Korxonani bankrot deb topish va uning huquqiy asoslari


Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bankrot bo’lishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tasnifi



Download 316.72 Kb.
bet5/15
Sana22.05.2021
Hajmi316.72 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

1.2. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bankrot bo’lishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tasnifi


Ma’lumki, iqtisodiyotda umuman xo’jalik sub’ektlari faoliyatlarining tugatilishi odatda salbiy holat sifatida qabul qilinadi. Chunki, har qanday korxonaning o’z faoliyatini to’xtatishi ma’lum darajada quyidagi holatlarning vujudga kelishi bilan bog’liq bo’ladi:

· faoliyatga jalb etilgan iqtisodiy resurslarning yo’qotilishi, ulardan olinadigan samaraning pasayishi;

· ishsizlar sonining ko’payishi hisobiga ijtimoiy beqarorlikning kuchayishi;

· jamiyat a’zolari o’rtasida tadbirkorlik bilan shug’ullanishga nisbatan ishonchsizlikning paydo bo’lishi va hokazo.

Biroq, korxona faoliyatining tugatilishi doimo ham falokat, fojea sifatida qabul qilinavermaydi. Bugungi kunda, ya’ni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining amalga oshirilishi natijasida korxonalarning ko’plab xodimlari ularning birgalikdagi egalariga aylandilar. Biroq, aksariyat holatlarda, mulk egasining o’zgarishiga qaramasdan, ko’plab firmalar, hissadorlik jamiyatlari, xo’jalik birlashmalari etarli darajada muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olmayaptilar. Shunga ko’ra, agar boshqaruv, ishlab chiqarish, marketing va texnologiyani tashkil etishni takomillashtirish sohasidagi barcha chora-tadbirlardan natija olish imkoniyati tugagan bo’lsa, u holda oqilona amalga oshirilgan likvidatsiya – korxona hissadorlari (qatnashchilari) mulkini saqlab qolish muammosining hal etilishi demakdir.

Eng avvalo, korxonalar faoliyatining tugatilishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ob’ektiv va sub’ektiv omillarga ajratib olish zarur bo’ladi.

Ob’ektiv omillar sirasiga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hattiharakati, faoliyat doirasi va shart-sharoitlaridan qat’iy nazar, mavjud iqtisodiy qonunlarning amal qilishi natijasida vujudga keluvchi hamda ta’sir ko’rsatuvchi omillar kiradi. Odatda ob’ektiv omillar ta’sirining oldini olish yoki boshqarish imkoniyat darajasidan tashqarida bo’ladi. Odatda korxonalarning bankrotligini oldindan aytib berish uchun E.Altmanning «Z hisobi»dan foydalanilib, mazkur usul o’z ichiga bankrotlik xavfini tashxis etishning besh omilini oluvchi modelni namoyon etadi:

Z=1,2x1+1,4x2+3,3x3+0,6x4+1,0x5, (1.1)

bu erda: Z – bankrotlik xavfi darajasining integral ko’rsatkichi; x1 – ishchi kapitali (IK)ning korxona jami aktivlari (A) summasiga

nisbati (u aktivlarning likvidlik darajasini ko’rsatadi); x2 – sof foyda (SF)ning ishlatilayotgan aktivlar o’rtacha miqdori yoki

jami kapitalga nisbatini namoyon etuvchi aktivlar yoki jami ishlatilayotgan kapitalning rentabellik darajasi (u korxona foydasini yaratish darajasini ko’rsatadi); x3 – aktivlar (yoki jami ishlatilayotgan kapital)ning daromadliligi

darajasi. Bu ko’rsatkich sof daromad (SD) (yalpi daromaddan mahsulot narxi tarkibiga kiruvchi soliq to’lovlarining ayirmasi)ning ishlatilayotgan aktivlarning o’rtacha miqdori yoki jami kapitalga nisbatini namoyon etadi (u korxona daromadlari joriy xarajatlarni qoplash va foydani shakllantirish uchun qay darajada etarli ekanligini ifodalaydi); x4 – xususiy kapital summasi (XK)ning qarz kapitali (QK)ga nisbati koeffitsienti. Xorijiy amaliyotda xususiy kapital odatda balans qiymati bilan emas, balki bozor qiymati (korxona aktsiyalarining bozor qiymati) bilan baholanadi; x5 – mahsulot sotish hajmi (Sh)ning aktivlar o’rtacha qiymati yoki jami ishlatilayotgan kapitalga nisbatini namoyon etuvchi aktiv yoki kapitalning aylanishi. U x2 ko’rsatkichi bilan birgalikda korxona kapitalidan foydalanish jarayonida foydaning shakllanish multiplikatorini ifodalaydi.

Altman modeli alohida omillarining ko’rsatib o’tilgan qiymatini hisobga olgan holda bevosita hisob-kitoblar uchun quyidagi ko’rinishda tatbiq etilishi mumkin:

Z=1,2×IK/A+1,4×SF/A+3,3×SD/A+0,6×XK/QK+1,0×Sh/A (1.2)

yoki

Z=(1,2×IK+1,4×SF+3,3×SD +1,0×Sh)/A+0,6×XK/QK. (1.3)



Altman modelida korxonaning bankrotlik xavfi darajasi quyidagi shkala bo’yicha baholanadi (1-jadval):


Download 316.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat