Kuntug`mish



Download 0,76 Mb.
Sana16.07.2021
Hajmi0,76 Mb.
#121086
Bog'liq
1. Kuntug`mish

KUNTUG`MISH

DOSTON

Xalq dostonlari har bir millatning ma’naviy qiyofasi, uning tarixi, qadriyatlarini mukammal aks ettiruvchi bamisoli oynadir.

  • Xalq dostonlari har bir millatning ma’naviy qiyofasi, uning tarixi, qadriyatlarini mukammal aks ettiruvchi bamisoli oynadir.
  • Ularda har bir xalqning urf-odatlari, milliy o‘ziga xosligi yaqqol ko‘rinib turadi.

Dostonchilik haqida

  • Dostonlar asosan do‘mbira jo‘rligida aytiladi va ijrochidan ham badihada, ham ijroda juda katta ijodiy mahorat talab qiladi.
  • Folklorshunos olim T. Mirzayevning ma’lumotlariga ko‘ra, XV-XVI asrlarda yirik dostonchilik maktablari paydo bo‘lgan, XIX-XX asrlar esa dostonchilik taraqqiyotida juda rivojlangan davr bo‘lgan. XX asr boshlariga kelib baxshilarimiz ijodiy bisotida 150 dan ortiq xalq dostonlari bo‘lgan.

Ijrochilar

  • Dostonlarni Tilla kampir, Sulton kampir, Jolmon baxshi, Bo‘ron shoir, Jumanbulbul, Josoq, Yo‘ldoshbulbul, Yo‘ldosh shoir, Suyar shoir kabi mashhur baxshilar kuylaganlar. Keyinchalik ularning an’analari Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Po‘lkan, Islom shoir, Saidmurod Panoh o‘g‘li, Berdi baxshi, Umir baxshi shoir, Bola baxshi ijodida davom ettirildi.

BAXSHI

“Kuntug`mish” dostoni

  • «Kuntug‘mish» dostonining Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Nurmon Abduvoy o‘g‘li, Egamberdi Ollamuroddan yozib olingan variantlari mavjud.
  • Darslikda esa mashhur baxshi bobomiz Ergash Jumanbulbul o‘g‘lidan yozib olingan nusxasi keltirilgan.

Dostonning qisqacha mazmuni

  • No‘g‘ay yurtida Avliyoyi Qoraxon ismli, Qilichxon laqabli podsho bo‘lib, Kuntug‘mish uning yolg‘iz o‘g‘li bo‘ladi. Kuntug‘mish o‘n to‘rt yoshga to‘lguncha ilm-hunar o‘rganadi, kasb-kamolot hosil qiladi. O‘n to‘rt yoshdan keyin esa qilichbozlik, miltiq otish, nayzabozlik, ko‘pkari chopish kabi sipohilik hunarlarini o‘rganadi, xullas, har tomonlama komil shahzoda bo‘lib yetishadi.

Zangar degan shaharning Buvraxon degan podshosi bo‘lib, uning Shoir va Tohir ismli vazirlari bor edi.

  • Zangar degan shaharning Buvraxon degan podshosi bo‘lib, uning Shoir va Tohir ismli vazirlari bor edi.
  • Kunlardan bir kuni Shoir vazirning xotini qiz ko‘radi. Tohir vazir oilasida o‘g‘il tug‘iladi. Qizning otini Xolbeka, o‘g‘ilning otini Xolmo‘min qo‘yishadi.

Xolbeka o‘n to‘rt yoshga yetgach, uning husni kamoli ovozasi olamga yoyiladi. U go‘zal, ayni paytda aqlli, nard o‘yiniga mohir qiz bo‘lib yetishadi.

  • Xolbeka o‘n to‘rt yoshga yetgach, uning husni kamoli ovozasi olamga yoyiladi. U go‘zal, ayni paytda aqlli, nard o‘yiniga mohir qiz bo‘lib yetishadi.
  • Xolbeka sovchilarga: «Har kim meni olaman deb kelsa, oldiga nard o‘yinini qo‘yaman, o‘ynayman, utsa tegaman, utdirsa so‘yaman», deb shart qo‘yadi.

Narda

Xolbeka va Kuntug‘mish tush ko‘radilar, ular tushlarida bir-birlarining qo‘liga uzuk taqishib, uylangan emishlar.

  • Xolbeka va Kuntug‘mish tush ko‘radilar, ular tushlarida bir-birlarining qo‘liga uzuk taqishib, uylangan emishlar.
  • Shundan so‘ng Xolbeka bir mohir suratkashga o‘z rasmini chizdiradi va uni sandiqqa solib, No‘g‘ay yurtiga oqizib yuboradi.
  • Sandiq oqib borib daryo sohilida ov qilib yurgan Kuntug‘mish qo‘liga tushadi.

Kuntug‘mish Xolbeka visoliga yetish uchun Zangar yurtiga otlanadi, bu yurtga kelib Xolbeka bilan topishadi, so‘ng ko‘p sarguzashtlarni boshidan kechiradi: Buvraxon qo‘liga tushib, o‘limga hukm qilinadi, dahshatli ajdarni o‘ldiradi, xiyonatkor Azbarxo‘ja tufayli xotini, egizak o‘g‘illaridan vaqtincha judo bo‘ladi.

  • Kuntug‘mish Xolbeka visoliga yetish uchun Zangar yurtiga otlanadi, bu yurtga kelib Xolbeka bilan topishadi, so‘ng ko‘p sarguzashtlarni boshidan kechiradi: Buvraxon qo‘liga tushib, o‘limga hukm qilinadi, dahshatli ajdarni o‘ldiradi, xiyonatkor Azbarxo‘ja tufayli xotini, egizak o‘g‘illaridan vaqtincha judo bo‘ladi.
  • Doston so‘ngida xotini, farzandlari Gurkiboy va Mohiboy, otasi Qoraxon bilan topishadi.

Topshiriq. Quyidagi rasmlar dostonning qaysi o`rinlarini sizga eslatdi?


1

2

3

4

DOSTON BO`YICHA 15 SAVOL

  • 1. Xalq dostonlari nima?
  • 2. Ishqiy-qahramonlik dostonining xususiyatlari nima?
  • 3. Kuntug`mishning yurti qayer?
  • 4. Xolbekaning yurti qayer?
  • 5. Buvraxonning farzandi bormi?
  • 6. “Avliyoyi Qoraxon” kim?
  • 7. Bazzoz kim?
  • 8. Olim sayyodning o`gay o`g`li kim?
  • 9. Mohiboy so`zining ma’nosi?
  • 10. Kuntug`mish farzandlarining ismi nima?
  • 11. Ikkiyuzlamachi obraz kim?
  • 12. Qofilaboshi qanday kasb?
  • 13. Kimning onasi yoshligida qora bosib o`ladi?
  • 14. Dostondagi “baxshanda” kim?
  • 15. Daryoda oqib kelayotgan sandiqning ichida nimalar bor edi?

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish