M. E. Xurramov “talaba yoshlarda vatanparvarlik tuyg’usini rivojlantirish va shaxsiy masulyatini oshirish” monografiya toshkent


§ 1.2. Vatanparvarlik tuyg’usi yoshlar rihiyatining barqaror omili sifatidfa



Download 0.59 Mb.
bet5/24
Sana28.09.2021
Hajmi0.59 Mb.
TuriМонография
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
§ 1.2. Vatanparvarlik tuyg’usi yoshlar rihiyatining barqaror omili sifatidfa
Vatan insonning ruhiyati, turmush tarzi, ongi va tafakkuri, o`tmishi, buguni va kelajagi mujassam bo`lgan tushunchadir. Vatan ostonadan, o`zi tug`ilib o`sgan go`shadan boshlanadi. Shuning uchun bola o`zi yashab, nafas olib turgan xonadonida ulg`ayib voyaga еtishishida muhtasham va qudratli makon bo`lgan ona zaminiga mehr-muhabbat va sadoqati abadiy bo`lmog`i zarur. Har bir insonning vataniga bo`lgan muhabbati ona suti, ona allasi va ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi, ota-onasini avlod-ajdodlari, ularning an’analari, urf-odatlari, kasb-korlarini sevuvchi farzand o`zgalarni ham sevadi. Millati, xalqi, adabiyoti, san’ati, dini va madaniyatidan g`ururlanib, o`zi o`sgan yurt tabiatidan ilhomlanib, uning muqaddas tuprog`i qadrini anglaydi.

Zero, hech bir inson Vatandan tashqarida baxt-saodat topa olmaydi. O`z yurtida obrue’tibori bo`lmagan inson o`zga yurtda ham qadrlanmaydi. Shuning uchun ham xalqimizda «O`zga yurtda sulton bo`lguncha, o`z yurtingda cho`pon bo`l», «o`zga yurtda shoh bo`lgandan, o`z yurtingda gado bo`lgan afzal», «O`lsang o`l, vataningda bo`l!» kabi naqllar bejiz aytilmagan. Har kimning o`z xonadoni, uy-joyi, o`z ona yurti naqadar qadr-qimmatli ekanligini o`zga yurtga safarga, yashashga borgan inson biladi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Furqat va boshqa bobokalonlarimizning o`zlari tug`ilib o`sgan vatanlaridan uzoqda kuchli Vatan sog`inchi-bilan yashaganlari, ona yurt tuprog`ini, unda o`sgan mevalarni ko`zlariga to`tiyo qilganlari, yurt ishqida iztirob chekkanlari barchaga ayon. Ularning ruhiy kechinmalari haqiqiy vatanparvar kishining holatidir. Haqiqiy vatanparvar u qaerda yashamasin, Vatanning yaxshi kunida ham, yomon kunida ham uni tark etmaydi, u bilan birga bo`ladi1.

Insondagi eng oliy tuyg`u — Vatan tuyg`usidir. O`zi tugilib-o`sgan ona yurtini jon qadar sevadigan, o`zga yurt tabiatidan o`z yurti tabiatichalik zavq olaolmaydigan, diyoridagi katta-kichik yutuqlardan faxrlanadigan, hatto mitti chumoli harakatidan zavqlanadigan aql-zakovati butun, qalb qo`ri, kuch va imkoniyatini shu jamiyat va tabiat go`zalligi, rivojiga bahshida eta olgan insondagina bu tuyg`u namoyon bo`ladi. Vatan ham, vatanga muhabbat to`yg`usi ham ilohiy ne’mat bo`lib, butun qon tomirlarida shu tuyg`u jo`sh urgan insonda vatanfurushlik, vatanga hiyonatdek jirkanch vahshiylikka moyillik hech qachon bo`lmaydi. Xalqimizda “O`zga yurtning bag`lariyu-bog`chasi, o`z yurtingning yontog`icha ko`rinmas»_ deb bejiz aytilmagan2.

Vatan tuyg`usi — bu Vatanni himoya qilib, Vatan deya fido bo`lgan Tumaris, Shiroq, Spitamen, Najmiddin Kubro, Solihbek dodhoh, mulla Aliqul dodxoh singari yo’zlab sher yuraklarni eslashdir.

Tomirida ohirgi tomchi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan Jaloliddin Manguberdi, Temir Malik, Abdumalik To`ra, Qurbonjon dodxoh, Madaminbek, Namozbotir singari buysunmas bahodirlarning, og`ir kunlarda qardoshlarga еlkadosh bo`lay deb, harbiy vazirlik lavozimidan iste’foga chiqib, ota yurti Turkistonga kelib, ayovsiz janglarda halok bo`lgan Anvar poshshoning, qullikdan o`limni afzal bilgan Oqmasjid, Chimkent, Avliyoota, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Zirabuloq himoyachilarining nomini yodga olishdir.

Vatan tuyg`usi — bu mustamlaka to’zumiga qarshi bosh ko`targan Toshkent, Jizzax, Andijon qo`zg`olonchilari, Dukchi Eshon xotirasini unutmaslikdir.

Vatan tuyg`usi — bu zulm-istibdoddan qutulish uchun xalqni ma’rifatli bo`lishga chorlash, milliy uyg`onishga da’vat etgan, najot ilmda, birlikda va harakatda deb bilgan fidoyi ziyolilarni, ularning rahnamolari bo`lmish Munavvar Qori, Mahmudxo`ja Behbudiy, Abdullaxo`ja, Avloniy, Fitratlarning nomlarini doimo yodda saqlashdir.

Vatan tuyg`usi — bu yigirmanchi, o`ttizinchi, qirqinchi, elliginchi va nihoyat saksoninchi yillarda xalqimizga qarshi uyushtirgan qatli ommaviy qatag`onlarda qamoq va surgun azoblarini boshidan kechirgan va halok bo`lgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Usmon Nosir singari minglab millat gullarini unutmaslikdir.

Vatan tuyg`usi — bu Ikkinchi Jahon urushida fashizmga qarshi mardona jang qilgan vatandoshlarimiz yodini ehtirom bilan eslashdir». Vatan himoyasi yo`lidagi qahramonlar insoniyat tarixidan hech qachon o`chmaydi. Vatanni asrash, har bir qarich еrini qo`riqlash, bu muqaddas burch bo`lib, ozod va mustaqil Vatanga ega bo`lish hech qachon osonlikcha qo`lga kiritilmagan. Vatan erki, mustaqilligi va ozodligi yo`lida qurbon bo`lganlarni abadiy eslash, hotirlash har bir kishining xalq, millat, Vatan oldidagi imoni va vijdonidir3 .

Vatan muqaddasdir. Undan qimmat, undan aziz, undan shirin, undan ulug` ne’mat, boylik yo`qdir. Shu boylikni qadrlagan, undan cheksiz faxrlangan insongina oilasi, xalqi, atrof muhiti, jamiyatiga mehr-muhabbatli bo`ladi.

Insonni dunyoga keltirishdek mo`jiza yaratgan ona bilan Vatan hamohangdir. Vatan ona kabi inson taqdirida mo`jizalar makonidir. Shuning uchun ikki mo`jizakor yonma-yon Ona-Vatan deb yuritiladi.

Inson ona uchun qanchalik jonfidolik qilsa, Vatan uchun ham shunchalik qayg`uradi, uni ardoqlaydi, sevadi, avaylab-asraydi, turli ofatlardan, dushmanlardan qo`riqlaydi. Kerak bo`lsa, Ona-Vatan uchun jonini qurbon kiladi. Munis va mo`tabar Ona insonni shu yorug` dunyoga keltirsa, Vatan uni hayot belonchagida o`stiradi, ulg`aytiradi, shaxsni shaxs sifatida namoyon etadi. Shu boisdan inson uchun Ona - Vatandan ulug`roq, mo`tabarroq, qimmatliroq makon yo`q. Xalq ichida Ona degonda - Vatan, Vatan deganda esa Ona tasavvur etilishida ham majoziy mano bor. Ba’zi bir sabablarga ko`ra, o`zga yurtlarda yashayotgan vatandoshlarimiz ham «Ona-yurtim», «Ota-yurtim», «Kindik qonim to`kilgan yurt» deb faxrlanadilar4.

Yurtboshimizning vatanparvarligi, millatparvarligi evaziga 1991 yilning 31 avgustida O`zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilingach, o`zbek millatining qaddi tiklandi, Vatan qadri ortdi, zo’rovonlik yo`li bilan yo`q qilingan milliy qadriyatlarimiz, dinimiz («Navro`z» bayrami, Ramozon va Qurbon hayitlari va hokozo) xalqqa yana qaytarildi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, O`zbekiston Respublikasining yangi davlat ramzlari qabul qilindi, ya’ni davlat bayrog`i, gerbi, milliy valyutasi, madhiyasi — davlat ramzlaridir. Prezidentimiz I.A.Mirziyoyev ta’rifiga ko`ra; Davlatimiz ramzlari — bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni e’zozlash, o`zining qadrqimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchini mustahkamlash demakdir. 5 Yuqoridagi manba. 157-bet. Mazmun va mohiyatan tamomila yangi davlatimizning asosiy Qomusi — O`zbekistan Davlatining Konstitutsiyasi qabul qilindi.

Darhaqiqat, davlatimiz ramzlarida o`zbek xalqi mentaliteti, g`ururi, hissiyoti, tarixiy xotirasi, porloq turmushga intilishi mujassam bo`lgan. Ushbu ramzlar - o`zbek xalqining g`ururlaridir. Ularni qadrlash, ko`z qorachig`idek asrash, umuminsoniy qadr-qimmatini oshirish har bir fuqaroning Vatan oldidagi burchidir.

Vatanimiz ozodligi tufayli Vatan, xalq, millat, milliy qadriyatlar din, tarix, bugun va kelajak hayot haqida erkin fikr bildirish imkoniyati vujudga keldi. Vatanimiz o`z istiqlol yo`lini tanlab oldi. Dunyo maydonida o`z o`rni, o`z ovoziga ega bo`ldi. Vatanimiz osmonida erk quyoshi porlagach, o`zbek xalqi o`z tilida baralla e’zozlash, asrlar davomida shakllanib kelgan an’analari, qadriyatlarini qaytadan bilish, erkin fikrlash, o`z taqdirini o`zi hal qilish, o`zga yurtlarda Vatan sog`inchida bo`zlab yurgan vatandoshlarimiz ota yurtlariga qo`rqmasdan qaytish imkoniyatiga ega bo`ldilar. Vatan, xalq bor joyda vatanparvarlik tuyg`usi paydo bo`ladi. Bu tuyg`u insonni jasoratga, ezgulikka halol mehnatga da’vat etadi. Millatni millat bo`lib shakllanishida turli hayot to`fonlaridan omon saqlab qoladigan ham vatanparvarlik tuyg`usidir.



Vatanparvarlik - kishining o`zi tug`ilib o`sgan, kamol topgan joy, zamin, o`lkaga bo`lgan mehr-muhabbatini, munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va ma’naviy ahloqiy xislatlari, fazilatlaridir5.

Vatanparvarlik — inson ma’naviy еtukligining yuksak mezonlaridan istiqlol mafkurasining negizini tashkil etuvchi qadriyatli va his-tuyg`ularidan biridir. Vatanparvarlik hissini o`z farzandi qalbiga singdira olgan ota-onaning, shunday ruh, bilan yashaydigan xalqning kelajagi porloqdir.

Vatanparvarlik — Vatan osoyishtaligi, ota-ona, El-yurt, jigargo`shalar tinchligini saqlash, himoya qilish uchun jismoniy va ma’naviy tayyor bo`lish, harbiy vatanparvarlik sir-asrori bilan puxta qo`rollanish, bilim, malaka va ko`nikmaga ega bo`lishdir6.

Vatanparvarlik — halol mehnat qilish zamirida mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga munosib ulush qo`shish, el-yurt manfaatlarini o`z manfaatlaridan yuqori qo`yish demakdir.

Vatanparvarlik — mamlakatimizda yashayotgan xalqlar, elatlar va millatlarniig tili, dini, madaniyati, urf-odatlari aa an’analariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo`lish va ularni o`rganish, millatlararo do`stlik, hamkorlik o`rnatish yo`lida fidoyilik ko`rsatishdan iboratdir.

Vatanparvarlik — Vatanni har qanday dushmanlardan (ichki va tashqi) himoya etish, millat, xalq, Vatan ozodligi, erkinligi yo`lida kerak bo`lsa jonini ham fido qilish demakdir.

Vatanparvarlik — jamiyat ravnaqi yo`lida jasorat va qahramonlik ko`rsatish hissining mujassamligidir. Vatanparvarlik — har ishda tashabbuskorlik, ijodkorlik, tadbirkorlik ko`rsatish demakdir. Vatanparvarlik — insondagi mustahkam imon va e’tiqod, sog`lom tafakkur va sog`lom fikr birligidir,

Vatanparvar inson g`iybat, loqaydlik, xiyonat, sotqinlik, illatchilik, mahalliychilik kabi illatlaridan yiroqdadir7.

Vatanparvarlik jahondagi barcha xalqlarning donishmand va solih farzandlariga xs tuyg`u. Ularning bu haqda qator fikrlari bor8.

Sitseron (Italiya faylosufi). Bizga ota-onalar, bolalar, yaqin xsh-aqrobalar qiymatlidir, lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina «Vatan» degan so`zda mujassamlangan. Vatanga nafi tekkudek bo`lsa, qaysi vijdonli odam uchun jon bermoqqa ikkilanar ekan.

G.Gegel (nemis faylosufi), Ma’rifatli xalqlarning haqiqy jasorati vatan yo`lida qubon bo`lishiga hozir ekanlirida aks etadi.

J.Delil (franso’z shoiri). Eng maqbul fazilat - Vatanga va odomzodga ko`rsatilgan xizmatdir.

J.Bayron (ingliz shoiri). Kimki o`z yurtini sevmasa, u hech nimani sevmaydi.

J.Russo (franso’z mutaffakiri). Saxvatning eng buyuk jasurliklari Vatanga bo`lgan muhabbat tufayli vujudga keladi.

V. Belinskiy (rus munaqqidi). Kimki o`z vataniga daxdor bo`lmasa, u insonyatga ham daxdor emas.

P. Kornell (franso’z drammaturgi). Kimki Vatanni xor qilsa, u oilasidan ham, bor-budidan ham ayriladi.

V. Gyugo, (franso’z adibi). O`z Vataniga dog` tushurish - uni sotish degan so`z.

Ya. Gallon (ukrain adibi). O`z yurtidan yo’z o`gurganlar, o`z vijdonlaridan ham yo’z o`giradi.

M.Salmon Savajiy (fors shoiri). Vatanga nafi yo`q yashalgan har kun, inson hayotini qilar bemazmun.

Haq gap! Har kunimiz Vatanga naf еtkazsin, umrimiz sermazmun bo`lsin.

O`zbek xalqi azaldan o`z Vataniga - O`zbekistonga, Turkistoniga, Turoniga ega bo`lgan, hech qachon bevatan bo`lmagan. Bolalarimiz qalbida vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirishni bolaning maktabgacha yosh davridan boshlash ota-onaning, tarbiyachi-murabbiylarning, jamoatchilikning Vatan oldidagi burchlaridir.

Shunday qilib, Vatan muqaddasligini saqlash, vatanparvarlik tuyg`usi bilan xalq, davlat, mamlakat rivojiga ulkan ulush qo`shish har bir fuqaroning jamiyat, kelajak avlod oldidagi burchidir. Bu burchni halol, pok, fidoyilik va jasorat bilan bajargan insongina haqiqiy vatanparvar bo`la oladi.

Buning uchun O`zbekiston hukumati tomonidan, shaxsan prezidentimiz Islom Mirziyoyev tashabbuslari va rahbarliklarida, inson shaxsi va manfaatlari, bolalar tarbiyasi, oila, sog`lom avlod va hokazo kabi bolalarimiz va xalqimizning manfaatlarini ko`zlovchi qator hujjat va qarorlar qabul qilindi.

Endilikda hayotimizning barcha sohalarida respublikaning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, avlod ajdodlarimizning azaliy turmush tarzi, an’analari, urf odatlari va ko`nikmalarini hisobga olib, bolalarimizda xalqimizga, o`z vataniga mehr, samimiylik, histuyg`ularini shakllantirish, ularni rivojlanitirish, tarbiya nazariyasi va amaliyotiga tadbiq etish muhim dolzarb muammoga aylanmoqda.

Vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvatlilikni shakllantirish tarbiyaning eng muhim qismlaridan biridir. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdaga bolalar tarbiyasida eng avvalo ularning ruhiy jarayonlarini o`stirish, rivojlantirish va takomillashtirib borishga yordam beruvchi omillarni hisobga olish katta ahamiyatga ega.

Vatan, Vatan tuyg`usi, vatanga sadoqatli bo`lish, vatanparvarlik, insonparvarlik va mehrmuruvvat his-tuyg`ularining naqadar yuksakligi, inson qalbiga yaqinligi, har bir insonni iymoni haqida islom dinimizning yuragi bo`lmish Qur’oni Karim, hadislarimiz va buyuk mutaffakir, hadisshunos va zamonasining huquqshunos olimlari hisoblanmish Imom alBuxoriy, Az-Zamahshariy, al-Termiziy va boshqa ajdodlarimiz qarashlari va asarlarida Vatan, xalq, millat ozodligi, erkinligi haqidagi fikrlar o`z ifodasini topgan.

Vatan, vatanparvarlik, insonparvarlik va insonda mehr tuyg`ularining naqadar yuqori tuyg`u ekanligi va unga sodiq bo`lib qolish, islom diniga e’tiqod qiluvchi har bir mo`min — musulmon hayotining mazmuni ekanligining alomalarimiz asarlarida qayd etilgan. Jumladan, U. Kaykovusning «Qobusnoma», Nosir Xisrovning «Saodatnoma», Nizomul mulkning «Siyosatnoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutatg`u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», «Kalila va Dimna», A.Navoiyning «Mahbub ul Qulub», A.Temurning «Amur Temur o`gitlari» va h.k. asarlarida ko`rsatilgan9.

Shunday ekan, o`smirlar tarbiyasida oliy his-tuyg`ularini shakllantirib, o`stirib borish– ularni ijtimoiy turmushning murakkab vaziyatlariga moslashtirib boruvchi kelajakdagi barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarni yaratish imkoniyatini beradi.

Insonparvar, vataniga sodiq, mehr-muruvvatli insonga qator ijobiy his-tuyg`ular xos bo`ladi, ya’ni bunday inson mardlik, sahiylik, va’dasiga vafodor, pok bag`ri keng, birovlarga beminnat yordam beruvchi, adolat me’zonini bo’zmaslik, tilini yomon so`zdan, qo`lini yomon ishlardan saqlash his-tuyg`ulariga ega bo`lib, bunday kishilar uchun sadoqat, e’tiqod, mehrlilik, rahmdillik hayotiy ehtiyojga aylanib qoladi.

Prezidentimiz o`z asarlarida vatanga va insonga sadoqat, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr his tuyg`ularini bolalar tarbiyasiga singdirib borish kerakligini doimo uqtiradilar. Prezidentimiz o`gitlariga amal qilmoq, kelajak avlodimiz burchi hisoblanadi..

O`zbeklarning urf-odatlari bo`yicha, o`zi yashab turgan joy muqaddas hisoblanadi. Bu muqaddas tuproqqa nisbatan yovo’z niyat, yomon so`z aytilmaydi.

Vatan, yurt, millat tushunchalari ulug`vor tushunchalar bo`lib, hamisha mehr-muhabbatdan quvvat oladi. Shu jihatdan qaraganda bu tuyg`ular egizak - qondoshu jondoshdurlar. Bu his-tuyg`ularni yosh murg`ak yuragida uyg`otish, uni rivojlantirish va takomillashtirib borish barcha ta’lim muassasalari xodimlari faoliyatlarida, ota-ona, mahalla fuqarolari va hokazolarning muqaddas burchlari hisoblanadi.

Shunday ekan, ilk mehr saboqlari bolalar qalbiga eng avvalo oila, so`ngra maktabgacha ta’lim maskanlarida singdiriladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ham har jihatdan ana shunday shaxsni shakllantirishdan iborat.




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat