Korxonalar moliyaviy holati tahlilining mazmuni, vazifalari va axborat manbalari



Download 60,4 Kb.
bet1/7
Sana20.04.2022
Hajmi60,4 Kb.
#566905
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mustaqil ish


Korxonalar moliyaviy holati tahlilining mazmuni, vazifalari


va axborat manbalari

Iqtisodiyotni modemizasiyalash sharoitida korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy holatining ahamiyati oshib bormoqda. Korxonalar moliyaviy ahvolini o‘rganishning mazmuni shundan iboratki, bunda o‘z vaqtida pul tushumlarining kelishi, hisoblashish intizomiga rioya qilish, xususiy va qarz mablag'larining to‘g‘ri nisbatga bo‘lishini ta’minlash, moliyaviy tartib va intizomga, barcha ishlab chiqarish bo‘g‘inlarida iqtisod va tejamkorlikka rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalaming moliyaviy holati ko‘p jihatdan - baho, kredit, foyda va uni iqtisodiy taqsimlanish mexanizmiga bog‘liqdir. Shu bois, hozirgi sharoitida har qanday korxonaning moliyaviy ahvolini bilish va o‘rganishga e’tibor kuchaymoqda.


Korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish moliyaviy tahlilning yakunlovchi bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilishning asosiy maqsadi - moliyaviy faoliyatdagi yutuq va kamchiliklami aniqlab, mablag‘lardan yanadi to‘g‘ri foydalangan holda hisob-kitob tartibini mustahkamlashga qaratiladi. Demak, bu mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, xarajatlami tejash, pul-moliya aloqalari va boshqa faoliyatlaming bir-biriga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Ayniqsa, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, maxsus va maqsadli mablag‘lar, zahira jamg‘armasi, foyda va zararlar, turli xil hisob-kitoblar, qiymatli qog‘oz va veksellar bo‘yicha ma'lumot- lardan ko‘proq foydalaniladi. Bular xo‘jalik faoliyatining to‘g‘ri boshqarilishi, uning moliyaviy barqaror bo‘lishi va to‘lov qobiliyatining yaxshilanishiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi.
Korxona moliyaviy resurslarini to‘g‘ri va mohirona boshqarish uchun birinchi navbatda korxonaning moliyaviy ahvoli va resurs- lardan foydalanish samaradorligi aniqlanishi va tahlil qilinishi lozim bo‘ladi.
Korxonaning moliyaviy ahvoli moliyaviy resurslaming turlar bo‘yicha mavjudligini, raqobatbardoshlik darajasi, davlat va boshqa xo‘jalik subyektlan oldida majburiyatlami boshqarish qobiliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar majmuidir.
Korxona moliyaviy ahvolini baholash mulkiy holat; likvidlilik; moliyaviy barqarorlik; moliyaviy natijalar; ishga oid faollikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi.
Korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishning asosiy vazifasi quyidagilami baholash hisoblanadi:

  • buxgalteriya balansi va mulkiy holat ko'rsatkichlari tuzil- masi;

  • asosiy vositalar ahvoli, ta’minlanganlik va foydalanish sama- radorligi;

  • moliyaviy barqarorlik;

  • likvidlilik va to‘lov qobiliyati;

  • xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari;

  • ishga doir faollik.

Bajariladigan vazifalar shuni ko‘rsatyaptiki, moliyaviy holatni tahlil qilish korxonalarda shakllanayotgan boshqaruv tizimini takomillashtirishda katta ahamiyatga ega.
Korxonalaming ichki va tashqi omillar ta’siri ostida shakllangan moliyaviy holati, ularning istiqbolini aniqlash bilan birga, bu korxona bilan aloqada bo‘lgan boshqa tashkilotlar va korxonalaming moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Umuman korxonalaming ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyatini, jumladan ularning moliyaviy holati tahlili asosini bir butun kompleks iqtisodiy fanlar: iqtisodiy nazariya, makro va mikro iqtisodiyot, menejment va marketing, statistika, buxgalteriya hisobi, audit, moliya, kredit va boshqalar tashkil etadi. Demak, tahlilchi mutaxassis-auditorlar keng iqtisodiy ilmga ega bo‘lishlari kerak.
Korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilish, ya’ni moliyaviy tahlil - bu keng ko‘rsatkichlar yordamida, kompleks usullardan foydalanilib korxonalaming moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligi va ulardan foydalanish darajasini ifodalashdir.
Korxonalaming moliyaviy holatini tahlil qilish keng miqyosda va aniq vazifalami bajarish uchun o‘tkaziladi. Korxonalami ishlab 70
rhiqarish, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy holatini tahlil qilish uchun an’anaviy, qadimdan qo'llanib kelinayotgan usullar bilan hirga, keng tarzda satistika usullari, moliyaviy holatni ifodalovchi nia’lumotlarni yig‘ish va umumlashtirish, statistik kuzatishlarni o'tkazish, absolyut, nisbiy, o‘rtacha, dinamik ko‘rsatkichlardan l'oydalanish, dinamik qatorlardan, iqtisodiy indekslar tizimidan, omillararo korrelyasiya aloqalarini aniqlash, jadval va chizma tizimdan foydalanish lozim.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish natijasida korxona va lashkilotlaming xalq xo‘jaligining qaysi tarmog‘iga va qaysi mulk shakliga munosibligidan qat’iy nazar, yangi hisobot shakllari va ulami taqdim etish tartiblari o‘zgardi. Yangi hisobot ko‘p jihatdan buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot bo‘yicha xalqaro andozalar talabiga javob beradi.
Korxonalar moliyaviy holati tahlilining darajasi va mazmuni foydalanilayotgan ma'lumotlar bazasiga bog‘liq. Iqtisodiy fanlar- ning rivojlanishi, buxgalteriya hisobi va hisobotlarining takomil- lashtirilish bilan ma’lumotlar bazasi ham takomillashib boradi. Demak, foydalaniladigan ma’lumotlar moliyaviy tahlilning man- balari bo‘lib hisoblanadi. Bunday manbalar sifatida korxonalaming yillik va boshqa hisobotlarini ko‘rish mumkin.
Yangi tasdiqlangan moliyaviy hisobotlarda moliyaviy holatni har tomonlama ifodalash uchun imkoniyatlar mavjud etilgan. Moliyaviy tahlilni o‘tkazishda, albatta yuqorida ko‘rsatilgan moliyaviy manbalar bilan chegaralanmaslik lozim. Zamriyat bo‘lsa, boshqa buxgalteriya hisoboti va hisobi ma’lumotlaridan foydalanish ham kerak. Moliyaviy ma’lumotlardan foydalangan holda korxonalar faoliyatiga to‘g‘ri baho berish muhim vazifa hisoblanadi.
Buxgalteriya balansi va uni tahlilda qo‘llanilishi
Buxgalteriya balansi korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilishning asosiy manbasi hisoblanadi. “Balans” atamasi lotincha bis - ikki marta, banx - tarozi pallasi so‘zlaridan tarkib topib, tom ma’noda ikki palla degan ma’noni anglatadi va tenglik tushunchasi sifatida ishlatiladi.
Balansning aktiv va passiv tomonlari bo‘ladi. Aktiv tomonida korxona mablag‘lari, passivida esa xo‘jalikning o‘ziga tegishli man- balar, kreditga va qarzga olingan boshqa manbalar ko‘rsatiladi. Aktiv mablagTaming oshishi, passivdagi manbalar va foyda (daro- mad) ning ko‘payishi bilan bog‘liqdir.
Balansning barcha bo‘lim va bandlarini chuqur o‘rganish moliyaviy ahvolni to‘liq o‘zlashtirishning asosini tashkil qiladi. Balans o‘sganda korxona mablag‘larini guruhlash va joylanishini ulami hosil etish manbalarini pul bahosida muayyan sanaga aks ettirish tushuniladi.
Buxgalteriya balansi quyidagi belgilari bo‘yicha tasniflanadi: tuzilish vaqti, axborot hajmi, mulkchilik shakli, aks ettirish obyekti “tozalash” usuli.
Tuzilish vaqtiga ko‘ra buxgalteriya balanslari kirish, joriy, tugatish, bo’lish va birlashtirish balanslariga bo’lishi mumkin.
Kirish balansi korxonaning paydo bo’lish vaqtiga tuziladi. U korxona o‘z faoliyatini boshlayotgan vaqtda tuziladi.
Joriy balanslar - korxona qonunchilik bilan belgilangan muddatda mavjud bo’lgan vaqt mobaynida vaqti-vaqti bilan tuzib turiladi.
Tugatish balanslari korxona tugatilayotganda tuziladi.
Bo’lish balanslari yirik korxona bir necha mayda korxonalarga boTinganda tuziladi.
Birlashtirish balansi bir necha koixonalar bir korxonaga birlash- ganda tuziladi.
Axborot hajmi bo‘yicha balanslar bir martalik va yig‘ma balans- larga bo’linadi.
Bir martalik balans faqat bitta korxona bo‘yicha joriy hisob asosida tuziladi.
Yig‘ma balans esa bir martalik balanslar asosida tuziladi. U birlashmalar, vazirliklar va shu kabilaming xo‘jalik mablagTarini aks ettiradi.
Mulkchilik shakllariga ko‘ra - davlat, o‘z, aralash, qo‘shma korxonalar va jamoat tashkilotlari balanslari farqlanadi.
Aks ettirish obyektiga ko‘ra - balanslar mustaqil va alohida balansga ajratiladi.
Mustaqil balansni yuridik shaxs bo‘lgan korxonalar tuzadi. Alohida balansni korxonaning filiallari, sexlari tuzadi.
“Tozalash” usuliga ko‘ra balanslar balans “brutto” va balans “netto”ga ajratiladi. Balans brutto - tartibga soluvchi moddalami o‘z ichiga oluvchi balansdir.
Balans netto - qiymatdan tartibga soluvchi moddalar summasi chegiriladi.
Masalan, asosiy vositalaming qoldiq qiymatini hisob-kitob qilish uchun asosiy vositalar” summasidan ularning eskirish summasi chegiriladi (012 satr= 010-011).
O‘zbekiston Respublikasidagi barcha korxonalar balans-netto tuzadi.
Buxgalteriya balansiga qo‘yiladigan asosiy talablar uning to‘g‘riligi, realligi, yaxlitligi, izchilligi va tushunarliligidir.

Download 60,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish