Kurs ishi tekshirdi



Download 58.12 Kb.
bet1/6
Sana05.08.2021
Hajmi58.12 Kb.
  1   2   3   4   5   6

OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

“BOSHLANG’ICH TA’LIM PEDAGOGIKASI” KAFEDRASI

“TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI” FANIDAN



KURS ISHI

Tekshirdi: Inoyatova Zulfiya

Bajardi: Tursunova Dilfuza

Toshkent 2021

MAVZU: Xalq og’zaki ijodi bola tarbiyasida muhim vosita

REJA:

I. Kirish

II.Asosiy qism

1.Xalq og‘zaki ijodida yosh avlodni ma’naviy-axloqiy


tarbiyalash

2.Maqollarning bola tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati, uni qo‘llash imkoniyatlari

3. Ertaklarning sirli olami. Ertaklar yaxshilikka yetaklar

III.Xulosa

IV.Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH

Mustaqil vatanimizning ertangi porloq yorqin kelajagi uchun har


tomonlama yetuk, mukammal, axloqiy pok, ma’naviy ustuvor, iymon-e’tiqodi butun, o‘z xalqi, o‘z ona vataniga fidoiy, barkamol kishilar yetkazish uchun ular tarbiyasiga alohida ahamiyat bera boshladik.
Darhaqiqat, vatan taqdiri, xalq ravnaqi, mustaqil yurtning kelgusi
boshqaruvchisi - yangi avlod tarbiyasi birinchi o‘ringa chiqdi. Ushbu
vazifani amalga oshirishda asosiy ko‘makchi sifatida, xalqimizning
milliy ma’naviy tarixi, milliy qadriyat, an’ana va urf odatlariga
tayandik. Xalq pedagogikasi hayotning, tafakkurning, odob-axloq,
ta’lim-tarbiyaning hamma jabhasini, barcha muammolarini qamrab
olishi bilan xarakterlanadi. Uning oldiga qo‘ygan maqsad vazifasi
aniq, ravshan, ayni chog‘da xayrli, savobli va ilohiydir: hayot guli,
sarvari, egasi insonni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashdir.Mazkur jarayonda har bir ulg‘ayib borayotgan yosh avlod ong-u, tafakkurida yuksak axloqiy tuyg‘ularni tarkib toptirib borishda,oila va unda yaratilgan ijobiy muhit muhim o‘rin tutadi. Negaki,bolada yuzaga keladigan ijtimoiy xulq-atvor aynan dastlab oilada yuzaga kelishi hech kimga sir emas. Bu xususida fransuz psixologi E.Dyurkgeym, ulg‘ayish - kishilarning his-tuyg‘ularni o‘zlashtirishi ekanligini, shu bois, idrok qilingan tasavvurlar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‘rin tutishini aytib o‘tadi. Shunday ekan bolaning tabiat va jamiyat haqidagi dastlabki tasavvurlari bevosita asrlar osha yashab kelayotgan xalq
pedagogikasining: ertak, maqol, matal, doston qolaversa ona allasi
orqali ongiga yetib borishini barchamiz yaxshi bilamiz. Aynan kamol
topib borayotgan murg‘ak vujudda biz yuqorida sanab o‘tgan xalq
og‘zaki ijodi yuksak tuyg‘ularni uyg‘otib, hissiy shakllanishida
muhim o‘rin tutadi.Xalq og‘zaki ijodida, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va tarbiya usullari, insoniy qadriyatlar va yurtsevarlik tarbiyasi; do‘stbirodarlik, ahillik, mehnatsevarlik, kasb-hunarga muhabbat, yaxshilik va yomonlikning, yaxshi va yomon so‘zning oqibati, adolat, halollik va to‘g‘rilik, olijanoblik tarbiyasi, salomlashish, ko‘cha odobi, jamoat va kattalar oldida o‘zini tuta bilish, kitob, ilm-u hunarni ardoqlash, chin insoniy fazilatlar, xislatlar, tarbiyaning barcha tarkibiy qismlari jamlangan. Shuningdek, o‘zbek xalq pedagogikasi an’analarida farzandlarni estetik idroki, hissiyoti va tasavvurlarini rivojlantirish hamda mukammallashtirish; bolalarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va kamol toptirish, estetik didini shakllantirish va takomillashtirish; ustoz-shogirdlik an’analarining pedagogik, axloqiyestetik ahamiyati alohida o‘ringa egadir. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-
yil 12-yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish
tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini
oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish
to‘g‘risida"gi farmoni aholining keng qatlamida kitobga muhabbat
uyg‘otish va aholi ayniqsa yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda
kitoblarning o‘rni naqadar muhim ekanligidan dalolat beradi. Bundan
ko‘rinib turibdiki, bolada kitobga muhabbat tuyg‘ulari eng avvalo xalq
pedagogikasining: ertak, maqol, matal, doston qolaversa ona allasi
orqali ongiga yetib borishi barchamizga ayon bo‘lgan oddiy
haqiqatdir. Darhaqiqat, xalqning ko‘p asrlar mobaynida to‘plagan,
sayqal bergan ijodiyoti durdonalarining tarbiyadagi roli bebahodir.
Xalq donishmandligi ildizidan bahra olib tarbiya ko‘rgan, eng ezgu
tilaklari ma’naviy kamolot, madaniyatga borib taqaladigan xalqimiz
ruhida bu donishmandlikka hurmat bilan qarash, ergashish, o‘rganish
hamisha oldinda bo‘lib kelgan. Biz ajoyib yozuvchilar, olimlarning biografiyalariga nazar tashlar ekanmiz, ularning o‘sib yuksalishi-da, insoniyat tarixida buyuk kishilar bo‘lib yetishishlarida buvi va buvalarning katta hissasi borligini ko‘ramiz. Hamza, Oybek, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Quddus Muhammadiy kabi atoqli adiblarimiz asarlarida xalq og‘zaki ijodiyotining ta’siri beqiyos ekanligini yaxshi bilamiz. Ular bolaligini eslashib bobo - buvilaridan ertak, hikoya va rivoyatlar ichida ulg‘ayganliklarini ko‘p bora eslashgan. Yuqorida sanab o‘tilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, xalq pedagogikasi na’munalari o‘sib voyaga yetayotgan har bir farzand (bola) hayotida muhim o‘ringa ega.Bugungi globallashuv jarayonlari shiddat bilan kechayotgan,
axborot oqimi ortib borayotgan ayni bir zamonda farzandlarimizda
qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhini saqlab qolish, bu borada ota onaning ya’ni oilaning o‘rni va shu oilada tarbiya topib, ulg‘ayib,
voyaga yetayotgan farzandlar qalbida ezgulik sifatlarini uyg‘ota bilish
har qachongidan-da dolzarbroq mazmun kasb emoqda. Shunday ekan
ota-ona ma’naviyati, ota-ona kitobxonligi, oilaviy badiiy muhit
farzand tarbiyasida muhim o‘rin tutishi va farzandlar kamolida birlamchi axloqiy parvozlar aynan xalq pedagogikasi asosida shakllanishini yanada chuqurroq anglashimiz darkor. Ota-onalarga farzanlarining kitobga mehr qo‘yishida ularga bolalikdanoq (ona qornidaligida) ibratli ertaklar, hikoyalar va boshqa xalq og‘zaki ijodining ta’sirchan vositalaridan foydalanib borishini anglatilsa, farzandlarida ma’naviy sifatlarni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirgan bo‘lar edik. Xalqimiz yaratgan ma’vaviyat durdonalarini unutmasdan, bola hayotiy ko‘nikmalarining shakllanishida, rivojlanishida o‘z mas’uliyatimizni oshirib borsak, ayni bugungi kun farzand tarbiyasiga yetkaza olsak, kelajak bunyodkorlarinining parvoziga qanot bo‘lgan bo‘lamiz.

II.Asosiy qism



O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab o’tgan
vaqt mobaynida o’zbek xalqi siyosiy – ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga erishdi. Ba’zan tezlik bilan o’zgarayotgan dunyo qiyofasini oldindan bashorat qilish mumkin bo’lgan bir davrda, xalqimiz ertangi kuniga ishonch bilan intilayotgan, to’g’ri tanlangan taraqqiyot yo’li ilk samarasini ko’rsatayotgan, yangicha tafakkur, g’ayrat va shijoat bilan yangi avlod vakillari maydonga kirib kelayotgan O’zbekiston zaminida mustaqillikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni asrab – avaylashga ma’naviy tarbiyaning ahamiyati yanada kuchaymoqda.
Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek:“…. Inson yuksalishida ma’naviyat
olamining qanday ta’sir va ahamiyatga ega ekani, shuningdek, ma’naviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning real xalqi haqida atroflicha fikr yuritish, xalqimiz yangi hayot yangi jamiyat asoslarini qurayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda odamlarni bunday xatarlardan ogoh etish, el-yurtimiz, keng jamoatchilik e’tiborini yana bir bor qaratish, kelajak avlodimizni ma’naviy sog’lom va barkamol etib tarbiyalash bilan bog’liqdir”. Ma’naviyat-inson ruhiy, aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, xuquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o’z ichiga oladi. Ma’naviyat atamasining asosida “ma’ni” so’zi yotadi. Ma’lumki, insonning ichki va tashqi olami mavjud. Tashqi olami uning bo’y–basti, ko’rinishi, kiyinishi va hatti–harakatlari kiradi. Ichki olamiga esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu–istaklari, intilishlari, his-tuyg’ularini o’z ichiga oladi. Insonning ana shunday ichki olami ma’naviyatdir. Ma’naviyat va axloq bir- biri bilan bog’liq bo’lib bir-birini to’ldiradi. Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotidangina emas,balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi. Har qanday mafkura kabi O’zbekistron Respublikasi milliy istiqlol mafkurasiningf asosiy g’oyalaridan biri ham jamiyatda ma’naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi. Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg’or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g’oyalari tashkil etadi.Ma’naviyat- shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti,imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.Ma’naviyat (arabcha “ma’naviyat” – ma’nolar majmui) mohiyatiga ko’ra ijtimoiy taraqiyotga ijobiy ta’sir o’tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, axloqiy,diniy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui hisoblanadi.Jamiyat ma’naviyati uch muhim soha yo’nalishida amaliy faoliyatni tashkil etish asosida shakllantiriladi. Jamiyat ma’naviyatini shakllantiruvchi omillar: madaniyat, ma’rifat,mafkura. Madaniyat (“cultura”- so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy taraqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar majmui. Ma’rifat- shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim va tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Mafkura (arabcha- “mafkura”-nuqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) –jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek ma’naviy-axloqiy yuksalish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar majmui. Har uchala sohaning uzviy birligi asosida jamiyat ma’naviyati yuksaladi.Ma’naviyat sohasida ijobiy yechimini ta’minlash zarur bo’lgan asosiy vazifani ko’rsatar ekan, O’zbekistron Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: “ Bu sohadagi asosiy vazifamiz –milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni aniqlash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash, o’zligimizni anglash”.Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo’lgan ma’lum hatti- harakatlar, qoidalar yig’indisidir. Axloq odamlarning bir- birlariga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga,ishlab chiqarish vositalariga, mehnat mahsulotlariga munosabatini muayyan tartibga solinadigan hatti – harakat qoidalari tizimida namoyon bo’ladi. Odob- odamlarning jamoat, el-yurt orasida o’zini tutishi, boshqalar bilan qay yosin muomalada qilishi, o’z turmush, bo’sh vaqtini qanday tashkil etish, xullas, shaxsning kundalik xulq-atvori, yurish- turishi, hatti – harakatlari qanday bo’lishi lozimligi xususida bahs etadi. Aniqrog’i, axloq kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo’lsa, odob shaxsning ko’zga tashlanayotgan mulozamati, xulq- atvori, muomala munosabatlari tarzida namoyon bo’ladi. Axloq kishidan har xil holatlarda qanday yo’l tutish kerakligini yaxshi o’ylab, maqsadga muvofiq harakat qilishni talab etsa, odob o’z qoidalarining odat tusiga kirishini, ya’ni har qanday vaziyatda shu odatni namoyon qilishini taqozo etadi. Har bir odam xususida, odatda, uning faoliyatiga va ishi axloq talablariga, turmush qoidalariga, jumladan, davlat qonunlariga muvofiq yoki xilof ekanligiga asoslanib muayyan fikr yuritiladi. Axloq ilmi yaxshilik bilan yomonlik o’rtasidagi murakkab muammolar haqida bahs yuritib, insonning kamolotga erishish yo’lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam bo’lgani kabi uning axloq – odobi ham juda murakkab olam desak yanglishmaymiz. Chunki, shaxsning zohiriy va botininy olamin, ayniqsa, qalb olamini o’rganish, bilish, tahlil etish g’oyatda qiyin. Bu ruhiyat bilan bog’liq holatdir. Axloqli, odobli komil insongaodamiylikning eng yaxshi xislatlari: mehrmuhabbat, rahm- shafqat, adolat, diyonat, hayo, iffat, vafo, sadoqat, himmat, saxovat, iymon, e’tiqod kabilar mujassam bo’ladi. Ayni holda shu xislatlarning aksi- beburd, axloqsiz kishilar fe’lida ko’rinadi.
Prezident I.Karimov mustaqilligimizning dastlabgi yillaridan boshlab axloq tarbiyasiga alohida e’tibor qaratdilar. Shu bilan birgalikda, ta’lim tizimini isloh etish masalariga diqqat qaratib kadrlar tizimining shakllanishi va faoliyat ko’rsatishining asosiy tamoyillarini belgilab berar ekanlar, o’quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloq ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonli munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalashni asosiy vazifalardan biri sifatida ko’rsatib o’tdi. Shuningdek, Prezidentimiz “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida “ Biror, bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongiga ma’naviy–axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi”, - degan edi. “Ma’naviyat- insonni ruhan yuksalish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan,odamning ichki olamini, irodasini baquvvat, iymon- e’tiqodini butun qiladigan,vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch va uning barcha qarashlarining mezonidir ”.Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi tosh yozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarda xazinasida saqlanayotgan ming- minglab qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, minerologiya, kimyo, astronomiya, me’morchilik sohalariga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalaik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdan – kam topiladi.

Yoshlarni mardlik, halollik, jasurlik ruhida tarbiyalashda , ma’nan pok va barkamol qilib voyaga yetkazishda xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi bo’lmish “ALPOMISH” DOSTONI bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga. O’z yurtini, oilasi, qo’rg’onini qo’riqlashga, do’sti, or- nomusini, ota- bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzlardan saqlashga, ma’naviy- axloqiy pok bo’lishga o’rgatadi.


“Alpomish”dostoni ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning yorqin namunasi bo’lib, tarixiy ildizlarimizning qanchalik chuqur ekani, xalqimiz qanday muhitda shakllanib, rivojlangani, qiyinchiliklarni qanday yengib chiqqanini yorqin tasvirlab beradi. Biz “Alpomish” timsolida ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning qay darajada ekanligini, ma’naviy barkamol axloqan pok, vijdonli o’g’lonlarimizning qiyofasini ko’ramiz. O’zbek xalq og’zaki ijodida dostonlardan tashqari MAQOLLARning o’rni beqiyosdir. Maqollar odamlarning hayoti va turmushi jarayonida to’plagan tajribalari, dunyoqarashi, o’zi yashab turgan ijtimoiy hayotga bo’lgan munosabati, o’tmish hayoti va uning ibratli saboqlarini, umid va orzularini ifodalaydi. So’z san’atining mahsuli sifatida maqollar ifodalanadi. Maqollar xalq og’zaki ijodining bir turidir. Maqollarda xalqning turmush davomida to’plagan tajribalari natijasida yuzaga kelgan xulosalari ixcham va sodda tarzda bayon etilgan. Alisher Navoiy o’zining ijodiy faoliyatida xalq og’zaki ijodini o’rganib, kishilar hayotida maqolning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida to’xtalib shunday baytni yozadi: Kishiga necha mushkul hol, Hikmatu aql anga erur halol. Kimki bilay desang maqolin angla, Asli bilay desang oni angla. Rus yozuvchisi L.N. Tolstoy maqollarni xalq orasida naqadar yuksak qadrqimmatga ega ekanligiga to’xtalib shunday deydi: “Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalq siymosini ko’raman”. “Maqol” atamasi arabcha “kavlun” – gapirmoq, aytmoq so’zlaridan olingan bo’lib, ommaning muayyan voqea-hodisalar, voqelik haqidagi lo’nda xulosalarini ifodalaydi. Ularda fikr aniq, muayyan mantiqiy izchillikda, ba‘zan to’g’ri, ba‘zan ko’chma ma‘noda ifodalanadi. Maqollardagi berilgan fikrlar faqatgina bitta shaxsga tegishli emas, balki keng xalq ommasiga qaratilgan. Maqollar ixcham, lekin mazmuni bir olam. Ularni o‘z ma’nosida tushunsak kutilgan ma’no
chiqmay qoladi. Masalan, "O‘ylamay qilingan ish, boshga keltirar
tashvish"
maqolidagi so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llangan. Lekin, "Bir
kun tuz ichgan joyingga, qirq kun salom qil", "Ari chaqdi deb
arazlama boli bor", "Basharang qiyshiq bo‘lsa, oynadan
o‘pkalama"
, kabi maqollardagi so‘zlar o‘z asl ma’nosida emas,
ko‘chma ma’noda qo‘llangan. Ular insonning yaxshilikka muhabbati,odam va uning fe’l atvori haqidadir. Maqol xalq hayoti, orzu
intilishlari va dunyoqarashini, ko‘p asrlik tajribalarida sinovdan
o‘tkazib aks ettirishi tufayli, kundalik turmushimizda katta g‘oyaviy tarbiyaviy ro‘l o‘ynaydi. Chunki maqolda aks etgan voqea -hodisa yo keskin tasdiq etiladi, yo inkor qilinadi.Demak, har bir maqol kishiga izchil g‘oyaviy yo‘nalish beradi,undagi fikrlarning yuksalishiga ko‘mak beradi. Xaql maqolida shu xalqning tarbiyaviy qarashlari aks etgan ekan, bola tarbiyasida ham ijobiy o‘shish jarayonlarini yuzaga chiqaradi. Farzand adolat va ozodlik, tinchlik va hurlik, mardlik va bahodirlik, ezgulik, insonparvarlik do‘stlik va mehnatsevarlik tushunchalarini o‘z ong-u shuuridan o‘tkaza boradi. Xalqning orzu umidlari vatanparvarlik,insonparvarlik xislatlari, ilm-u hunar, mehnatsevarlik, odob-axloqqa ezgulikka chorlaydigan,insonni kamolotga yetaklaydigan ijobiy fazilatlarni,ostida birlashtirgan bo‘ladi.

Download 58.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat