻlsin. Kech qolamiz uyga mayli yaxshi yetib olinglar.
Ikkalasi uyi bitta koʻchada edi har tomonga qarab ketdik ulardan uzoqlashishim bilan telefonni oldim...
— Labbay Sanjar aka.
Shu soʻzlarni aytishim bilan Sanjarning ovozidan yuragim yorilay dedi.
— Kim ular!
Dedi baqiirb.
— Kimni aytyapsiz tushunmadim.?
Oʻzimni tushunmaganlikka oldim.
— Zokir Abdulloh Lochin uchalasi bilan gaplashib olaman ushalar bilan qandaydir aloqang boʻlsa tirik qoʻymiman...
Sanjar bir gʻazablansa uni tinchlantirib boʻlmasdi boshqa payti undan yaxshi inson yoʻq.
— hech qanday aloqam yoʻq. Menga ishonmaysizmi?
Shu soʻzlarimni oʻzi yetarli boʻldi menimcha. U erkin nafas oldi.
— Ishonaman senga. Tezroq uyingga borib menga aytib qoʻy bugun meni adoyi tamom qilding qoʻlim ishga bormadi.
— hop boʻladi general.
Deya telefonni oʻchirdim.
Uyga borar ekanman bizni uyda ham sovchi muommosi endi Zokir uyidagilarini yuboribdi. Shu Zokirga mendan boshqa qiz qurub qolganmikin bilmayman. Zokirni Sarvinoz va Madina ham yaxshi koʻrishardi aslida shuning uchun meni yomon koʻrib qolishgan. Birovni majburan oʻzini sevdirib boʻlmaydi-ku yurak tanlaydi birov unga tanlab bermaydi oʻz qalbi amri ila tanlaydi... Uyga kirib borishim bilan ukalarim oldimga yugurib chiqishdi doim maktabdan kelgach ularga shirinliklar olib kelardim bugun hech nima olib kelmagandim esimdan chiqgan ekan ikkalasi ham shiringina boʻlib arazlab dadamning oldiga chiqib ketishdi.
— Qizim Zokir sinfdoshing yana sovchi qoʻydi!
Dedila onam ortimdan xonamga kirib.
— Javobimni bilasiz-ku onajonim men unga teg-may-man. Hech-qachon teg-may-man.
Deya dona dona qilib takrorladim.
— Un-da shu gap-la-ring-ni Zokirga ayt-gin qi-zim.
Dedilar onam mendek dona dona qilib takrorlab choʻzib... Kulib yubordim.
— Ona toq oʻtsam oʻtaman lekin oʻsha Zokirga tegmayman onasini koʻrgandim ota onalar majlisiga kelganda gʻirt anakondani oʻzi hozir chaqib oʻldirib qoʻyaman dehandek qarab turadi. Meni oʻldirib qoʻyadi u tegmayman Zokirga.
Dedim. Onam gaplarimdan kulib yubordilar.
— Qaynona kelin bir boʻlarkansizlar hech qisi yoʻq..
Deya chiqib ketdilar... Onam ham gapirishni boplaydilar. Meni tilim ozgina zaxarroqda biladilar... Doim sen mendek yaxshigina qaynonani umrini yoqasan deydilar... Hazil tariqasida albatta... Kiyimlarimni almashtirib darsga shoʻngʻidim endi Ieltsga topshirishimga atigi uch kun qoldi... Hayajon va qoʻrquv bor... Lochindan qoʻngʻiroq boʻldi javob bersammikin deya oʻylanib telefonni oldim...
— Labbey
— Va alaykum assalom. Uch kundan keyin Ielts dars qilishni toʻxtatib turub ozroq dam ol. Yaxshi boʻladi hammasi hammaga aytib qoʻydim.... Sen qolganding.
Dedi Lochin doim mendan kamchilik topishni eplaydi.
— Assalomu alaykum tushunarli rahmat ustoz...
— Ustozmi! Bugun guruhga gʻalabani olib berding rahmat...
— Atzimaydi! Mendan boshqa gapingiz yoʻqmi?
— Kimdir bilan gaplashmoqchimisan telefonni oʻchirishga shoshilyapsan?
Dedi Lochin.
— Yoʻq! Shunchaki ishlarim bor.
— Sanjarga salom ayt!
Dedi Lochin va men gapirmasimdan oldin telefonni oʻchirdi. Sanjar bilan munodabatimizdan xabardor shekilli. Mayli menga nima? Telefon qilganimda oyimchasiga berib qoʻygandi menga qoʻpol gapirgan oʻsha qizchasi hali ham alamim bor.
Uch kun uch soat vaqtdek oʻtib ketdi ielts topshirishga Sanjar bilan birga bordin guruhimizdagilar Lochin ham bizga qarab qoʻydi. Lochin oʻsha qoʻrsligida hammaga oʻzimizga ishonishimiz kerakligini uqtirardi.. Bugun yettitamiz topshiradigan boʻldi ertaga oltitamiz.... Hammamiz hursand chiqdik abet payti boʻlganifmda birgalikda ovqatlanadigan boʻldik Qizlar hammamiz oʻtirdik Sanjar va Lochin alohida oʻtirishdi ikkalasining munosabati yaxshi edi... Kechgacha ielts bilna yurub uyga qaytdik qiynalmagandim deyarli hammasini bilib tushunib ishlaganman gapirganman... Onma va Dadam duoda edilar kelishimga ikkalasi ham oldimga chiqishdi...
— Nima boʻldi?
Dedi dadam shoshib.
Yaxshi qiynalmadim
Dedim hursand dadam va onam erkin nafas olishdi. Ota ona qanday zot a? Imtixonni topshirgan menman ammo dadam va onam mendan koʻo hayajon va qoʻrquv bilan oʻtirshgan. Ota ona shunday zotlarki yemay farzandiga yediradi, ichmay farzandiga ichiradi, kiymay fatzandiga kiydiradi... Dadam biroz oʻtirganimizdan keyib gapirib qoldilar...
— Qizim ielts yaxshi natijaga olsang koreyaga oʻqishga yuboraman bu yerda emas koreyada oʻqiysan.
Dedilar dadam. Jim qoldim. Ketgim ham bor ketmagim ham. Ketsam Sanjar nima boʻladi? Ketmasam orzuyim orzuligicha qolib ketadi. Dadamning esida ekan koreyada oʻqiy deb soʻragandim oldin yoʻq deyishgandi...
— Shahzoda nimaga oʻylanib qolding?
Dedilar dadam. Dadamga qaradimu yigʻlab yuborib ularni quchib oldim.
— Hursandman dada orzuyim orzuligicha qolib ketmas ekan rahmat.
Dedim yigʻlab aslida boshqa narsa uchun yigʻlayotgandim nimaligini oʻzim bilmayman. Balki Sanjarni yoʻqotishdan qoʻrqayotgandirman...
— Ona qizim. Orzularing albatta ushladi qizalogʻim.
Dedilar dadam... Ukamlar bilan biroz oʻtirib xonamga chiqdim har narsa bilan oʻzimni chalgʻitmoqchi boʻldim eplolmadim... Qandaydir qoʻrquv aralash havotir bir edi koʻnglim gʻash edi... Sanjarga aytaymi yoʻqmi oʻylab oxiri aytadigan boʻldim... Qoʻngʻiroq qildim.
— Sanjar aka sizga bitta narsa aytmoqchiman...
— Ha aytavering.
Uning ovozida charchoq bor edi.
— Dadam koreyaga oʻqishga yubormoqchilar...
Shunday dedimu yigʻlab yubordim lekin juni Sanjarga sezdirmadim.
— Meni tashlab a?
— Dadam shunday deyaptilar! Oʻqishni tugatgunimcha kutaman dehandingiz-ku qayerda oʻqishimni nima farqi bor?
— Nima farqi bor? Katta farqi bor! Mendan bir ogʻiz soʻrab qoʻysangiz nima boʻlardi? Meni oʻylamadingizmi?
— Ketmasimdan toʻpolon qilmang Ielts yaxshi chiqsa ketaman boʻlmasa peshonangizdaman.
— Baribirda ... Uf hech qayerga ketmaysiz! Yigʻishtiring bu gaplarni.
Dedi Sanjar chuqur uf tortib
— Aniqmas-ku hali
Gapimni tugatmasimdan Sanjarni baqirgan ovozini eshitdim.
— Vaydoood
— Nina boʻldi?
Javob bermadi qoʻlidan telefon tushub ketdi shekilli bir necha marta Alo deya chaqireim keyin Sanjar javob berdi.
— Hudo saqladiya Shahzoda.
Dedi Sanjar.
— Tinchlikmi nima boʻldi?
— Dugonangiz bor ekan xonamda boshimni yonida vishshilab turubdi qprqib ketdim.
Dedi Sanjar kulib.
— Dugonam? Vishshilagani nimasi?
Dedim tushunmay biroz turub esimga kelib qoldi. Asabim buzulib Sanjarni urusha boshladim.
— Oʻzingiz Vishshillaysiz hopmi. Meni ilonga oʻxshatdinga battar boʻling!
Dedim baqirib.. Sanjar boʻlsa mazza qilib kulardi.
Maktabga shoshilib bordim... Kech qolgandim birinchi dars tarix Abdullohning darsi edi aynan uning darsiga kechikdim. Endi menga qancha jazolarni qoʻllab gapiradi... Eshikni taqqilatib ochdim drektorimiz va boshqa oʻqituvchilar yigʻilib turishgan ekan... Qandaydir muommo chiqgani aniq...
— Assalomu alaykum mumkinmi!?
Dedim xonaga kirib. Abdulloh sekin oʻtir ishorasini qildi ammo drektorimiz mijgʻovlik qildi.
— Shahzoda siz darslarga layoqatsiz boʻlib qoldingiz. Kech qolib kelasiz oʻqituvchilarni hurmat qilmaysiz Dadangiz bilan gaplashishga toʻgʻri keladi.
Dedi asabimni egovlab.
— Men yuborgandim bir ikkita topshiriq bilan.
Dedi Abdulloh..
— Takrorlanmasin.
Dedi Drektorimiz koʻz oynagini tushurib Abdullohga qarab qoʻydida. Joyimga oʻtirdim qiziqib ketardim nima boʻlayotganiga juda ham...
— Husnor nima boʻldi?
Dedim sekin pichirlab.
— Qaysidir maktabda oʻquvchi qis tugʻganmish. Endi oʻshani muommisini qilib asabimizni egovlayapti drektor xolamiz.. Bizga nima ekan oʻzi tinch yurmagandirda.
Dedi Husnora... Maktab oʻquvchisi ota onasi qayerga qarayotgan ekan a.
— Qizlarim oʻzingizni asrang. Ota onangiz gʻururi jannat kaliti sizlarsiz. Ota onangizni jannatga kirishini hohlamaysizlarmi? Oʻzimizga toʻgʻri boʻlaylik hammasi tushunarli boʻldimi?
Dedi Drektor.
— Ha.
Hech kim gapirmasa ham men ha deb qoʻydim Abdulloh oʻng qoʻlini peshonasiga olib bordi... Drektor menga bir qarab qoʻydiyu gapirmadi Lochin ham kirib keldi.
— Tinchlikmi? Universitetdan chaqirib qolishgandi.
Dedi Lochin shoshilib.
— Hammasini qizlaringizga tushuntirdim endi oʻzingiz ham bir tarbiyaviy soat oʻtib qoʻying.
Dedi drektor va chiqib ketishdi. Abdulloh va Lochin qolishdi.
— Nima muommo qildingizlar yana.
Dedi Lochin bizga qarab...
— Ustoz biz hech qanday muommo qilmadik bitta mantabdagi oʻquvchi qiz aholi sonini koʻpaytirishga oʻz hissasini qoʻshibdi shuning uchun bizga tarbiya berib chiqib ketdilar ..
Dedi Zokir oʻrnidan turub. Hamma kulib yubordi Lochin va Abdullohdan tashqari
— Kuladigan joyi yoʻq buni Zokir. Oʻzingizni onglab oling hammangiz. Men sizlarga tarbiya berishga uyalaman toʻgʻrisi mendan juda kichik emassiz universitetga topshirib mendek talaba boʻladigan paytdasizlar. Hamma nazoratim ostida boʻladi maktabda. Maktabga nechi keldi nechida chiqib ketdi hammasini ota onangizga aytib qoʻyaman. Qadamingizni oʻylab bosinglar.
Dedi Lochin.... Toʻgʻri aytgandi drektor ham Lochin ham bu juda biz uchun aslida yomon. Qiz bola poloxmon toshi boʻladi. Uyidan bir qadam koʻchaga chiqdimi ota onasi aka ukalari qarindoshlari gʻururini yelkasida olib chiqadi.
Ielts yetti oldim hamma hursand edi Sanjar ham. Dadam hursandligidan toʻgʻri koreya unibersitetiga topshirishimni aytdilar. Koʻnglim gʻash edi. Sanjarga aytsam seni aeraportdan olib qochib ketaman deb hazillashib qoʻyadi. Kunlar ketidan kunlar oʻtar maktab tugatishimizga ham oz qolgan atigi bir oy. Sanjar bilan munosabatimiz juda yaxshi edi.. Lochin va Abdullohning menga boʻlgan munosabatlari shunchaki darsga kirganda salom alik boʻlib qoldi... Zokir taslim boʻldi. Sovchi joʻnatib ham sevgi isxor qilib ham charchadi... Shunday kunlarning birida Sanjar aka oʻychan holda gap boshladilar.
— Shahzoda sizga bitta haqiqatni aytmoqchiman.
Dedilar negadue yuragim gʻash boʻldi.
— Qanday haqiqat ekan?
Kulib gapirishga harakat qildim.
— Mennn bir yil oldin uylanganman...
Sanjarga qarab qoldim.
— Shahzodaa.
Deya meni turtganidan keyin oʻzimga keldim
— Nnnima dedingiz?
Dedim ozroq duduqlanib.
— Uylanganman toʻy kuni. Toʻyxonadan qaytishda avariya boʻlganmiz oʻsha zaxotiyoq Maryam oʻtib qolgan...
Bu vaziyatda men unga nima deyishni bilmasdim... Sanjar bu gaplarni menga aytish uchun ancha tayyorgarlik koʻrgani aniq edi oʻzining ham kayfiyati tushib yigʻlashdan bazoʻr oʻzini ushlab turgandi...
— Nnnimaga menga bularni aytdingiz?
Yigʻlab yubordim.
— Yashirolmasdim. Uyingdagilar bermaymiz deganini sababi ham shu boʻlsa kerak... Lekin men oxirigacha kurashaman faqat sen bilan ekanligingni his qilib tursam bas.
— Sanjar akaa men ikkinchi xotin boʻlamanmi?
— Shahzoda oʻlgan odam haqida bu mavzularda gaplashmaylik iltimos. Senga faqat bitta haqiqat men u bilan ikki marta koʻrishganman kelin koʻylak tanlashga borganimda i keyin toʻy kuni koʻrganman...
— Nima boʻlganda ham siz elga toʻy berib u bilan toʻyxonada birga oʻtirgansiz-ku...
— Nima farqi bor. Men seni sevaman-ku. Shuni oʻzi yetmaydimi? Yana nima kerak senga men hammasini muhayyo qilaman...
Dedi Sanjar qoʻlimdan ushlab.
— Yoʻq menga hech narsa kerak emas men men oʻylab olishim kerak...
— Men Davlat ishida ishlayman.. ingliz tilini sen uchun oʻrgandim oʻquv markazga ketayotganingda koʻrib qoldim ortingdan bordim oʻsha oʻquv markazimizgacha kuzatib bordim... Sen bilan tanishish uchun zoʻr fikr ingliz tilini oʻrganish edi... Sen bilan nega koʻp koʻrishmiman yoki telefonda gaplashmiman bilasanmi?
— Nega?
— Mendan zerikib qolasan deb qoʻrqaman... Bor endi ketaver oʻylab ol. Meni tushlik vaqtim tugadi ishga yetib borishim kerak.
Dedi Sanjar va qoʻllarimni qoʻyib yuborib ketdi. Oʻzim bogʻning oʻrtasida qoldim.
Bogʻda yigʻlab oʻtirganimda Lochinni bitta qiz bilan koʻrdim... U meni yigʻlab oʻtirganimni koʻrib toʻxtab qolib qaytib keldi.... Yonidagi qiz qolaverdi.
— Bu yerda nima qilib oʻtiribsan?
Dedi menga qarab.
— Hech nima!
Dedim-u yuzimni berkitib yigʻlab yubordim... Chinakamiga ezilib yigʻlayotgandim. Lochin sekin yonimga oʻtirib meni quchdi kutmagandim darrov undan oʻzimni tortdim ahu zahoti Sanjar qaydandir paydo boʻldi. Lochinni yoqasidan ushlab oldi.
— Nimaga unga qoʻlingni tekkazasan men uni oʻzimdan qizgʻonib qoʻlini ushlamayman..
Dedi Sanjar. Lochin ham uning yoqasidan ushlab oldi..
— Unda nimaga yigʻlatib bogʻda tashlab ketding?
Dedi Lochin.
— Men aytdim shunday deb. Sanjar aka meni olib keting iltimos.
Deya yigʻlagancha Sanjarni qoʻliga yopishdim... Sanjar menga qarab tikilib turdi uning koʻzlariga boqdim yigʻlaganini sezdim qizargan edi koʻzlari. Lochinni yoqasini qoʻyib yubordi va meni qoʻlimdan tortib bogʻdan olib chiqib moshinasiga oʻtirgʻizdi. Oʻzi ham yonimga oʻtirib menga tikilib qarab turdi keyin qoʻli bilan koʻz yoshlarimni artdi...
— Sen tentakni deb men ishsiz ham qolaman bir kun keyin ikkalamiz uchun ishlaysan.
Dedi Sanjar. Kulib yubordim.
— Hudoga shukur quyoshim kuldi.
Dedi Sanjar.
— Men hali oʻylab koʻrmadim.
— Qoʻy shu gaplarni kel shunchaki baxtli yashaylik... Sen va Men bizning ertagimizda... Koreyada oʻqishingga qarshi emasman uzogʻi bilan bir yilda yoningga oʻz biznesimni boshlab borishga harakat qilaman.
— Sanjar aka dadam rozi boʻlmaydilar...
— Menga ishon. Seni oʻzga bilan yashashingni oʻylolmayman tasavvurimga ham sigʻdirolmayman... Boya Lochinni oʻldirishim kerak edi aslida oʻzimni bosdim oʻzim shu siyosat davlat ishida yurub bunday qilolmasdim.....
— Koreyaga ketaveraymi?
— Albatta. Keyin ortingdan men ham boraman... Goʻzallar goʻzali ielts oldim deb bemalol yurubsizmi xonimcha. Koreys tilini oʻrganasan oʻqishgaa ketadigan paytinggacha oʻzim nazorat qilaman..
Dedi Sanjar va shu paytini oʻzida Lochindan xabar ham keldi. " Ahvoling yaxshimi?" Deya yozilgandi. Sanjar olib oʻqidi... Va menga sochlari tikka tikka boʻlib qaradi men boʻlsa ayb ish qilib qoʻygan kichkina qizchadek yerga qarab oldim... Sanjar nimadirlarni yozib yubordi buni sezdim ammo yozganini oʻchirib ham tashladi... Men yerga qarab turaverdim... Sanjar sochimdan ushladi.
— Soching ham judaa kalta emas urganda yaxshi qoʻlga mos tushadi...
Dedi jahl bilan.
— Hmm.
Dedim.
— Sochingni yulaymi yoki qoʻlingni sindiraymi?
Dedi Sanjar bu safar soʻzlari kulgu aralash chiqdi... Sekin boshimni koʻtarib unga qaradim. Men qarashim bilan kulib yubordi.
— Ajoyibsanda Shahzoda.
Dedi kulishdan toʻxtamay.
Ertasiga maktabga bordim bugun Abdullohning ham Lochinning ham darsi bor edi. Aytgancha maktabimozdan ielts olganlarga Drektorimiz oʻz sovgʻalarini bergandi. Aslida buni ham Lochin oʻz hisobidan berdirgan hursand boʻlishimiz uchun.... Tarix darsida oʻtilgan mavzularni takrorlash oxirgi ikki hafta endi faqat oʻtilganlarni takrorlash hamma fandan Abdulloh hamma mavzulardan toʻplab tuzgan savollaridan berdi ... Jim test yechib oʻtirganimizda Abdulloh toʻsatdan menga Shahzoda tashqariga chiq dedi. Hayron ortidan bordim....
— Tinchlikmi ustoz?
— Sanjar bilan nima qilib yurubsan?
Savoliga nima deb javob beraman buni nima ishi bor?
— Hech nima qilib yurganim yoʻq... Oʻylab gapiring.
— Nina qilib yurganingni bilaman. Oʻzimni zoʻrgʻa bosib yurubman senda koʻnglim bor ammo Lochin ham seni yaxshi koʻrgani uchun doʻstim baxtli boʻlsin deya men oradan chiqgandim.. Ammo sen kimlarga ilakishib yurubsan?
Dedi Abdulloh
Unga anqayib qarab qoldim.
— Hech nima qilib yurganim. Yoʻq Lochin ustozni sevgani bor kecha ham koʻrdim telefon qilganimda ham oʻsha javob bergandi...
— Lochin ustoz?! Shundaymi?
Dedi Abdulloh kesatib.
— Ha ustoz. Rahbarim.
— Sen oʻsha Sanjar bilan birga boʻlolmaysan bunga men yoʻl qoʻymayman. Lochinga ham tegmaysan menga-ku umuman keraging yoʻq endi oʻzga erkak qoʻlingdan ushladi...
Uning gaplaridan ozroq titrab ketsamda oʻzimni dadil tutdim.
— Mening hayotimga aralashmang sizni ishingiz boʻlmasin.
Dedim endi xonamizga ketmoqchi edim Lochin ham keldi...
— Nima muommo?
Dedi bizga qarab.
— Hech qanday doʻst. Darsga kiray men.
Dedi Abdulloh va xonaga kirib ketdi...
— Shahzoda kechaa senga nima boʻlgandi?
— Hech nima boʻlmadi
— toʻgʻrisini ayt?
Dedi Lochin.
— Sizga savol! Bitta qizni sevsangiz lekin uni oʻtmishi boʻlsa yani qiz toʻyi boʻlgan kuni toʻyxonadan qaytishda eri olamdan oʻtgan boʻlsa u bilan bir kun ham yashamagan boʻlsa unga uylanarmidingiz?
Lochin oʻylanib qoldi.
— Bu oʻsha qizning qandayligiga bogʻliq agar men izlagandek qiz boʻlsa balki uylanardim. Balki yoʻq u ham baxtli boʻlishga loyiq...
—Shunaqa deng!
Dedim.
— Sen hozir bu gaplaring bilan Sanjarni nazarda tutdingmi?
Dedi Lochin.
— Yoʻq unimas oʻzim shunchaki.
— Mayli. Oʻzingni ehtiyot qil qiz bolasan. Nomingga dogʻ tushurma...
Dedi Lochin va ketdi... Xonaga qaytdim Abdullohning koʻzlari menda oʻldirishga tayyordek edi test ishlashga hatakat qilardim lekin qoʻlin qaltirardi nehadir darsda oʻtirishni hohlamadim. Abdulloh oldimda oʻtirib menga xabar yubordi...
Abdulloh: Lochin sen telefon qilgamda koʻtargan qiz uning xolasini qizi boʻladi. Lochinni sevadi ammo Lochin unga singlisidek qaraydi. Kecha sen koʻrgan qiz sevgan qizi emas... Onasi iltimos qilgani uchun uchrashuvga chiqgandi unga uylanmaydi... Oʻzingni yigʻishtirib ol!"
Deya yozib yuborgandi. Oxirgi gaplari asabimni buzdi men yomon ish qilib yurganim yoʻq... Sanjar bir marta kecha yigʻlagan paytin qoʻlimdan ushladi. Lochinchi yigʻlagan paytim yuragi yorilib meni quchmoqchi boʻldi shu ishi toʻgʻrimi? Sanjar va Lochinning qiladigan ishlari bir birinikini teskarisi .
Maktabning soʻngi kunlari har kunning har bir daqiqasini baxtli oʻtkazishga harakat qilardik.... Soʻngi qoʻngʻiroqga ikki kun qoldi. Qizlar bilan yigʻilib olib qanday kiyinishimiz u qanday soch turmagi qilamiz kelishardik men Javohir bilan birga chiqadigan boʻldim... Dars endi tugab hammamiz uy uyimizga ketayotganimizda Lochin meni toʻxtatib qoldi...
— Tinchlikmi ustoz?
— Koreyaga ketma!
Dedi menga boshqacha boqib.
Maktabda hovlisidamiz hamma bizga qarab qarab oʻtib ketardi.
— Nega ekan?
— Shunchaki ketma!
Dedi Lochin.
— Oʻzim bilaman...
Deya ketish uchun oʻgrildim va juda katta tezlikda moshina kelib chiyillagancha toʻxtadi ichidan Sanjar yugurib tushdi kelib meni qoʻlimdan tortqilib moshinaga oʻtqazdi. Jim edi menga gapirmadi Lochinga ham qarab qoʻymadi chekkaroqqa bordik...
— Shahzoda esingdami meni ishim sirli degandim.
Dedi Sanjar tez gapirardi gaplaridan shoshilayotganini sezib turardim...
— Ha tinchlikmi?.
— Oʻsha ishim boʻyicha men ketyapman. Mening ishim sirliligicha qolsin sodda qilib tushuntirganda men boshqa davlatlar u bu jinoyatchini qidirishi uchun yoki masala boʻlsa yuboriladigan guruh boshligʻiman. Zudlik bilan ketishim kerak meni aldab tashlab ketdi deb oʻylamasliging uchun aytyapman. Agar qaytib kelsam albatta sen menikisan kelmasam baxtli yashashing kerak hopmi?
Dedi Sanjar koʻzidan tinmay yosh oqa boshladi ... Koʻz yoshim yuzimni yuvardi...
— Nega aynan siz?
Dedim hiqillab yigʻlagancha.
— Kechir! Oʻzingni ehtiyot qil.. Iltimos Koreyada oʻqima begona joy... Meni ketadigan vaqtim boʻldi seni uyingga tashla qoʻyishadi...
Dedi Sanjar va Vertalyot ovozi eshitildi bizdan uzoqroqga vertalyot qoʻndi... Sanjar menga mehr bilan tikildi va koʻz yoshini artib Vertalyotga chiqdi. Va bitta yigit kelib moshinaga oʻtirdi meni uyga tashlab Sanjarni moshinasini uyiga olib borish uchun... Ikki qoʻlim bilan ogʻzimni berkitib yigʻlardim.. Yigit menga rahmi kelib oxiri gapirdi..
— Sanjar bundan qiyin topshiriqlarni ham uddalagan.. Havotir olmang u albatta qaytadi...
Dedi menga qarab shu soʻzlarning oʻzi ham menga bir olam quvonch bagʻishlardi shunday boʻlsa ham koʻnglimda gʻashlik bor edi.... Bu holatimni qanday tushuntirishni qanday soʻzlar bilan ifodalashni bilmasdim. Qiloladigan ishim yigʻlab oʻzimni ovutish... Yaramas Sanjar baribir aniq qiladigan ishi haqida malumot aytmadi demak shunchalik sirli saqlanishi kerak ekan.. xatto ketar chogʻi ham meni oʻylab Koreyaga ketmasligimni qiynalishimni aytdi. Qanday mehribon inson a?
Uyga kelib xonamdan chiqmadim... Oʻzimni ovutishga harakat qilsam ham koʻnglim notinch edi... Nimadir sodir boʻladigandek... Maktabga bormadim. Soʻngi qoʻngʻiroq kuni qizlarni iltimosi bilan bayramga bordim. Maktab bilan hayrlashamiz. Hammani yuzida tabassum hursandchilik... Mening yuzim kular ammo yuragim qon ... Yuragimga har lahza pichoq sanchib turilgandek edi. Soxta tabassumimni Abdulloh va Lochin sezishdi labim tabassum qilar ammo koʻzimda yosh. Kimdir nima boʻldi? Deya savol berishsa yigʻlab yuboradigandek turgandim...
— Husnora nima boʻldi?
Hamma mazza qilib oʻynab kulishib kabutarlar uchirishayotganda men stulda oʻtirib oʻylanib qolibman.. Koʻz oldimda Sanjarning Vertalyotga chiqayotganda huddi menga soʻngi bor qarayotgandek qaragani edi ... Men ham shu soʻzlarni kutib turganmidim bilmayman Husnorani savolidan keyin yigʻlab yubordim.
— Nega yigʻlayapsan dugonajon..
Dedi Husnora meni quchib men yanada ichikib yigʻladim..
— Shahzoda oʻzingni qoʻlga olsangchi hamma bizga qarayapti qara koʻz yoshingni art sen kuchlisan-ku.
Dedi Husnora koʻz yoshimni artib.... Lochin oldimga keldi..
— Husnora tur oʻrningdan..
Dedi menga qarab
— Yoʻq men yaxshiman. Koʻzimga nimadir kirdi shekilli.
Dedim koʻz yoshimni artib.
— Yoʻq, sinfdoshlaringa sovgʻa bor shularga qarashib yuborasan men bilan yur yozib chiqamiz.
Dedi Lochin... Unga qarab qoʻydimu ortidan keldim oʻzimizni xonamizga chiqdik....
— Shahzoda yigʻlashni yigʻishtir. Bilaman nima uchun yigʻlayotganingni...
— Siz nimani ham tushunardiz ichi yonib ogʻrirkan qiynalib odamni men shunaqa boʻlyapman... Sizni ishingiz boʻlmasin
Dedim yigʻlab
— Sen oʻz sevganing koʻz oldingda oʻzgani aytib yigʻlasayu ovutolmasang, oʻzga uchun qiynalsayu seni bir tinga ilmasa qanday boʻlishini tushunmaysan.
Dedi Lochin gʻazablanib.
— Nima qilay? Nima qil deysiz?
Dedim va oʻtirib yuzimni yashirib yigʻladim... Lochin boshqa gapirolmay yonimga keldi. Buni his qildim u men tomon qoʻlini uzatda ammo qoʻli boshimga teggunicha bormadi toʻxtadi.. Abdulloh yugurib keldi...
— Lochin Lochin.
Dedi shoshilib kirib kelib. Meni koʻrib jim qoldi
— Nima boʻldi?
Dedi Lochin shoshib. Abdulloh menga qaradida Lochinga qarab koʻzzini yumdiyu yana ochib yerga qaradi... Lochin yuziga fotixa tortdi....
— Uyingga bor Shahzoda charchabsan.
Dedi Lochin.
Men tushunqiramay uyimga ketdim.

Sanjar Ketmasidan oldin.

— Lochin siz bilan gaplashib olishim kerak!
Dedi Sanjar.
— Nimani gaplashmoqchisiz?
— Men ketaman qaytib kelmayman koʻnglim sezyapti... Shahzodani sevasiz bilaman uni ehtiyot qiling iltimos... Uni qanday qizligini bilasiz... Men ketganimdan keyin tushkunlikka tushub qoladi aniq ammo oʻsha payti siz uni asrashingiz kerak yonida boʻlib. Bu soʻzlarni aytish qanday qiyinligini bilsangiz edi oʻz sevganini boshqaga tashlab ketish. Lekin Shahzoda baxtli boʻlishi kerak.
Dedi Sanjar
— Nega kurashmaysiz? Sevsangiz kurashing.
— Ammo bu foydasiz oʻlim haq... Iltimos uni asrang men oxirgi marta u bilan hayrlashib olaman... Koreyaga ketishiga zinxor yoʻl qoʻymang u qiynaladi.
— Sogʻ omon qaytib keling!
Dedi Lochin Sanjarni yelkasiga qoʻlini qoʻyib. Sanjar siniq kulib mayuz yuz bilan Lochinha qarab qoʻydi

Koreya:


Mana Koreyaga kelganimga uch oy boʻlibdi. Uch oy oldin hayotim ostin ustun boʻlgandi... Yurak ogʻrigʻi hali ham azob berib kelmoqda... Sanjarning oʻlimini eshitib men butkul soʻndim bir daqiqa ham uyda qolgim kelmasdi... Yigʻlashdan boshqa choram yoʻq edi... Oʻzimni doim Sanjar bilan oʻtkazgan xotiralar bilan ovutardim. Lochin qolishim uchun ancha harakat qildi ammo eplolmadi...Muhimi Menga Koreya yoqdi. Bu yerlarga kimlar kelolmagan men shu yerda oʻqiyapman shuni oʻzi baxt ammo doim shu ammo degan soʻz bor menda asl baxt yoʻq uni yoʻqotdim baxtim gul kabi soʻlidii... Seul koʻchalarini aylanib yurar ekanman qarshimda yirtiqshimlar kiygan Abdulloh turardi.. Qoʻrqib ketdim u bor joyda Lochin ham boʻladi. Uni koʻrdim-u orqamga aylib olib yurub ketdim afsuski Abdulloh meni koʻrishga ulgurgandi... Qanchalik qochishga harakat qilsam ham u oldimdan chiqdi.
— Va alaykum assalom..
Dedi Abdulloh.
— Yaxshimisiz? Uzur men ishlarim bor edi. Ketishim kerak.
Dedim va boshqa tomonga buruldim.
— Qochib qutulolmaysan..
— Mendan nima istaysizlar? Tinch qoʻyinglar
Deya baqirib yubordim. Abdulloh shundan keyin gapirmadi.....Oʻzim bilan oʻzim yigʻlab xonamga qaytdim Sanjar bilan tushgan rasmlarimizni koʻrib chiqdim... Sanjarni muzqaymoq yeyayotganida olgan suratim bor edi oʻshamga termulib oʻtirdim.
— Yaramas, aldoqchi, tashlab ketmayman degandi, baxtli qilaman degandi menikisan degandi..
Deya Sanjarni rasmini quchib yigʻladim ancha payt yigʻlagach oʻzimga kelib oldim.
Abdullohni shundan keyin koʻrmadim. Yana oldingidek kunlarim boshlandi Oʻqishim yaxshi edi.. Oʻqish tufayli qiynalmadim allohga shukur... Qiynalsam ham oʻqishimni tashlab qoʻymadim. Sanjardan ayrilgandan keyin aslida menga hammasi baribir boʻlib qolgandi ammo ota onam ishonchi , dadamning shuncha mehnatin yer qilolmasdim ular uchun men oyoqqa turishim kerakligini tushundim va oyoqqa turdim Alloh bitta narsani sendan uzoqlashtirdimi demak oʻsha narsa sen uchun yaxshilik belgisi boʻlmagan alloh bandalariga faqat yaxshilikni ilinadi... Kimdir qanday oyoqqa turding? Deya savol bersa men ikkilanmay aytolaman! Men musulmonman Robbim men bilan turganda nega oyoqqa turmasligim kerak? Sevgi oʻldim kuydim deb hamma narsadan kechish kerak emas... Namoz oʻqi iymoning but boʻlishini soʻra hammasi yaxshi boʻladi...

— Shahzoda sizni soʻrab kelishibdi!


Dars payti meni chaqirib qolishdi. Bu yerda kim ham meni soʻrab kelardi Abdulloh soʻrab kelgandirda soʻkib beraman. Deya chiqgandim ammo qarshimda Lochin turardi.. uni koʻrdim-u yurmay turaverdim oʻzi oldimga keldi.
— Gaplashib olaylik!
— Meni gaplashadigan gapim yoʻq iltimos kelmang!.
Dedim koʻzim yoshga toʻlib...
— Men bilan yur. Oxirgi marta..
Ortidan ergashdim. Koʻchaga chiqdik.... Gapirmasdim Lochinni oʻzi gapirdi..
— Nimaga Abdullohga baqirib berding? U seni topish uchun bir oy Koreya kezdi...
— Meni qidir deganim yoʻqku...
— Shahzoda oldingi shoʻx qizni koʻrmadim hali ham... Oldingidek boʻl...
Dedi Lochin mendan koʻzini uzmasdan sekin boshimni koʻtarib unga boqdim... U menga tikilib turaverdi... Keyin qandaydir koʻzida gʻazab aralaah daardni koʻrdim u ogʻir yutunib gap boshladi
— Sanjarga shunchalik bogʻlanib qolganmiding?
Dedi uning ovozi shunchlalik siniq ogʻriqli chiqdiki gapirolmay turdim... U ham meni deb azoblanmoqda meni aybimni deb oʻzimni aybimni deb oʻzim ham azobdaman..... Biroz sukut saqlab gapirdim.
— Xato qildim Sevib oʻzim aybdorman shunga siqilyapman...
— Shahzoda hamma ham adashadi... Kimdir yashash yashamasligiga sen aybdor emassan...
— Ha balki! Gapingiz tugadimi?
— Nega mendan oʻzingni olib qochyapsan?
— Shunchaki..
— Shahzoda uyingga sovchi yuborganman uyingdagilar rozi seni roziligingni olmoqchi edim shunga keldim.
Dedi Lochin .Lochinga qarab turushim jinniga qarab turgandek tuyuldi shekilli jahli chiqib ketdi.
— Nimga bunday qaraysan?
Deya ovozini balandlarib gapirdi.
— Qanday qaradim?
— Shahzoda rozimisan shuni ayt asabimni egovlamasdan.
Dedi Lochin
— Yoʻq kechirasiz siz eng yaxshisiga loyiqsiz. Menga emas men boshqa birov bilan gaplashganman...
Qanchalik ogʻir boʻlsa ham men boshqa bilan gaplashganman deb aytdim. Boshqa birovga tegsam ham buni albatta aytaman kelajagimni yolgʻon bilan boshlolmasdim. Ammo Lochinga turmushga chiqishni hohlamayman...
— Men ham gaplashganman nechta qiz bilan.... Gaplashgan bilan gaplashganni farqi bor...
— Oʻzizga mos qizni topasiz Lochin aka ...
— Aniqmi? Soʻngi soʻzingmi?
— Ha baxtli boʻling. Sizga turmushga chiqqan qiz baxtli boʻladi. Sogʻ boʻling..
Dedim va darsga qaytdim Lochinga aylanib ham qaramadim.... Darsda ahmoqlik qilib yigʻlab ham oldim kursdoshlarim hayron edilar... Oʻzim yigʻlab oʻzim tindim. Dars tugagandan keyin ishga ham ishlab ham oʻqirdim... Shirinliklar sotadigaan doʻkonda ishlardim.
— Shunisini olamiz.
Dedi bitta qizaloq akasiga qarab oʻzbekchalab Darrov qaradim.
— Qaysi biri!
Dedim kulib qizaloqqa.
— Iyaa dada qarang. Bu qiz gʻalati gapirmadi.
Dedi qizaloq kulib... Akasi deb oʻylagandim dadasi ekan. Dadasi menga qaradiyu hayratdan qotib qoldi. Dadasi maska taqqan koʻz oynakda edi... Shu topda yuragimda qandaydir toʻfon boʻldi hayajon qoʻrquv qarshimdagi inson Sanjarni eslatdi.
— Dada shunisini olib bering!
Dedi qizaloq dadasini oyogʻidan quchib.
— Hop qizim!
Boʻldi endi umuman shubha yoʻq bu Sanjar koʻzim yoshga toʻla edi.
— Shunisini olib bering?!
Dedi menga qarab
— Sanjar aka sizmi?
Dedim yigʻlab shunda ham koʻz oynak va Maskasini yechmadi men bu ovozni hali unutmagandim bu Sanjar edi...
— Kim bilandir adashtirdingiz shekilli!
— Yoʻq bu siz yuzingizni oching!
Dedim uning qarshisiga oʻtib... U chuqur uh tortdi va maskasi bilan koʻz oynagini yechdi yuzining oʻng tomoni kuyib juda yomon chandiq boʻlib qolgandi bir. Labining ustida aperatsiya choklari izi qilgan yuzi anchagina bir ahvolga tushub qolgan Sanjar turardi. Qoʻlim bilan ogʻzimni yopib yigʻlab yubordim ovozim chiqarmaslikka harakat qilardim.
Sanjar yigʻlashimni koʻrib oʻzining ham koʻzidan yosh oqdi. Darrob maskasi va koʻz oynagini taqib oldi... Ichimda nimadir lovlab yonardi kuyib ketay dedydigan darajada yonardi shunday yigit koʻz oldimda qay ahvolda turganini oʻzim his qilardim faqat.
— Meni koʻrmasliging kerak edi. Koreyaga yuborma degandim-ku Lochinga.
Dedi Sanjar sekin... Yigʻlardim
— Dada nima uchun opa yigʻlayaptila?
Dedi qizaloq. U har sanjarni dada deganida yuragimga pichoq sanchgandek boʻlardi..
— Nega aytmadingiz? Nega tirikligingizni aytmadingiz?
Dedim koʻz yoshim yuzim yuvardi...
— Meni shu ahvolda koʻrishingni istamagandim! Nega koreyaga kelding? Hech kiming yoʻqku bu yerda qiynalishingni oʻylamadingmi? Begona joy har xil inson bor hech boʻlmasa meni oʻldi deyishganida koreyaga ketmasin deganimni soʻngi iltimosi deya qabul qilolmadingmi? Seningcha oʻzimni oʻylab aytdimmi bularni?
Sanjar yigʻlashdan beri boʻlib gapirardi.
— hamma narsa sizni eslatishidan qoʻrqdim...
U jim qoldi....
— Dada bu opa kim?
Dedi Qizaloq sukutni buzub.
— ha opa doʻstim boʻladi qizim... shahzoda uyingga qayt meni eslama oʻldi deb bil. Men oʻlganman esingdan chiqarma oʻlganman oʻlgan..
Sanjar qayta qayta takrorladi..koʻz oldim qorongʻulashib stolga suyanib qoldim... Sanjar kelib ushlab oldi.
— Siz tiriksiz!
Dedim sekin... U chuqur nafas oldi.
— Qizim bilan tanish Nurzida ismi. Ayolimning ismi Nurbonu. Meni oilali erkakman men haqimda oʻylama ham.
Dedi Sanjar...
— Hazillashdingiza hozir. Hazillashdim deng! Hazil boʻlsin.
Yigʻlab uni qoʻllariga yopishdim.
— Koʻrib turganingdek qizim... Nurzida boshqa doʻkonga boramiz qizim.
Sanjar qizini qoʻlidan ushlab doʻkondan chiqdi qotib turaverdim stol ustidagi tarelkalarni sindirib tashladim... Sanjar ovozni eshitib toʻxtadiyu orqasiga aylanib qaramadi yana yurub ketdi... Qalbim azobidan tan jarohati sezilmayotgandi singa tarelkalarni qoʻlim bilan yigʻishtirdim qoʻlim ogʻrigʻini sezmadim ham faqat tinmay siniqlar qoʻlimga kirib qonardi... Toʻsatdan Lochinning Shahzoda deya baqirganini eshitdim... Sekin unga qaradim u menga shu darajada achinib qaradiki ahvolim shunchalik achinarli koʻrinayotganini tushundim... Lochin qoʻlimga sochiqni qoʻydi stulga oʻtirgʻizdi doʻkonimiz qarshida Dorixona bor edi Lochin oʻsha yerga yugurib kirib ketdi biroz oʻtib chiqdi. Qarshiilik qilishga ham holim yoʻq edi... Faqat qoʻlimni tozalash uchun spirt tegganida jonim ogʻridi ingranib qoʻydim.. Lochin bir qarab qoʻlim achishganini sezib. Spirt surtib darrov ufladi...Qoʻlimni bogʻlab qoʻygach menga savol nazarida qaradi.
— Nima boʻldi? Demoqchisiz bilaman.
Dedim unga
— Yoʻq! Sen gʻururli eding-ku! Ertalab menga sevmayman oʻrganib qolganman deganding! Ammo hozir...
Dedi Lochin va ogʻir yutundi.
— Unuting! Shunchaki oʻlgan odam tirik boʻlsa shunday ahvolga tusharkan odam... Qachon qaytasiz uyingizga!
— Sen rostan yaxshimisan yoki oʻzingni hech nima boʻlmagandek tutayapsanmi?
Dedi Lochin hozirgina yigʻlab hayotdan toʻygan insondan farqim yoʻkdek turganimni eslab
— Ikkalasi ham! Yigʻishtirib olay rahmat kattakon..
— Oʻzim!
Dedi Lochin va mendan oldin borib tozalab olib tashladi. Va menga qaradi.
— Buni qoʻl bilan emas supurgi bilan ham olsa boʻladi.
— Tushunarli!
Dedim hayolim Sanjarda edi.
— Haaa mayli ertaga ketaman..yaxshi qol oʻzingni asra.
Dedi Lochin va chiiqib ketdi doimgidek meni gapimni eshitmasdan chiqib ketdi.
Ishdan chiqib menga qadrli boʻlishga ulgurgan xonamga bordim Sanjarni eslatadigan hamma narsani tashlab yubordim. Telegramga kirdim. Balki Sanjar yozib qolar deya telegramimdan xattoki uch oldin qoʻygan rasmni ham oʻzgartirmagandim... Oʻzimga kerakli kontaktlarni saqlab ola boshladim yangi telegram ochish uchun Sanjar oldingi profilidan yozdi intiqib kutgandim ammo negadir hozir yozganida jahlim chiqdi...
Sanjar: Meni toʻgʻri tushun Shahzoda. Sen uchun qildim nima qilgan boʻlsam. Iltimosim baxtli yasha meni umuman eslama oddiy xato deb ham eslama.
Men: Eslaganim yoʻq. Shunchaki soxta oʻlim qilmasdan oramiz ochiq deganingizda ham boʻlardi.
SANJAR: Meni bunday xolatda koʻrishingni hohlamagandim. Bu yerlardan ket hali endi oʻn sakkiz kiradigan qizsan begʻuborsan ota onang oldida baxtli yasha.
Men: oʻzim bilaman qayerda oʻqishimni. Bitta gap! Men sizga ishonardim.
Sanjar: Men boʻlsa birga boʻlishimizga. Mayli Unut. Lochinga bir marta imkon ber. U seni baxtli qiladi ishon. Sen hozir oʻzim aytib boshqa birovga imkon ber degandagi azobimni tasavvur ham qilolmaysan....
Shu gaplaridan keyin koʻzimga yosh keldi u meni sevadi ammo imkoni yoʻq. Sevishganlar birga boʻlisholmasa bir balodan qutilishibdi derdim yoʻq aslida azobda tutilisharkan.....
Men: Qizingiz shirin ekan aytmagandingiz! Shu qizcha uchun ham sizga yomon gapirmayman baxt tilayman... Lochinga imkon berolmayman men kapalak emasman bir u gulga abir bu gulga qoʻnadigan..
Sanjar: Baxtim sen eding. Soʻzlarim unutma. Baxtli boʻlishing kerak.. Pumbalo qiz omon boʻl..
Koʻz yoshlarim yuzimni yuvar qanchalik qiyin boʻlsa ham nafratlanishga hatakat qilsam ham foydasiz edi koʻzimni yumin telegramimni oʻchirib tashladim. Boshqaa telegram ochmadim ham... Yigʻlab oʻzimga keldim... Endi Sanjar oʻlib ketdi deya ich etimni yemay qoʻydim... Uydagilar bilan gaplashsan yigʻlaydigan odat chiqardim . Dadam va onam bilan gaplashsam Sanjarning ota onang oldida baxtli yashab qol degani esimga tushadigan boʻldi rostan ham ota ona hech qachon topilmaydi qaytib kelmaydi... Ularga toʻyib ham boʻlmaydi shundayin ulugʻ insonlar.
Oradan oʻn kun oʻtib darsdan chiqishimga Abdulloh keldi hansirab Koreyada u nima qilib yurubdi bilmayman yoki u ham shu yerda oʻqiyapti yoki meni asab qilosh uchun shu yerda.
— Nimalar qilib qoʻyding Shahzoda?.
Dedi Abdulloh. Qoʻrqib ketdim nima qildim ekan deb.
— Nima qildim?
Dedim qoʻrqibgina
— Lochin uylanyapti oʻsha xolasini qiziga! Majburan endi u butun umr baxtsiz boʻlib oʻtadi shuni kutganmiding bir marta imkon berolmading a?
Dedi jahl bilan
— Men bugun unga ertaga bunga imkon beradigan qizlardanmasman.
Dedim jahl bilan. Kimdir meni sevsa hammasiga imkon berishim kerak degani emasku.
— Oʻsha Sanjaringni sevmagansan shunchaki oʻrganib qolgansan. Keyin oʻsha nozigoy Sanjaring farzandi bor.
— Meni Sanjarim emas u. Tanimiman hech kimni. Uylansa nima qilay? Baxtli boʻladi mana koʻrasiz .. Keyin men hali endi oʻn sakkiz yoshga kiraman...
— koʻrinishingdan yigirma yoshga oʻxshaysanku...
Dedi Abdulloh va gapirgan gapidan oʻzi hijolat boʻlib kulib qoʻydi.
— Nima qilibdi shunga siz boʻlsa hali ham yosh bola detskiy koʻrinasiz.
Dedim jahl bilan
— Shahzodaa men....
— ey Oʻchir.
Abdullog gapirmasidan ey oʻchir deya baqirib qoʻydim Abdulloh qotib qoldi.. aytgan gapimdan oʻzim kulib yubordim ishxonamga qaytdim... Doʻkonda kelib yuz marta oynaga qaradim shekilli yigirma yoshga oʻxshaymanmi deya. Men sochimni koreyalilardek kestirib olgandim oʻzim juda toʻlacha emasmanu ozgʻin ham emasdim boʻyim oʻrtacha 1.64 edi... Juda ham rangida qoni yoʻq hozirgina ranimatsiyadan chiqqan odamdek oq ham emasdim. Xullas, juda chiroyli emasman toʻgʻrisi... Nimamni sevadi bu shillanka Lochin bilmayman. Ortidagi Abdulloh nomli sovchisi ham bor. Abdulloh oʻziga sovchilik agentligini ochib olsa ham boʻlar ekan. Mahalladagi sovchilikka yuradigan xotinlardan farqi qolmabdi.
Men qushdek yengil boʻlib ucha boshladim. Sanjarni eslamay qoʻydim chunki endi uning oilasi farzandi bor edi. Oilali erkakni oʻylab gunohga botishni hohlamasdim... Sanjarni bir ikki marta qizi bilan koʻchada koʻrib qoldim shunchaki begonalardek oʻtib ketdik faqat ikkalamizning koʻzlarimiz bir biriga qaraganda dardni tuydik... Lochinning toʻyi boʻldi Abdulloh koʻrib oʻtir deya Lochinning kuyovlik kastyum shimda gullar koʻtarib turgan rasmini koʻrsatdi. Unga juda yarashibdi.. Faqat yuzi juda mayus edi.. Majburlab rasmga tushurgandek xotini kuni koʻrsatadi uning muomilasiga xotini bir kun ham chidolmaydi... Oʻqishimni oʻzimizga olib ketishni koʻp oʻyladim... Balki shu oʻqiyverarman desam Ota onam sogʻinchi qiynardi oʻqimayman desam yana oldingi xotiralar...
— Assalomu alaykum dadajon yaxshimisiz? Onam ukalarim yaxshimi?
— Va alaykum assalom qizim ha hammasi yaxshi! Qizim doim meni aytganimni qilgansan endi ham meni aytganimni qilasanmi?
— Albatta dada!
Dedimi ichimda qandaydir qoʻrquv tushdi.
— Seni unashtirdim... Oʻqishingni oʻzimizga olib qayt tezroq qizim...
Telefon qoʻlimdan tushub ketdi... Dadamdan qoʻrqib darrov telefonni oldim.
— Haaa dada hop boʻladi!
Dedim qaltirab... Nima deyishni ham bilmasdim.
— Mayli qizim. Tezroq kel!.
Telefon oʻchirdimu oʻtirib qoldim... Hech nima qilolmasdim dadamga yoʻq ham deyolmadim.. Kimga tegishimni ham bilmayman... Telegramga kirdim... Sanjarni profilini olib qoʻygandim... Hali ham oʻsha profil oʻsha rasm ikkalamiz bir xil yozib qoʻygandik " Baxtli boʻlamiz" deya haliyam oʻshanday turubdi men yozishim bilan online boʻldi...
— Sanjar aka meni fotixalashibdi!
Koʻzimda yosh bilan shu gaplarni yozdim.
Sanjar: Nega fotixalashadi? Kimdan soʻrab? Sen qoʻydek jim turaverdingmi? Tegmayman demadingmi?
Toʻgʻrisi uning gaplaridan hayron qoldim. Menga turmushga chiq deyotgandi endi esa bunday gaplar...
— Oʻzingiz shuni hohladingiz-ku..
Sanjar: Ming lanat nega menga buni aytding? Jim tegib ketsang boʻlmasmidi? Men endi qanday yashayman seni oʻzgani bagʻrida ekanlingni oʻylab....
Unga umuman tushunmadim yana yigʻladim.
— Kimgaligini ham bilmayman ... Kimga dardimni aytishni bilmadim
SANJAR: Yoʻq boʻldi tinchlandim. Kimga tegsang ham baxtli yashagin hopmi hozirgi gaplarimni unut... Jahlim chiqqanida aytdim.
— Hop uzur bezovta qilgan boʻlsam.
Sanjar: Qaniydi butun umr shunday bezovta qilganingda.
Sanjar shu gaplarni yozdiyu men oʻqishim bilan chatni oʻchirib tashladi va meni blok qildi... Ertalabgacha oʻtirib yigʻladim.
Erta tong

Kech uhlaganim uchun kechroq uygʻondim. Universitetga borib oʻqishimni online qilish uchun hujjatlarni toʻgʻirlay boshladim.. Endi chipta sotib olish kerak ketar ketarga kelganida koreyada qolgim keldi.... Universitetdan chiqsam Abdulloh qoʻlisa gul koʻtarib meni kutyapti hayon qoldim...


— Assalomu alaykum!
— Salom! Bu gullar senga.
U gullarni uzatdi olib unga hayron qaradim.
— Nima uchun bu gullar menga?
— Uyingdagilar aytmadimi? Menga fotixalanganingni!
— Nimaaaa?
Baqirib yubordim... Abdulloh toʻsatdan baqirganimga qoʻrqib ketdi shekilli orqaga bir qadam tashlab qoʻydi..
— Nega baqirasan yaramas!
U ham baqirdi.
— Men sizga tegmayman!
— Sendan soʻraganim yoʻqku! Oʻqishing online qildingmi? Yoki perevod qilasanmi?
Abdulloh xotirjam gapirardi dadamga hech nima deyolmasligimni biladi shuning uchun asabimni egovlayapti... Oʻzi yaxshi yigit ammo Abdulloh meni asab qilib oʻldiradi ikki kunda....
— Abdulloh men Lochinga tegsam boʻlardi.
— Kech qolding qoʻzim. Senga nechi marta aytdim Lochinga imkon ber bir marta deb. Odamga oʻxshab imkon berish kerak edi endi battar boʻl! Umringni eski qishlogʻimizda buvimni oldida tovuq boqish bilan oʻtkazasan endi...
Abdullohga qarab turub yigʻlab yubordim.
— Buncha faqat meni qiynashni oʻylaysizlar. Menda nima ayb men ham odammanku!
Dedim hiqqillab yigʻlagancha.
— Bilaman bilaman odamsan. Haqiqiy yalmogʻizsan... Ishonur senda koʻnglim yoʻq ammo Lochinni qiynaganing uchun men sendan alamini olaman seni qiynab.
— Abdulloh aka.
— Ey oʻchir.
Dedi Abdulloh men gapirmasdan men ham unga shunaqa degandim orqaga aylanib ham yigʻlab ham kula boshladim...
— Yigʻlayverma foydasiz. Ketdin chipta olib kelamiz uyga qaytishga...
Abdulloh qoʻlimdan sudrab Chipta olishfa olib ketdi.
Chiroyli kelin libos hamma qiz orzu qilganidek... Ammo bu menga yoqmayotgandi... Koreyadan kelishimga toʻyni tezlashtirishni Abdulloh bilan biron marta koʻrishmadim Kelin libosni ham Qizlar bilan tanladim Abdulloh men ketgandan keyin pulini toʻlab ketdi... Qizlar oldimda Husnora hazillashardi mendan oldin ketyapsana baribir deb. Odina yigʼlab ham oldi...Dilnavozga farqi yoʻq mazza qilib oʻynab kulsa boʻldi... Oynaga qarab oʻzimnk tomosha qilib oʻtirar ekanman dadam kirib keldilar. Eshik oldida turub menga qarab turardilar ularga qarab yigʻlab yubordim dadam ham yigʻladilar oʻz farzandi oʻzga uyga kuzatish qanchalar ogʻir... Dadam kelib peshonamdan oʻpdilar.
— Baxtli boʻl qizim!
Boshqa gap aytolmadilar dadamni quchib olib yigʻladim.... Qanchalik ogʻir boʻlmasin men endi bu uyga begona boʻlaman oʻz uyimda mehmonman... Dadam koʻz yoshlarini artib menga oq fotixa berdilar..
— Qizim Kuyov moshina yuboribdi oʻzin kuzatib qoʻyaman toʻgʻri toʻyxonaga borasan.
Dedilar dadam hayron qoldim. Lekin menga bu yoqdi ham Abdulloh basharasini koʻrishni hohlamayotgandim... Toʻyxonaga soʻppayib oʻzim yoʻl oldim moshinadan tushdim ham kuyovdan darak yoʻq ...
— Ichkariga oʻzing kirib borar ekansan.
Dedi Dilnavoz kulib.
— Nimaga oʻzim?
— Shahzodamiz seni oʻzgacha kutib olmoqchi ekan
Dedi Odina.
— Kutmay oʻlsin!
Dedim ovozimni chiqarib... Kuyov joʻralar uzun yoʻlak hosil qilib ikki tomonga turub olishgandi bittasi meni gapimni eshitib qolib kulib yubordi. Toʻyxonaga kirib borar ekanman hayajon bosdi. Sekin atrofga koʻz yugurtirib qoʻydim Abdulloh qidirib koʻrinmadi .. Toʻyxona oʻrtasiga borganimda toʻxtatishdi qoʻlida men yoqtirgan moviy atirgulardan yuzta koʻtarib Lochin mayda qadamlar bilan oldimga yurub kela boshladi keyin ortida kulib qarab turgan Abdullohni koʻrdim. Lochin oldimga kelib gulni uzatdi. Qotib turardim Dilnavoz Salom qil.
Deya turtdi. Lochin kulib yubordi. Salom qilib gulni oldim-u ortida turgan Abdulloh qaradim Abdulloh qoʻlini koʻtarib uzugini koʻrsatdi va oʻng tarafida oʻtirgan qizga qaradi xotinim deya kulib.... Men hayratimni yashirmay Lochinga qaradim
— Seni odam qilib boʻlmadi shuning uchun shunday qildik. Endi ketdik joyimizga hamma bizga qarab turubdi..... Hayolim qayerda bilmayman koʻylagimga oʻralashib yiqilishimga oz qoldi yaxshi hamki Lochin ushlab qoldi.
— Koʻo oʻylanmay yur Shahzoda yiqilib sharmanda boʻlasan.
Desi Lochin qulogʻimga shivirlab.. Joyimizga borib oʻtirdik oʻyin kulgu boshlandi... Hamma oʻzi bilan oʻzi ovvora payti Lochinga gapirdim toʻgʻrirogʻi gapirmasam yorilib ketardim.
— Bu nimasi men bilan nega bunday hazillashdingiz?
Dedim jahl bilan va sekin qoʻlini chimchilab oldim
— Ay ogʻridi!
Dedi Lochin qoʻlini ushlab
— Savol berdim Sizga?
— Toʻpolon qilmay oʻtiringlar rasmga tushub olaylik!
Deya Abdulloh ayoli bilan keldi juda chiroyli qiz ekan..
— Albatta Abdulloh seni yordaming bilan bittasini odam qildim.
Dedi Lochin kulib menga ginali qarab qoʻyib.
— Doʻst oʻylab gapir lekin Shahzodani qarab oʻtirishi odamni qoʻrqitayapti.
Dedi Abdulloh kulib.
— Oʻzi shunday qaraydi bu.
Lochin ikkalamizning bir birmizga oʻldirib qoʻyib qarashlarimiz va kesatib gapirib qoʻyishlarimizni aytmasa toʻy yaxshi oʻtdi.... Lochinning uyi oʻzizmiznikdek edi... Xonamiz juda chiroyli jihozlangan huddi men orzu qilgandek men doim xonam katta boʻlishini hohlardim shunday xona ekan...
— Uzur sendan soʻray olmadim xonani qanday jihozlay deb. Yoqdimi? Yoqmagan boʻlsa keyinchalik oʻzgartiramiz...
Dedi Lochin...
— Yoʻq yoqdi... Endi savollarimga javob berasiz bitta bitta!
Lochin yosh bolalardek jim stulga oʻtirib menga qaradi toʻgʻrisi kulgim keldiyu kulmadim.
— Eshitaman soʻra.
— Nega menga uylandim deb rasmgacha tashadiz? Abdullohga fotixalandi dediz? Ey adashib ketdim. Qachon ajtashamiz shuni ayting?
Endi Lochin asablari choʻqqisiga chiqib oʻrnidan turdi. Gapirganimga afsuslandim. Sekin qarshimga kelib turdi...
— Shahzoda toʻy kunimizdan keltakni yeysan jim boʻlmasang! Ajrashishni hayolingga ham keltirma.... Tushunarlimi xotinjon.
— Yaramas!
— Men marazmanu.
— Bilaman. Aytgancha rahmat bugun pn sakkiz yoshga toʻldim tabriklaganingiz bilan.
Dedim va koʻylagimni koʻtarib olib yurub oyna omdiga bordim.
— Nima bugunmi?
Dedi Lochin hayron qolib.
— Yoʻq keyingi yil endi...
Zraklarimni qulogʻimdan yulib oldim... Lochin qarab turub kulib yubordi.
— Buncha araz qilasan? Nima kerak ayt!
— Hech nima! Bitta narsaga aniqlik kiritaylik...
— Sanjar haqidami?
Dedi Lochin sekin bosh egdim.
— Uni ishi shunday qay ahvolga tushganini koʻrgandirsan? Oʻzini oʻldi deb aytdirganini sababi ham shu bu safar boʻlmasa keyingisi oʻligim kelsachi deb qoʻrqdi... Qizini koʻrdingmi? Asrab oldi. Oʻzi tarbiyalash uchun. Senga kprinmaslik uchun koreyaga ketgan ekan...
— Ha tushunarli.
Dedimu kulishga harakat qildim eplolmadim... Yerga qarab yigʻlab yubordim. Lochin sekin kelib bagʻriga bosdi.
— Kechiring!
Dedim yigʻlashdan toʻxtamay. Endi oʻz turmush oʻrtogʻimdan oʻzga erkakni soʻrash gunoh boʻlsa ham soʻradim.
— Meni qiynama.
— Boʻldi spz beraman... Sanjarni sevmayman shunchaki men aldandim deb siqilib yurgandim....
— Men aldamaayman.
— Aldab uylanib oldingiz-ku...
— Bu davlat siri unut endi buni.
— Hop.
Erta tong soat yetti boʻlganida Lochin uygʻondi soatga qaradiyu sakrab turdi...
— Shahzoda tur!
Deya Shahzodani turtdi. Shahzoda bir koʻzini ochib bir koʻzini yumib olib Lochinga qaradi.
— Shahzoda bor oldin sochingni yigʻib odamga oʻxshab kel. Seni koʻrib Yalmogʻiz ham oldin qiz boʻlganini angladim.
Dedi Lochin Shahzoda qarab.
— Doim ustimdan kulasiz boringey...
Dedi Shahzoda va oʻrnidan turub koʻzim ochmasdan yurib devorga boshi bilan urulib oʻtirib qoldi.. Lochin kulaverib karavatdan tushub ham ketdi.
— Ey oʻle doim palakat bilaman yuraman.
Dedim boshimni ushlab..
— Shahzoda boʻldi toʻgʻri yur onam koʻrsalar sen urdingmi deydilar... Iyaaa onaaam Shahzoda tur koʻcha supurishga chiqdingmi?
Dedi Lochin yugurib oldimga kelib...
— Nima koʻcha supurishim kerakmidi? Men faqat kinolarda boʻlsa kerak deb oʻylabman. Birozdan keyin supuramanda.
Dedim bemalol oʻrnimdan turub...
— Shahzoda yosh bolamisan? Ey bor battar boʻl! Ustingdan kulishadi uyquchi kelin ekan bu qiz deb.
— Yaxshiku! Yana uhlayman.
Dedim oʻrnimdan turub. Lochin gʻazablanganini koʻrib kulgim kelardi...
— Shahzoda, basharangni yuvub nonushta tayyorla men ishga ketishim kerak.
— Basharam toza! Keyin qayerda ishlayapsiz? Maktabimizdami?
— Oʻquv markaz ochganman. Sharofating bilan kech qolaman hozir.. Ana onam ham uygʻonibdilar battar boʻl men ishga ketdim.....Men joyimizni toʻgʻirlagunimcha Lochin tezda yuz qoʻlini yuvib Kiyinib ham oldi...
— Endi Onamdan koʻradiganingni koʻrasan men aralashmayman.
Dedi Lochin va yugurib ketdi... U ketgandan keyin huddi begona joyda hech kimisiz qolgan odamdek boʻlib qoldim.... Erta turishim kerak edi esimga ham kelmabdi oʻz uyimdaman deb yotaveribman... Endi qaynonamdan qandayin chiroyli gaplar eshitishimni tasavvur qilib oldlariga chiqdim kelin salom qildim...
— Koʻp yashang! Sal ertaroq uygʻoning qizim Lochinbek nonushta qilmasdan ishga ketdi....
— Hop boʻladi oyijon boshqa takrorlanmaydi..
Men ham hop boʻladi deyishni bilarkanman. Lochinga shunday dedam yuragi huruj qilib qolsa kerak...
— Mayli ishlaringizni qiling. Men davleniyam oshganmi yoʻqmi bilib kelaman.... Qaysi ishlarimni qilaman? Kechagina kelgan uyimda xonamizdan boshqa xonanini bilmaymanku ishalaringizni qiling deydilar huddi men bu yerda oʻn yildan beri ishlayotgandek.
Hamma joy toza edi. Mayli deb nomiga hovlini supurib chiqdim... Zerikib Lochinga qoʻngʻiroq qildim.
— Lochin aka nima qilyapsiz?
— Lego oʻynab oʻtiribman shahzoda. Ishda nima qilaman dars oʻtyapman.
— Hop buncha jahl qilasiz? Telefon qilmaganim boʻlsin sizga.
— Toʻxta. Tushlikka nimadir qil... Darsim oʻn ikkida tugaydi.
— Baloni yeng endi...
Dedim jahl bilan telefonni oʻchirib tashladim... Nima qilsam ekan deb oʻylanib oʻtirib mastavaga harakatni boshladim... Oshxonaga kirib qoʻshiqni baland qilib qoʻygandim qoʻshni xola baqirib baqirib charchab oxiri oshxona eshigi oldiga kelib meni kuzatib turgan ekan. Toʻsatdan koʻzim tushub qoldi.... Qarab choʻchib ketib baqirib yubordim xola baqirganimdan qoʻrqib baqirib yubordi... Eshikdan qaynonam kirib keldilar qoʻrqib.
— Nima boʻldi?
Dedilar yugurib kelib.
—Oooyi Assalomu alaykum .
Dedim duduqlanib qoʻrqib ketgandim.
— va akaykum assalom kelin qoʻshiq oʻlgurni oʻchiring!
Dedilar oyijon... Qoʻshiqni oʻchirib tashlab qoʻshni xolaga salom qildim... Supaga chiqib oʻtirishgach choy olib borib quyib berdimda ovqatimni qildim..... Mastavam birinchi bor yaxshi chiqdi qoʻshni xola ham bir soat deganda uyiga chiqib ketdi. Lochin oʻn ikki yarim boʻlganda kirib keldi..
— Shahzoda nima qilding? Nonushta ham qilmaganman.
Dedi Oshxonaga kirib.
— Siz oʻn ikkida darsdan chiqaman degandingiz soat oʻn ikki yarim boʻldi!.
Lochin menga qarab kulib yubordi.
— Xotinimda rashk bor ekan. Oʻlib tugʻulganmikin deb oʻylagandim.
Dedi kulib.
— Hozi sizni oʻldiraman. Lochin aka.
— Akang emasman asabimni buzub aka dema iltimos...
— Hop boʻladi ovqat tayyor!
— Hoʻp boʻladi dedi. Meni shamollatilar mazam qochadi hozi.
— ajab boʻlsin.
Men uchun kelinlik qiyinroqdek tuyuldi qaynonani koʻngloga qarash bir uni koʻngliga qarash. Mehmon kelsa unga alohida qarash. Bu mendek qiz uchun qiyin edi... Lekin baribir oila baxti ham bor.. Lochin menga suyanchiq boʻla oldi.. Xatolarimga koʻz yumardi. Oyijon koʻp urushsala hali yoshda oyijon oʻrganadi deb tarafimni olardi.
Ikki yildan soʻng!

— Nima qilib oʻtiribsan Shahzoda?


Dedi Lochin yelkamga qoʻlini qoʻyib.
— Kundaligimni oʻqib chiqdim shuncha shoʻxliklarim, sizni asabizni rosssa egovlaganlarimni oʻqib chiqdim.
Dedim Lochinga kulib...
— Ha! Mayli azoblarim senga uylangan kunimoq unutganman. Kel eslamaymiz shuni... Yurchi endi tekshiruvga boramiz...
— Hopda Lochin akasi.
— shahzodaaaa.
— Boʻldi tushundim sizga yoqmaydi...
Deya Lochindan oldin borib moshinaga oʻtirdim....
Allohga shukur baxtli edim ikki yilllik sinovdan keyin menda yangilik boʻldi yana xomimadorman ikki yil kutdik. Lochin biron marta menga yomon gapirmadi. Yuzimga solmadi oyijon tugʻmaydi bu deb urushganlarida ham allohdan hammasi deya men bilan turdi. Hali yosh dedi alloh beradi dedi. Meni hafa qildirmadi.... Men Alhamdulillah deyman shunday insonga turmushga chiqganimdan... Abdulloh oʻgʻillik boʻldi har kelganida bizga hazil qilardi qiz farzandli boʻlishinglar kerak oʻzim kelin qilaman derdi.. Ayoli ham juda yaxshi, istarasi issiq edi... Hayotimizda har qanday sinovlar boʻlar ekan. Qanchalik harakat qilmang baribir yozilgani boʻlar ekan. Alloh doim bandasi uchun yaxshilikka olib borishini tushundim... Hayotimdagi barcha boʻlib oʻtgan yaxshi kunlar va yomon kunlar uchun Alhamdulillah deyman. Balki oʻsha xatolarim boʻlmaganida men undan ham kattaroq xato qilishim mumkin edi. Oʻzimdek oʻqish istagidagilarga iltimos hech qachon yoʻlingizdan adashmang faqat qilgan maqsadingiz ortidan qolganmang boshqa narsalar ikkinchi darajali boʻlsinm ota onangiz ishonchi oqlashga harakat qiling.. Faqat oʻzingizga va allohga ishoning...
Download 131,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish