Kredit tizimi va uning barqarorligiga ta`sir qiluvchi omillar



Download 32,12 Kb.
bet1/5
Sana14.06.2022
Hajmi32,12 Kb.
#666579
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5.2-Kredit tizimi


5.2-Kredit tizimi
KREDIT TIZIMI VA UNING BARQARORLIGIGA TA`SIR QILUVCHI OMILLAR
1. Kredit tizimining mazmuni va tarkibi. Kredit tizimining elementlari. Kredit tizimining turlari.
2. Kredit tizimining barqarorligiga ta`sir qiluvchi omillar. “Kredit tizimi” tushunchasining mazmuni. Kredit tizimining tarkibi. Kredit tizimining elementlari.
3. Kreditlashni tashkil qilish printsiplari. Kredit tizimining turlari: markazlashgan kredit tizimi; bozor kredit tizimi; o`tish davri kredit tizimi.
4. Kredit tizimining holatini tavsiflovchi ko`rsatkichlar. Kredit tizimini tartibga solish va nazorat qilish. Kredit tizimining barqarorligiga ta`sir etuvchi omillar.
Tayanch iboralar: kredit tizim, Markaziy bank, emission bank, tijorat banklar, nobank tashkilotlar, kapital, aktiv, passiv, ta`sischilik.
1. Kredit tizimining mazmuni va tarkibi. Kredit tizimining elementlari. Kredit tizimining turlari.
Hozirgi kunda farqlarning yo`qolishi va banklar tomonidan funktsional va yuridik xususiyatlarni bekor bo`lishi asosan yirik tijorat banklarida sezilarli amalga oshmoqda. SHu qayd qilish lozimki yirik banklarning universallashuvi va global yo`nalishlarining olib borilishi kichik banklarning, maxsus kredit tashkilotlariga ya`ni ma`lum turdagi operatsiyalarga moslashgan tashkilotlarga aylanishiga sabab bo`lmoqda. Bu esa ko`pgina mamlakatlarda faoliyot ko`rsatayotgan ko`p boskichli bank tizimiga xos xususiyatdir.
Bugungi kunda banklarning ko`p pog’onali bo`lishi ularning tashkiliy tuzilishiga bog’liq.
Ammo, rivojlangan mamlakatlarga bir yoki ikki pog’onali bian tizimi xosdir.
Bir pog’onali bank tizimi varianti mamlakatda yagona markaziy bank xali mavjud bo`lmasa yoki bitta markaziy bankdan iborat bo`lsagina rsal (xaqiqatda) mavjud bo`lishi mumkin.
Ammo tsivilizatsiya darajasidagi bozor iqtisodiyoti sharoitiga ikki pog’onali bank tizimi xos. Bunda birinchi pog’ona banklari-bu Markaziy bank, ikkinchi quyi pog’ona esa-tijorat banklari va kredit tashkilotlaridir.
Markaziy bank-bank tizimi mavjud bo`lgan barcha davlatlar pul-kredit tizimining asosini tashkil kiladi. Markaziy bankning moliya bozoridagi o`rni mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga va xususiyatiga bog’liq.
Bu esa o`z navbatida ikki pog’onali bank tizimini shakllanishiga asosiy omil bo`lib hisoblanadi. CHunki buning tepasida Markaziy bank bo`ladi.
Ikki pog’onali bank tizimining zarurli bozor munosabatlarining qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tomondan, bu xususiy moliya mablag’laridan erkin foydalanish huquqini talab kiladi. Bu kuyi pog’ona banklar-tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, bu munosabatlarni ma`lum mikdorda tartibga solish nazorat qilish maqsadli yo`naltirish zarur. Bunday maxsus institut sifatida Markaziy bank yuzaga chikadi.
Kredit tizimi bu kreditning barcha xususiyatlarini o`z ichida ichida nomoyon etadigan va kreditning mohiyatini belgilashga xizmat qiladigan elementlarining yig’indisidir.
Kreditning qaytarib berishlik, muddatlilik, foiz to`lashlilik xususiyatlari hamda kredit munosabatlarini kredit beruvchi va kredit oluvchi o`rtasida ixtiyoriy yuzaga kelishi kabi xususiyatlar amaliyotda o`z aksini topgan bo`lishi kerak.
Kredit tizimi tarkibiy jihatdan 3 qisimdan iborat:
1. Bank tizimi
2. Nobank kredit tashkilotlari
3. Maxsus iqtisoslashgan kredit muassasalari
Maxsus iqtisoslashgan kredit muassasalariga Faktoring kompaniyalari, Forfeyting kompaniyalari, lizing va trast kompaniyalarikiradi. Bu muassasa moliya bozorining ma`lum segmentida faoliyat ko`rsatadi va tijorat banklari bilan raqobat qiladi. Masalan, Faktoring kompaniyalari Faktoring xizmatlari bozorida, Lizing kompaniyalari lizing bozorida tijorat banklari bilan raqobat qiladi. Lekin har qanday mamlakatda kredit tizimining yadrosini bank tizimi tashkil qiladi. Bu esa quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
1. Markaziy bank kredit tizimini tartibga solish va nazorat qilish vakolatiga ega ekanligai;
2. Tijorat banklarini depozit qabul qilish va hilma xil moliyaviy xizmatalr ko`rsatish vakolatiga ega ekanligi;
3. Tijorat banklari qudratli moliyaviy institutlar ekanligi.
Kredit tizimi quyidagi elementlardan iborat:
1. Kredit
2. Kreditning printsiplari
3. Kredit munosabatlarining ishtirokchilari
4. Kreditning qonunlari
5. Kreditning chegaralari. Berilayotgan kreditlarning yuqori va quyi miqdorlariga nisbatan o`rnatiladigan cheklovlardir. Kredit chegaralari iqtisodiyot tarmoqlari bo`yicha, mijozlar guruhi bo`yicha, kreditlash shakllari bo`yicha va kreditning turlari va shakllari bo`yicha belgilanadi. Masalan, tijorat banklari tomonidan kredit portfelining diversifikatsiya darajasini ta`minlash uchun bitta tarmoqqa beriladigan kreditlar bo`yicha 25% li cheklov o`rnatiladi. Bu cheklov tijorat banklarining kredit siyosatida aks ettiriladi. Bundan tashqari tijorat banklarida kreditlarning tarmoq limitlari qo`llaniladi. Masalan, O`zbekistonda tijorat banklari bitta mijozga yoki o`zaro bog’liq mijozlar guruhiga o`zini birinchi darajali kapitalining 5% igacha ta`minlanmagan kreditlar bera oladi. Overdraft krediti bo`yicha kreditning eng yuqori chegarasi mijozning joriy hisobraqamining debetli qoldig’i summasi bilan belgilanadi. Kreditning turlari bo`yicha kreditning chegaralari aniq belgilanadi. Masalan, aylanma mablag’larni to`ldirish uchun beriladigan qisqa muddatli kreditlarning chegarasi korxonaning o`z mablag’lari manbalarining etishmagan summasi bilan belgilanadi. YOki ipoteka kreditlarining chegarasi uy-joy qiymatining 75% igacha bo`lgan qismi bilan belgilanadi.
Kreditlash mexonizmi. Bu mexanizm kreditni berishdan to uni qaytarishgacha bo`lgan jarayonlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi. Xususan, kredit shartnomasi, kredit mexanizmida asosiy o`rinni egallaydi.
Kredit infratuzilmasi 2 qismdan iborat:
a) huquqiy infratuzilma
b) instituttsional infratuzilam
Huquqiy infratuzilma kredit tizimi faoliyatining qonunchilik asoslaridan iborat. Masalan, o`zbekistonda fuqarolik kodeksi, O`zbekiston Respublikasi Markaziy bank to`g’risidagi qonun, banklar va bank faoliyati to`g’risidagi, mikromoliyalash to`g’risidagi, mikrokredit tashkilotlari to`g’risidagi qonun, Lizing, Ipoteka to`g’risidagi qonun va garov to`g’risidagi qonun kredit tizimining birlamchi huquqiy infratuzilmasi hisoblanadi.
Institutsional infratuzilmaga kredit munosabatlariga xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar va muassasalar kiradi.
Kollektor tashkilotlari unmagan kreditlarni undirib beradi.
Kredit tizimini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi organlar. Odatda dunyoning ko`plab mamlakatlarida bu vazifani Markaziy banklar bajaradi. Markaziy bankda nazorat funksiyasi bo`lmagan mamlakatlarda kredit tizimi ``moliya bozori regulyatori`` tashkiloti tomonidan nazorat qilinadi.
Kredit tizimiga ta`sir qiluvchi omillar ko`p sonli bo`lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin:
1.sog’lom raqobat muhitining mavjudligi
2.kredit muassasalari mijozlarining moliyaviy holatining o`zgarishi. Banklarning va boshqa kredit muassasalarining iqtisodiy qudrati va moliyaviy salohiyati bevosita mijozlarning moliyaviy holatiga bog’liq.
3.kredit muassasalarining likvidliligi va kapitallashish darajasining o`zgarishi. Odatda kredit muassasalari aktivlarining sifatini yomomlashishi kredit muassasalarining likvidliligi va to`lovga qobilligini yomonlashishiga olib keladi.
4.makroiqtisodiy barqarorlik.
5.siyosiy barqarorlik. Bu mamlakatda siyosiy vaziyatning yomonlashishi natijasida siyosiy riskning chuqurlashishi bilan bog’liq.
6. Markaziy bankning monitar siyosatini o`zgarishi.
7. Kredit muassasalari faoliyatidagi risklarni boshqarish tizimining samarali ishlashi.
- kredit tizimining barqarorligini ta`minlashda eng asosiy omil kredit tizimiga bo`lgan ishonch hisoblanadi.
- kredit muassasalarining likvidliligi va to`lovga qobilligini ta`minlash uchun zarur shart sharoitlarni ta`minlash.
- makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash usuli. Bunda ayniqsa inflyatsiya va devalvatsiya darajasi kredit muassasalari faoliyatiga kuchli ta`sir ko`rsatadi.
- kredit muassasalari faoliyatidagi risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish.
- kredit muassasalari faoliyatini davlat tomonidan moliyaviy qo`llab-quvvatlash usuli. Bunda ayniqsa soliq imtiyozlari berish, Markaziy bank tomonidan markazlashgan kreditlar berish davlat tomonidan muammoli aktivlarni sotib olish usullaridan keng foydalaniladi.
Banklar yangi operatsiyalar bajarishga buning uchun maxsus tayyorlangan kadrlarga ega bo`lmasdan kirishishi oqibatida ham to`lovga layoqatsizlik kelib chiqishi mumkin.
Bir shaxsdan yirik miqdorda depozitlar qabul qilish, ularning moliyaviy holati birdan yomonlashgan hollarda ham tijorat banklarida to`lovlar bo`yicha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. SHuning uchun ham, bir omonatchi(kreditor)ga to`g’ri keladigan maksimal xatar hajmi belgilab qo`yilgan.
Har bir tijorat banki o`z nizom kapitalini har choraklik ajratmalar asosida (yillik ko`zda tutilgan o`sishga nisbatan 25%) to`ldirishlari lozim.
YUqoridagilardan tashqari, hisobni to`g’ri yo`lga qo`yish, bosh-qarishdagi xato va kamchiliklarni tugatish, kadrlar malakasini oshirish ham banklarning to`lovga layoqatliligini ta`minlashga ta`sir ko`rsatadi.
Biror mamlakat iqtisodiyotida yuz berayotgan tangliklar, no-mutonosibiklarning bir uchi bank tizimi holati va tijorat banklarning foaliyatiga borib taqaladi. Ayniqsa, o`tish davrini boshdan kechirayotgan davlatlarda yuz bergan va yuz berayotgan inqirozlarning bosh omillari sifatida banklarning sinishi va bankrotligi sanaladi. Rossiyada 1995 yil va 1998 yilda sodir bo`lgan inqirozlarning tahlili shuni ko`rsatadiki, aholining banklarga ishonchining yo`qolishi, siyosiy omillar va moliyaviy piramidalarning tushkunligi holatlari banklarning to`lovga qobiliyatini yo`qqa chiqaradi. SHunday ekan, tijorat banklarning likvidligi va to`lovga qobiliyatini tahlil etish davomida bunga ta`sir etuvchi omillarni aniqlash lozim. CHunki likvidlik va to`lovga qobiliyatlilik murakkab iqtisodiy tushunchalar sanaladi va yuzaki baholaganda tahlil samarasi past bo`lish mumkin.
Banklar faoliyatiga ta`sir qiluvchi omillar turlicha tasniflanadi. Odatda, ular ichki va tashqi omillarga ajratilib o`rganiladi. Tijorat banklarning likvidligi va to`lov qobiliyatini belgilaydigan ichki omillar qatoriga quyidagilar kiradi:
– bankning mustahkam kapital bazasi;
– aktivlar sifati;
– depozitlar sifati;
– tashqi manbalarga qaramlik darajasi;
– aktivlar va passivlarning muddatlari bo`yicha mutanosibligi;
– malakali menejment;
– bankning imidji.
Bankning mustahkam kapital bazasi xususiy kapitalining mutlaq qiymatini ifoda etib, aktivlar bo`yicha tavakkalchiliklarning himoya manbasi hamda omonatchilar va depozitchilar mablag’larining kafolati hamdir. Bankning xususiy kapitali nizom fondi va boshqa maqsadli fondlardan iborat bo`lib, moliyaviy barqarorlik uchun ham asosdir. SHunday qilib, bankning xususiy kapitali qancha katta bo`lsa, likvidlilik ham shuncha yuqori bo`ladi.

Download 32,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish