Laboratoriya ishlari



Download 8.57 Mb.
bet1/19
Sana29.08.2021
Hajmi8.57 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Urganch Davlat universiteti
Fizika” kafedrasi


elektronika va signallarni qayta ishlash

FANIDAN

LABORATORIYA ISHLARI

Tuzuvchi: Xalillayev M.M.

Bazarbayev R.B.

Saparov X. Sh.

Urganch-2017
LABORATORIYA ISHLARI



1

Diodning volt-amper xarakteristikasini o‘rganish




2

Stabilitronning volt-amper xarakteristikasini o‘rganish




3

Yorug‘lik diodlarining volt-amper xarakteristikasini o‘rganish




4

Diodlar yordamida o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirish




5

Tranzistorlarning diod tavsifnomalarini o‘rganish




6

Tranzistorlarning volt-amper xarakteristikasini o‘rganish




7

Tranzistorli kalit




8

Tranzistorli kuchaytirgich




9

Tranzistorning funksional generator sifatida qo‘llanilishi.(Multivibrator)




10

Tranzistorning sinusoidal generator sifatida qo‘llanilishi




11

Operatsion kuchaytirgichni tranzistorlarda diskret yig‘ish




12

Maydoniy tranzistorlarning volt-amper xarakteristikasi




13

Maydoniy tranzistorlarni kalit sifatida qo‘llanilishi




14

Maydoniy tranzistorlar asosida kuchaytirgich




15

De Morgan qonunini tekshirish




16

Analog-raqamli va raqamli analog o‘zgartirgich






Diodning volt-amper xarakteristikasini aniqlash

Laboratoriya ishi:


Kerakli asboblar





  • 1 Rastrli uyali panel DIN A4…………………….. 576 74

  • 1 Ge-AA118 diod ……………………………….. 578 50

  • 1 Si-1N4007 diod ……………………………….. 578 51

  • 1 Rezistor 100 Ω, 2 W ………………………… ...57732

  • 1 AC/DC ta’minlash manbai 0 …12 V/3 A ……...521 485

  • 2 Analogli Multimeter LD 20 …………………... 531 120

  • 6 Qizil va ko‘k kabellar jufti, 50 sm ………….… 501 45



Ishdan maqsad




  • To‘g‘rilovchi diodning volt-amper xarakteristikasini o‘rganish


Nazariy qism

Barcha elektronika qurilmalarning asosida yarimo‘tkazgich asboblar tashkil qiladi. Ularning eng soddasi bu – yarimo‘tkazgichli diod. U ikki xil n-tip va p-tip yarimo‘tkazgichlarni kontakka keltirishdan hosil bo‘ladi. Ularning kontakt sohasi chegarasida kambag‘allashgan zona deb ataluvchi soha hosil bo‘ladi.n Bu soha ya’ni kambag‘allashgan sohada ichki elektr maydon hosil bo‘ladi. Ushbu sohaning kengligi unga qo‘yilgan tashqi elektr maydon yo‘nalishiga bog‘liq. Agar tashqi maydon yo‘nalishi ichki ya’ni kambag‘allashgan soha yo‘nalishiga qarama qarshi yo‘nalgan bo‘lsa, u holda kambag‘allashgan soha kengligi kamayadi va diod to‘g‘ri yo‘nalishda ulangan hisoblanadi. Agar aksincha bo‘lsa ya’ni tashqi elektr maydon ichki elektr maydon yo‘nalishida bo‘lsa, unda kambag‘allashgan soha kengligi ortadi va diod orqali o‘tayotgan tok kamayadi. Bu holda dioddan tok o‘tishi teskari o‘tish deyiladi.

Ushbu laboratoriya ishini o‘rganish maqsadida diodlarning xossalarini tekshirish uchun ikkita Ge-AA 118 va Si-1N 4007 diodlaridan foydalanilgan.






Ishni bajarish tartibi



  • Rasmda ko‘rsatilganidek sxemani yig‘ing. 1N4007-Si diodini sxemaga ulang va uning sxemasida tasvirlangan uchburchak uchini manbaning musbat uchidan manfiy uchiga tomon yo‘naladigan qilib ya’ni to‘g‘ri yo‘nalishda joylashtiring. Multimeterlarni ulashda ularning qutblari to‘g‘ri ulanganiga e’tibor bering.

  • Xarakteristikani yozib olish: U kuchlanishni asta sekin 0 V qiymatdan boshlab oshirib boring va bunda tok kuchi – I ning o‘zgarishini kuzatib yozib oling. I tok kuchi 30 mA dan oshmasligi kerak!

  • U kuchlanish va I tok kuchlarining har xil qiymatlarini 1-jadvalning dastlabki 2 ta ustuniga yozib oling.

  • Diodni teskari ulang. U kuchlanishni asta sekin 0 V dan to 5 V gacha qiymatga asta sekin oshirib I tok kuchining o‘zgarishini kuzating.

  • U kuchlanish va I tok kuchlarining har xil qiymatlarini -jadvalning 2 ta ustuniga yozib jadvalni to‘ldiring.

  • Tajribani Ga – AA118 diodi bilan takrorlang.



Download 8.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
matematika fakulteti
tashkil etish
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi muhammad
fanining predmeti
pedagogika universiteti
bilan ishlash
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
nomidagi samarqand
fizika matematika
Ishdan maqsad
haqida umumiy
fanlar fakulteti
sinflar uchun
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
moliya instituti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Toshkent axborot
Alisher navoiy
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
nazorat savollari
Samarqand davlat