KURS LOYIHASINING TARKIBI.
Kurs loyihasining vazifasi.
Kurs loyihasini bajarish talabaning mustaqil ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Natijada talabada ilmiy–tadqiqot ishlarini bajarish, rasionalizatorlik, ma’lumotnomalardan foydalanish, Davlat standartlaridan foydalanish, jadval va nomogrammalardan foydalanish texnik hisoblarni bajarish, hisob-tushuntirish qismlari tuzish kabi ko‘nikmalar paydo bo‘ladi.
Mashina detallari fanidan bajariladigan loyiha talabaning muhandislik fanlari bo‘yicha bajaradigan birinchi loyihasi bo‘lib, u o‘z ichiga mustahkamlik, qattiqlik, yeyilishga chidamlilik, uzoq ishlash muddati kabi mashina detallarining ishga yaroqliligini ko‘rsatkichlarini hisobga oladi. Bu fandan va bu fandan oldin o‘rganilgan fanlardan olgan bilimlariga asoslanadi.
Kurs loyihalarining hisoblashlarini bajarganda fan va texnikaning yangi yutuqlariga ham asoslanish kerak. Mashina detallari fanidan bajariladigan loyiha talabalarni mutaxassislik fanlaridan loyihalarni va bitiruv malakaviy ishini bajarishga tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |