Texnologiya — xom ashyoni mo’ljallangan mahsulot yoki xizmatga aylantirish vositasi. mehnatni pirovard natijaga aylantiradigan mexanizmdir.
Moliya — korxona o’z faoliyatini boshqarish uchun ega bo’lgan yoki jalb eta olaligan pul va boshqa mablag’lardir.
Boshqaruv — faoliyatturlari belgilangan maqsad, bu maqsadni bajarish bosqichlarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish jaraenidir. Bu ichki muhit bilan birga korxona ishlab chiqarish faoliyatila ro’y bsradigan tashqi omillar yoki shartlarni ham hisobga olish lozim.
4. Xususiy korxonada personal mehnatini tashkil etish va boshqarish
Menejmentda “mehnat" va “ish" tushunchalarining o’z ta’riflari mavjuddir. Mehnat — iqtisodiy maqsadga muvofiq faoliyatdir. Ish – shartnoma asosida, ya’ni mehnatga haq to’lash va boshqalarga bo’ysunish asosida bajariladigan mehnat faoliyati turidir. Mehnatni tashkil etish tizimiga ta’sir ko’rsatadigan quyidagi omillar mavjud:
Mehnat ta’siri (bozorda tovar va ishchi kuchiga talab, geografik, demografik va madaniy omillar).
Do'stlaringiz bilan baham: |