Maishiy chiqindilar muammosi Reja



Download 19,7 Kb.
Sana09.04.2020
Hajmi19,7 Kb.
#43496
Bog'liq
maishiy chiqindilar muammosi


Aim.Uz

Maishiy chiqindilar muammosi

Reja:


  1. Chiqindi turlari.

  2. Chiqindilarni yig'ib olish va olib chiqib tashlash.

  3. Chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish.


1. Chiqindi turlari. Shahar posyolka va qishloqlarni toza tutishning epidemiologik va gigienik ahamiyati juda katta. Turar joylarni tozaligi, obodonligi irrigasiya ariqlaridan suvlarni oqib turishi, daraxtzor va ko'kalamzorlarni mavjudligi yuqumli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. (turar joylarni tozaligini saqlash va tashkil qilishda rejali tashkiliy sanitar texnik va xo'jalik tadbirlarni ishlab chiqiladi).

Shahar va qishloqlarning aholi yashaydigan joylarda turli xo'jalik chiqindilarni to'planishi patogen mikroblar to'planishiga olib keladi.

Aholi turar joylarini toza tutish uchun chiqindi axlatlarini o'z vaqtida yig'ib, olib chiqib ketish va zararsiz holatga keltirish hamda ba'zi bir chiqindilarni (qog'oz, latta, paxta, temir, shisha va oynalarni) yuziga ishlashga jo'natishi lozim.

Axlatlar tezda zararsizlantirilmasa, u tashqi muhitni, ya'ni atmosferani, suv zalarini va tuproqni ifloslantiradi.

Uy xo'jalik axlatlari, oziq-ovqat chiqindilari va boshqalar juda ko'p organik moddalarni ushlagani uchun tezda chiriy boshlaydi. Oqibatda turli gazlar: ammiak, serovodorod, metan, indol, skatol va boshqalar paydo bo'ladi va yog'ingarchilik oqibatida er yuzasidan yuvilib chiqindilar najas, siydik xojatxonalardan er osti suvlariga sizilib uyb ularni ifloslantirishi mumkin. Chiqindi axlatlarda turli mikroorganizmlarni mavjudligi va ularni uzoq vaqt yashashlari aniqlangan. Jumladan qorin tifi, paratif, ichburug', sip, kuydirgi va boshqalar axlatlar tarkibida uchraydi.

Axlat va chiqindilar faqtgina turli infeksion va gijja kasalliklarini keltirib chiqarib qolmay, ular odamlarda hazm qilish, ko'ngil aynish holatini chiqaradi.

Hamma chiqindilar mikki guruhga bo'linadi, suyuq va qattiq chiqindilar. Ikki guruxga bo'linadigan chiqindi, axlatlarni yo'q qilish uchun har xil tadbirlar qo'llaniladi.

Suyuq chiqindilar.

xojatxonadan chiqadigan najas, siydik.

Cho'milishda, xona pollari va kirni yuvganda hosil bo'ladigan chiqindi suvlar. Xo'jalik, sanoat korxonalari, inshootlar chiqindi suvlari.

Qattiq chiqindilar:

Uy chiqindilar axlatlari, ko'cha suprindisi, jamoat ovqatlanish korxonalarining axlatlari, sanoat korxonalari, savdo ob'ektlarining axlatlari, go'ng, hayvonlarni o'lik tanasi, qurilish axlatlari.



2. Axlatlarni yig'ish va olib chiqib tashlash.

Xo'jalik axlatlarini yig'indisi va olib chiqib ketishi turar joylarning sharoitiga qarab alohida-alohida hal qilinishi kerak. Axlatlarni yig'ish uchun 12-15 litr xajmdagi qopqoqni yig'ichlardan foydalaniladi. Bunday yig'ichlar har sutkada bir marta bo'shatiladi.

Chiqindi axlatlarni sanitariya, epidimalogik tomonidan xavfligini hisobga olib, ularni axlat toshiydigan mashinalarga ortayotganda, tushirayotganda iloji boricha odamlar ishtirokini kamaytirish kerak.

Odatda 4-5 qavatli va undan ko'proq qavatli binolarda to'plangan axlatlarni olib chiqib ketishga mo'ljallab har bir uyda yuqoridan pastga o'tadigan quvurlar o'tkaziladi. Axlat tortgich trubalar tik o'rnatilgan kanal bo'lib, har bir qavatning zina pol maydonchasida axlat qabul qiluvchi qopqoqli moslama tuynuklar o'rnatiladi. Imoratning eng pastki qavatida axlat yig'adigan bunker qo'yiladi. Bunker yaqinida vintilyasiyasi o'rnatilgan bo'ladi. Kameradagi bunkerlarni xajmi xonadonlardan va necha marta olib chiqib ketishiga bog'liq..

Hovli joylarda yig'iladigan chiqindi axlatlarni sanitariya talablariga asosan muntazam ma'lum vaqtda maxsus transportlar yordamida olib ketish tartibi ham qo'yiladi. Maxsus jadaval bo'yicha axlati tashuvchi mashinalar yig'ilgan axlatlarni olib ketadi.

Suyuq axlatlarni kanalizasiya quvurlari yordamida olib chiqib ketiladi va chiqindilar kimyoviy usulda tozalangan, zararsizlantirilgach ochiq muhitga tushadi. Axlatlarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish.

Umuman, aholi turar joylarda to'planadigan axlatlarni axlatxonalarga tashlash allaqachon gigiena fani tomonidan qarlangan. Bu iqtisodiy jihatdan samarasiz, iflosgarchilikka yo'l qo'yadigan usuldir. Axlatlarni ikki yo'l zararsizlantirish va ulardan foydalanish mumkin.

1.Biotermik usul-ya'ni axlatni kompost qilish, issiqxonalarda foydalanish va mukammallashtirilgan axlatlarda zararsiz holatga keltirish.

2. Axlatlarni kuydiradigan, sortlaydigan zavodlarida zararsizlantirish. Axlatlarni kompostlash. Bu murakkab aerobli biologik organik moddalar tez chiriydi va o'simliklar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladigan holga keladi. Jarayon gumus degan moddalarni hosil bo'lishi bilan beradi. Kompostlash natijasida axlatlardan /gumus/ bir xil rangli, go'nga o'xshash modda paydo bo'ladi.

Tabiiy holatda kompost jarayoni bir yilda davom etishi mumkin. Kompostlashda axlat o'z o'zidan qizishib harorati ko'tarilib, qattiq axlatlar yaxshi zararsizlantiriladi. Bu jarayon vaqtida axlat harorati 60-750S ga ko'tarilib kasal chiqaruvchi mikroorganizmlar: gijja tuxumlari va hasharotlar, mayda tuxumdan chiqqan qurtlari ham kiradi, demak odamlar sog'ligi uchun xavfli bo'lgan ahvol o'z-o'zidan yo'qoladi.



Kompost tayyorlashda er tekislanadi, so'ngra garam uzunligi 25-30 metr, eni 3 mertr, balandligi esa 1-1,5 metr qilib tayyorlanadi. Joy tagiga shox-shabba yoki xashak tashlanib, uning ustiga axlat bosiladi. Garan 15-20 sm tuproq bilan berkititladi.

Kompost yetilganda rangi qoramtir jigarrang, hidsiz, pashshalarni o'ziga tortmaydigan moddaga aylanadi. Kompost etilgach elanadi, ulardan tosh, temir bo'laklari, oyna siniqlari olib tashlanadi. Unsimon bu kompost bir gektar erga 25-50 tonna atrofida solinadi. U tuproq unumdorligini oshiradi.



3. Chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish. Chiqindi axlatlarni issiqxonalarda zararsizlantirish. Shahar chiqindi axlatlarini bemalol issiqxonalarda zararsiz holatga keltirilishi mumkin. Axlatlar tosh, temir, latta, oyna siniqlaridan holi qilingach, issiqxonalarning tuprog'i ostida fevral. Mart oylarida solinadi. Axlatdagi bioximik jarayonlar ekzotermik /energiya ajralib chiqadi/ holda o'tgani uchun yuqori harorat issiqxonani isitadi, bu issiqlikdan foydlanib issiqxonaga har xil erta pishar ekinlar ekish mumkin. Axlatlardan hosil bo'lgan chiqindi o'simlik uchun yaxshi ozuqa o'rnini bosadi.

Takomillashgan axlatxonalar. Xammaga ma'lumki yig'ilgan axlatlar hamma vaqt ham qishloq xo'jaligiga ishlatilavermaydi. Shuning uchun ham ortiqcha axlatlarni zararsiz holatga keltirish maqsadida takomillashtirilgan shahar chetida axlatxonalar, kamida 1 km masofada uyushtiriladi. Keltirilgan axlatlar usti 50 sm qalinlikda tuproq yopiladi. Keyinchalik bu axlatxonalar daraxtzorlarga aylanadi.

Keyingi vaqtlarda axlatlarni mexanizmlar yerda ishda qayta ishlash uchun zavodlar qurilmoqda, masalan, har yili 65000 tonna axlatni qayta ishlash zavodida Sankt-Peterburgda qurildi. Zavod organik azot o'g'itlarni qishloq xo'jaligi ehtiyoji uchun ishlab chiqadi.

Sivilizasiyalashgan mamlakatlardagi shahar va qishloq ko'chalarining bir joyida axlatning to'kilib yotganini ko'rmaymiz. Ro'zg'or va korxonalardan chiqqan chiqindilar maxsus joylarga to'kilib, o'z vaqtida qayta ishlovchi zavodlarga olib boriladi. Bu zavodlarning texnologiyasi ham ekologik jihatdan sog'lom, ya'ni ularning trubalaridan zaharli tutun emas, toza bug' chiqadi. Sexlari gigienik jihatdan toza, ishchilar maxsus orasta kiyintirilgan. Eng asosiysi ularga to'lanadigan ish haqi boshqa korxonalardagiga qaraganda yuqoridir.

Ko'pgina chet mamalakatlarda shahar va qishloqlarni orasta bo'lganligining asosiy sababi u mamlakatlarda bu borada mukammal qonunlarning mavjudligi va ularni hayotga izchil tadbiq etilayotganligidir. Masalan, Singapurda sigareta qoldig'ini maxsus ko'rsatilgan joyga tashlanmasa, 500 dollar jarima to'lanadi. Agar axlatni to'g'ri kelgan joyga to'kkanda 1000 dollar jarima solinadi. Shvesariyada tabiatni buzish borasida biror nojo'ya ish qilinsa, uni ko'rgan kishi tezlik bilan tabiatni muhofaza qilish tashkilotiga xabar qiladi. O't o'chiruvchilar qanday ishlasa, ular ham shunday tezkorlik bilan ish tutadilar. Aybdorlar aniqlanib, katta jarima solinadi. Shu usullar orqali shahar mahallalari, ko'chalarini ekologik jihatdan toza, orasta saqlashga erishiladi. Bizda ham shunday tartib o'rnatilsa, atrof-muhit toza va pok saqlangan bo'lar edi.

Chiqindilarni qayta ishlovchi zavod hozircha respublikamizning hamma viloyatlarida yo'qligi uchun axlatlarni maxsus joylarga to'kib, ko'mib tashlash davom etmoqda. Axlatxonalar manzilgohlar va daryolarning o'zanlari, ariqlar yaqiniga joylashtirilishi aslo mumkin emas. Ular devor yoki sim setkalar bilan o'ralib qo'yilishi kerak. Axlatlarni to'kish uchun chuqurligi 3- 4 m ga etkazib xandak qazish va ularga to'kilgan axlat ustidan xlorli ohak sepib qo'yish lozim. Xandaklar to'lgach, ular ko'mib tashlanadi.

Qarshi shahrining shimoli sharqida ya'ni Ko'ng'ir tog'i etagidagi axlatxona shahardan chetroqda bo'lsa, ham aytilgan talablarga to'liq javob bermaydi, axlatlar pala – partish to'kib tashlanadi, xlorli ohak o'z vaqtida sepilmaydi. Shaharning markaziy ko'chalarini toza saqlash bo'yicha nazorat qattiq bo'lsa ham, chetroqdagi ko'p ko'chalarda ahvol yomon, ko'p joylarda axlatlar to'dasi ko'zga tashlanib turadi. Ba'zi mahallalardagi axlat to'kiladigan maxsus handaklar ham doimo o'z vaqtida tozalanib, chiqindilar olib ketilmaydi. Bizda chiqindi va axlatlarning joylarda to'planib qolayotgani bilan xorijiy mamlakatlarning ishbilarmonlari qiziqmoqdalar. Masalan, chiqindilarni qayta ishlashda nemislar bilan hamkorlik yuzaga kelmoqda. Ispanlar Angren ko'mir havzvalarida to'planib qolgan chiqindini ishlatishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishgan.

Shunday qilib, chiqindilar masalasi ekologiyadagi muhim muammolardan biri bo'lib, ularni yig'ishtirib qayta ishlash yoki gigienik talablar bo'yicha sarishta qilinsa nafaqat iqtisodiy jihatdan foyda ko'ramiz, balki erni, havoni suvni, oziq – ovqat mahsulotlarining ifloslanishi oldi olinardi, kishilar sog'lig'ini muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega bo'lar edi.



ADABIYOTLAR RO'YXATI

  1. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraaqqiyot kafolatlari. -T.: O'zbekiston, 1997.

  2. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. -T.: O'qituvchi, 1991.

  3. Novikov Yu.I. Oxrana okrujayuey sredi. –M.: Vishaya shkola, 19987.

  4. Egamberdiev R. Ekologiya. –T.: O'zbekiston, 1993.

  5. Tursunov X.T. Ekoloiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. –T.: Saodat RIA, 1997.

  6. Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.: Yangi asr avlodi, 2005.

  7. To'xtaev A., Xamidov A. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.: O'qituvchi, 1995.

  8. Otaboev Sh., Nabiev M. Inson va biosfera.-T.: O'qituvchi, 1995.

  9. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. –Qarshi: Nasaf, 2003.

  10. To'xtaev A. Ekologiya.-T.: O'qituvchi, 1998.

Download 19,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish