Linoleum xossasini aniqlash



Download 125,31 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi125,31 Kb.
#397581
Bog'liq
11 Laboratoriya ishi
Keltirilgan kvadrat tenglama Viyet, populyatsiya ekologiyasi, ZAKOVAT, 4 mavzu Vazifa., 1FAKULTET 422 MUSTAQILISH UT, 20-16 XIKMATOV ABBOS 150420152857, ishsizlik sabablari xususiyatlari va kamaytirish yollari , narxning mohiyati va shakllanish xus, Мева ва сабзавот шарбатлари ва ичимликлари, 2IOM1 guruh talabasi Foziljonov XurshidbEK, 2IOM1 guruh talabasi Foziljonov XurshidbEK, 19.14 Ismoilova Z. xorijiy davlat olimlarining motivatsiya muammolarini organishga bolgan nazariy mushohadalari (1), Doc1, 11 -sinf Informatika test. 1-variant, 2 в Cессия оралиk

Laboratoriya ishi №11

Linoleum xossasini aniqlash


Hozirgi vaqtda qurilishda pollarni yopish uchun polimer o’ram va plitka materiallar keng tarqalgan. Bundan tashqari ulardan choksiz yaxlit pollarni yopish uchun foydalaniladi.

Polimer materiallar yog’och va sopol qoplamalardan bir necha marta yengil, ular mustahkam, bioturg’un va gigiena talablariga javob beradi, shuningdek tashqi ko’rinishi chiroyli va suvni kam singdiradi. O’ram materiallardan yopilgan pollar tejamli va qurilishni industriyalash talablariga to’la javob beradi.

Pollar qoplanadigan o’ram materiallar turli sintetik polimerlar asosida to’ldirgichlar, plastifikatorlar va pigmentlar kiritib tayyorlanadi. Ular linoleum va sintetik gilam qoplamalarga bo’linadi. Dastlabki polimer turiga qarab linoleumlar polivinilxlorid, gliftal, kolloksilinli rezina va boshqa linoleumlarga bo’linadi, tuzilishi bo’yicha asosi bo’lmagan va mustahkamlaydigan yoki issiqlik va tovushdan himoyalaydigan asosli, bir qatlamli va ko’p qatlamli, o’ng yuzasining fakturasiga ko’ra silliq, taram-taram va tukli (gilam qoplamalar uchun), yuza rangi bo’yicha bir rangli va ko’p rangli linoleumlarga bo’linadi.

Pollar qoplanadigan polimer o’ram materiallar yeyilishga yaxshi qarshilik ko’rsatadi, suvni kam singdiradi, egiluvchanligi yuqori va boshqa ijobiy xossalarga ega bo’ladi. Linoleumning o’ng yuzasi silliq, yaltiroq yoki yarim yaltiroq, dog’larsiz, tirnalmagan, ezilgan joysiz, kovaksiz va do’ppaygan joylarsiz bo’lishi kerak. Bir xil rangli linoleum butun yuzasi bo’yicha tekis va bir xil tusga ega bo’lishi kerak. Ko’p rangli linoleum chuqur bo’yalgan, ya`ni rasm yeyiladigan qatlamning butun qalinligidan o’tishi, aniq bo’lishi kerak. Linoleum rangi nur, havo va suv ta`siri ostida o’zgarmasligi kerak.

Linolium o’ramlari tik vaziyatda kami bilan 100S harorati quruq xonalarda saqlanadi. Agar linolium pastroq harorat bilan keltirilgan bo’lsa, u xonada 1 kun davomida ochilmasdan saqlanishi kerak. To’shashgan bir necha kun ilgari o’ramlarda saqlanganda hosil bo’lgan to’lqinsimonligini bartaraf qilish uchun linoliumni yoyib qo’yish kerak.


1-rasm. Pоlivinilxlоrid linоleum o’ramlari


Polivinilxlorid linolium mato asosida yoki asossiz (1-rasm) tayyorlanadi. Asosga material qo’yilmagan linolium bir, ikki va ko’p qatlamli bo’lishi mumkin. Bundan tashqari g’ovakli yoki namat asosida issiqlik tovush izolyatsion linolium ishlab chiqariladi.

Polivinilxlorid linolium uzunligi kamida 12 m va eni 1200-1600 mm bo’lgan bir en mato ko’rinishida chiqariladi. Linoliumning qalinligi 1,2-6 mm. Rangi bo’yicha bir rangli (har xil ranglar), marmarsimon va guldor bo’lishi mumkin.

Polivinilxlorid linolium bilan piyodalar oqimi intensiv bo’lgan jamoat va sanoat binolari xonalarining pollari qoplansa maqsadga muvofiq bo’ladi. Namligi yuqori xonalardagi pollarni asosiga mato qo’yib tayyorlangan linolium bilan qoplash tavsiya qilinmaydi.

Linolium (asosi bo’lmagan va mato asosida tayyorlangan) bitum rezina, kumaron kauchukli va boshqa sovuq mastikalar, KN-2, KN-3 yelim va boshqalar yordamida yopishtiriladi (2-rasm). Linoliumni bir butun yopishtirilishini ta`minlash va germetik yopilgan chok yaratish maqsadida polivinilxlorid linoliumning qirralari maxsus asbob bilan payvandlanadi.







2-rasm. Linoliumni sovuq mastikada yopishtirish

3-rasm. Namat asosida tayyorlangan linolium

Download 125,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti