Kreditning zarurligi, funksiyalari, turlari va shakllari Reja: Kredit va uning mazmuni Kreditning zarurligi


Kreditlashning me'yoriy-huquqiy asoslari



Download 55.28 Kb.
bet11/13
Sana27.09.2021
Hajmi55.28 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
11.Kreditlashning me'yoriy-huquqiy asoslari

O‘zbekiston Respublikasining «Mikromoliyalash to‘g‘risida» gi qonunining 8-moddasiga muvofiq, kredit tashkilotlari qarz oluvchilarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish qoidalarining ochiq bo‘lishini ta’minlashi lozim. Kredit tashkilotlari mikromoliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda mijozlarga moliyaviy xizmat miqdori (summasi), muddati va undan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishi kerak. Ushbu qonunning 14-moddasida tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar shartnoma tuzilishi orqali amalga oshirilishi va unda foizlar yoki lizing to‘lovlari miqdorini aniq belgilash lozimligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, shartnomada ko‘rsatilgan mikromoliyaviy xizmat bo‘yicha asosiy qarzlarni qaytarish tartibi va unga hisoblangan foiz to‘lovlarini to‘lash tartibi va muddatlari o‘z aksini topishi lozim. Bankdan olingan mablag‘lar muddatidan ilgari qaytarilishi va mijozlar haqiqatda foydalangan muddati uchun hisoblangan foizlarni to‘lashi qonunning 19-moddasida aks ettirilgan. Haqiqatda foydalanilgan davr uchun foizlarni to‘lanish sharti kredit shartnomasida ham ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Qonunlar asosida qabul qilingan qonun osti hujjatlari davlat boshqaruvi organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan me’yoriy hujjati bo‘lib, bank faoliyatiga oid muayyan tartib–qoidalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Tijorat banklarining kredit operatsiyalari bo‘yicha foizlarni belgilashning ikkilamchi huquqiy manbai bu qonun osti chiqarilgan hujjatlardir. Markaziy bank o‘zining vakolatlaridan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha sub’ektlar ijro etishi majburiy bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni chiqarish huquqiga ega. Markaziy bank tijorat banklarining kredit operatsiyalari bo‘yicha qonunchilik doirasida me’yoriy hujjatlarni qabul qiladi.

Kreditlash bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlarda, imtiyozli foiz stavkalari va ularni qo‘llash borasidagi tartiblar ham o‘z aksini topgan. Imtiyozli foizlarni o‘rnatishning birlamchi qonuniy asosi «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 28-moddasi hisoblanadi. Unda tijorat banklarining davlat dasturlarini kreditlash uchun Markaziy bank, byudjet, byudjetdan tashqari fondlar kredit liniyalari va boshqa manbalardan beriladigan kreditlari bo‘yicha foizlarni o‘rnatishida yuqori chegarasini Markaziy bank belgilashi qayd etilgan. Bunda tijorat banklari orqali berilayotgan markazlashtirilgan resurslar uchun to‘lov va eng asosiysi tijorat banklarining kreditlash amaliyoti bilan bog‘liq xarajatlarning qoplanishi e’tiborga olinadi. Tijorat banklari tomonidan berilgan imtiyozli kreditlar banklarga minimal daromad olishini ta’minlashi lozim.

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish va kreditlash maxsus yo‘nalish asosida tashkil qilingan. Ularni tashkil qilish «Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla etishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risida»gi 1675-sonli nizomga muvofiq belgilanadi. Nizomga asosan tijorat banklari qishloq xo‘jaligi korxonalarini imtiyozli foizlar asosida kreditlashni tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini imtiyozli shartlar asosida kreditlash bilan ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish va ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi korxonalariga beriladigan kredit foiz stavkasi yillik 3 foizni tashkil etib, shundan tijorat bankining marjasi 2 foizni tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligi korxonasi berilgan kredit sug‘urtalanadigan holatda 0,75 foizi «O‘zagrosug‘urta» ga o‘tkazib, bankning foiz marjasi 1,25 foizni tashkil qiladi. Bu esa ba’zi hollarda tijorat banklarining kreditlash amaliyoti bilan bog‘liq xarajatlarini bank ixtiyorida qoladigan marja hisobiga qoplamaslik hollariga olib keladi. SHunday ekan, bunday kreditlash amaliyoti tijorat banklarining kreditlash faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada kredit portfeli sifatini pasaytirib, bankda muammoli kreditlarning ko‘payishiga olib keladi.

O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tijorat banklari orqali amalga oshirilib, ularga imtiyozli stavkalarda kreditlar berilishi qonun va qonun osti hujjatlarda ham o‘z aksini topgan. Xususan, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasiga muvofiq, kredit resurslaridan erkin foydalanish tartibi ko‘rsatilgan. Unda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari qonun hujjatlariga muvofiq, kredit resurslaridan erkin foydalanish huquqiga ega. Shuningdek, byudjetdan tashqari fond va jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishga ajratiladigan kreditlardan foydalanganlik uchun byudjet mablag‘lari hisobidan imtiyozli foiz stavkalari belgilanishi qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2004 yil 17 dekabrdagi 594-sonli «Tijorat banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risida»gi nizomiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan kredit operatsiyalarining buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotlarning xalqaro andozalariga muvofiq yuritish tartibi belgilangan. Kreditlarning foizlarini hisoblash va ularni bank daromadi sifatida tan olish bo‘yicha respublikamiz banklari amaliyotida moliyaviy hisobotlarning xalqaro andozalari talablariga mos kelmaydigan jihatlari mavjud. Xususan, banklarning faktoring operatsiyalari bo‘yicha hisoblangan diskontli daromadi tijorat banklarida kassa usulida hisobga olinmoqda, ya’ni hisoblangan diskontli daromad faqat kelib tushgandan keyingina bankning daromadi sifatida tan olinmoqda. Ungacha 11101-«Sotib olingan debitorlik qarzlari - faktoring» - balans hisobvarag‘ida diskont summasi tarkibida hisobga olinadi va banklar bu summani o‘z daromadi sifatida moliyaviy hisobotida ifoda eta olmaydi. Bu banklarning daromadlilik va foyda ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro bank amaliyotida esa, debitor qarzdorlik sotib olinishi bilan u banklarning moliyaviy hisobotida uning daromadi sifatida o‘z ifodasini topadi. Shu sababli, banklarning diskontli daromadlarini tan olishda kassa usulini qo‘llashdan ko‘ra hisobga olish usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.


Download 55.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat