Loyihani hayotiyligini baholash



Download 33.58 Kb.
bet1/5
Sana29.08.2021
Hajmi33.58 Kb.
  1   2   3   4   5

Loyihani hayotiyligini baholash

Investitsiya oldi fazasi natijasi bo’lib, investitsiya loyihasining kengaytirilgan biznes-rejasi hisoblanadi. Rejalashtirish har qanday tadbirkorlik tizimida hajmidan qat’iy nazar uning ajralmas qismidir. Ilg’or texnologiya va bozor tadqiqotlarining natijalari, yangi ish tashkiliy va tadbirkorlik rejalarini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan tashkiliy – boshqaruv va moliya muammolarini hal qilish biznes-rejada aks etishi kerak.

Biznes-reja – bu hujjat, unda aniq vaziyatda biznesning mohiyati, boshlanish imkoniyati, davomi va uning kengaytirilishi aks etadi. Biznes-reja tadbirkor tomonidan ishlab chiqiladi, agarda boshqa muammolar bo’yicha maslahatlar kerak bo’lsa, bu ishga boshqa soha mutaxassislari jalb qilinishi mumkin. Odatda bunday rejalar 1-3-5 yil muddatga tuziladi. Tadbirkor tomonidan birinchi yildagi olinadigan samara oylar bo’yicha batafsil, keyingi yili – choraklar bo’yicha, keyinchalik yil bo’yicha hisoblanadi.
Loyihalarni dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash.
Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash – variantlarni ko’rib chiqish asosida loyihani oqilona joylashtirish va amalga oshirishning eng samarali texnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimini tanlashni, umuman loyihaning cheklangan qiymatini, shu jumladan, texnologik asbob-uskunalar qiymatini asoslovchi, uni moliyalashtirishning mumkin bo’lgan manbalari bo’yicha variantlarni hisobga olgan holda moliyalashtirishga bo’lgan ehtiyoj hajmini belgilovchi hujjat.

Loyihaga mablag’larni investitsiya qilish bo’yicha yakuniy qarorni qabul qilish loyihaning texnik-iqtisodiy asoslash ishlari yakunlangandan keyingina amalga oshirilishi mumkin, lekin, bu jarayon uzoq vaqtni va ko’p mablag’ni talab etadi. Shuning uchun ham loyihaga katta mablag’larni sarflashdan oldin loyihani dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash ishlari amalga oshiriladi. Bundan asosiy maqsad – muqobil (alternativ) loyihalarni aniqlash, ularni amalga oshirish imkoniyatlarini o’rganib chiqish, mahsulot bozorini chuqur o’rganish va tahlil qilish, labaratoriya, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishdir. Loyiha g’oyasi investor uchun loyihani amalga oshirish zarurligini yoki loyihani hayotga tatbiq etib bo’lmasligini aniq ko’rsatib berishi kerak.

Loyihani dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash quyidagi tuzilishda amalga oshirilishi kerak:

Rezyume – loyihani dastlabki texnik-iqtisodiy asoslashda ko’rilayotgan barcha asosiy masalalarning qisqa mazmuni.

Loyiha tarixi va uni amalga oshirish sabablari, loyiha homiylari, bajariladigan ilmiy-izlanish va tahlil ishlarining qiymati.

Bozor tahlili va marketing konsepsiyasi: asosiy g’oyani aniqlash, loyiha maqsadi va strategiyasi, talab va taklif, mahsulotni sotish prognozi, marketing xarajatlari, ishlab chiqarish dasturi.

Material resurslar – har bir turdagi xom-ashyo va materialga, boshqa turdagi resurslarga ehtiyoj va ularning qiymati.

Investitsiya ob’ektining joylashishi, uchastkasi, atrof-muhit.

Loyiha-konstruktorlik ishlari: loyiha-quvvati hisob-kitobi, texnologiya, uskunalar, fuqarolik qurilishlari va k.h.

Tashkiliy va ustama xarajatlar: umumiy boshqaruv, sotish xarajatlari, kutilayotgan ustama xarajatlar.

Mehnat resurslari: ularga bo’lgan talab va ularning qondirilishi, ularga ish haqi to’lovlari.

Moliyaviy tahlil va investitsiya: umumiy investitsiya xarajatlari, loyihani moliyalashtirish, ishlab chiqarish xarajatalari, loyiha samaradorligini baholash, xarajatlar va foydaning tahlili.

Loyihalarni texnik iqtisodiy asoslash.

Yakuniy texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisoblash - investitsiya loyihasini amalga oshirishning tanlov savdolari asosida va loyihani moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda aniqlangan yakuniy, eng samarali texnik, tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy yechimlarini belgilovchi loyihaoldi hujjati.

Loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) – bu investitsiya loyihasi bo’yicha uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va samara berishga qaratilgan kompleks hisob-tahlil xujjatlar, ya’ni asosiy texnik va tashkiliy qarorlar, smeta-hisob, baholash va boshqa bir qancha ko’rsatkichlarni qamrab olgan xujjatlar to’plamidir.

Loyihani moliyalashtirish to’liq yoki qisman byudjet yoki byudjetdan tashqari fondlar, vazirliklar va uyushmalarning markazlashtirilgan resurslari, davlat korxonalarining o’z mablag’lari hisobidan amalga oshirilayotgan bo’lsa, loyihani texnik-iqtisodiy asoslash majburiy tarzda amalga oshiriladi.

Loyihani moliyalashtirish boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilayotgan bo’lsa, investitsiyaning samaradorligi to’g’risidagi, loyihani texnik-iqtisodiy asoslash zarurligi yoki zarur emasligi to’g’risidagi qarorni investorlarning o’zlari mustaqil ravishda belgilaydi.

Investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash loyihadan oldingi injener-konstruktorlik, texnologik va qurilish qarorlari, muqobil variantlarni taqqoslash va tanlab olingan aniq loyihani asoslash ishlarini bajarishni taqazo etadi. Bu jarayonda loyihaning iqtisodiy (tijorat va moliya) samaradorligi, tabiatni muhofaza qilish bilan

bog’liq bo’lgan ishlar (ekologik) chuqur va har taraflama o’rganib chiqiladi.

Loyihani texnik-iqtisodiy asoslash investorlar (kreditorlar)ga qurilayotgan korxona (ob’ekt) moliyaviy jihatdan barqaror va to’lovga qobiliyatligini asoslash uchun ishlatiladi va ular tomonidan kiritiladigan mablag’lariga to’lovlarni (dividend yoki foiz) o’z vaqtida olish imkoniyatiga ega bo’lishi asoslanadi. Odatda texnik-iqtisodiy asoslash ishlari loyihachi tashkilotlar tomonidan buyurtmachi o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan olib boriladi. Shartnomaga buyurtmachi tomonidan loyihani amalga oshirish uchun texnik-iqtisodiy asoslashning talablari ilova qilinadi.

Investitsiya loyihasi bo’yicha texnik-iqtisodiy asoslash loyiha bo’yicha barcha ma’lumotlarni o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. Investorlar shu ma’lumotlar tahliliga asoslangan holda loyihaga mablag’larni investitsiya qilish yoki qilmaslik to’g’risida qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Loyiha bo’yicha texnik-iqtisodiy asoslash ishlari yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tijorat, texnik, tadbirkorlik va boshqa xavf-xatarlarni o’rganib chiqish nuqtai-nazaridan tuzilgan bo’lishi va kelajakda bunday xavf-xatarlar korxonaning samaradorligiga ta’sir qilmasligi yoki juda ham kam miqdorda ta’sir qilishini hisobga olgan holda tayyorlanishi kerak.


Download 33.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat