Korxonani bankrot deb topish va uning huquqiy asoslari


Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni bankrotlikdan chiqarish chora-tadbirlari



Download 316.72 Kb.
bet10/15
Sana22.05.2021
Hajmi316.72 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2.2. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni bankrotlikdan chiqarish chora-tadbirlari

Korxona, firma va kompaniyalarning iqtisodiy mustaqil hamda moliyaviy barqaror faoliyat ko’rsatishlarida ularni oqilona boshqarish, hisob-kitob yuritilishini bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish, moliyaviy va sifat menejmenti ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish, bor moddiy, moliyaviy va mehnat boyliklaridan samarali foydalangan holda ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishni tashkil qilish, natijada yuqori foyda olib, davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarini o’z vaqtida bajarish zahiralarini tashkil etish, korxona istiqbolini belgilash va uning raqobatbardoshligini oshirish omili hamda inqirozga qarshi boshqaruv uslubi – restrukturizatsiya jarayonini yanada takomillashtirish va shakllantirish bugungi kunda dolzarb vazifalardan sanaladi.

Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan aksariyat rivojlangan mamlakatlar tajribasi restrukturizatsiyalash jarayonining uzoq davrlar davomida islohotlar yo’li bilan hayotiy tajribalar asosida takomillashtirilib borilganligini ko’rsatadi.

Shu boisdan ham korxonalarni restrukturizatsiyalash, makroiqtisodiy barqarorlik, xususiylashtirish va keng institutsional islohotlar kabi iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Restrukturizatsiyalashni korxona darajasida qarash juda muhimdir, chunki uning barcha shakli xoh u milliy bo’lsin, xoh hududiy miqyosda bo’lsin, u alohida korxonada amalga oshiriladi.

Bugungi kunda respublikamiz hamda boshqa xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotida kichik tadbirkorlik faoliyatining tutgan o’rni, uning rivojlanishi tahlili mazkur sohaning taraqqiyoti ichki ziddiyatlar, muammo va to’sqinlik qiluvchi omillar ta’sirisiz kechmasligi to’g’risida xulosa chiqarishga asos bo’ladi. Haqiqatan ham tadbirkorlik faoliyati – bu muntazam kurash, doimiy harakatdan iborat

Kichik biznes korxonalarining rivojlanishida davlat mahalliy boshqaruv organlarining roli ahamiyatli ekanligini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.

Ayniqsa, tadbirkorlarni ishlab chiqarish binolari, inshootlar, ombor va savdo joylari bilan ta’minlash muammolarini hokimiyatlarning sa’yi-harakatisiz to’liq va samarali hal etib bo’lmaydi. Bu jarayonlarda mahalliy boshqaruv organlarining etakchilik roli quyidagi sabablar bilan izohlanadi:


  • mahalliy boshqaruv organlari (turli darajadagi hokimiyatlar) o’z hududlarida joylashgan korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish xususiyatlari, iqtisodiy salohiyat va imkoniyatlari, ishlab chiqarish quvvatlari va ayni paytdagi ularning bandlik darajasi to’g’risida nisbatan kengroq ma’lumotga ega bo’ladilar;

  • hudud bo’yicha korxona va tashkilotlarning bo’sh turgan ishlab chiqarish quvvatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni jamlash, bu to’g’risidagi doimo yangilanib turuvchi axborot bazasini shakllantirish borasida mahalliy hokimiyat organlarining imkoniyatlari ustun hisoblanadi;

  • o’z hududida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishidan ko’proq mahalliy boshqaruv organlari manfaatdor hisoblanadi va hokazo.

Biroq, bugungi kunda mahalliy boshqaruv organlarining tadbirkorlarni ishlab chiqarish binolari, inshootlar, ombor va savdo joylari bilan ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari etarli darajada deb bo’lmaydi.

O’z navbatida bo’sh yotgan ishlab chiqarish maydonlari va quvvatlariga ega bo’lgan korxona va tashkilotlarning ularni kichik biznes korxonalariga vaqtincha foydalanishga topshirmaslik sabablarini o’rganish muhim hisoblanadi. Fikrimizcha, bu o’rinda quyidagilarni asosiy sabablar sifatida ko’rsatish mumkin:



  • bino va boshqa ishlab chiqarish quvvatlariga ehtiyoji bo’lgan tadbirkorlar bilan aloqaga chiqishning ma’lum vaqt va sa’y-harakat taqozo etishi;

  • korxona yoki tashkilot rahbarining o’z xususiy manfaatlarini ustun qo’yishi, mulkning ijaraga topshirilishi jarayonlariga sun’iy to’siqlar qo’yish;

  • bo’sh yotgan mol-mulkka ijara haqi belgilashda yuqori turuvchi tashkilot tomonidan belgilangan tariflarning qoniqarli darajada bo’lmasligi;

  • bino va vositalarning vaqtincha foydalanishga berilishi natijasida kelib chiquvchi turli salbiy oqibat va favqulodda hodisalardan, mas’uliyatni o’z zimmasiga olishdan qochish va hokazo.

Aksariyat hollarda mulk egalari tadbirkorlarga qonunda ko’zda tutilmagan qo’shimcha talab va shartlarni qo’yish orqali ularning mulkdan foydalanish istaklarini yo’qqa chiqaradilar. Bu o’rinda mulkdorning hatti-harakati o’z xususiy manfaatlarini ro’yobga chiqarilish darajasini maksimallashtirishdan iborat bo’ladi. Mol-mulkning sun’iy ravishda ijaraga berilmasdan ushlab turilishi uning narxini va, o’z navbatida, mulk egasining noqonuniy daromadlarini oshiradi. Aks holda, mulkning bo’sh qolishi uning egasini u qadar tashvishlantirmaydi, chunki bo’sh turishdan ko’rilgan zarar (yoki olinmagan daromad) korxona faoliyatining umumiy moliyaviy natijasi orqali qoplanadi.

Tadbirkorlarni ishlab chiqarish bino va boshqa vositalar bilan ta’minlashda bo’sh turgan binolar, inshootlar, ombor va savdo joylarini vaqtincha foydalanishga topshirishning samarali mexanizmini ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Fikrimizcha, mazkur mexanizmning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilar maydonga tushadi:



  • bu jarayonda asosan iqtisodiy dastakning ustuvor ahamiyat kasb etishi. Chunki, bo’sh turgan ishlab chiqarish vositalaridan samarali foydalanishni ta’minlash borasidagi har qanday ma’muriy chora-tadbir vaqtincha hisoblanib, qoniqarli natija bermaydi;

  • mazkur jarayonning amalga oshishidan eng avalo mulk egasining manfaatdor bo’lishi, shunga ko’ra, uning bo’sh turgan mol-mulk uchun xaridor - tadbirkorni qidirishi lozimligi;

  • ayni paytda, mulkni ijaraga topshirish tanlov asosida amalga oshirilishi;

  • mulk egasi va tadbirkor o’rtasidagi ijara shartnoma o’zaro teng manfaatli asosda tuzilishi;

  • mulk davlatniki bo’lsa, uni ijaraga berishda tariflarning quyi chegarasi qat’iy o’rnatilib, yuqori chegara har bir holatdan kelib chiqqan holda kelishuv asosida belgilanishi.

Tadbirkorlarni ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlash mexanizmini quyidagi –rasm orqali yaqqol tasavvur qilish mumkin.

Rasmdagi shartli belgilar quyidagi jarayonlarni ifodalaydi:



  1. – tadbirkorlik sub’ektining ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan ehtiyoji to’g’risida ma’lumot (talab);

  2. – korxona (tashkilot)ning bo’sh turgan ishlab chiqarish vositalari to’g’risida ma’lumot (taklif);

  3. – olingan ma’lumotlar asosida ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi;

  4. – ma’lumotlar bazasidan tegishli ma’lumotlarning olinishi;

  5. – tegishli ma’lumotlarning tadbirkorlik sub’ekti va korxonalarga taqdim

etilishi;

  1. – ishlab chiqarish vositalaridan vaqtincha foydalanish to’g’risida ijara shartnomasining tuzilishi;

  2. – mahalliy boshqaruv organlari tomonidan hududdagi korxona va tashkilotlarda bo’sh turgan ishlab chiqarish vositalarining nazorati.


Download 316.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat