Lingvistika: Ingliz tili mutaxassisligi I bosqich magistranti



Download 24.67 Kb.
Sana28.11.2020
Hajmi24.67 Kb.

Farg`ona Davlat universiteti Magistratura bo`limi

Lingvistika:Ingliz tili mutaxassisligi I bosqich magistranti

Rahimjonova(Sobirova) Dilshodaning sentabr oyi uchun ilmiy-pedagogik amaliyot

H I S O B O T I

Lingvistika:Ingliz tili mutaxassisligi I-bosqich magistranti Rahimjonova(Sobirova) Dilshoda Farg’ona davlat universitetida 1-4 semestr davomida pedagogik amaliyot olib borishim belgilandi. Men 1-semestrning sentyabr oyida mutaxassislik fanlaridan “Matn lingvistikasi”, “Asosiy chet tili” va boshqa fanlardan nazariy ta’lim oldim.

Pedagogik amaliyot rahbarim S.A.Solijonov bilan birgalikda pedagogik amaliyot rejasini ishlab chiqdik. Ingliz tilshunosligi kafedrasi professor-o‘qituvchilarining ish yuritish hujjatlari ya’ni, ma’ruzalar matni, o’quv uslubiy majmua, ishchi o’quv dasturi, bilan tanishdim. Kafedra o’qituvchilaridan o’quv mashg’ulotlariga tayyorgarlik haqida to‘liq ma’lumot oldim.

Pedagogik amaliyot uchun ajratilgan kunlarim Farg’ona davlat universitetida amaliyot o’tadim. U yerda filologiya fanlar nomzodi S.A.Solijonovga biriktirildim. Pedagogik amaliyot kunlari S.A.Solijonovning o’quv mashg’ulotlarini kuzatdim. O’zimni qiziqtirgan savollarga javoblar oldim. Tilshunoslik sohasida bo’layotgan ilmiy izlanishlar, yangiliklar bilan o`rtoqlashdim. Dars ishlanma, taqvimiy ish reja, to’garak mashg’ulotlari rejasi bilan tanishib chiqdim.

Magistrant: ___________ D.Rahimjonova

Farg`ona Davlat universiteti Magistratura bo`limi

Lingvistika:Ingliz tili mutaxassisligi I bosqich magistranti

Rahimjonova(Sobirova) Dilshodaning oktabr oyi uchun ilmiy-pedagogik amaliyot

H I S O B O T I

Men Rahimjonova(Sobirova) Dilshoda 1-semestrning oktabr oyida mutaxassislik fanlari va boshqa fanlardan nazariy ta’lim oldim. Pedagogik amaliyot rejasi va shaxsiy kalendar rejasidagi ishlarni bajarishga harakat qildim. Pedagogik amaliyot kunlarida Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o’qituvchilarining dars o`tish jarayonlarini kuzatdim. Dars mashg`uloti davomida o‘qituvchidan uning pedagogik mahoratini, o`quvchilar bilan bo‘lgan muomala madaniyatini, interfaol usullardan foydalanish yo‘llarini o‘rgandim.

Bundan tashqari, dars uchun ko’rgazma va slaydlarni tayyorlashni o‘rgandim.

Ilmiy rahbarim nazorati ostida lingvistika faniga oid muammolarni o`rganib chiqdim va dissertatsiya mavzusini tanladim.

Ilmiy rahbarimdan ilmiy tadqiqot ishim va maqolalarim bo‘yicha maslahatlar oldim. Dissertatsiya mavzuyim bo‘yicha kutubxona va internetlardan ma’lumotlar yig‘a boshladim.

Magistrant: ___________ D.Rahimjonova

Farg’ona Davlat universiteti Magistratura bo’limi

Lingvistika:Ingliz tili mutaxassisligi I bosqich magistranti

Rahimjonova(Sobirova) Dilshodaning noyabr oyi uchun ilmiy-pedagogik amaliyot

HISOBOTI

Men Rahimjonova(Sobirova) Dilshoda 1-semestrning noyabr oyida mutaxassislik fanlaridan va boshqa fanlardan nazariy ta’lim oldim.

Pedagogik amaliyot kunlarida Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilarining o’quv mashg’ulotlarini kuzatish uchun kirdim.O’zimni qiziqtirgan savollarga javoblar oldim. Dars strukturasi bilan tanishdim.

Mutaxassislik fanlari “Matn lingvistikasi”, “Amaliy chet tili” va boshqa fanlardan: oraliq nazorat ishi va mustaqil ishlari topshirildi.

Dissertatsiya mavzuyim bo’yicha axborot resurs markazidagi axborot manbalari va hujjatlarini (adabiyot va elektron resurslar) o’rganishni va bibliografik ro’yhatni tuzishni boshladim.

Ilmiy tadqiqot ishim uchun zarur bo’lgan adabiyotlar bilan tanishib chiqdim va yuzaga kelgan savollarimga ilmiy rahbarimdan javob oldim.

Ilmiy rahbarim bilan birgalikda mavzuning dolzarbligini aks ettirish va muammolarga yechimni izlab topish, hal bo’lishi mumkin bo’lgan topshiriqlarni shakllantirish va maqsadni hamda javob olishi kerak bo’lgan tadqiqot savollarini aniqladik.

Magistrant: ___________ D.Rahimjonova

Farg’ona Davlat universiteti Magistratura bo’limi

Lingvistika:Ingliz tili mutaxassisligi I bosqich magistranti

Rahimjonova(Sobirova) Dilshodaning dekabr oyi uchun ilmiy-pedagogik amaliyot

HISOBOTI


Men Rahimjonova(Sobirova) Dilshoda 1-semestrning dekabr oyida mutaxassislik fanlari va boshqa fanlardan nazariy ta’lim oldim.Pedagogik amaliyot rejasi va shaxsiy kalendar rejasidagi ishlarni bajarishga harakat qildim. Pedagogik amaliyot kunlarida Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o’qituvchilarining dars o`tish jarayonlarini kuzatdim. Dars mashg`uloti davomida o‘qituvchidan uning pedagogic mahoratini, o`quvchilar bilan bo‘lgan muomala madaniyatini, interfaol usullardan foydalanish yo‘llarini o‘rgandim.

Ilmiy rahbarimdan dissertatsiya strukturasi va taxminiy rejasi haqida maslahatlar oldim.

Ilmiy rahbarimdan ilmiy tadqiqot ishim va maqolalarim bo‘yicha maslahatlar oldim. Dissertatsiya mavzuyim bo‘yicha kutubxona va internetlardan yig`ilgan ma’lumotlarni o`rgana boshladim.

Magistrant: ___________ D.Rahimjonova

Farg’ona Davlat universiteti Magistratura bo’limi

Lingvistika:Ingliz tili mutaxassisligi I bosqich magistranti

Rahimjonova(Sobirova) Dilshodaning yanvar oyi uchun ilmiy-pedagogik amaliyot

H I S O B O T I

Men Rahimjonova(Sobirova) Dilshoda 1-semestrning yanvar oyida mutaxassislik fanlaridan “Matn lingvistikasi”, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” “Asosiy chet tili” va boshqa fanlardan nazariy ta’lim oldim. O’quv mashg’ulotlaridan mustaqil ishlarni tayyorlab topshirdim.

Darslarni kuzatish jarayonida o‘qituvchining guruh jurnalini yuritishiga, pedagogik mahoratiga, notiqlik san’atiga, kiyinish ma’daniyatiga katta e’tibor berdim va o’qituvchining uslubidan o’zimga ma’qul tomonlarini o‘rgandim. Dars o’tish uchun dars ishlanma, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar va slaydlarni tayyorlashni o‘rgandim va tayyorladim.

Tadqiqot uchun zarur bo’lgan adabiyotlarni o’rganib chiqdim.

Magistrant: : _ __________ D.Rahimjonova

Farg’ona Davlat Universiteti

Magistratura bo’limi Lingvistika:Ingliz tili mutaxassisligi I-kurs magistranti

Rahimjonova(Sobirova) Dilshodaning 2019-2020 o’quv yili 1 -semestr ilmiy-pedagogik amaliyot uchun umumiy

HISOBOTI


Farg’ona Davlat Universiteti Magistratura bo’limi Lingvistika:Ingliz tili mutaxassisligi I-bosqich 26 nafar magistrantlariFarg’ona Davlat Universiteti chet tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasida 1 semestr davomida pedagogik amaliyot olib borishimiz belgilandi. Pedagogik amaliyot rahbarim filologiya fanlar nomzodi S.A.Solijonov bilan pedagogik amaliyot rejasi va shaxsiy kalendar rejasini ishlab chiqdik. Pedagogika kafedrasining professor-o‘qituvchilarining ish yuritish hujjatlari ya’ni, ma’ruzalar matni, o’quv uslubiy majmua, ishchi o’quv dasturi, kalendar rejalari bilan tanishdik.

Pedagogik amaliyot kunlarida Farg’ona Davlat Universiteti chet tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasini professor-o‘qituvchilarining o’quv mashg’ulotlarini kuzatish uchun kirdim. O’zimni qiziqtirgan savollarga javoblar oldim. Chet tillari va aynan ingliz tili fanida bo’layotgan ilmiy izlanishlar, kafedradagi ilmiy yangiliklar bilan tanishdim.O’quv mashg’ulotlari pedagogik jihatdan tahlil qilinib, o’zimiz uchun kerakli xulosalar va tavsiyalar chiqarildi.

Lingvistika faniga oid muammolarni o`rganib chiqib, ilmiy rahbarim bilan birgalikda dissertatsiya mavzusini aniqladik.

2019-yilning sentabr- oktabr oylarida tanlangan mavzu bo`yicha axborot va elektron resurslari bilan tanishish. Mavzuga oid ma`lumotlarni to`pladim va ilmiy rahbarim bilan birgalikda bibliografik ro‘yxat tuzdim.



Magistrant: ____________ D.Rahimjonova
Download 24.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat