1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH FAKULTETI
“LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH” KAFEDRASI
JO’RAEV RUSTAM USMONOVICH
“INVESTITSIYA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISHDA
TENDER SAVDOLARINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH”
5341200 - “Investitsiyalarni moliyalashtirish” ta’lim yunalishi bo’yicha bakalavr darajasini
olish uchun yozilgan
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
“HIMOYAGA RUXSAT ETILDI”
“Loyihalarni moliyalashtirish”
kafedrasi mudiri
i.f.n., dots. E.Nosirov
“__”_____________2013 y.
Ilmiy rahbar: i o’q. D.Axmedova
“__”_____________2013 y.
TOSHKENT – 2013
2
MUNDARIJA
I BOB.
1.1.
1.2.
1.3.
II BOB.
2.1.
2.2.
2.3.
III BOB.
KIRISH.......................................................................................
INVESTITSIYA
LOYIHALARINI
AMALGA
OSHIRISHDA TENDER SAVDOLARINI TASHKIL
ETISHNING MOHIYATI VA AHAMIYATI.......................
Investitsiya
loyihalarining
iqtisodiy
mazmuni
va
mohiyati........................................................................................
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini
tashkil
etish
va
o’tkazishning
o’ziga
xos
xususiyatlari...............................................................................
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini
tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslari...........................
INVESTITSIYA
LOYIHALARINI
AMALGA
OSHIRISHDA TENDER SAVDOLARINI TASHKIL
ETISH AMALIYOTI TAHLILI...........................................
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo’yicha tender
savdolarini tashkil etish amaliyoti tahlili.................................
Kapital qurilishda tender savdolarini tashkil etish, tenderlarni
o’tkazish va kompleks ekspertiza qilish amaliyoti..................
“Qo’qon sut” korxonasi investitsiya loyihasining ishlab
chiqilishi va amalga oshirilishi tahlili.....................................
INVESTITSIYA
LOYIHALARINI
AMALGA
OSHIRISHDA TENDER SAVDOLARINI TASHKIL
ETISH VA O’TKAZISHNI TAKOMILLASHTIRISH
YO’LLARI..................................................................................
XULOSA.....................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.............
3
7
7
14
19
25
25
33
43
48
53
55
3
KIRISH
Malakaviy ish mavzusining dolzarbligi. O’zbekistonda olib borilayotgan
chuqur tarkibiy islohotlar makro iqtisodiy barqarorlikka erishish, jadal iqtisodiy
o’sish va xalq farovonligini yuksaltirishning muhim shartlaridan biridir. Bu
jarayonlarning to’xtovsiz amalga oshirilishi respublikamizni jahon iqtisodiy
tizimi bilan integratsiyalashuviga olib keladi.
Prezidentimiz I.A.Karimov investitsiyalar haqida gapirar ekanlar eng
muhim masala “2013 yil va yaqin kelajakka mo’ljallangan dasturimizni amalga
oshirishda iqtisodiyotimiz va uning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish,
texnik hamda texnologik yangilashni jadallashtirish va uning ko’lamini
kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish markaziy o’rin tutishi
darkor.
Bu borada 2013 yil uchun ishlab chiqilgan va 370 dan ortiq strategik
muhim loyihani amalga oshirishni ko’zda tutadigan Investitsiya dasturi g’oyat
muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqsadlar uchun ajratilayotgan 13 milliard
dollarning 75 foizini ichki manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan mablag’lar,
qolgan qismini jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar tashkil etadi”
1
deb
ta’kidlagan.
Bugungi o’tish iqtisodiyoti sharoitida investitsiya loyihalarini amalga
oshirishda tender savdolarini tashkil etish ijobiy amalga oshirishni talab etadiki,
bu ularni bartaraf etishining samarali va optimal variantlarini ishlab chiqishni
taqozo etadi. Shuningdek bunda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda
tender savdolarini tashkil etish va o’tkazishda, ularning xususiyatlarini, loyihani
moliyalashtirish
imkoniyatlarini,
ularning
investitsiya
oldi
fazasi,
investitsiyalash va ekspulatatsiya fazalarini to’g’ri bahalagan holda loyiha
1
Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qatiyat bilan davom
ettirish – Toshkent. “O’zbekiston” - 2013 y. B -22.
4
risklarini uning ishtirokchilari o’rtasida mos taqsimlash imkoniyati mavjud
bo’lishini ham ko’zda tutishi zarur.
Bugungi kunda respublikamizda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda
tender savdolarini tashkil etish va o’tkazishda, ularni ekspertizadan o’tkazish,
risklilik darajasini baholash borasida ko’pgina tajribalar to’plandi. Biroq,
resurslar bazasining zaifligi, mamlakatimizda bozor infratuzilmasining hali
yaxshi rivojlanmaganligi, huquqiy bazaning mukammal va barqaror emasligi,
axborot ta’minoti bazasining mavjud emasligi, amaliyotda ma’muriy aralashuv
holatlarining hali ham to’liq barham topib ulgurmaganligi va boshqalar sababli
loyihalarni amalga oshirishda tender savdolarini o’tkazilishiga turli muammolar
paydo bo’lishiga olib kelmoqda. Bu esa investitsiyalash moyilligini so’ndiruvchi
eng muhim omillardan biri hisoblanadi.
Shu jahatdan ham O’zbekiston sharoitida investitsiya loyihalarini amalga
oshirishda tender savdolarini tashkil etish va o’tkazishni yo’lga qo’yishni
aniqlash, moliyalashtirish manbalarini va xom ashyo zahiralarini aniqlash
yo’llarini topish eng muhim vazifalardan hisoblanadiki, aynan mana shu masala
mazkur mavzuning hozirgi paytdagi ahamiyati va dolzarbligini tasdiqlab beradi.
Malakaviy ishning ob’ekti va predmeti. Ishning ob’ekti investitsiya
loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini tashkil etish va o’tkazishda
investitsiya loyihalarini baholash, ularni o’ziga xos xususiyatlarini belgilash,
loyiha samaradorligini aniqlash orqali tanlangan investitsiya loyihasi
hisoblanadi. Ishning predmeti investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender
savdolarini tashkil etish va o’tkazishni tahlil etish va ularning uziga xos
xususiyatlari bilan bog’liq nazariy hamda amaliy holatlar va munosabatlar
hisoblanadi.
Malakaviy ishning maqsadi va vazifalari. Ishning asosiy maqsadi
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini tashkil etish va
o’tkazishda duch keladigan muammolarni echish, ularning o’ziga xos
xususiyatlarini aniqlash, loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish
5
bosqichlarining eng optimal yo’llari yuzasidan amaliy taklif-tavsiyalarni
yaratishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun bitiruv malakaviy ishda
quyidagi vazifalar belgilab olingan:
investitsiya loyihalarining iqtisodiy mazmuni va milliy iqtisodiyotni
rivojlantirishdagi ahamiyatini yoritish;
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini tashkil etish
va o’tkazishning nazariy asoslarini o’rganish;
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini tashkil etish
va o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish;
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini tashkil etish
va o’tkazishda risklarni keltirib chiqaruvchi omillar tahlilini bajarish;
respublikamizda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender
savdolarini tashkil etish va o’tkazish bosqichlari borasidagi asosiy
muammolarning mohiyatini ochib berish;
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tender savdolarini tashkil etish
va o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish yuzasidan ilmiy
asoslangan amaliy takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish.
Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati. Malakaviy ish natijalari, ilmiy
taklif va amaliy tavsiyalaridan mamlakatimizda investitsiya loyihalarini amalga
oshirishda tender savdolarini tashkil etish va o’tkazishning o’rni va rolini
oshirish bo’yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Mavzuning amaliy ahamiyati ishda keltirilgan ilmiy taklif va amaliy
tavsiyalardan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tendar savdolarini tashkil
etish va o’tkazishda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.
Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi
kirish, uchta bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tarkib
topgan. Malakaviy ishning hajmi 60 betdan iborat bo’lib, 7 ta jadval va 7 ta
rasmni o’z ichiga oladi.
6
I BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISHDA
TENDER SAVDOLARINI TASHKIL ETISHNING MOHIYATI VA
AHAMIYATI
1.1. Investitsiya loyihalarining iqtisodiy mazmuni va mohiyati
Jahon iqtisodiyoti amaliyotidan shu narsa bizga ma’lumki, rivojlanish sari
borayotgan har bir davlat o’z ichki investitsiyalarini va tashqi investitsiyalarni
milliy iqtisodiyotning barcha sohalariga yo’naltirishga intiladi. Chunki
investitsiyalarning butun iqtisodiyotni qamrab olishi bir paytning o’zida
mamlakatda barcha tarmoq va sohalarning rivojlanishi va takomillashuviga olib
keladi.
Dunyo tajribasi ko’rsatishicha, keng iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish
natijalari investitsiyalarni, xususan, turli sohalardagi investitsiya loyihalarini
samarali amaliyotga tadbiq etish bilan ko’proq ta’minlanishi mumkin ekan.
Amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining hajmi va miqdoriga qarab
iqtisodiyotda yuz berayotgan o’zgarishlar va siljishlar haqida xulosalar chiqarish
mumkin.
Umuman, bugungi kunda investitsiya loyihalari to’g’risida ko’plab
gapirilmoqda. Investitsiya loyihasi tushunchasining tobora keng qo’llanilishi,
avvalom bor, ushbu yangi atamaning iqtisodiy mohiyatini anglab olish
zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Odatda, har qanday investitsion tadbirkorlik muayyan maqsadga
yo’naltirilgan, mukammal darajada yaratilgan investitsiya g’oyasiga asoslanadi.
Mukammal darajada shakllantirilgan va asoslangan investitsiya g’oyasi
investitsiya loyihasining qaror topishiga olib keladi.
“Investitsiya loyihasi” tushunchasining o’zi iqtisodiy nazariyada va
amaliyotda keng qo’llaniladi va u ikki xil ma’noda talqin etiladi.
7
Investitsion loyiha tushunchasi uning yo’naltirilgan maqsadini amalga
oshirish uchun texnologik jarayonlarni, texnik va tashkiliy hujjatlashtirish
jarayonini, ob’ektlarni barpo etish va ishga tushirish jarayonini, moddiy,
moliyaviy, mehnat resurslarining harakatini, shuningdek tegishli boshqaruv
qarorlari va tadbirlarni o’zida mujassamlashtiruvchi tizim sifatida qaralishi
mumkin.
To’liq shakllangan, yakuniga etgan investitsion loyihani tuzish va amalga
oshirish bosqichlari quyidagi chizmada o’z aksini topgan:
1-rasm. Investitsion loyihalarni tuzish va amalga oshirish bosqichlari
2
Muayyan maqsadlarga erishishni (ko’zlangan natijalarni hosil o’ilishni)
ta’minlovchi qandaydir faoliyatlar yig’indisini amalga oshirishni nazarda
tutuvchi ish, faoliyat, tadbir sifatida tushuniladi. Bunday hollarda “xo’jalik
2
Nazariy ma’lumotlar asosida talaba tomonidan shakllantirildi.
investitsion g’oyani shakllantirish
investitsion loyihani texnik-iqtisodiy
asoslash
shartnoma hujjatlarini tayyorlash
loyiha (ishchi) hujjatlarini tayyorlash
qurilish-montaj ishlari
investitsion imkoniyatlarni tadqiq
etish
Investitsion loyihalarni tuzish va amalga oshirish
bosqichlari
ob’ektni ishga tushirish va investitsion loyiha
(iqtisodiy ko’rsatkichlar) monitoringini olib
borish
8
tadbiri”, “ish (ishlar yig’indisi)”, “loyiha” terminlari ushbu tushunchalarga
mazmunan yao’in keladi.
Qandaydir faoliyatlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan huquqiy-
boshqaruv va moliyaviy-hisob hujjatlari tizimi yoki bunday faoliyatlar tizimini
bayon etuvchi hujjatlar to’plami sifatida qaraladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda “investitsiya loyihasi” ikkinchi mazmundagi
tushuncha sifatida qo’llaniladi. “Loyiha” termini birinchi mazmun bo’yicha
tushuniladi.
Demak, “investitsiya loyihasi” deganda qandaydir faoliyatlarni amalga
oshirish uchun zarur bo’lgan huquqiy-boshqaruv va moliyaviy-hisob hujjatlari
tizimi yoki bunday faoliyatlar tizimini bayon etuvchi hujjatlar to’plami sifatida
qaraladi.
Investitsiya loyihasi o’z maqsadi, yo’nalishi, amal qilish sohasi, muddati va
chegarasiga ega bo’lgan alohida faoliyat turi hisoblanadi. U tashkiliy, huquqiy,
ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy jihatdan to’liq va mukammal hisob-kitoblar
yordamida asoslangan yuridik hujjat hisoblanadi.
Investitsiya loyihasining boshqa hujjat va “loyiha” lardan asosiy farqi
shundaki, u haqiqiy hujjat sifatida qaror topishi uchun uning barcha tomonlari
maxsus usullar yordamida keng va aniq hisob-kitoblar bilan baholanadi.
Shuningdek uning amalga oshirilishi muayyan miqdordagi mablag’larni safarbar
etishga asoslanadi.
Investitsiya loyihasi investitsiya g’oyasining shakllanishidan vujudga kelar
ekan, uning murakkab jarayonlar asosida yaratilishida turli tadqiqotlar va tahlil
etish ishlarini olib boruvchi mutaxassislarning asosiy o’rin egallashlarini
alohida e’tiborga olmoq zarurdir. Investitsiya loyihasining o’ziga xos xususiyati
uning amalga oshirilishi moliyalashtirishning turli shakllariga mos tushishi bilan
izohlanadi. Bunda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun turli
manbalardan mablag’larni jalb etish mumkinligi uning qulayligini, foydaliligini,
samaradorligini va afzalligini oshiradi.
9
Investitsiya loyihasi mazmun-mohiyatini investitsiya tushunchasiga
bog’lagan holda tushunish o’rinlidir va shunga muvofiq, uni, bozor iqtisodiyoti
talablarini inobatga olgan holda, kelajakda foyda (daromad) olish maqsadida
kapital qo’yilmalarni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan uzoq muddatli
kompleks tadbirlar majmui, deb baholash mumkin. Shu bilan birga investitsiya
loyihasi resurslar va muayyan vaqt bilan cheklanadi hamda qo’yilgan maqsadga
erishishni ko’zda tutadi. U cheklangan davr davomida, belgilangan byudjet
hisobidan, qo’yilgan vazifalarni hal qilishga qaratilgan aniq maqsadni nazarda
tutadi. Investitsiya loyihasi boshqa tadbirlar majmuasidan o’zining maqsadi,
belgilangan vaqt mobaynida amalga oshirish imkoniyatlari hamda hayotiy
tsiklga egaligi bilan ajralib turadi.
Umuman olganda, investitsiya loyihasi investitsion tadbirkorlik va
tashabbusning mevasi, natijasi sifatida yaratilgan investitsion hujjat bo’lib,
investitsiyalar bilan ta’minlangan har qanday tadbirlar majmuasi hisoblanadi.
Ya’ni u cheklangan muddat va vaqt mobaynida foyda (daromad) olish yoki
ijtimoiy samaraga erishish maqsadidagi bir-biri bilan bog’liq, bir-biri bilan
aloqadorlikdagi murakkab tadbirlar yig’indisidir.
Investitsiya loyihasi amal qilish sohasi va darajasiga ko’ra 40-50 yilgacha
muddat bilan ishlab chiqilishi mumkin. Undagi hisob-kitoblar esa shu davrga
mo’ljallangan bashoratlar asosida tizimli amalga oshiriladi. Bunday loyihalar,
ko’proq, davlat ahamiyatiga molik va hukumat mablaYolari evaziga
moliyalashtiriladigan ob’ektlarni ishga tushirish yoki muayyan sohaning tizimli
o’zgartirilishini bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida keng qamrovli
va uzoq yillarga mo’ljallangan bashoratlar asosida ishlab chiqiladi va amalga
oshiriladi. Bunga mamlakat bo’yicha kommunikatsiya tarmog’ini tizimli
zamonaviylashtirishga,
aholini
elektr
energiyasi bilan
ta’minlashga
mo’ljallangan, makrodarajadagi ahamiyatga ega bo’lgan investitsiya loyihalari
(ko’proq, davlat investitsiya loyihalari) misol bo’la oladi.
10
Mamlakatimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan investitsiya
loyihalari, asosan, import o’rnini bosuvchi, eksportga yo’naltirilgan
maxsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo’lib, shuning bilan birgalikda ichki
bozorni mahalliy xom ashyolarga tayanillgan holda ishlab chiqarilgan
mahsulotlar bilan to’ldirishga qaratilmoqda. Bu esa respublikada milliy ishlab
chiqarishning yanada rivojlanishi, iqtisodiy faol mulkdorlar sinfining tobora
shakllanib borishi, ishbilarmonlik, tadbirkorlikning, xusuan, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikning taraqqiy topishi bilan uzviy bog’liq bo’lgan holda ular
istiqboli uchun ham o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatmoqda.
Bu holat, eng avvalo, mamlakatda mazkur yo’nalishda davlat tomonidan
maqsadli, faol va samarali investitsiya siyosatini yuritilishi, investitsiya
jarayonlarining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarning yaratib
berilayotganligi hamda uni tartibga solish va qo’llab-quvvatlashning ta’sirchan
mexanizmi ishlab chiqilganligi bilan uzviy bog’liqdir.
O’zbekistonda investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya’ni
neft va ximiya sanoati, transport, energetika, er osti qazilma boyliklarini ishlab
chiqarishga, qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini ishlab chiqarishga va ularni keng qayta ishlashga, turizm sohasini
rivojlantirishga qaratilishi lozim. Mazkur investitsiya loyihalarini amalga
oshirish uchun, eng avvalo, qulay investitsiya muhiti barpo etilishi shart
hisoblanadi. Qulay investitsiya muhiti investorning u yoki bu davlat
iqtisodiyotiga mablag’ sarflash uchun shart-sharoitlarning qulayligini, ya’ni
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarning yaratilganligini baholashdagi barcha
hisob-kitoblar majmuasini o’z ichiga oladi. Investitsiya muhitining jozibadorligi
unga ta’sir etuvchi omillar darajasiga bog’liqdir.
Investitsion muhitga ta’sir etuvchi omillardan yana biri huquqiy-me’yoriy
hujjatlarning mavjudligidir. Bu esa investorning investitsion faoliyatini amalga
oshirish uchun kafolat vazifasini bajaradi.
11
2-rasm. O’zbekiston Respublikasi investitsion siyosatining asosiy
tamoyillari
3
.
O’zbekistonda investitsion siyosatning asosiy tamoyillari 2-rasmda batafsil
yoritib berilgan.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarini amalga
oshirishning ahamiyati benihoya katta bo’lib u quyidagilar bilan izohlanadi:
birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va
texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljalangan mahsulotlarni ishlab
chiqarishni rivojlantiradi;
ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga
qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor
sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini
ta’minlash imkonini yaratadi;
uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishini jadalashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan
ta’minlaydi;
3
Nazariy ma’lumotlar asosida talaba tomonidan shakllantirildi.
Ishlab chiqarishni texnik jihatdan qurollantirish va modernizatsiya qilish, yangi ish o’rinlarini
yaratish asosida iqtisodiy o’sish barqarorligini ta’minlash
Vazirliklar, kontsernlar, korporatsiyalar va iqtisodiyotning boshqa bo’limlari ishtirokida va
manzilli dasturlarga qat’iy rioya qilgan holda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan
markazlashgan va markazlashmagan kapital qo’yilmalar hajmini aniqlash
Iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash maqsadida eksportga mo’ljallangan va import o’rnini
bosuvchi loyihalar nuqtai nazaridan ustuvor investitsiya takliflari ro’yxatini ishlab chiqish va
chuqur ekspertizadan o’tkazishlarni ta’minlash
Do'stlaringiz bilan baham: |