Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyat sari



Download 31.14 Kb.
bet4/5
Sana29.08.2021
Hajmi31.14 Kb.
1   2   3   4   5
Shuhrat YAKUBOVga murojaat qildik.
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashdek yuksak vazifalarga fuqarolik jamiyati institutlarisiz erishish mumkin emas.
O‘zbekistonda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda. Avvalo, Konstitutsiyamizda davlatning jamiyat oldidagi mas’ulligi mustahkamlab qo‘yildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasiga muvofiq davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. Shuningdek, 2014-yil 16-aprelda qabul qilingan qonunga asosan, Konstitutsiyamizning 32-moddasi jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga oid yangi norma bilan to‘ldirildi. Asosiy qonunda bunday normalarning aks etishi, jamoatchilik nazorati institutiga konstitutsiyaviy-huquqiy maqom berdi. Shu bilan birga, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga oid qonunchilik tizimining shakllanishiga zamin yaratdi.
Yuqoridagi islohotlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.
Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar tajribasida uchramaydigan bunday yaxlit qonunning qabul qilinishi, keng jamoatchilik tomonidan ijobiy kutib olindi. Shu ma’noda, yangi qonun orqali belgilab berilgan jamoatchilik nazoratining subyektlari va shakllari xususida gapirsangiz.
– Mazkur Qonun bilan jamoatchilik nazoratining subyektlari, uni amalga oshirish shakllari va huquqiy mexanizmlari aniq belgilab berildi.
Qonunda jamoatchilik nazorati subyektlari sifatida O‘zbekiston Respublikasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, jamoatchilik kengashlari, komissiyalar belgilangan. Ular bir so‘z bilan aytganda, fuqarolik jamiyati institutlari hisoblanadi.
Qonunning 6-moddasida jamoatchilik nazoratining quyidagi sakkizta shakllari belgilangan:


  • davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar;

  • davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish;

  • jamoatchilik muhokamasi;

  • jamoatchilik eshituvi;

  • jamoatchilik ekspertizasi;

  • jamoatchilik fikrini o‘rganish;

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa tashkilotlar va muassasalarning hisobotlarini eshitish.

Aynan ushbu shakllar orqali davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligini o‘rnatish, bu orqali ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish mumkin. Masalan, jamoatchilik nazorati subyektlari davlat organlariga arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan murojaat qilishga, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularga so‘rovlar yuborishga haqli. Fuqarolik jamiyati institutlari muayyan hududda aholini tashvishga solayotgan masala yuzasidan murojaat yoki so‘rov yuborish orqali mazkur muammoni hal etishga ko‘mak berishi mumkin.


Ushbu qonunning 16-moddasida aks etgan davlat organlarining jamoatchilik nazorati sohasidagi huquq va majburiyatlari qatorida “jamoatchilik nazoratini o‘tkazish yuzasidan tashabbus ko‘rsatishga haqli” ekani belgilandi. Bu nima degani? Ushbu norma amaliyotda nima beradi?
– Darhaqiqat, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunda yana bir muhim qoida mustahkamlandiki, uni to‘g‘ri va samarali qo‘llanishi kelgusida davlat va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Aynan siz aytgan jihatlarni nazarda tutmoqdaman. Agar, mazkur norma amalda to‘g‘ri va maqsadli qo‘llansa, muayyan davlat organi rahbari o‘z faoliyatini yaxshilash, unga chetdan baho berish maqsadida fuqarolik jamiyati institutlariga jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yuzasidan tashabbus bilan chiqadi. Natijada o‘z ishidagi ayrim kamchiliklar, qonuniy faoliyati davomida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar hamda foydalanilmagan imkoniyatlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olib, o‘z faoliyatini yaxshilashga erishadi.
Bu huquqiy norma o‘z ahamiyatiga ko‘ra, muayyan davlat organlari faoliyatini qonuniy asosda tashkil etishga, o‘z vakolatlaridan samarali foydalanish va majburiyatlarni to‘liq bajarish yo‘lida yangi imkoniyatdir. Shu bilan birga, mohiyatan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Yana bir muhim masala normativ-huquqiy hujjatlar yoki ijtimoiy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazishdir. “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingunga qadar ham mazkur amaliyotning huquqiy mexanizmlari ayrim qonunlarimizda o‘z aksini topgan edi.
– To‘g‘ri, masalan bunday tartib “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasida mavjud edi. Unga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun loyihani ishlab chiqayotgan tashkilot tomonidan ishchi guruh (komissiya) tuzilishi mumkinligi uning tarkibiga nodavlat tashkilotlar vakillari va fuqarolarning o‘z roziligi bilan kirishi mumkinligi belgilangan. Mazkur qoidalarning amaliy ijrosi sifatida, so‘ngi vaqtlarda parlament faoliyatida, uning qo‘mitalari va komissiyalari ishiga nodavlat notijorat tashkilotlar vakillarini keng jalb etish kuzatilmoqda. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitalari qonun loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhlari tarkibiga davlat organlari, ilmiy muassasalar vakillari bilan bir qatorda, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari ham kiritilmoqda.
Mazkur jarayonning huquqiy mexanizmlarini “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasida yanada to‘liq shaklda quyidagicha bayon etildi: “Ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, davlat organlarining boshqa qarorlarini ommaviy muhokama qilish jamoatchilik muhokamasidir.
Jamoatchilik muhokamasini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari o‘tkazishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasi turli ijtimoiy guruhlarning vakillari, shu jumladan, muhokama etilayotgan masala huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan yoki daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarning ishtirokida o‘tkazilishi mumkin”.
Bu normalar davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni ta’minlashda alohida ahamiyatga ega. Masalan, 2017- yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, u bilan birga quyidagi ikkita hujjat – 2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Loyihalarni tayyorlash davomidagi muhokamalarda fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari siyosiy-huquqiy jihatdan yuksak faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar. Xususan, loyihalarning “Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi” portalida yo‘lga qo‘yilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bo‘yicha 1 310 ta taklif va mulohazalar kelib tushib, ular asosida Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko‘rib chiqildi.
Yuqoridagi jamoatchilik muhokamalariga qo‘yilgan davlat dasturida faqat davlat yoki, davlat organlarining manfaatlari emas, balki oddiy xalqning, aholining turli qatlamlarining xohish-irodalarini ham aks etishiga erishilmoqda. Yoki, ushbu muhokamalar sabab, bir qator davlat organlari bilan turli nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik o‘rnatildi. Bu davlat ahamiyatiga molik eng muhim qarorlarni qabul qilishda fuqarolik jamiyati institutlarini davlat organlari bilan hamkorligining huquqiy asoslarini amalga tatbiq etilishining yorqin namunasidir.

Download 31.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat