Makroiqtisodiy tahlil va pragnozlashtirish


Grafikdan ma’lumki 2013 yil va 2014 yil oraliqida dollir so’mga kursi ko’tarilgan



Download 3.01 Mb.
bet2/7
Sana17.01.2017
Hajmi3.01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

Grafikdan ma’lumki 2013 yil va 2014 yil oraliqida dollir so’mga kursi ko’tarilgan.


AQSH da ish bilan bandlar soni2013 yil dekabr oyida 144586 ming kishidan 2014 yil yanvar oyida 145224 kishiga ortgani eti’rof etish joiz. Prezdent Obama o’z fikriga ko’ra o’tgan yili ya’ni 2013 yilda 6 mln ga yaqin yangi ish o’rilari yaratilgan. AQSH da o’rtacha ish bilan bandlar soni 1950 yildan 2014 yilgacha 101 366,15 ming kishi bo’lgan. 2007 yil AQSH da ish bilan bandlar soni ko’rsatkichi eng katta ko’rsatkichga erishilgan ya’ni 146 595 ming kishi bo’lgan. Eng past ko’rsatkich 1950 yilda bo’lib 57635 ming kishini tashki qilgan.( 23-ilovaga qarang) AQSH da umumiy aholi soni 1960 yilda 180.7 milion kishi tashkil qilgan bo'lsa bugunga kelib 317,3 milion kishiga yetgan. 50 yil mobaynida aholi qariyib 74 % ga oshgan. AQSH aholisi dunyo aholisining 4,52 % ni tashkil qiladi.

AQSHda ishsizlik darajasi darajasi 2013 yil dekabir oyidagi ko’rsatkichdakamaygan ya’ni 2,50 % dan 2014 yil yanvar oyida 2,30 % ga kamaygan. 2013 yil va 2014 yil oralig’ida ishsizlik darajasi o’rtacha 2,63 % bo’lgan eng yuqori ishsizlik darajasi 2013 yilning Iyul oyida bo’lib o’shanda 2,80 % ni tashkil qilgan. Eng past ko’rsatkich 2014 yanvar oyida bo’lib 2.30 % ni tashkil qildi. Ishsizlik surat AQSHda songi 5 yil mobaynida eng past ko’rsatkichga 2014 yil yanvar oyida erishdi ya’ni 6,6 % , AQSH statistic organlari ma’lumotiga ko’ra8 1948 yildan 2014 yilgacha o’rtacha ishsizlik darajasi 5,83 % bo’lgan. Eng yuqori ishsizlik darajsi 1982 yilda kuzatilgan bo’lib o’shanda 10.8 % bo’lgani holda eng past ko’rsatkich 1953 yilda may oyida bo’lib 2,5% bolgan.

AQSH markaziy Banki balns ko’rsatkichi 2014 yil fevral oyida, 2014 yil yanvar oyiga nisbatan o’sgan, ya’ni mos ravishda 4058606 milion dollirdan, 4073341 milion dollir bo’lgan. 2003 yilda eng kichik ko’rsatkich 672444 milion dollir, eng yuqori ko’rsatkich 2014 yilda fevralda bo’lgan o’shanda 4073341 milion dollir edi. AQSH tashqi yoki xorijiy rezervlari miqdori 2013 yil noyabr oyida 145113 milion dollir bo’lgan bo’lsa shu yilning o’zida dekabr oyida 144574 milion dollir b’lgan.Amerika Qo’shma SHtatlari federal zahiralari 1957 yildan 2013 yilgacha 50519.1 milion dollir bo’lgan. Eng katt miqdor 2012 yil sentabr oyida bo’lib 153075.0 milion dollir bo’lgan bo’lsa eng past ko’rsatkich 1971 yil avgust oyida bo’lib 12128.0 milion bo’ldi. Markaziy bank tamonida ushbu ko’rsatkich juda qattiq nazorat qilini turiladi. AQSH da shuning dek markaziy bank oltin pul aylanishi ham nozoratini ham juda qattiq nozorat qiladii ko’pchilik mamlakatlarda oltin zahirasi qancha kata bo’lsa valyuta barqarorligi saqlashda asosiy ro’l o’ynaydi.

M0 pul taklifi 2013 yil dekabr oyida 3717466 $ million bo’ldi. 2014 yil yanvar oyida 3728498 $ million tashkil qilgan . M0 pul taklifi o’rtacha 1959 yildan 2014 yilgacha 487798.33 milion $ tashkil qilgan. Eng yuqori ko’rsatkich 2014 yil yanvarda 372 8498 milion $ bo’lgan. M0 pul taklifi o’z ichiga tanga chaqalar va bank bankinotalarni oladi. Naqd pulni almashtirish oson tashkil qilingan.

AQSH da M1 pul agregati 2013 yil dekabr oyida 2648.30 mlr $ bo’lgan bo’lsa 2014 yil yanvar oyiga kelib 2683.10 mlrd dollirni tashkl qiligan.Federal rezrv organi xabariga ko’ra o’rtacha M1 miqdori 781.70 mlrd $ 1956 yildan 2014 yilgacha davr oralig’ida.

Pul taklifi M2 miqdori 2013 yil dekabr oyida 109958.80 mlrd $ tashkil qilgan xolda 2014 yil yanvar oyida 111011.80 mlr dollirni bo’lgan. 1959 yildan 2014 yilgacha M2 pul taklifi miqdori o’rtacha ko’rsatkichi 3245.51 mlr $ da bo’lgan. M2 pul taklifi o’z ichiga M1 qiyamati plyus qisqa muddatli deposit qo’yilmalarni ichiga oladi.

AQSH norasmiy qarzlari miqdori 2013 yil nayobar oyida 7347.30 mlrd dollir bo’lga bu miqdor dekabr oyida 7363.04 mlr dollirga oshgan. Norasmiy qarzlar miqdori 1950 yildan 2013 yilgacha 1975.65 mlrd do’llir bo’lgan.Eng yuqri daraja esa 2013 yil dekabr oyida 7363.06 mlrd dollir bo’lgan.

AQSH da infliyatsiya surati 2013 yilda dekabr oyida record darajada o’sdi shu paytdagi ko’rsatkich 1.50 % tashkil qiligan. 1914 yildan 2013 yilgacha inflyatsiyaning o’rtacha o’sish surati 3.3 % ni tashkil qilgan eng yuqori o’sish surati 1920 yilda kuzatilgan bu AQSH tarihida eng yuqori bo’lib o’shanda infilasiyaning yillik o’rtacha o’sish surati 23.7 % ni tashkil qilgan. Eng pat ko’rsatkich bir yil o’tib yani 1921 yilda bo’lgan oshanda infilasiyaning yillik o’sish surati -15.8 tashkil qilgan. AQSH da yomon ko’rsatkichlar bular istemol narxlar indeksi bo’ldi bu ko’rsatkich uy-joy shahar indeksi va iste’mol buyunlari indeksi va boshqa oziq –ovqat indekslari bilan umumiy holda 31 % ni energiya istemol indeksi esa 20 % ni tashkil qildi. Shuningdek mamlakatda transport xizmati 6% ni tibbiy xizmat ko’rsatish esa 5.5 % tashkil qilgan.

2.2 Qishloq xo'jaligiva transport, tashqi savdo

AQSH milliy daromadining 8% dan ko'prog'i q.x.da hosil qilinadi.Yirik fermalar yetakchi rol o'ynaydi. Umuman q.x. sermahsul va sertovar bo'lib, muayyan hududlar ayrim mahsulot turlariga ixtisoslashgan va markazlashgan. Mamlakatda 2 mln.

ga yaqin fermer xo'jaligi bor, bir fermer xo'jaligi o'rta hisobda 190 ga yerda dehqonchilik qiladi. Mehnatga yaroqdi aholining 2,5% q.x.da band. AQShda asosan makkajo'xori, soya, paxta, tamaki, sholi, kartoshka, kungaboqar, qand lavlagi, shakarqamish va b. ekiladi. Bug'doyzorlar ("bug'doy mintaqasi") Buyuk tekisliklar va Kolumbiya platosida (asosan Kanzas va Shim. Dakota shtatlari), makkajo'xori ("makkajo'xori mintaqasi") Buyuk ko'llarning jan. va g'arbida (Ayova, Illinoys shtatlari) ustunlik qiladi, paxtazorlar faqat Missisipi daryosi vodiysi hamda Texas, Arizona va Kaliforniya shtatlarida uchraydi. Qand lavlagi, shakarqamish Missisipi daryosi etaklarida va Gavayi o.larida, tamaki Shim. Karolina, Virginiya va Kentukki shtatlarida yetishtiriladi. Bog'dorchilik va polizchilik Kaliforniya, Floridada, Atlantika okeani va Buyuk ko'llar sohillarida ko'proq. Keng cho'llar va "makkajo'xori mintaqasi" shtatlarida go'shtbop chorvachilik, shim.sharqda va Kaliforniyada sut chorvachiligi rivojlangan. Minnesota va Viskonsin shtatlarida sutning ko'p qismi qayta ishlanib, pishloq va sariyog' ishlab chiqariladi. Qo'ychilik asosan qurg'oqchil tog'li shtatlarda rivojlangan.Go'shtbop jo'ja (broyler), tovuq, kurka yetishtirishga katta ahamiyat beriladi.Tuxum ko'proq jan.-sharqiy shtatlardagi yirik parrandachilik fab-rikalarida yetishtiriladi.AQShda 102 mln.bosh qoramol, 51 mln.bosh cho'chqa, 10 mln. bosh qo'y bor. Baliq ovlash rivojlangan. Hamma turdagi yog'och tayyorlanadi.

Transport. Ichki yuk tashishda t.y., avtomobil transporti, ichki suv transporti, dengiz transporti, havo transporti, gaz va neft quvurlari muhim ahamiyatga ega. Asosiy dengiz portlari: Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Yangi Orlean, Xyuston, San-Fransisko, Buyuk ko'llarda — Chikago, Dulut. Aviatsiya qatnovi asosiy uzel-lari — NyuYork, Chikago, Atlanta, Los-Anjeles, Mayami, Dallas.



2.3 Eksport va import

Dunyoning turli mamlakatlariga bevosita mablag' sarflash ko'payib bormoqda.Eksportda ham, importda ham tayyor mahsulot ustun. AQShdan sanoat va energetika mashina-uskunalari, transport vositalari, kimyo tovarlari, to'qimachilik va qog'oz mahsulotlari, ko'mir, oziq-ovqat va yembop don, soya, paxta, tamaki va b. mahsulotlar chiqariladi; neft va neft mahsulotlari, ruda va metall, sanoat mashina-uskunalari, uzoq muddat foydalaniladigan ro'zg'or anjomlari, kiyim-kechak, poyabzal, yog'och, qog'oz, baliq, go'sht, qand-shakar, kofe va b. keltiriladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari — Kanada, Yaponiya, Meksika, G'arbiy Yevropa mamlakatlari. AQSH ekspo’rt miqdori 2013 yil dnoyabr oyida 194796 $ million ni tashkil qilgan bo’lsa shu yilning noyabr oyiga kelib esa uning xajmi kamayganligini kuztish mumkin ya’ni 191286 milion $.

Eng yuqori eksport qilish xajmi 2013 yil noyabr oyiga to’g’ri keladi 194796 $ million, eng past ko’rsatkich bundan 11 yil oldin 1992 yilda may oyiga to’gri keladi o’shanda eksport xajmi 50044 milion $. O’rtacha eksport xajmi 1992 yldan 2013 yilgacha 105843.71 milion $ da bo’lgan.AQSH dunyo mamlakatlarini eng kata 3 ta eksportyor davlatlar qatoriga keladi xozirda Xitoy mollarini eksport qilish dunyo bo’yicha birinchi o’ringa chiqqan. Asosiy eksport mahsulotlari sifatida sanoat mahsulotlari jami eksport miqdorining 34 % ni tashkil qiladi, keying o’rinda capital eksporti bo’lib uning umumiy eksport xajmidagi ulishi 33 % ni tashkil qiladi, keying o’rinni oziq ovqat mahsulotlari va ichimliklar tashkil qiladi uning ulishi 9 %. Mashina ehtiyot qismari va motorlar eksporti ulishi eksport umumiy miqdorida 9 % ni istemol tavorlari esa 12 % ni tashkil qiladi. Asosiy eksportyor davlatlari sheriklari bular Kanada uning xissasiga umumiy eksportning 19 % to’gri keladi, ikkinchi yirik eksport qilsih xududi Yevropa Itfoqi bo’lsa unin xissasiga umumiy eksportning 17 % to’gri keladi,Meksika 14 % Xitoy 7 % va Yoponiya 5 % tashkil qiladi. Eksport o’sih xajmi quyidagi jadvalda berilgan.


2-grafik

Eksport xajmi o’zgarishi (million doll.)


AQSH da import narxlar indeksi o’sgan. Statistika qo’mitasi ma’lumotlariga qaraganda import narxlar indeksi 2013 yil dekabrda 137.9 baho indeksini 2014 yil yanvar oyida esa 138 baho indeksi kuzatilgan. AQSH o’rtacha import baholar indeksi 1982 yildan 2014 yilgacha o’rtacha 105.56 baho indeksi o’lgan bo’lsa bu ko’rsatkichni eng yuqori miqdori 2008 yilda iyulda 147.50 miqdorda bo’lgan eng past ko’rsatkich esa 1986 .yilda bo’lib 75 baho indeksi ko’rinishda bo’lgan.

Uning import xajmi o’sgan 2013 yil dekabr oyida import xajmi 229359 milion $ da n 2013 yil dekbr oyida 229988 milion $ tashkil qilga. 1992 yilda 2013 yilgacha imort xajmi o’rtacha 138046.74 milion $ bo’lgan. Eng yuqori ko’rsatkich 2012 yilda bo’lib o’shanda 234295 $ million dollir bo’ldi. 1992 yilda record darajadagi past ko’rsatkich kuzatilgan ya’ni 52277 milion $ bo’lgan. AQSH dunyoning eng yirik importchi davlati hisoblanadi. Uning asosiy import mahsulotlari qatoriga sanoat mahsulotlari umumiy import xajmining 32 % ni capital importi 24 % , mashina extiyot qismlari 13 % , istemol tavorlari 13 %, oziq ovqat va ichilik mahsulotlari ulishi esa 5 % tashkil qiladi. Asosiyimport xamkorlari sifatida. Xitoy 18%, Yevropa itfoqi 16 %, Kanada 14 %, Meksika12 % va Yaponiya 6 % ulishlariga to’gri keladi. Import xajmini o’sih surati quyidagi grafikda ko’rsatilgan. AQSH eksport import orasidagi farq tashq sovdo balans minus ko’rsatkichida bo’lishiga olib kelmoqda. Import narxlari oshishiga qaramay import xajmi oshmoqda bu esa xorijiy valyutalar zahirasini kamayishiga olib kelmoqda bu esa o’z navbatida AQSH dollirining kursi o’ynashiga olib kelmoqda. AQSH kelajakda xam o’z import xajmini o’zgartirishi mumkinligi extimoli kam chunki AQSH rivojlanishda davom etmoqda bu esa AQSH extiyoji ortib boorish qonuniyati amalga oshaveradi. AQSH import xajmini kuzatar ekanmiz 2013 yil aprel oyida keskin tushgani guvohiga bo’lamiz ammo bu qisqa muddatda bo’lgani keyin yana uning hajmi muttasil oshib borganini ko’ramiz 2014 yl birinchi yanvar holatiga ko’ra 230 mlrda dollirini tashkil qilgan.




Import xajmi o’zgarishi (million doll.)

3-grafik

2.4 Sanoat

  Iqtisodi, transport kommunikatsiy atari. AQSH — ilg'or industrial va sanoatning yuqori diversi-fikatsiyasiga ega davlat bo'lib, neft sanoati (dunyoda ikkinchi o'rinda), metallurgiya (aluminiy, qo'rg'oshin, mis ishlab chiqarish bo'yicha eng yirik davlat), mashinasozlik, aerokosmik, kimyo, elektron, oziq-ovqat, yog'ochni qayta ishlash va boshqa sanoat sohalari keng rivojlangan. 2006-yil YIM miqdori — 11628083 mm dollarni (aholi jon boshiga — 38613 doll.) tashkil etgan. Qulay iqlim sharoiti va unumdor yerlarining mavjudligi qishloq xo'jaligi rivojlanishiga yaxshi omil yaratadi. Chorvachilik mahsulotlari ham turfa (dunyoda go'sht mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha birinchi o'rinda).Asosiy qishloq xo'jalik mah¬sulotlari — makkajo'xori, soya, sorgo (uchalasini yetishtirish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda), bug'doy (uchinchi o'rinda), shakarqamish (ikkinchi o'rinda), tamaki (ikkinchi o'rinda), paxta (uchinchi o'rinda), kartpshka.Shu bilan bir qatorda AQSH baliq ovlash hajmi bo'yicha ham ilg'or mamlakatlardan biri hisoblanadi.Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining katta qismi boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi.Qo'shma Shtatlar tashqi savdo hajmi bo'yicha dunyo mamalkat-laridan oldinda. Asosiy savdo hamkorlari: G'arbiy Yevropa mamlakatlari, Kanada, Yaponiya.

 

Temiryo'lllarining umumiy uzunligi — 240000 km. Dunyodagi eng zamonaviy avtomobil yo'llari tarmog'iga ega bo'lib, umumiy uzunligi — 6365590 km (ulardan 88641 km tez yurishga mo'ljallangan trassalar), sifati bo'yicha ham oldingi o'rinda. Ichki suv yo'llarining umumiy uzunligi — 41009 km. Mamlakatning asosiy portlari: Ankorij, Boston, Gonolulu, Long-Bich, Los-Anjeles, Mayami, Norfolk, Yangi Orlean, Nyu-York, Portlend, San-Fransisko, Xyuston, Korpus-Kristi, Filadelfiya.



Jahon mamlakatlari orasidan AQSh singari e’tiborni o’ziga kuchli jalb qilgan davlatni topish mushkul.U dunyodagi yirik davlatlardan biri bo’lib, ko’p sohalarda jahon siyosatida ham hal qiluvchi rol o’ynaydi.AQSh yirik iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamda harbiy zaxiralarga ega. Shu jumladan, neft, tabiiy gaz. ko’mir va po’lat ishlash bo’yicha u 3 ta yetakchi jahon davlatlari ichiga kiradi. Elektr energiya ishlab chiqarish bo’yicha esa AQSh yagona yetakchi davlat hisoblanadi. Elektr texnika, elektronika va aerokosmik mahsulotlari sifati, rivojlanish darajasi bo’yicha, avtomobilsozlik, kemasozlik va samolyotsozlik tarmoqlarining, kimyo sanoatining rivojlanish darajasi bo’yicha AQSh dunyoda peshqadamlik mavqeyini saqlab turibdi. Don mahsulotlarini yetishtirishda jahonda ikkinchi, qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qilish bo’yicha birinchi o’rinni egallaydi. Amerika iqtisodiyotida kapitalning markazlashuvi asosiy belgi hisoblanadi.Amerikaning yirik korporatsiyalari o’zi amalga oshirayotgan ishlari bo’yicha transmilliy xarakterga egadir.Jahonning yirik 500 ta TMK lari orasida 100 dan ziyodi AQShda joylashgan.Ro’yxat boshida «Jeneral Motors», «Exxon», «Ford Motor» va «IBM» turadi.

Qora metallurgiya.Sanoatning bu tarmog’ini «muammoga» boy deb aytish mumkin. Boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar singari AQShda qora metall eritish qisqarmoqda (90- yillar boshlarida taxminan 100 mln.t., hozirda 75—80 mln.t.). Bu sohada ishlovchilar soni ham kamayib ketmoqda.Qora metallarni eritish jarayonini mamlakatda bir nechta yirik kompaniyalar nazorat qiladi.Shularning eng mashhuri — «Yunayted Steyts Stil» korporatsiyasidir.

Rangli metallurgiya.AQSh rangli metallarning asosiy turlarini yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.Mis, rux, qo’rg’oshin eritish zavodlari Montana, Yuta, Aydaxo, Arizona shtatlarida mavjud.Yirik rangli metallurgiya rayoni Tinch okean sohilining shimoli-g’arbiy qismida joylashgan.

Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati AQSh sanoatidagi eng yirik tarmoq hisoblanadi. Unga sanoatda jami band aholining 40 foizi to’g’ri keladi. AQSh mashinasozligini o’n minglab korxonalar va minglab firmalar tashkil etadi, lekin shularning ichida bir nechta yirik monopoliyalar hukmronlik qiladi. Avtomobilsozlikda — «Jeneral Motors», «Ford Motor»; aviasozlikda — «Boing», «Makdonald Duglas», «Lokxid»; elektronikada — «Jeneral elektroniks», kompyuter ishlab chiqarishda — «Interneyshnl Biznes Mashins» (IBM) shular jumlasidandir.Amerika mashinasozligida eng muhim tarmoq avtomobilsozlikdir.Avtomobilsozlik tarmog’i AQShning 20 ta shtatida mavjud.Michigan shtatidagi Detroyt shahri mamlakatning «avtomobil poytaxti» hisoblanadi. Bu rayonning hamma katta shaharlari (Toledo,Chikago, Klivlend, Buffalo va boshqalar) avtomobilsozlikning markazlaridir.

Aviatsiya sanoati — AQSh xo’jaligining yirik tarmoqlaridan bin. Uning tarkibiga 0raketasozlik va kosmik texnika ishlab chiqarish ham kiritiladi. Yirik monopoliyalari; «Boing», «Yunayted Teknolojis», «Makdonald Duglas», «Lokxid».«Boing»esa jahondagi eng yirik aviatsiya sanoati korporatsiyasidir.

AQShda kemasozlik markaztari Atlantika okeani va Meksika qo’ltig’i sohillaridagi shaharlarda joylashgan.

Elektr texnika va elektronika sanoati. Bu sanoatda, asosan, maishiy texnika ishlab chiqariladi.EHM jahon bozorini IBM boshchiligidagi Amerika firmalari boshqarib boradi. AQSh va boshqa davlatlardagi IBM korxonalarida 300 ming kishi ish bilan band. Tarmoqning yirik markazlari — Chikago, Los-Anjeles, San-Fransisko, Nyu-York, Boston, Pittsburg, Filadelfiya, Anaxaym, Dallas va Fort-Uert.

Kimyo sanoati.AQSh dunyoda kimyo sanoatining rivojlanish darajasi bo’yicha yetakchi o’rinni egallaydi. Bu sohada «Dyupon dc Nemur», «Dou kemikl», «Monsanto» va boshqa firmalar yuqori o’rinlarda turadi. Tarmoq polimerlar (plastmassalar, kimyoviy tola, sintetik kauchuk), mineral o’gitlar, bo’yoqlar, tnaishiy-kimyoviy bo’yoqlar, farmatsevtika va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaradi.

Oziq-ovqat sanoati AQShda boshqa yirik tarmoqlar bilan bir qatorda turadi.Bu tarmoq mamlakat qishloq xo’jaligining rivojlanishiga tayanadi. Oziq-ovqat sanoati mahsulotining katta qismi Shimoliy shtatlarga to’g’ri keladi. Yirik go’sht-konserva zavodlari G’arbiy shtatlardagi shahar va shaharchalarda ishlaydi. Dunyoda «Кока-Kola», «Pepsi-Kola» firmalarining mahsulotlari keng tarqalgan.

(AQSH sanoat mahsulotlari o’sish surati 43-ilovada berilgan)


III-BOB АMЕRIKА QO’SHMА SHTАTLАRINING SOLIQ TIZIMI

    1. Fеdеrаtiv vа konfеdеrаtiv dаvlаtlаrni soliq tizimini хususiyatlаr.


    2. Download 3.01 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik