Levzeya- rhanponticum carthamoides murakkabguldoshlar-Compositae oilasiga kiradi



Download 14,94 Kb.
Sana22.07.2021
Hajmi14,94 Kb.
#126174
Bog'liq
Документ


Levzeya- Leuzea

Levzeya- Rhanponticum carthamoides murakkabguldoshlar-Compositae oilasiga kiradi.

Maxsarsimon levzeya O'zbekistonga 1955-yilda Leningradning botanika bog'idan olib kelib ekilgan. O'simlik yorug'sevar nisbatan qurg'oqchilikka chidamliligi, sovuqqa bardoshliligi o'sib rivojlanish davomida issiqqa talabchan emasligi bilan ajralib turadi. Bu o'simlik tog'lik yerlarda o'sadi. U asosan Sibirning va sharqiy Qozog'istonning tog'lik tumanlarida ( Sayan, Oltoy, Jungar Olatog'ida) uchraydi.

Levzeya-ko'p yillik bo'yi 50-180 sm ga yetadigan o't o'simlik. Ildizpoyasi yog'ochlashgan, yo'g'on shoxlangan bo'lib yer ostida gorizontal joylashgan. Bargi-oddiy ellipssimon yoki tuxumsimon 5-8 ta chuqur patsimon bo'lakka ajralgan. Ildiz oldi barglari bandli poyadagilari esa bandsiz bo'lib poyada ketma-ket joylashgan. Gullari-yirik sharsimon savatchaga to'plangan. Savatchaning o'rama barglari ko'p qatorli, lansetsimon yuqori qismi yupqa, qo'ng'ir rangli va har ikki tomoni yumshoq tuklar bilan o'ralgan. Mevasi-pista.

Iyul-avgust oylarida o'stiriladi. Iyunda gullaydi.

Mahsulot o'ziga xos kuchsiz hidga shirinroq smolasimon mazaga ega.

Mahsulot tarkibida 0.1% askorbin kislota, karotin, inulin , oz miqdorda alkaloidlar, efir moyi, 5% atrofida oshlovchi va smolasimon moddalar bo'ladi.

Ko'p yillar davomida olib borilgan ilmiy va amaliy izlanishlar natijasida to'plangan ilmiy va ommabop adabiyotlar, ma'lumot va tajribalar asosida " fitoterapiya" ya'ni kimyoviy ishlov berilmagan o'simlik xom-ashyosidan bemorlarni davolashda foydalanish maqsadga muvofiqligi isbotlangan. Levzeya o'simliki shifobaxshligi bilan alohida ahamiyatga ega. Mazkur o'simlikning dorivor preparatlari nerv sistemasi ishining funksional buzilishida, miya va organizmning jismoniy charchashida hamda boshqa og'ir kasalliklarda organizm tonusini ko'taruvchi dori sifatida ishlatiladi.

Dorivor gulxayri-Althaea Officinalis.

Dorivor gulxayri-gulxayridoshlar ( Malvaceae) oilasiga mansub ko'p yillik o'simlik. Ariq, ko'l bo'ylarida, o'tloq, to'qay, butalar orasida va boshqa nam yerlarda o'sadi. Moldova, Ukraina, Belorus Rossiyaning Yevropa qismining o'rmon-cho'l zonasida va Qrim Kavkaz , G'arbiy Sibir , Qozog'iston hamda O'rta Osiyoda uchraydi.

Gulxayri-ko'p yillik bo'yi 150 - 160 sm keladigan o't o'simlik. Ildizpoyasi kalta, yo'g'on , ko'p boshli . Poyasi-bitta yoki bir nechta tik o'suvchi silindrsimon . Bargi-oddiy bo'lib poyada ketma-ket joylashgan. Barg plastinkasi o'tkir uchli va tishsimon qirrali bo'ladi. Poya, shox va bargi sertuk bo'lganidan kulrang-yashil tusda ko'rinadi. Gullari barg qo'ltig'ida , poya va shoxlari uchida joylashgan bo'ladi. Mevasi-yassi , yumaloq , serurug'li quruq meva.

Olimlar tomonidan o'tkazilgan ilmiy kuzatishlardan ma'lum bo'lishicha dorivor gulxayri havoning quruqligiga va tuproqning qisqa muddatli qurishìga bardosh beradi. U shamolga va qishning sovuqligiga chidamli o'simlik hisoblanadi.

Ildizi tarkibida 11% gacha shilliq moddalar, 37% kraxmal, 2% gacha L-asparagin, 4% betain, 10.2% saxaroza, 1.7% gacha moy , pektin va boshqa birikmalar bo'ladi.

Gulxayri- ildizining shilliq moddalari pentozanlar, geksozanlar va uron kislotalar birikmalaridan tashkil topgan.

Gulxayri ildizining preparatlari o'rab oluvchi , balg'am ko'chiruvchi hamda yallig'lanishga qarshi ( ayniqsa bolalar nafas yo'llari kasallanganda) dori sifatida ishlatiladi.

Dorivor preparatlari- qaynatma, quruq ekstrakt , kukun hamda sharbat.

Dorivor gulxayri o'simligining yer ustki qismidan ajratib olingan uglevodlar aralashmasidan " mukaltin" nomli dorivor preparat olinadi. Mazkur preparat balg'am ko'chiruvchi dori sifatida yuqori nafas yo'llari va o'pka yallig'lanish kasalliklarida ishlatiladi.

Oddiy bo'ymodaron- Achillea Millefolium.

Oddiy bo'ymodaron- astradoshlar ( Asteraceae) oilasiga kiradi. O'simlik keng tarqalgan bo'lib o'rmon , o'rmon-cho'l va cho'l hududlarida hamda tog'li tumanlarda ochiq yalangliklarda va quruq o'tloqlar , qirlar, yo'l yoqalari , o'rmon chetlari va boshqa yerlarda o'sadi.

Oddiy bo'ymodaron- ko'p yillik bo'yi 20-50 sm ga yetadigan o't o'simlik. Ildizpoyasi shoxlangan bo'lib, yer ostki novda hosil qiladi. Bunday novdadan ildizoldi barglar va poyalar o'sib chiqadi. Poyasi bir nechta tik o'suvchi. Bargi oddiy 2marta patsimon ajralgan bo'lib poyada bandsiz ketma-ket joylashgan. Gullari savatchada to'plangan. Mevasi- yassi tuxumsimon , kulrang pista. Mahsulotning o'ziga xos xushbo'y hidi va achchiq mazasi bor.

Ko'p yillik ilmiy izlanishlar shuni ko'rsatadiki yovvoyi holda o'sadigan bo'ymodaron o'simligiga nisbatan ekib o'stiriladiganlari tarkibida biologik faol moddalar ko'proq to'planadi.

Mahsulot tarkibida karotin, K va C vitaminlar , axillein va betonitsin alkaloidlari , 0.8% gacha efir moyi, 0.31% xolin, asparagin , smola, oshlovchi va boshqa moddalar bo'ladi. Efir moyi tarkibida 1-4% gacha xamazulen , tuyon, kamfora, borneol, kariofillen , 10% gacha sineol, chumoli, sirka va valerian kislotalar bor.

Mahsulotning dorivor preparatlari me'da-ichak kasalliklarini davolash , ishtaha ochish va qon to'xtatuvchi dori sifatida hamda burun, milk va yaralar qonaganda uni to'xtatish uchun ishlatiladi.

Belladonna- Belladonna.

Oddiy belladonna- Atropa belladonna, Kavkaz belladonnasi- Atropa caucasica ituzumdoshlar ( Solanaceae) oilasiga kiradi. Har ikkala o'simlik ham 200-1000 m balandlikdagi o'rmon va yo'l yoqalarida , suv bo'ylarida , o'tloqlarda o'sadi. Kavkaz belladonnasi- Zakavkazeda , shimoliy Kavkazda dorivor belladonna- Karpatda , G'arbiy Ukrainada uchraydi. Hozir belladonnalar Krasnodar o'lkasida Qrimda va Poltavada o'stirilmoqda.

Belladonna ko'p yillik bo'yi 2 m ga yetadigan o'simlik. Ildizpoyasi ko'p boshli, ildizi esa yo'g'on va sershox bo'ladi. Poyasi-tik o'suvchi. Bargi oddiy to'q yashil poyada kalta bandi bilan ketma-ket juft- juft joylashgan. Yirik barglari-ellipssimon, maydalari esa tuxumsimon. Gullari barg qo'ltig'ida osilgan holda yakka-yakka yoki juft-juft joylashgan. Mevasi-binafsha, qora rangli , yaltiroq 2 xonali bir oz yassi , ko'p urug'li , nordon shirin mazali ho'l meva. Urug'i -buyraksimon , qo'ng'ir rangli bo'lib ustki tomonida chuqurchalari bor. O'simlikni hamma qismi zaharli.

Dorivor belladonna o'simligi poyasining yuqori qismi bezli tuklar bilan qoplangan. Kavkaz belladonnasining poyasi tuksiz bo'ladi. Tibbiyotda har ikkala o'simlik ham bir xilda ishlatiladi.

O'simlikning hamma qismida ( ildizida 0.40-1.30%) bargida 0.14-1.20% , poyasida 0.20-065% , gulida 0.24-0.60% , pishgan mevasida 0.70% gacha alkaloidlar bo'ladi. Mahsulot tarkibida alkaloiddan tashqari oz miqdorda uchuvchan asoslar : N-metilpirrolin , N-metilpirrolidin, piridin ildizida kusgigrin bo'ladi. Atropin, giossiamin, skopolamin , apoatropin va belladonin belladonnaning asosiy alkaloidlari.



Belladonna preparatlari turli spazmatik hollarda antispazmatik hamda me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligida , xoletsistit , o't pufagining tosh kasalliklarida , buyrak sanchig'ida og'riq qoldiruvchi dori sifatida shuningdek bronxial astma kasallgini davolashda hamda so'lak va shilliq bezlari ajratadigan suyuqlikni kamaytirishda ishlatiladi. Bulardan tashqari ko'z kasalliklarida ko'z qorachig'ini kengaytirish uchun ishlatiladi. Ildiz preparati Parkinson kasalligini davolash uchun beriladi. Belladonna o'simligining alkaloidlaridan tibbiyotda atropin va skopolamin ishlatiladi, giossiamin ko'proq zaharli bo'lgani uchun ishlatilmaydi.
Download 14,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish