Makroiqtisodiy tahlil va pragnozlashtirish



Download 3,01 Mb.
bet7/34
Sana17.01.2017
Hajmi3,01 Mb.
#515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
1.2 Amerika qo`shma shtatlari (AQSh) geografik o’rni va tabiyati

Geografik joylashuvi va tabiati. Shimoliy Amerikadagi davlat Shimolda Kanada (chegara uzunli-gi — 8893 km, Shimoliy Amerikaning shimoli g'arbida joylashgan Alyaska shtatining Kanada bilan chegara uzumigi — 2477 km), janubda Meksika (3326 km) bilan chegaradosh. Mamlakat g'arbda Tinch okean, sharqda Atlantika okeani, janubda Meksika ko'rfazi bilan tutashib ketgan.

Rasmiy nomi Amerika Qo'shma Shtatlari.

Poytaxti - Vashington.

Hududi - 9363200 km2.

Aholisi - 301139947 kishi (2007).

Rasmiy tili -ingliz, (ispan, fransuz, nemis, Italy an, polyak, Portugal, arman, arab, hind tillari ham keng tarqalgan).

Dini — protestantlar (53%), katolik-lar (26%), yahudiylar (2%ga yaqin), pravo-slavlar (2% ga yaqin), musulmon diniga e'tiqod etuvchilar (2% ga yaqin).

Pul birligi — AQSh dollari.3

Shimoliy Amerikadagi davlat Shimolda Kanada (chegara uzunli-gi — 8893 km, Shimoliy Amerikaning shimoli g'arbida joylashgan Alyaska shtatining Kanada bilan chegara uzumigi — 2477 km), janubda Meksika (3326 km) bilan chegaradosh. Mamlakat g'arbda Tinch okean, sharqda Atlantika okeani, janubda Meksika ko'rfazi bilan tutashib ketgan.Undan tashqari, AQSHga Gavay orollari, Guam oroli, Sharqiy Samoa, Virgin orollari hamda Kuba orolidagi Guantanamo harbiy bazasi qarashlidir. Chegaralarning umumiy uzunligi — 12248 km. Qirg'oq bo'ylab chegara uzunligi — 19924 km. AQSH maydon jihatdan dunyoda Rossiya, Kanada va Xitoydan keyin to'rtincm o'rinda turadi. AQSH tog'lar va bepoyon tekisliklar mamlakati. Mamlakat relyefining g'arbiy qismi tog'li, sharqiy qismi esa tekisliklardan iborat. Mamlakat hududining yarmiga yaqinini tog' tizmalari, tog' tekisliklari va Kordilyer yassi tog'lari egallagan. Kordilyer tog'larining yuqori cho'qqisi balandligi 4000 m bo'lgan Uit (4419 m) hisoblanadi.Sharqda Appalachi tog'lari joylashgan.Ularning baland nuqtasi — Mittchel (2037 m). Mamlakat va Shimoliy Amerikaning yuqori nuqtasi Mak-Kinli tog'i (6199 m) Alyaskada joylashgan. Qit'aning eng past joyi Kaliforniyadagi O'lim vodiysi (dengiz sathidan — 86 m pastda) hisoblanadi. Kordilyer va Appalachi tog'lari orasida Markaziy va Ulug' keng ichki vodiylari hamda Meksika pasttekisliklari yastanib yotibdi. Asosiy daryolari Missisipi, Missuri, Ogayo, Kolorado, Kolumbiya va Yukon (irmoqlari bilan birga). Mamlakatning shimoli sharqida Yuqori Michigan, Guron, Eri, Ontario ko'llaridan iborat Buyuk ko'llar tizimi mavjud. Mamlakatda ko'p sonli muzliklar davri ko'llari bor. Yuta shtatida joylashgan Katta Sho'r ko'l ham muzliklar davrida vujudga kelgan. AQSH quyidagi foydali qazilmalar zaxiralariga ega: ko'mir, tabiiy gaz, neft, oltin, uran, mis, qo'rg'oshin, temir, aluminiy rudalari, fosforitlar hamda yog'och. Haydaladigan yerlar butun hududning 20%, o'rmonlar va dashtliklar 29%, o'tloq va yaylovlar 26% ini tashkil qiladi.

 

Iqlimi — keskin kontinental.O'simlik dunyosi juda boy.Bu yerda iqlim zonalarining o'zgarishiga qarab flora ham o'zgarib boradi. AQSHda mox va lishaynik-lardan tortib pahna va sekvoyya daraxtlarigacha mavjud. Hayvonot olami ham turfa, u ham flora kabi iqlim zonalarining o'zgarishiga qarab o'zgarib boradi.4



Atlantika okeanining AQSH qirg'og'ida ko'rfaz va qo'ltiqlar juda ko'p, sohillari asosan pasttekislikdan iborat; eng katta ya.o.— Florida. Mamlakat relyefi uch turga bo'linadi.G'arbdagi Kordilyera tog' tizmasi AQSH hududining uchdan bir qismini egallaydi. Tinch okean sohili baland tog'lar (Alyaska tizmasida AQSH va butun — 6194 m balandlikdagi Mak-Kinli cho'qqisi joylashgan; bundan tashqari Qirg'oqbo'yi tizmalari va Kaskadli tog'lar, SyerraNevada tog'lari bor). Sharqiy mintaqani Qoyali tog' tizmalari egallagan. Mazkur ikkala tog'li mintaqa oralig'ida Kolumbiya va Kolorado platolari bor. Katta Havza cho'l yassi tog'liklarini chuqur daralar bir-biridan ajratib turadi. Sharqda uncha baland bo'lmagan Appalachi tog'lari (bal. 2037 m gacha, Mitchell tog'i) bo'lib, uni torgina Atlantika bo'yi pasttekisligi okeandan ajratib turadi. Kordilyera bilan Appalachi o'rtasida Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar (yoki Preriy platosi) va Meksikabo'yi tekisliklarini o'z ichiga olgan ichki tekisliklar joylashgan. Shim.da suv-muz shaklidagi relyefli Lavrentiy tepaligining bir qismi joylashgan. AQSH — foydali qazilma zaxiralari va xilma-xilligi jihatidan dunyoning eng boy mamlakatlaridan biri. Ko'mir, neft, gaz, mis, qo'rg'oshin, pyx, uran, temir, titan rudalari, simob, oltin, molibden, volfram, fosforit konlari mavjud. Tosh va kaliy tuzlari, oltingugurt va b. minerallar ham bor. AKSH hududining deyarli hammasi mo''tadil va subtropik mintakalarda, Alyaska — subarktika, Floridaning jan. qismi tropik mintaqalarda joylashgan. Mamlakatning shim.-sharqiy va sharqiy qismlari iqdimiga iliq Golfstrim oqimi, Tinch okean sohili iqlimiga sovuq Kaliforniya oqimi anchagina ta'sir o'tkazadi. Hudud yuzasining tuzilish xususiyatlariga ko'ra shim.va jan. mintaqalar o'rtasida havoning faol almashinuvi munosabati bilan ob-havo tez-tez o'zgarib turadi. AQSH ichki mintaqalarining iqlimi — kontinental, Kordilyera ichki hududlarida keskin kontinental.Bismark sh.da (Shim. Dakota shtati) yanvar5

ning o'rtacha t-rasi —19’, iyulda 21°, Chikago sh.da yanvarda —3,7° va iyulda 32, G. Meksikabo'yi pasttekisligi va Atlantika bo'yi pasttekisligining jan. qismida subtropik iqlim. Yangi Orlean sh.da yanvar

ning o'rtacha t-rasi 12°, iyulda 27,4°. Atlantika bo'yi sohilining shim.-sharqiy qismi va Tinch okean bo'yi sohilining shim. qismida — dengiz iqlimi. NyuYorkda yanvar ning o'rtacha t-rasi —0,8°, iyulda 23". Tinch okean sohilining jan.

da O'rta dengizga o'xshash iqlim, Kordilyera jan. qismining ichki r-nlarida juda issiq va qurg'oqchil. Havoning eng past t-rasi (—64° gacha) Yukon yassi tog'ligi (Alyaska)da, eng yuqori t-rasi esa (50°) Ajal vodiysi (Kaliforniya)da kuzatilgan.

O'rtacha yillik yog'in Alyaskaning jan.-sharqida va Vashington shtatining g'arbida — 3000—4000 mm, mamlakatning jan.-sharqida — 1500—2000 mm, ichki tekisliklarda — sharqda 1500 mmdan g'arbda 3000 mm gacha. AQShning ko'p daryolari Atlantika okeani havzasiga quyiladi.Mamlakat hududidan dunyoning eng yirik daryo tizimlaridan biri — Missuri bilan Missisipi daryosi oqib o'tadi. Appalachidan oqib kelib Atlantika okeaniga quyiladigan daryolar (Gudzon, Potomak va b.) — qisqa, tez va sersuv. Kordilyeraning daryo tarmog'i siyrakroq.Bu yerdagi Kolumbiya, Kolorado kabi soylar chuqur daralardan oqib o'tadi. Mamlakat shim.da, Kanada chegarasida Buyuk ko'llar (Yuqori ko'l, Guron, Michigan, Eri, Ontario) bor. Katta Havza tog'ida Katta Sho'r ko'l, Floridada ko'pdan-ko'p sayoz ko'l va qo'ltiqlar, Alyaskada muzliklardan hosil bo'lgan tektonik ko'llar, jumladan, Iliamna ko'li bor. Ichki suvlardan sanoat va kommunal suv ta'minoti, kema qatnovi, sug'orish va gidroenergiya manbai sifatida barakali foydalaniladi. Tinch okean sohili va Kordilyera yon bag'irlarida igna bargli o'rmonlar ustun. Markaziy tekisliklarning g'arbidagi ayrim joylarda o'tsimon preriy o'simlikzorlari, Buyuk tekisliklar, Kordilyera platosi va vodiylarida quruq dashtlarning o'simliklari saqlanib qolgan. Kordilyera yassi tog'ligining qurg'oqchil qismini yarim cho'l va cho'llar egallaydi. Muhofazaga olingan yirik tabiat ob'yektlari orasida Iyellouston milliy bog'i, Yosemit milliy bog'i, Sekvoyya, Grand-Kanon milliy bog'lari, Mamont va Karlsbad g'orlari bor.


Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish