Lozim; Ikkinchidan, raqobatbardosh-likni baholashda baholanayotgan ob’ektining barcha xususiyatlarini o’zida mujassam etilishi lozim



Download 17.36 Kb.
Sana21.05.2021
Hajmi17.36 Kb.

Korxonalarning raqobatbardoshligini baholash uslublari


Korxonalarning raqobatbardoshligini baholash uslublarini ishlab chiqishda quyidagilarni nazarda tutish maqsadga muvofiq: Birinchidan, baholash natijalari korxonaning barcha faoliyatlari natijadorligini qamrab olishi va uni namoyon etishi

lozim; Ikkinchidan, raqobatbardosh-likni baholashda baholanayotgan ob’ektining barcha xususiyatlarini o’zida mujassam etilishi lozim; Uchinchidan, raqobatbardoshlikni baholash bo’yicha aniq uslubiyotlarni shakllantirishda ma’lumotlar bazasi imkoniyatlarini hisobga olish lozim; To’rtinchidan, raqobatbardoshlikni baholash natijalarini tahlil etishda kompyuter dasturiy mahsulotlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari hozirgi axborotlashtirilgan iqtisodiyot uchun o’ta muhim hisoblanadi va shunga muvofiq uning dasturiy tizimini ham ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Korxona raqobatbardoshligini baholashning operatsion samaradorligi, innovatsion faoliyati va bozor ulushiga ko’ra aniqlash metodikasini korxona faoliyati samaradorlik darajasi, innovatsion faoliyati va bozor muhitiga moslash darajasini integral ko’rsatkichlarini baholash orqali amalga oshiriladi. Korxonaning umumiy raqobatbardoshlik holatini tavsiflovchi indeks ko’rsatkichni K deb belgilab, uning operatsion faoliyati -Ko, innovatsion faoliyati - Ki, bozor muhitiga moslashish koeffitsientini -Kmlarni alohida hisoblash orqali topiladi va quyidagi formula taklif etiladi.

= √ o ∗ i ∗ m

K- Korxona raqobatbardoshlik darajasining kritik bahosi; o- Korxonaning operatsion samaradorlik koeffitsienti; i- Korxonaning innovatsion faoliyati koeffitsienti; m- Korxonaning bozor muhitiga moslashish koeffitsienti; Korxonaning operatsion faoliyati samaradorligini quyidagi formula orqali topiladi:

= Z

R- Korxonani operatsion faoliyati samaradorligi; V- Korxonaning mahsulot sotishdan tushgan tushumi; Z- Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari; Korxonaning tanlangan faoliyati bo’yicha operatsion faoliyati samaradorligi quyidagi formula orqali topiladi:



∑ = ∑ Z∑

∑ - korxonani tanlangan guruh bo’yicha operatsiyalar samaradorligi; ∑ - korxonaning tanlangan operatsion faoliyati samaradorligi daromadalari (mahsulot sotishdan tushgan tushum); Z∑ - korxonaning tanlangan operatsion faoliyati samaradorligi xarajatlari; Tanlangan guruh deganda, korxona bilan taqqoslash

uchun zarur va etarli hisoblangan omillar majmui tushuniladi. Bu holatda ko’rib chiqilayotgan korxonaning tanlab olingan raqobatchi bilan taqqoslanganda alohidalashgan raqobatbardoshlik ko’rsatkichlarini aniqlashni nazarda tutadi. Tarmoqdagi barcha raqobatlashuvchi korxonalardan iborat bo’lganda esa, korxona raqobatbardoshligining tarmoq ko’rsatkichlari bilan belgilash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yuqoridagi formulalar asosida quyidagilarni topamiz:

KE = R R∑

Bunda KE- Korxonaning operatsion samaradorlik koeffitsienti; ∑ - korxonani tanlangan operatsiyalar samaradorligi; R- korxonani operatsion samaradorlik ko’rsatkichi; Korxonaning innovatsion faoliyati darajasini ( i) quyidagi bosqichlarda aniqlaymiz.

I = Zi Z :Z i 0 Z0

Bunda, I- korxonaning innovatsion faoliyati darajasi; Zi,Zi0- faoliyatini tekshirilayotgan davrlarning boshi va oxiridagi innovatsion faoliyatga qilingan xarajatlar yig’indisi; Z,Z0 - korxonaning tekshirilayotgan davrlarga mos keluvchi ishlab chiqarish xarajatlari. Korxonaning innovatsion faoliyatining barcha ko’rsatkichlarini aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi

I∑ = Zi ∑ Z∑ : Zi0 ∑ Z0 ∑

Bunda, I∑- korxonani tanlangan innovatsion faoliyati darajasi; Zi ∑,Zi0 ∑ - korxonani aniqlanayotgan va oldingi davrdagi innovatsion xarajatlari yig’indisi; Z∑,Z0 ∑- korxonani aniqlanayotgan va oldingi davrdagi ishlab chiqarish xarajatlari yig’indisi. Yuqoridagi formulalar asosida korxonani innovatsion faoliyati samaradorligini quyidagi formula orqali ifoydalaymiz KI = I I∑ Korxonani bozor muhitiga moslashish holatini biz uning bozor ulushiga ko’ra aniqlashdan boshlaymiz. Korxonani o’zi faoliyat yuritayotgan bozordagi ulushini quyidagi formula orqali ifodalaymiz D = V O Bunda, D – korxonaning bozordagi ulushi; V – korxonaning mahsulot sotishdan tushgan tushumi; O- bozor xajmi; Korxonaning tanlangan bozor ulushini quyidagi formula orqali topamiz: D∑

= V∑ O


D∑- tanlangan korxonaning bozor ulushi; V∑- tanlangan korxonaning mahsulot sotishdan tushgan tushumi; Tanlangan korxonani bozor hajmini o’zgarishi (∆D∑) –quyidagicha aniqlanadi ∆D = V∑ O :V0 ∑ O0 Bunda, V0 ∑- tanlangan korxonani oldingi davrdagi daromadlari Raqobatlashuvchi korxonalar va tahlil etilayotgan korxonaning bozor ulushini o’zgarishi munosabatlarini quyidagicha ifodalash mumkin: ∆D ∆D∑ = V V0 :V∑ V0 ∑ Daromad ko’rsatkichi indeksi o’tgan davrdagi daromadlar va tahlil etilayotgan davrdagi daromadlarga nisbati bilan ifodalanadi. Shuning uchun, bozor ulushi jixatidan o’zgarish darajasiga ko’ra daromadlar bir xil nisbiy ko’rsatkichlarda o’zgarishi lozim. Ushbu ko’rsatkichlar bozor xajmini o’zgarishiga mos holda korxonaning daromadlari o’zgarishini nisbiy ko’rsatkichlarini ifodalaydi va uning dinamikasi bozorga moslashish holatini o’zida ifoda etadi. Shunday qilib korxonani bozorga moslashish indeksi (KA) quyidagi formula orqali ifodalanadi:

KA = ∆V ∆V ∑



Bunda, ∆V= V V0 – tahlil etilayotgan davrga nisbatan korxona daromadlari hajmini o’zgarishi indeksi; △V ∑= V∑ V0 ∑- tahlil etilayotgan korxonaning xuddi shunday ko’rsatkichi; Raqobatbardoshlikni taklif etilgan uslubi uning raqobatbardoshlik darajasini baholash va bozor holatiga moslashish strategiyalarini shakllantirishga yordam beradi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek korxonaning asosiy raqobatbardoshlik ko’rsatkichi bozor muhitiga moslash darajasiga boshqa barcha omillarning ta’siri o’rganiladi va tegishli strategik maqsadlar belgiladi. Keltirilgan modelning hisob ishlarini osonlashtirish maqsadida Excel dasturi yordamida barcha formulalarni tegishli jadvalda ifodalab olamiz va Biznes faoliyati yuritayotgan korxonalarning raqobatbardoshligini integral ko’rsatkichlarini hisoblash uchun asosiy boshlang’ich ma’lumotlarni shakllantiramiz. Faoliyat yuritayotgan korxonalarning asosiysi MChJ shaklidagi kichik korxonalar hisoblanganligi va ularning asosiy statistik hisobotlari “1-KB yillik” shakli va asosiy hisobot shakllaridan chetga chiqmaslikni nazarda tutgan holda ushbu hisobot shaklidan belgilab olingan ma’lumotlarni shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sababi? Davlat statistika qo’mitasi tomonidan ushbu ma’lumotlar

orqali viloyatlar, shahar va tumanlar miqyosida korxonalarning umumiy holatiga baho berish va asosiy muammolarni aniqlash imkoniyatlari yaratiladi. Korxonaning raqobatbardoshligini baholashning bunday usuli umumiy iqtisodiy faoliyat samaradorligini qay darajada tashkil etganligini va uning natijalari qay holatda o’zgarayotganligiga to’laligicha baho, korxonaning barcha faoliyatlari natijasida uning bozordagi faoliyat natijadorligini aniqlab olish imkoniyatlari mavjudligi taklif etilayotgan uslubning samarali ekanligidan dalolat beradi
Download 17.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat