Lizing ilmiy texnik taraqqiyotning talablariga, xususiy, guruhiy, ijtimoiy, manfaatlarning talablariga mos keladi



Download 19,81 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi19,81 Kb.
#232822
  1   2
Bog'liq
kirish va xulosa marketingdan
Kavkaz, Kavkaz, 1-MARUZA MATNI - 2020 (2), ESSE, Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси ҳузуридаги Мажбурий ижро бюроси, O'zbekistonning yangi tarixi - Maruzalar matni, Kurs loyiha, Krassvord 2019, Ахборот ва мураббийлик соати УЗБЕК (2), talim texnologiyalari, talim texnologiyalari, 2 5305435185053961196, temur va temuriylar davri tarixshunosligi, 6 amaliy, delinkvent xulq-atvor dolzarb psixologik muammo sifatida.

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining o‘rnatila boshlanganligi va taraqqiy qilishi, ancha eskirgan ishlab chiqarish moddiy texnika bazasini rekonstruksiya qilish zaruratini yuzaga kelishi mamlakat iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish bazasidan amalda tadbirkorlik faoliyatining bir shakli sifatida lizing yuzaga keldi.

Lizing ilmiy – texnik taraqqiyotning talablariga, xususiy, guruhiy, ijtimoiy, manfaatlarning talablariga mos keladi. Moliyaviy kamchiliklar davrida korxonalarning yangi, zamonaviy va mukammal texnologiya, mashina hamda uskunalardan chetlab ketmasligini ta’minlaydi.

Lizing tadbirkorlikda yangi, ancha keng rag‘bat tizimini shakllantiradi. U g‘oyalar va ishbilarmonlik uchun moddiy va moliyaviy, shuningdek, mehnat resurslarini samarali ishlatish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Har bir ishlovchiga o‘z ishlab chiqarish vositalarining haqiqiy egasiga aylanish imkonini beradi.

Lizing munosabatlarining jozibadorligi shundaki, tadbirkorlarning xo‘jalik faoliyatida katta cheklangan kapitalga ega bo‘lib turib ham, shaxsiy – xususiy faoliyatini boshlash yoki mustahkamlash imkonini beradi.

Tadbirkorlikning lizing shaklini afzallik jihatlari keng bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston xalq xo‘jaligida bu faoliyat juda sekinlik bilan tadbiq etilmoqda. Ishlab chiqarishda ilmiy – texnik taraqqiyot yutuqlarini unumli ishlatish imkonini beruvchi yuqori samarali va o‘zgaruvchan investitsion vosita sifatida lizingning moliyaviy imkoniyatlarini mamlakatda yaratilgan normativ baza sharoitida realizatsiya qilinishining umumiy lizing biznesi va iqtisodiy mexanizmi tizimida ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi.

“Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini jadal yangilash biz uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida izchil davom ettiriladi.” deb ta’kidlaydi o‘z nutqida muhtaram yurtboshimiz I. A. Karimov.

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o‘rganilganlik darajasi. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muammolari yechimiga qaratilgan ishlar qatorida S.Abramov, V.Zolotogorov, V.Kovalev, D.Morozov, V.Cherkasov va boshqalarning ilmiy ishlarini keltirish mumkin.

Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muammolariga bag‘ishlangan masalalar I.Karimov asarlarida, shuningdek, A.Vahobov, Yo.Abdullaev, M.Angelidi, M.Sharifxo‘jaev, D.G‘ozibekov, N.Karimov, H.Jamolov, F.Dodiev va boshqalarning ilmiy ishlarida yoritilgan.

Mazkur bitiruv ishining maqsadi – O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik bilan shugg‘ullanuvchilar uchun lizingning mohiyati, afzallik jihatlari, uning o‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni shakllantirish va rivojlantirish davrida iqtisodiyotga beradigan yordami to‘g‘risida ma’lumot berishdir. Ishda ko‘riladigan masalalar o‘zbekiston iqtisodiyoti uchun juda dolzarb va kundalik muammodir. CHunki milliy iqtisodiyotni taraqqiy ettirishning eng asosiy yonalishlaridan biri sifatida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish tanlab olindi. Lizing munosabatlarini rivojlantirish ayniqsa engil va oziq – ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi sohasi uchun muhim ahamiyatga ega.

Birinchidan, xo‘jalik faoliyatini intensivlashtirish uchun, ya’ni ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash, zamonaviy darajada mahsulotni sifatli, iste’molga yaroqli darajada ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish;

Ikkinchidan, xom ashyoni, tayyor mahsulotni qayta ishlash jarayonini birgalikda amalga oshirishni ta’minlash uchun lozim bo‘ladi. Bu qishloq xo’jalik korxonalarida xo‘jaliklarni sut – go‘sht, meva – sabzavot mahsulotlarini ishlov berish, shuningdek, ularni saqlash bo‘yicha zarur mukammal texnologiya bilan jihozlanishini anglatadi.

Ilgari surilgan masalalardan kelib chiqqan holda, bitiruv malakaviy ishida quyidagilar vazifalari ko‘rib chiqiladi:

* Lizing, uning funksiyalari, lizing turlari va uni guruhlashtirish mezonlari ;

* Lizing ob’ekti va sub’ektlari ;

* Lizing shartnomalari: mohiyati, tarkibi va subektlarning huquq va majburiyatlari ;

* Lizing munosabatlarining huquqiy asoslari;

* O‘zbekistonda lizing kompaniyalarining faoliyati;

* Kichik korxonalarda lizing munosabatlarni yuritish muammolari, imkoniyat va istiqbollari;

* Buxoro viloyati “baraka” kichik korxonasida lizing munosabatlarini qo‘llanilishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari.

Bitiruv malakaviy ishining ob'ektini iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari tashkil etadi.

Ishning tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.




Download 19,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
saqlash vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
Ishdan maqsad
fanidan tayyorlagan
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
ta’limi vazirligi